December 24, 2024

Twisted love ep 3

Author | Lee Sua @kimxwwn
Channel | Dollficc @dollficc

Endi koʻzlarimdan nigohingni uz,

Qalbimga sogʻinch yana separ tuz,

Dengiz boʻlgan yoshlarimda suz,

Unuta olmayman endi hech bu yuz.

* * *

— H-Hoseok bas qil...iltimos
— Nima qilishni yaxshi bilaman! Aql o'rgatma! Senlarga hozir kim ekanligimni ko'rsatib qo'yaman.. Hobi to'pponchasini qizlar tomon yo'naltirdi va tepkini bosishni boshladi.
— TO'XTA!!!
PAQ!!!..o'q ovozi hammani qichqirishga va yana ko'z yosh to'kishga undadi..

Jin yugurib kelib Hobining qo'lini tepaga turtib yuborganda o'q avtobus tomiga tegdi. Bundan jahli chiqqan Hobi Jinning chap oyog'ining son qismiga o'q uzganda mayor Jin avtobus o'rindig'ini qisgancha og'riqni sezdirmaslik uchun tishini tishiga qo'yib turdi.
Misoo: — Hoseok! Bas qil!
Hobi: Bu yerda endi men boshliqman! Joning o'zingga kerak bo'lsa, ishimga aralashma, mayor!
Jin: Qizlarga tegma, Hobi! Agar ularga nimadir qilsang, yarangni davolagani odam qolmaydi. Shuni xohlaysanmi? Qorningdagi jarohatni faqat shu qizlar davolaydi oladi. Shunday ekan o'zingni bos, ahmoqlik qilma!
Hoseok biroz o'ylanib qoldi va keyin qizlarga tegmadi.

Avtobus esa to'g'ri terroristik guruh qarorgohiga yo'l oldi. Ular belgilangan manzilga yetib kelishdi va atrofi 7-10 metr keladigan panjara bilan o'ralgan hududga kirishdi. Hammani birma-bir avtobusdan tushayotganda Hoseok Misooning qo'lidan ushlab to'xtatib qoldi.

— To'xta. Sen men bilan qolasan.
— Qo'yib yubor. Nega sen bilan qolarkanman?!
— Gapni ko'paytirma, Misoo. Jarohatimni davolaydigan sendan boshqa tuzuk shifokor yo'q. Gap tolamom.
Hoseok Misooni qarorgohlarigdagi medpunktga qo'lidan ushlagancha tortib ketdi.
— Hoy, qo'yib yubor meni! Hoseok! Ammo...mayor ham yarador..
Ichkariga kirishlari bilan Hobi qizni qarshisiga o'tqazib to'pponchani unga yo'naltirdi
— Jimgina ishingni qil. Joning o'zingga kerak bo'lsa, nima desam shuni qilasan tushundingmi?! Bo'l, meni davola.
Qiz peshonasiga yo'nalgan to'pponchaga qarab turardi.
— Gipokrat qasamini ichmaganimda seni nima qilishni o'zim bilardim, ahmoq..qiz ko'zini suzgancha medpunktdagi tibbiy yordam qutichasini olib, yarasini ko'ra boshladi.

Ishini tugatgach Hoseok uning qo'llarini orqasizda ushlagancha qolgan mahbuslar oldiga olib keldi.
Hamma Janubiy Koreya askarlari, shifokorlari va yarador mayor Jin ham ular oldida qo'llari ortga bog'liq holda tiz cho'kib turishgandi. Misoo ham dugonasi Yoona oldida ularga nafrat bilan tiz cho'kib turishdi.

Hobi : Yigitlar, ularning hammasini birma-bir tekshirib, qurol aslahalarini oling va bunkerga qamang. Bu ofatijon shifokorlarni esa...
Hoseok shifokor Qizlarga birin ketin qarab nigohi Misooda to'xtadi.
— shifokorlarni nima qilishni Tae kelsa o'zim maslahatlashaman.
Hobi tiz cho'kib turgan Misooni qarshisiga kelib, yuzini qo'pol qo'llarida qattiq ushlab, boshini yuqoriga ko'tardi.
— Aqlli qiz bo'lib aytganimni qilsang, mahbuslar orasida balki ozod qilishim ham mumkin. Balki...kim bilsin, munosabatlarimizni yana qayta boshlashimiz ham..
Hobi gapini tugatmasidan Misoo uning lablarini ishlayotgan barmog'ini ishlab oldi:
— hatto hayolingga ham keltirma! Sen bilan birga bo'lishdan ko'ra o'lganim yaxshiroq!
Hoseok og'riqdan qo'lini qizning yuzidan oldi va yuziga tarsaki tushirishi bilan Misoo yerga yiqilib tushdi.
Hobi: — O'zingni kim deb o'ylayapsan!
U yerga cho'kkalab, yerda nafasini rostlayotgan Misooni jag'ini qattiq ushlab, o'zi tomon burdi. Hobi tarsaki tushirganda qo'lidagi soat labining chetini kesib, qonatib yuborganini ko'rdi. Labidan qonuni atrib, jag'ini mahkam ushladi.
— Bu yerda senga konsert zali emas, Misoo. Og'zingga kelgan gapni gapiraverma. Men nima desam shuni qilasan! Qayerda ekaningni unutma.
Hobi o'rnidan turib, atrofdagilarga qarab, ularni olib ketib tintuv qilishlarini buyurdi.

Atrofdagi boshqa terroristlar ularni olib, bunkerga olib borishdi. Hamma askarlarni birma bir tintib, qurollarini olib qo'yishdi. Shifokorlarni ham tekshirishayotgan paytda Misoo qo'llarini bo'shatib, Yoona bilan hech kimga sezdirmay qocha boshlashdi. Baland panjara bilan o'ralgan hududda katta eshik tomonda qo'riqchilarni ko'rib, orqa tomonga yo'l olishdi.
Bunkerlar yonida poylab, sezdirmay ketayotgan paytlarida Yoonaning og'zini kimdir yopib, ortga tortdi.
Qandaydir ovoz eshitgan Misoo ortiga yurib, burilishdagi bunker tomon yura boshladi.
— Yoona? Qayerga ketding Yoona?
Bunker ortidan Yoonaning qichqirig'i eshitildi.
— MISOO QOCH!!! QOCH!!!

Qo'rquvdan ko'zlari kattalashib ketgan Misoo ortiga endi o'g'irilganda begona kishi bir qo'li bilan uni qo'llarini ortga ushlab, ikkinchi qo'lidagi pichoqni Misooning bo'yniga tiradi.
Bo'ynida pichoqni his qilgach Misoo kiprik qoqmay nafas olishi tezlashib ketdi. Yigit Misooning qulog'iga egilib, pichirladi:
— Qocha olaman deb o'ylaganmiding? Yigit miyig'ida kulib qo'ydi.
Tanish ovozni eshitib, Misoo boshini biroz yonga burganda yana o'sha tim qora ko'zlarni ko'rdi. 1 yil oldin o'sha noyabrda oqshomida u bilan barda birga bo'lgan yigit edi.
— S...Siz?..
Yigit Misooni tanib, qoshlari chimirildi.
— Voah... Buni qaranglar...
Yigit unga tikilgancha kuldi.
Misooning bo'ynida turgan pichoqni sekin yoniqlaridan boshlab topmog'iga yurgizar boshlaganda ko'zi kesilgan labi yonidagi qonga tushdi.
— Taqdirning hazilini qara. Kapalak aylanib baribir o'z bog'ini topib qaytadi deb kim o'ylabdi...
Misooning orqasida yigitning ko'ksiga tegib turganda uning issiq nafasi bo'yniga urib turardi. Pichoq sekin Misooni bo'ynidan ko'ksiga qarab pastga yura boshladi.
— Ammo mitti kapalaklarning o'rni bunday xavfli joyda bo'lmasligi kerak.
Misooning ko'zlari faqat tanasi bo'ylab tobora pastga tushayotgan pichoqda edi. To'satdan yigit qizning labi burchagida kesilgan yarasi va qonni ko'rib, cho'ntagidagi dastro'molchasiga qonni artdi va pichoqni qizni iyagiga qo'yib, uning nigohlarini o'ziga burarkan ortga qilingan qo'llarini qattiqroq siqdi. Qo'llari qattiq siqilganini sezib, Misoo qoshini chimirib ko'zini pichoqdan olib yigitga burdi.
— Bunday xavfli joyda kapalak QANOTIDAN ajralishi mumkin.
— Ammo men kapalak emasman. Yana sizni qayta ko'raman deb hech ham o'ylamagandim. Ayniqsa dushman tomonda. Lekin o'sha tunda...
Qiz gapirib ulgurmasidan yigit qizning orqaga ayrilgan qo'liga kishan taqib ko'ksiga tortdi. Ikkinchi qo'lidagi pichoq qizni bo'yniga botib turarkan, qulog'iga pichirladi.
— Hech qanday tun yo'q. Bu yer hayot uchun kurash maydoni. Ammo...
Yigitning issiq nafasi qiz bo'yniga urib turganda qulog'i orqasiga qaynoq lablarini bosib, bo'sasini qoldirdi. Qaynoq lablarni his qilgan Misoo nafasi topmog'iga tiqilib, to'xtab qoldi.
— Urush nimjon va nozik kapalaklar uchun emas...shunday ekan kapalakka ziyon etmasligi uchun, uni qafasda saqlash kerak. To'g'rimi?
— N...Nima?...yo'q meni qo'yib yuboring. Bu yerda qolmayman!

Yigit Misooni qo'lidagi kishanni ushlab uni tintuv bo'layotgan bunker oldiga olib bordi. Qiz qancha urinmasin yigit uning gaplarini eshitmay yurishda davom etdi. Misooni kishanlab, olib kelayotgan yigitni ko'rgan boshqalar unga qo'rquv bilan qarardi. Misooni ko'zdan qochirgani uchun Hoseok bir yigitni do'pposlayotganda yigitni ko'rib, urushni to'xtatdi va ko'zi to'la jahl bilan Misoo va yigit oldiga keldi.
Hobi: Tae...men..
Yigit bir qo'li bilan stop belgisini ko'rsatib, Hobiga jim bo'lishni aytdi.
— Bir dona qizni eplolmadingmi?
Hobi qo'llarini musht qilib Misooga jahl bilan qoshlarini chimirib qaradi. Hobi qizni orqaga kishanlangan qo'lidan tortib, ikkinchi qo'lini tarsaki tushirishga ko'tardi
— Men senga hozir! ....
Hobi tarsaki tushirishga ulgurmasidan o'sha yigit Hoseokning qornidagi yarasiga bir oyog'ini qo'yib, uni itarib yubordi. Hobi og'riqdan qornini ushlab qoldi. Atrofdagi qolgan yigitlar qo'rquvdan nima qilishni bilmay yigitni ko'ziga ham qarashga botinishmadi. Hammaning ko'zi Hobiga tushdi.
—Aahhh! Tae...
Yigit Misooni kishanidan ushlab o'ziga tortdi. Qizni orqasiga oldi va qo'llarini cho'ntagiga solib, yerda yotgan Hobining bir qo'lini oyog'i bilan bosdi.
— Aaaa!
— O'zingga keldingmi?
Yigit Hoseokning qo'lini qattiqroq bosdi.
— Aaaa...H..ha..
— Yana bir marta qiz bolaga qo'l ko'targaningni ko'rsam...
Yigit oyog'i bilan qattiq bosim berdi va Hobi og'riqdan baqirib yubordi.
— Ahhh!
—Tarsaki tushigan qo'lingni o'zim sindiraman.
— Bo'ldi! T...Tushundim.
— Uzr so'ra.
— M...meni kechir. Kechir Tae. Boshqa...boshqa qaytarilmaydi.
— Qizdan uzr so'ra.
Hobi qarshisida turgan Misooning ko'ziga qarab uzr so'rashga botinolmadi va yuzini boshqa tarafga burib oldi.
— Kechir...
Buni ko'rgan yigitning qoshi chimirildi va botinkasining uchi bilan Hobining iyagini ko'tarib,. Misooni yuzi tomonga burdi.
— Qaytadan so'ra.
— Kechir...Boshqa qaytarilmaydi...

U oyoq kiyimini Hobining qo'lidan olib, ortga burildi va qo'li ortga kishanlangan va labi biroz ko'kargan Misooga boshdan oyoq nazar soldi. Og'ir va shahdam qadamlar bilan qizni kishanidan ushlab, bunker ichkarisiga olib kirdi.
— Hammangiz xonadan chiqing.
Ichkarida boshqa mahbuslarni tintuv qilib bo'lgan uning odamlari ularni so'zsiz yolg'iz qoldirishdi.
Yigit xonaning o'rtasidagi stolga orqasida bilan suyanib, qo'llarini ko'ksiga olib bir biriga qo'ydi va Misooga tikilib qaradi.

— Kimsiz o'zi?..
Yigit unga qarar ekan, qizning savoliga yengil kulib qo'ydi. Unga yaqinlashib, qizning qonga chaplangan labiga qarab xo'rsinib javob berdi.
— Kimman?...mm...Janubiy Koreyaga qarshi chiqayotgan shu guruh boshliqlaridan biriman. Taylor.
— Demak urushni siz boshlagansiz. To'g'rimi?
Bu gapdan keyin yigitning yuzi sovub ketdi va qizga o'tkir nigoh bilan qaradi. Bir qadam oldinga tashlab, Misooning qarshisida turdi va gapirishda davom etdi.
— Hozir bo'layotgan urush shaxmat doskasi kabi, mitti kapalak. Biz shunchaki o'yin ishtirokchilaridan birimiz. O'yinda kim piyoda, kim shoh ekani muhim emas. Muhimi ko'zlagan maqsadga erishish.
— Xo'sh, unda urushdan maqsad nima? Begunoh odamlarni qonini to'kish bilan o'ch olishmi?
— Buyog'iga aralashmaganing ma'qul. Aks holda o'zingga zarar bo'ladi.
— Afsuski aralashish bo'ldim. Ortga endi yo'l yo'q.
Taylor Misooning yuzidagi sochlarini ohista qulog'i ortga qistirib, ko'zlaridan ko'zini uzmay qaradi.
— o'yinga aralashgan ekansan...olov bilan o'ynashayotganingni bilib ol.

Yigit Misooni orqasiga qilib aylantirib qo'llarini qizning belidan yurgiza boshladi.
— Hoy! Nima qilyapsiz?! Tegmang menga!
— Jim tur. Shunchaki yoningda qurol yo'qligini tekshiryapman.
— Menda hech qanday qurol yo'q. Uf tegmang! Jin urgur kishanni ham yeching!
Misooni qo'lidan kishanni yechib, o'ziga o'girdi.
— ustingdagini yech.
—Nima! Yo'q yechmayman!
Misoo oldiga yaqinlashib kelayotgan Taylorni ko'rib, orqaga qadam tashlayverib, sovuq devorga tiralib qoldi. Taylor bo'lsa qizning ustidagi koftasining bir kuchini ushlab, Misooga qaradi. Uning issiq nafasi yuziga urib turgan Misoo Taylorning qo'llariga qarab turardi.
— O'zing yech yoki o'zim yechaman.
— O'zim...y...yechaman..
Taylor biroz ortga yurib, Misoo koftasini yechishini kutib turdi. Qiz sekin koftasini yechib, faqat uzun maykada qoldi. Qo'lidagi koftasini qattiq qisgancha ustini biroz berkitishga urindi.

Taylor unga yaqin kelib, xuddi o'ljasini ovlayotgan yirtqichdek atrofida aylandi. Qizning ortidan turib, ko'ksiga qizni orqa tomoni tegguncha yaqin turdi. Bo'ynining orqa tomonida Taylorni issiq nafasini his qilgan Misoo yerga qaraganda jim turdi. Taylor qizga yanada yaqinroq kelib qo'llarini avval qizning qo'llari ustidan yurgizdi. Qo'llari uning belini ikki yonidab ushlab, avval tepaga harakatlandi. So'ng qo'llari Misooning bellaridan pastga tusha boshladi. Qizdan hech qanday qurol topolmagach uni belini yana bir bor orqadan quchib qizni o'ziga tortdi. Qizning yelkasida maykasining ipini bir qo'li bilan biroz surib yelkasida yengil bo'sa qoldirdi va qulog'iga pichirladi.
— Kuyinaver.
Qulog'iga pichirlab Misoodan uzoqlashdi. Taylor uzoqlashganini sezib, bemalol chuqur nafas oldi va kiyimini qaytib kiydi.

DAVOMI BOR..