November 18

Alvon yuraklar 10 qism. FINAL 🚩

Oh baby, I could love you till the day I die,

Until the oceans start to run dry

Use my last breath just to call you mine

I could love you for a whole lifetime.

Β© Chris Grey.

H: Xesu xonim, kechki ovqatga nima tayyorlayapsiz?
X: kimbap, pipimbap, sangopsal va bir nechta narsalar. Nega so'rayapsiz xonim? Sizga nimadir kerakmi?
H: Menga faqat salad yetarli. Oxirgi paytlarda...biroz vazn yig'gandekman va yana yog'li ovqatlarni yemoqchi bo'lsam ko'nglim ayniyapti.
X: vazn yig'ayotganingiz yaxshilikka emasmi xonim? - deya kulib qo'ydi Xesu xonim. Ular gaplashib turganda xonaga Jungkook kirib keldi va Hananing ortidan turib belidan quchgancha boshini uning yelkasiga qo'ydi.Jk: Nima haqida g'iybatlashyapsiz?
H: Biz shunchaki mening vazn yig'ganim haqida gaplashyapmiz.
Jk: Ha to'g'ri..biroz..
Jungkook gapini tugatmasidan qiz qoshini chimirib, lablarini burgancha unga o'girilib qaradi.
H: Hali semizsan deng!
Jk: Nima? Y-yo'q unday demadim axir.. Shunchaki Jennieni qara sen ham u kabi eding..
H: Jennie? Kim?...
Jk: Yana eslolmayapsanmi?
H: Shoshmang. Anavi meni o'g'irlab, o'lgunimcha kaltaklagan qizmi?
Jk: Mmm..ha o'sha.
H: Siz meni o'sha turqi sovuq bilan tenglashtiryapsizmi hali! Boring yo'qoling o'sha turqi sovuq yapon tovig'ining oldiga boring..hm πŸ™„
Qizning gaplaridan Jungkook kulib yubordi. Jk: Nima...rashk qilyapsanmi?m? 😏
H: Hechamda! Meni o'sha qiz bilan tenglashtirayotganingiz yoqmayapti xolos. Nima, rostdan ham o'sha qiz mendan...yaxshiroqmi?
Jk: Aniq rashk qilyapsan Hana. Yuzingdan ko'rinib turibdi. πŸ˜‚
H: Uff...boring undan ko'ra ishlaringizni qilavering. Men Xesu xonim bilan biroz suxbatlashaman.
Jk: Hop, mayli. Keyin xonamizga kel. Xali butun tun davomida yotoqni sindirishga yordamlashishing kerak 🀀
H: Jungkook!
Jk: Bo'ldi, bo'ldi. Ketyapman πŸ˜‚
H: Heh...Xesu xonim, nima deyotgandingiz?
X: Honim, men o'ylashimcha...siz...homiladorsiz.
H: A? Nima? Qanaqasiga?
X: vazn ortishi, yog' hidi...ko'proq ovqat yegisi kelishi...bular shundan dalolat beradi axir.
H: mm..bilmadim. Ishonchim komil emas. Ustiga ustak menda og'ir kasallik rivojlangan...
X: Ertaga unda shifokor ko'rigiga boring. Shunda hammasi aniqlashadi.
H: Ha, unda shunday qilaman.
* * *
Hana ertasi kuniyoq Jungkook ishga ketganidan foydalanib, bir o'zi shifokorga bordi. U yerda izidan ham o'tdi, homiladorkik testini ham topshirdi .
Sh: Hana xonim, tabriklayman, siz ona bo'lasiz.
H: N-nima? Ha-hazillaahmayapsiz to'g'rimi? Men...men ona bo'lamanmi?
Sh: Ha, homila hattoki 9 haftalik.
H: Rostdanmi, doktor?! Men ona bo'laman!
Sh: Lekin...siz og'ir kasallikka chalingansiz va olayotgan dorilaringiz ham bolangizga ta'sir qilishi mumkin. Sizga bu holatda ona bo'lish qiyin. Bu haqida turmush o'rtog'ingiz bilan maslahatlashib ko'ring, iltimos.
H: H-hop..albatta gaplashamn. Rahmat doktor...

*
Qiz xursandligidan og'zi qulog'ida edi va tezlikda JK groupga yo'l oldi. Bu xabarni Jungkookka yetkazish payida kompaniyaga kirar ekan, Jungkookning xonasiga kelganda eshik ortidan Jennieni ko'rib ruchkani ushlaganicha qotib turdi:
*JUNGKOOKNING XONASI *
J: Nega buni bechora qizdan yashiryapsan? U ham haqiqatni bilishi shartku?
Jk: Nima qilishni o'zim bilaman. Aql o'rgatishning hojati yo'q.
J: Lekin bu sirni umrbod ichingda saqlab yurolmaysan..oxir oqibat ertami-kechmi baribir xabar topadi.
Jk: Bilmaydi. Agar sen gullab qo'ymasang albatta.
J: Men buni ortiq yashira olmayman..Uning ko'zlariga qaraganingda aybdorlikni his qilmayapsanmi?
Jk: Jennie, bas qil.. Bo'ldi, mavzuni yop va xonadan chiq
J: Mayli chiqaman, ammo... Hanaga ota-onasini sen urib yuborganingni o'ziga aytaman.
Jk: Aslo! Bu gapni unga aslo aytmaysan! Bo'lmasa o'zingga ziyon ekanini yaxshi bilasan to'g'rimi?
Eshik tashqarisida bu gaplarni eshitib turgan Hana yuzidan kulgu birdaniga yo'qoldi va ko'zlari tugab bitmas ko'z yoshlari bilan qoplandi. Kompaniyani tark etayotganda tashqarida Taehyungga turtilib ketganini sezmay, qo'lidagi hamma tibbiy ko'rik natijalari qog'ozlarini tushirib yubordi. Ko'zidan yosh to'xtamay qog'ozlarni terishga tushib ketdi.
Th: Hana? Nima bo'ldi? Qiz qog'ozlarni yig'ib bo'lgach Taehyungga inamay ketib qoldi.
Th: Hana! Shoshma!... Bu Jungkook yana nimalarni boshladi a?
Taehyung to'g'ri Jungkookning xonasiga eshikni taqillatmay kirib keldi va stol ustiga Hana tushirib qoldirgan UZD qog'ozini qo'ydi. Th: Nimalar bo'lyapti, Jungkook! Nega Hana ko'zida yosh bilan chiqib ketdi?!
Jk: Nima? Hana bu yerga keldimi?
Th: Hozirgina ko'zi to'la yosh bilan bu yerdan otilib chiqib ketayotganda menga turtilib ketdi. Hatto yuzimga ham qaramay ketib qoldi. Qo'lida bir gala qog'ozga ko'zim tushdi. Bu nima?
Jk: Bu...Hana...u..
Jungkook qog'ozdagi suratni ko'rib yuzida kulgu paydo bo'ldi va xonadan o'qdek otilib to'g'ri uyga yugurdi.
Jk: Hana! Hana, qayerdasan?! Xesu xonim, Hana qayerda?
X: Janob, xonim uyga yig'lab kirib keldi va xonasida hozir jamadonlarini yig'ishga tushdi. Jungkook yotoqxonaga kirganda xonadagi barcha narsalar yerga otilgan, to'y surati ham yerda siniq holda yotardi. Atrof to'la shisha siniqlari bo'lgan xonada qiz yig'lab jamadoniga kiyimlarini taxlayotgandi.
Jungkook qizning qo'lidan tortib o'zi tomon burdi va yig'idan qizargandan ko'zlariga tikildi. Jk: Nima qilyapsan?
H: Qo'yib yuboring! Menga yaqinlashmang!
Jk: O'zingni bos. Nima qilganing bu? Nega Ishxonaga bording va oldimga kirmading? Nega jamadoningni yig'yapsan?
H: Ortiq siz bilan yashamayman! Siz! Shuncha paytdan beri meni aldab keldingiz!
Jk: Tushuntiribroq gapir. Men nima qildim?
H: Nima qildim? Ha! Ishxonaga bordim. Jennie bilan suhbatingizni eshitdim!
Jk: sen...sen...nimani eshitding?
H: HAMMASINI!! HAMMASI, OTA-ONAMNING O'LIMIDA SIZNING QO'LINGIZ BOR EKAN! Nega menga aytmadingiz? Nega, Jungkook?
qizning ko'zidan yoshlar sel kabi oqardi. O'zida kuch topolmay yerga o'tirdi.
Jk: H-Hana...men...men..hammasini tushuntirib beraman..
H: Hech narsani eshitishni ISTAMAYMAN! Hoziroq bu yerdan ketaman!
Jk: Hech qayerga ketmaysan! Ustiga ustak qorningda meni bolamni ko'tarib yuribsan.
H: Hech qanday bola bo'lmaydi! Bugunoq abort qildiraman.
Jk: Hech qachon! Abortni hayolingga ham keltirma, tushundingmi! Agar yana bir marta shu gapni eshitsam, bolamiz dunyoga kelguncha seni yerto'laga qamab qo'yaman. O'sha yerda non va suv ichib, yorug'lik ko'rmay o'tasan, tushunarlimi? Bundan tashqari oramizda shartnoma borligini unutma, 6 oyga kelishganmiz.
H: Shartnoma? Gap ota-onamning qotili haqida ketganda shartnoma men uchun muhim emas.
Jk: Men QOTILLIK QILMAGANMAN! Jungkook chuqur nafas olib o'zini bosishga harakat qildi va qizni o'rindiqqa o'tqazib oldiga o'tirdi. Jk:Hana, gaplarimni eshit...iltimos hammasini tushib tirishimga imkon ber. Baxtsiz hodisa sodir bo'lgan paytdan biroz oldin mening onam vafot etgandi. Sen his qilgan og'riqni men ham his qilganman. Onamning o'limidan so'ng otamning men bilan ishi bo'lmay qolganidan hatto bir tom ostida begonalardek yashardik.

Oyimning o'limidan so'ng otam meni o'z nafsi sabab Jenniega utlantirib qo'ymoqchi edi. Ularning oilasi bilan hamkorlik imzolangan kun meni unga unashtirib qo'ymoqchi bo'ldi. Onamning o'limi tufayli to'yga rozilik bermasligimni bilib, aytayin ichimligimga xizmatchi orqali mast qiluvchi dori qo'shtirgandi. Mne baribir to'yni rad etib u yerda to'g'ri qabristonga ketayotgandim. Kun yomg'irli edi, to'satdan ko'z oldim qorong'ulashib...o'sha avtohalokat sodir bo'ldi. Agar o'z hushimdan bo'lganimda bu hodisa ro'y bermasdi, Hana. Meni kechirishingni so'ramayman. Aslida mana shu sababni deya seni ishga olmagandim, o'zimdan sovutish uchun, oramizda masofa saqlash uchun seni yomon ko'rishga harakat qildim ammo o'xshamadi..6 oy chidab bersang bas. Keyin ozodsan. ichida [ aslida 6 oy bir bahona edi...seni hech kimga berish niyatim yo'q va bo'lmaydi ham. Ko'zingdagi oqayotgan yoshlarga sababchiman bilaman ammo....baribir seni sevaman, Hana. Seni qiyin vaziyatda qoldirgani uchun Kechir.]
H: ichida [ hammadan kutsam ham sizdan bu ishni kutmagandim. Sizga ishongandim..

6 oydan so'ng.. Hana va Jungkookning orasi biroz yaxshilanganini bilgandek qish ham o'z sovuq havosini Seulga olib keldi. Hana ham Jungkookni kechirishi uchun qanchadan qancha tunlarni yig'lab o'tkazdi. Hozirda ular bir-birlariga faqat mehr va iliqlik berishardi. Afsuski...bir-birlari uchun yaralganliklarini kech tushunib yetishdi. Qizning qornidagi 7 oylik go'dak esa kundan kunga kattalashib boraverishi bilan qizning ahvoli ham yomonlashardi. Hayot har doim ham biz kutgandek bo'lavermaydi. Bir narsaga erishish uchun nimadandir voz kechish lozim bo'lganidek, Hanani ham bolasi sog'lom dunyoga kelishi uchun dorilarini to'xtatdi. Bu esa xotira pasayishining yanada oshirdi va hushidan ketish holatlari ko'paya boshladi. Avvaliga nima qilishni bilmagan Jungkook har tun uxlamay kasallikka da'vo qidirardi, chet ellik mutaxassislar ham bu kasallik da'vosiz ekanini aytishardi. 11-yanvar, 2020yil. Bugun uzoq kutilgan raqs festivalining final qismi. Hamma guruh a'zolari hayajonda edi. Hana ularni tomoshabin sifatida kuzatardi. Festival boshlandi va raqib guruh o'z chiqishini tugatishim bilan Taehyung va Jungkookning guruhi chiqishini boshladi. Jungkook hatto sahnada bo'la turib, Hanaga jilmaygancha undan ko'zlarini uzmasdi. Tanlov natijalari chiqishini sahna ortidan hamma besabrlik bilan kutardi. Tomoshabinlar orasida o'tirgan Hana katta ekranda chiqayotgan natijalarga ko'z uzmay qarab turganda oxirgi daqiqalarda o'tirgan o'rnida hushidan ketib qoldi. Tomoshabinlar o'tirgan zaldan chiqayotgan shovqinni eshitib butun guruh ekrandan ko'z uzib, zalga qaradi. Hushsiz yotgan Hanani ko'rgan Jungkook va qolganlar u tomon o'qdek otilib borishdi. Qizni uyg'otishga urinayotganlarida qizdan qon ketayotganini ko'rib, hammaning ko'zi katta bo'lib ketdi.
* * *
* Shifoxona *
Jk: Hana, iltimos, ko'zlaringni och. O'zingga kel. Meni o'ylamasang ham, qorningdagi bolamizni o'yla iltimos..
Shifokor: buyog'iga o'zimiz. Siz shu yerda kuting. Qizlar ko'zlari to'la yosh bilan qaltiragancha bir-birlarini ovutishardi. Jungkook operatsiya xonasiga kirib ketgan Hananing o'zlariga hamon tikilardi. Taehyung Jungkookning yelkasiga qo'lini qo'yib, uni tinchlantira boshladi. Th: Jungkook. Sabrli bo'l. Hammasi yaxshi bo'ladi. U ham bo'lsang ham shu yerda sog'lom chiqadi. Bu gaplardan so'ng ko'zidan tomchi yosh o'qqa Jungkook Taehyungni quchgancha yig'lay boshladi. Jk: Tae, unga hech narsa qilmaydi, to'g'rimi? Ular...ular soppa-sog' chiqishadi..shundaymi?
Th: Tinchlan, Jungkook. Hammasi yaxshi. Hali ularga hech narsa qilmadi...
Operatsiya xonasidan hamshira kerakli jihozlarni olibkelish uchun tashqariga chiqqanini ko'rgan Jungkook uning yo'lini to'sdi: Ayolimning ahvoli qanday? Bolamchi? Ikkisi ham yaxshimi?
Hamshira: Sizga aniq javob aytolmayman, Janob. Ayolingizning ahvoli o'ta og'ir. Bola ham hali endi 7 yarim oylik ekan. Bu holatda bir nima deyish qiyin. Ikkisi ham xavf ostida.
Oradan 1 soatdan ko'proq vaqt o'tdi. Har daqiqada Jungkookning yuragi qo'rquvdan yorilay derdi. Korridorning u yog'ida bu yog'iga yurayotganidan sabri to'lib, operatsiya bo'layotgan xonaga eshikni buzib kirgisi va ichkaridan ayoli va bolasi qay ahvolda ekanini bilgosi kelardi. Shu to da eshik ochilib, doktor niqobi i yechib chiqib kelganini ko'rib, hamma uning yonida to'plandi.
Jk: Doktor, ayolimning ahvoli qalay? Bolam sog'lom tug'ildimi?
D: Yaxshi yangilik β€” sizni tabriklayman, o'ta bo'ldingiz. Qiz tug'ildi.
Jk: Qiz! Men ota bo'ldimi?!
D: Lekin...
Jk: Lekin? Nima bo'ldi? Xotinim qanday holatda? U yaxshimi?
D: Bola yetti oylik bo'lgani va ayolingizning og'ir xastalik bilan kasal ekanligi sabab, qizingizni dunyoga keltirish biroz qiyin bo'ldi. Ayolingizning og'ir kasalligi tufayli homilani tezlashtirish uchun palliativ yordam ko'rsatildi. Ammo ayolingiz buni ko'tarolmaydi...afsuski...asrab qololmadik..buyog'iga sabrli bo'ling.

Jk: Yo'q yo'q..bo'lishi mumkin emas! BO'LISHI MUMKIN EMAS! HANA!
Jungkook hammaning qarshiligiga qaramay palataga yugurib kirishi bilan jonsiz yotgan Hananing yoniga bordi va sovuq yuzlarini ushlab, yig'idan zo'rg'a gairdi: H-Hana...ko'zingni och...yolg'on bu t-to'g'rimi? Iltimos uyg'on Hana..uyg'on..Meni tashlab ketolmaysan...nega ketding..HANA!UYG'ON, JIN URSIN! ILTIMOS KO'ZINGNI OCH!

Jungkookning qichqiriqlarini eshitib, xonaga qolganlar ham yugurib kirib keldi va Jungkookni tinchlantirishga urinishdi. V: Jungkook iltimos o'zingni bos..
Jisoo: H-Hana endi...oramizda y-yo'q..
Rose: U f-faqat qalbimizda mangu qo-qoladi...
Jk: Nega..u tirik qolishi kerak edi..biz birga qizimizni katta qilishimiz kerak edi, Tae...usiz qanday yashayman.? Qizim onam qayerda degan savoliga qanday javob beraman Tae? QANDAY?!..Butun dunyo bizning birga bo'lishimizga qarshi NEGA! NEGA!
Taehyung nima deyishini bilmay uni bag'riga bosib qattiq quchdi.
* * *
β€” Biz keldik Hana. Yana seni yo'qlab keldik. Bugun Hein 4 yoshga to'ldi..birinchi bo'lib aytgan so'zi ona bo'ldi tasavvur qilyapsanmi? Hatto biroz xafa ham bo'ldim..kechalari mijja qoqmay unga qarab chiqqan men-u, lekin birinchi bo'lib aytayotgan so'zi <<ona>> bo'ldi-ya. Ha, aytgancha...qizing sen yoqtirgan oq atirgullarni olib keldi. Qara, chiroyli to'g'rimi? Qizim oyi degin..
Hein qabr toshi yoniga cho'kkalab o'tirib, kichik qo'llari bilan toshni silay boshladi Hein: O..yi..jon...qa..chon oldimizga qay..ta..siz? Sizni sog'indik. Jk: Biz yana kelamiz, Hana. Qani, Hein ketdik. Oyingga xayr de..Yana ko'rishguncha sevgilim.

Uchratmasman balki hech qachon,Qolar dilda yechilmas tugun.Ammo qalbim sen bilan ishon,Qaylardadir borsangiz men uchun..

By Elli Grace