#"Qora oqqush nolasi"# Ep:10.
Wohyong qo'lidagi qadahni qattiq siqdi. Yonidagi qiz uni e'tiborini tortishga urinib behayo harakatlar qilar ekan Wohyong unga zig'ircha ham e'tibor qilmay butun diqqati bir stolda yigit va qizlar orasida muloyimgina bo'lib o'tirgan qizga qaratgan edi. Eunwoo do'stidagi o'zgarishni ko'rib u ham do'sti qarab turgan tomonga nigohini tashladi. Birdan ko'zlari moshdek ochildi. O'zining hodimasini bir gala odamlar orasida ichib o'tirganini ko'rib g'azabdan ko'zlari qisildi.
--Yo'q men ko'p icholmayman.. men alkagolga ta'sirchanman - Allaqachon hushi o'zida bo'lmagan Nora o'ziga uzatilib ichishga undayotgan qo'llarga qarshilik qilardi.
--Menimcha bu yanada zavqli bo'ladi.. - yigit Norani qo'liga qadah tutqazishga urinar ekan dedi.
A-ri yangi do'stlarining suhbatidan zerikib shunchaki atrofni kuzata boshladi. Birdan barda o'tirgan yigitning nigohlari o'ziga qaratilganini sezdi. A-ri uni darrov tanidi. Wohyon ham A-ri ham bir biriga tikilib turishar ekan A-ri ko'zini boshqa tomonga olib qochdi. Qarasaki Jay unga tirjayib yana qadah uzatyapti. A-ri hech narsa demasdan qadahni oldi. Ichishga shoshilmadi. Nigohlarini yana bar tomon ko'chiridi. Bu safar A-ri rostdan ham qaraganiga pushaymon bo'lyotgandi. Lekin nigohlarini bir biriga yopishib ketgan juftlikdan uzmasdi. Wohyong yonidagi qizga imkon bergandi. A-rini tomog'iga nimadir tiqildi. Ulardan ko'zlarini uzmasdan qo'lidagi qadahni bir deganda ko'tardi.
Eunwoo Noraga tihirlik qilayotgan yigitning qiliqlariga boshqa bardosh bera olmay shiddat bilan o'rnidan turdida ular o'tirgan stolga qarab ketdi.
Eunwoo Norani oldidagi yigitni o'ziga tortib turg'izdi va qattiq musht tushirdi. Hech kim buni kutmagandi. Yigit mastligidan va qattiq zarbdan o'zini yo'qotib qo'ydi. Eunwoo Noraga qahrli nigohlarini qadadi.
Nora bir yerda yotgan yigitga bir boshlig'iga hayron qarab turar ekan katta qo'llar o'zining qo'llaridan ushlab klub tashqairisiga olib chiqa boshladi. A-ri ham Norani ortida tashqariga chiqdi. Wohyong qizni o'zidan itarib A-rini ortidan ketdi.
--Qo'yib yubor Eunwoo.. jinni bo'ldingmi.. hoy - Nora qo'lini chiqarishga urinib gapirdi. Eunwoo uni yelkalaridan ushlab mashinasiga tiradi. Birdan uning yuziga yaqin kelib jiddiy ohangda dedi:
--Ha telba bo'ldim.. jinni bo'lyapman..
--Qo'yvor.. aqldan ozganmisan - Nora hamon tipirchilardi.
--Undan qo'lingni tort - birdan ort tarafdan kelgan ovoz sababli ikkisi ham o'sha tomonga qarashdi. A-ri ular tomonga yurib kelardi - dugonamni tinch qo'y - A-ri unga g'azab bilan o'shqirdi. Uning ortidan Wohyong ham yetib keldi. Eunwoo bir do'stiga bir notanish qizga qarar ekan lab chetida jilmaydi - Sevgan qizing shu ekanda - Enwoo Wohyonga qarab A-rini ishora qildi. Bu borada ikki qiz ham hech narsaga tushunmay qarab turishardi. A-ri dugonasini halos etish uchun oldinga yurganida kaftlaridan o'zga qo'llar tutib qoldi.
--Ularni tinch qo'y - Wohyong hotirjam ammo qat'iyatli ohangda dedi - O'zlari hal qilishadi.
A-ri boya ko'rgan narsasidan hamon g'azabda. Qo'lini undan tortib oldi.
--Seni do'sting dugonamni siquvga olgan shunda ham tinch qo'yishim kerakmi - g'azab bilan dedi A-ri.
--Nima istaysan o'zi - Nora hamon mashinaga tiralib turar ekan dedi.
--Aslida sendan ko'p narsani istsayman - Eunwoo vaxshiyona jilmaydi - Lekin hozircha qilgan ishing uchun jazo olishing kerak..
Nora hech narsaga tushunmay qarab turardi.
--Dugonangizni olib turaman - Enwoo Norani yelakalarini bo'shatar ekan A-riga javob berdi. Nora qochishga uringanida yana qo'llaridan ushlab o'zidan uzoqlashtirmadi.
--Nima?? Yo'q u siz bilan hech qayoqqa ketmaydi biz uyimizga ketamiz..
--A-rii..
--Nima.. a.. nima nega yo'limizdan chiqdingiz o'zi - A-ri birdan baqirib oldi.
Wohyong A-rini osonlikcha ketmasligini bilib qo'lidan tortib o'ziga yaqinlashtirdi. Eunwoo Noraning qulog'iga ohista pichirladi.
--Hozir o'z xohishing bilan ketasan yoki do'stim dugonanga hammaning oldida nima qilishini ko'rasan..
Nora birdan dugonasiga qaradi so'ng qarshisidagi yigitga nafrat bilan qaradi.
--A-ri men.. ketmasam bo'lmaydi.. - Nora ilojsizgina dedi.
A-ri: Lekin Nora..
Wohyong: Kichkintoy seni o'zim uyinga olib borib qo'yaman.. - qzning qo'lidan mashinasi tomon yetaklar ekan dedi.
A-ri: Men kichkintoy emasman.. sen bilan hech qayerga ketmayman..
Bu vaqtda Nora bilan Eunwoo allaqachon ketib bo'lgandi. A-ri taksi to'xtatish uchun Wohyongdan uzoqlashdi. Wohyong A-rini harakatini kuzatar ekan osmonga qarab ho'rsinib qo'ydi.
--Bu qiz buncha qaysar bo'lmasaya.. qizlar men bilan mashinada yurish uchun jonlarini berishga tayyor lekin bu honimcha bo'lsa..
Wohyong A-ri qo'lidan ushlab old o'rindiqqa o'tkazdi. O'zi kelib rulga o'tirdi.
--Bilasan meni qandayligimni bilasan lekin baribir qarshlik qilaverasana..
--Men o'zim ham keta olaman.. sizni vaqtingizni olish niyatim yo'q..
--Yo'q A-ri o'zim seni tashlab qo'yaman..
--Men o'zim keta olaman dedim - A-ri g'azab bilan o'shqirdi.
--A-ri menga baqirma.. o'zingni bos.. senga nima bo'lyapti o'zi.. dugonangdan havotir olma Eunwoo unga hech narsa qila olmaydi.
--Sizlar kimsizlar o'zi.. avval Norani kampaniyasini tortib olib hayotini barbod qildingiz.. endi esa meni qarshimdan chiqib tinch qo'ymayapsiz..
--A-ri bas qil.. sen uchun vaqt ajratyotganimga hurand bo'l..
A-ri birdan mashinani to'ldirib kulib yubordi. Wohyong unga tushunarsizlik bilan qarab qo'ydi.
--Hahha ohho Wohyong janoblari bizga ajratyotgan vaqtlarini minnat qilyaptilarmi - birdan kulishdan to'xtab jiddiy qiyofa gapirdi - yoqmasachi shu yerda to'xtatib klubga jononlaringni oldiga ketishingiz mumkin.. hech kim sizni ushlab turgani yo'q..- zaharhadalik bilan gapini tugatdi.
--Jononlaring degin.. demak gap buyoqda ekanda.. demak ko'ribsan.. agar bilsang buni sen meni jahlimni chiqarganing uchun edi.
--Jahlingizni? Siz ahmoqmisiz? Biz birbirimizga hech kimmiz.. hamma o'z yo'lidan ketadi. Ertaga hammasi unutiladi.
--A-ri.. asabimga tegma agar yana tungi klublarda yigitlar bilan o'tirganingni ko'rsam..
--Nima qilasana nima.. yana alamingdan qizlar bilan birga bo'lasanmi haha..
--Yo'q bu safar unday bo'lmaydi..
--Unda nima a nima,, - A-ri yana uning gapini bo'ldi.
--Ko'rsatishim mumkin..
Wohyong mashinani bir chetga to'xtatdi..
--Yana nimani reja qilyapsan? - Nora yonidagi yigitga qarab gap boshladi.
--Nega klubga kelding? - Eunwoo yo'ldan ko'zini uzmasdan savolga savol bilan javob berdi.
--Nega qiziqyapsan? - Nora ham savolga savol bilan javob berdi.
--Nora.. jahlimni shundog'am yetarlicha oshirding. Savolimga javob ber.. nega.. klubga.. bording.. - Eunwoo so'zlariga urg'u bilan dona dona qilib aytdi.
--Senga nima? Sen faqat ishda meni boshlig'imsan holos.. hayotda esa hech kim..
--Hech kim degin.. - Eunwoo zaharhandalik bilan kuldi.
--Men uyga ketishni istayman.. uyimga olib bor
--Men seni haydovching emasman Nora honim..
Eunwoo mashinani bir do'kon oldiga kelib to'xtadi. Eunwoo mashinadan tushib do'konga kirib ketdi. Nora u do'konga kirib ketgach Nora zudlik bilan eshikka yopishdi. Eshik qulf.
--Voy ablah! Ustimdan hulflashga nima haqqing bor seni.. sendan nafratlanaman Han Eunwoo.
Eunwoo do'kondan chiqib kelarkan mashina ichida jig'ibiyron bo'layotgan qizni ko'rib lab chetida jilmaydi. Mahinani ochib Norani yoniga o'tirdi. Qo'lidagi suvni qizga tutqazdi.
--Ichib ol.. o'zinga kelasan.
Nora unga nafrat bilan qaradiyu qo'lidagi suvni zarb bilan undan olib ichdi.
--Sen ablahsan Han Eunwoo.. qayerdanam senga yo'liqdim ekana.. jin ursin seni tezroq uyga hayda..
--Yo'q azizam bugungi ishing uchun jazolanishing kerak.. bizda butun tun bor hali..
Nora Eunwooga tushunarsiz qarab turar ekan Eunwooni ko'zlarida ishonch, qa'tiyat va sokinlik bor edi. Norani boshi og'irlashgan kabi tuyildi ko'zlar ohista yumilishga shaylandi. Nora bunchalik ko'p ichmagandi. Hayoliga kelgan o'ydan Birdan ko'zlari kattalashib ketdi. Bir qo'lidagi suvga bir Eunwooga qaradi. Eunwoo mag'rur va g'olibona jilmaydi. Nora tanasi og'irlashib ko'zlari yumilar ekan so'ngi so'zlarni pichirladi.
--Seni.. o'ld.. diraman..
Nora uyquga ketdi. Eunwoo boshqaruvni boshqa yo'l tomon burdi...
Wohyong mashinani bir chetga to'xtatdi. A-riga shu qadar yaqin keldiki sal qolsa A-ri qichqirib yuborardi. Qo'rquvdanmi yoki yaqinlikdan buni ikkisi ham bilmaydi. Nafaslar bir biriga teng urilmoqda. Ko'zlar tutashgan. A-rini ikki yuzi olmadek qizarib ketdi. Wohyong uni bu holatidan kulib yubordi. Undan uzoqlashmagan holatda qulog'iga pichirladi.
--Sen shu holatda yanada go'zalsan.. - shivirlash va qaynoq nafasda aytilgan so'zlardan A-rini nafas olishi buzildi. U yuzini oyna tomon burdi.
--Uyimga olib borasizmi.. - avvalgidan past va muloyim ohangda dedi qiz
Wohyong tabassum qilib:
--Albatta kichkintoy.. uyinga boramiz..
Wohyong mashinani A-rini uyi tomon haydadi.
Qorong'ulik. Qandaydir hona. Atrofga nim yorug'lik taralmoqda. Hona ancha katta. Qandaydir ulkan kanservalar bilan o'ralgan. Honani o'rtasida stulga bog'langan jussa. Uyqu sabab bo'yin egilib qolgan. Qo'llar qattiq bo'lmagan holda bog'langan. Nora ko'zlarini ochar ekan o'zini bog'langanini sezib qo'lini bo'shatishga kirishdi. Og'zi bog'lanmagan.
--Jin ursin!
--Uyg'ondingmi!
Nora tanish ovozdan atrofga qaradi. To'g'risida hotirjamgina divanda oyoqlarini chalishtirib o'tirgan Eunwoo ko'rindi.
--Qanday hadding sig'di a hoziroq yech - Nora qarshsidagi yigitga g'azab bilan o'shqirdi. U yetarlicha g'azabda. Eunwoo hotirjamlikni yo'qotmagan holda gapirdi
--Yech deganingda nimani nazarda tutding! Arqonnimi yo.. - o'ynoqilik bilan berilgan savol.
--Ablahsan! Eunwoo jin ursin seni.
Eunwoo o'rnidan turib Norani oldiga keldi. Qo'lidagi shirinlikni Norani og'ziga olib bordi.
--Qani og'zingni och - biroz yumshoq ohangda dedi. Nora yuzini boshqa tomonga burdi.
--Men shirinlik yemayman degandim.
Eunwoo uninga gapiga parvo qilmay qoshiqni uning lablariga botirdi. Nora lablaridagi sovuq metalni lablarida bosimi ortar ekan ilojsizlikdan og'zini biroz ochdi. Yigit qizga shirinlik yedirgach g'olibona jilmaydi.
--Barakalla! Nora honim..
Eunwoo Noradan uzoqlashib eshik tomon yurdi.
--Ablah Eunwoo qo'limga tushsang seni tirik qo'ymayman.. bilib qo'y.. hoy senga gapiryapman..
Eunwoo eshik yoniga o'rnatilgan elektron qurilma orqali honani haroratini o'zgartirdi. Bu Noraga ham aniq ko'rinib turibdi. Hona harorati 0 gradusga tushdi. Nora Eunwooga qarar ekan u hali ham jilmayib turardi.
--Keyingi safar klubga borishdan oldin hayolinga men kelay azizam..
Nora unga katta katta ko'zlar bilan qararkan past ovozda pichirladi.
--Sendan nafratlanaman...
Eunwoo honani tark etdi.
Nora qo'lini bir necha daqiqa ichida bo'shatdi. Hona daqiqa sari sovib borardi. Nora eshikni ochishga qancha urinmasin foydasiz edi. Narsalari telefoni quroli hech narsasi yonida emas.
Eshikni kuchi boricha urardi. Hona borgan sari sovur ekan Norani tanasi junjikdi. Usti yupun bo'lgani uchun qattiq sovuqqota boshladi. Lablari ko'karishga ulgirgan, kipriklar titrardi. Eshikka suyanib so'ngi kuchigacha faqat taqillatardi. Tilidan faqat "iltimos" so'zi titroq bilan chiqardi.
Eunwoo negadir oshirib yubordimmi degan o'y bilan eshik tomon kelib uni ochdi ochdiyu ustiga Nora yiqildi. Uni qo'llarida tutib qolar ekan unga razm soldi.
Norani yuzi arvohdek oqarib ketgan kipriklarigacha muzlab qolgan edi. Eunwoo uni qo'lida ko'tarib mashinasiga olib chiqdi. Orqa oynadan xavotir bilan qarab qo'yardi.
Wohyong A-rini uyiga to'xtadi. A-ri eshikni ochib tushar ekan Wohyong ham mashinadan tushdi. A-rini ortidan quchdi. A-ri bu ishdan nima qilishni bilmay qoldi. Wohyongni katta gavdasi va baland bo'yi ostida A-ri yo'q bo'lib ketay derdi.
--Nm.nima qilyapsiz.
--Kichkintoy.. boshqa klubda seni ko'rmay.. - yigit gapida biroz to'xtalish qilib uning qulog'iga yanada yaqin egilgan holda davom etdi - A-rii.. seni sevaman..
Bir zum A-ri yuragi dukillab ketdi. Tanalar yaqin yurak urishi bir birlarigacha eshitilmoqda. A-ri hayolini yig'ib tipirchilashni boshladi. Wohyong uni o'ziga qaratdi.
--Meni tushundingmi - muloyimlik bilan erkalab dedi. A-ri uning ko'zlariga tikilib qoldi. Biroz sukunatdan so'ng qoshlarini chimirdi.
--Unda siz ham boshqa qizlar bilan yurmang.. meni sevsangiz.. o'zgasiga qaramang..
Wohyong yuzida tabassum o'ynadi.
--Hop sevgilim.. sen nima desang shu..
A-ri qarshisidagi yigitga kulib qaradi. Wohyong A-ridan bo'sa olish uchun egilar ekan A-ri shartta o'zini ortga olib uyiga qochib qoldi.
Wohyong qizning ortidan hayron ifoda bilan qoldi.
--Tentak qiz..
Wohyong mashinasiga o'tirib haydab ketdi.
✨Stardusts bu qism ham tugadi. Imlo xatolarga uchragan bo'lsangiz uzr. Reak bosing😘