December 5

Twisted love pt.2

Orzularim qovjiragan yaproq boʻldi,

Oltin deya olganlarim tuproq boʻldi,

Topganimdan yoʻqotganim koʻproq boʻldi,

Kulgularim suratlarda sarob bo'ldi.

* * *

Bir guruh harbiy mashinalar Janubiy Koreya chegarasi tomon yo'l oldi. Ko'ngilli bo'lib tanlanganlar orasida Misoo va Yoona ham ketishardi. Mashina qishloq bo'ylab, kesib borar ekan, atrofdagi binolarning yarmi qulab vayronaga aylangani, qulagan devor va beton ostida jonsiz yotgan odamlarning qon va tuproq aralash bo'laklarga bo'linib ketgan tana a'zolari ko'rinib turardi. Harbiy askarlar bunday vahshiyona hodisalarni ko'rib o'rganib ketishgandi. Ammo endigina ishga qabul qilingan yangi shifokor va hamshiralar bu manzarani ko'rib, yuraklari qinidan chiqib ketay dedi. Begunoh aholi, hatto, yosh murg'ak go'daklarning parcha-parcha bo'lib ketgan qo'l va oyoq qismlari, peshonasida o'q bilan yotgan askarlarning tanalari qishloqning har nuqtasida sochilib yotardi.

.

Mashinalar chegara atrofida qurilgan bunkerlar oldiga kelib to'xtadi. Harbiy askarlar ular bilan kelgan yordamchi kuchlar — shifokorlarning asboblarini medpunktga olib borishga yordamlashishdi. Kelishlari bilanoq hamma narsani taxt qilgach, polkovnik Kim ularni harbiylar bilan bo'ladigan majlisga chaqirdi. Hamma yig'ilgan majlisda Misooning ko'zlari akasi Jiminni izlardi. Ammo hayollarini polkovnik Kim buzdi.

Polkovnik Kim Namjoon

P.Kim: yig'ilishdan asosiy maqsad men polkovnik Kim Namjoon —avvalo yetib kelgan yordamchi kuchlarga alohida rahmat aytmoqchiman. Kelganlar xaroba ga aylanib bo'lgan bu qishloqdagi odamlardan yordamingizni ayamasligingizni so'rayman. Chegara xavfsiz deyolmayman. Atrof to'la terroristlar va ular kutilmaganda ham paydo bo'lishi mumkin. Shu bois iltimos o'zingizni va aholini himoya qilishingizni so'rayman. Kelgan yangi shifokor va hamshiralar ikki guruhga bo'linib, ertaga bir qismi chegaraning boshqa tomoniga yo'l olishadi. Kim shu yerda qolish, qolmasligini o'zingiz kelishib olasiz degan umiddaman. Sizni askarlarimiz yo'l bo'yida kuzatib borishadi. Majlis tugadi, hamma o'z ishiga qaytishi mumkin. Hamma tarqalishni boshlab, Misoo o'ylab o'tirmay to'g'ri polkovnik yoniga bordi.

— Polkovnik Kim..
— M? Ha doktor xonim, eshitaman. Biror muammo bormi? Polkovnik Kim baland bo'yi bilan uning qarshisida qo'g'irchoqdek turgan Misooga qarab turardi.
— Yo'q...lekin, men...akam haqida so'ramoqchi edim.
— Akangiz? U shu yerda, askarlarimiz orasidami? Ismi nima? Qaysi otryaddan?
— Park Jimin. Adashmasam...4- bo'lim boshlig'i, mayor.
Polkovnik biroz o'ylanib qoldi va nigohini boshqa tomonga olib qocha boshladi. Bundan Misoo battar xavotir ola boshladi.
— Janob...Jiminga nimadir bo'ldimi? Nega mendan ko'zingizni olib qochyapsiz? Iltimos ayting akam yaxshi, soppa-sog' deng. Misoo xavotirdan polkovnikka yaqin kelib, tepaga, uning ko'zlariga qarardi.
— Park xonim, akangiz soppa-sog'. Faqat mayor Jimin hozir maxsus topshiriq bo'yicha askarlar guruhi bilan shimoliy Koreya chegarasiga ketishgan...
Polkovnikning gapida keyin qizning ko'zlari kattalashib, qotib qoldi. Akasi bosgan har qadamda xavf bo'lgan dushman tomon ketgani uning yuragini battar g'ash qildi.
— u....k-ketdimi? Q-qachon ketdi.? Topshiriq qachon tugaydi? U..u qachon qaytadi?
— Ketganiga..bir oycha bo'lib qoldi..lekin ikki hafta oldin biz bilan aloqaga chiqdi. Ular xavfsiz joyda. Tutqunlikdagi aholini ozod qilish uchun ularning tunash joylarini topishganini xabar berishgandi.
— xo'sh, qachon qaytisharkan aytishmadimi?
— hali ular bilan bog'lana olmadik. Biroz sabrli bo'laylik, balki o'zlari aloqaga chiqishar... Xonim, menga endi ruxsat. Askarlarni ertangi yo'lga tayyorlashim kerak. Ruxsatingiz bilan. Polkovnik hurmat tariqasida qo'lini boshi oldiga qo'yib, askarlik chestini berib, ketdi.

Ertasi kuni hamma shifokorlar asboblarini teng bo'lib, askarlar kutayotgan avtobusga yo'l olishdi. Misoo va Yoona ham chegaraning narigi tomoniga ketadigan bo'lishdi. Misoo o'y hayollariga berilib avtobus oynasidan tashqariga tikilib ketayotgandi. Ichkarida askarlar qurollarini shayx holda oynadan tashqariga qarab kuzatishardi. Hammayoq jim-jit...faqatgina avtobusning notekis yo'llardan yurayotganining ovozi va ba'zi shifokorlarning shivirlashi quloqqa eshitilardi.

To'satdan avtobus oynasini teshib o'tgan o'q hammani qichqirib yuborishga majbur qildi. To'pponcha ovozini eshitgan doktorlar avtobus poliga engashgancha quloqlarini yopib olishdi. Harbiy kuchlar miltiqlarini otishga tayyor qilib, o'q uchun kelgan tomonga bor e'tiborini qaratib turishdi. Yoona qo'rqqanidan Misooni quchgancha ko'zlarini yumib oldi. Nima bo'layotganini hali tushunib yetmagan Misoo atrofga qarab turardi.

Mayor Jin: o'q qayerdan kelganini yaxshilab qidiring! Hech kim ovoz chiqarmasin. Askarlar! Shifokorlarni o'rab, himoya qalqoni hosil qiling! Buyruq bermagunimcha otilmasin!
Hamma jimlikda qotib qolgandi.

Mayor Jin 😎

Askarlar atrofga ko'zlarini uzmasdan qarab turarkan, birdan atrofda o'q ovozlari kuchayib, ayrimlari qonga burkangan, boshqalari niqob taqqan qora kiyimli odamlar avtobus atrofini o'rab oldi.
— avtobus haydovchisi tirik qolishni istasang, yaxshilikcha eshikni och! Yoqsa, avtobus ichi mozorga aylanadi!
Mayor Jin haydovchi yoniga biroz yaqin kelib, tashqarida turgan terroristlarni ko'rdi.
— ular juda ko'p, jin ursin! 7-otryad, joyingizdan jilmang! Men buyurmagunimcha eshik ochilmasin.
— tutqunlikdagi xalqingizni tirik qolishini xohlasangiz, eshikni oching! HOZIROQ!

Dushman qo'llari orqaga bog'langan, yuz va kiyimlari qonga belangan to'rt-besh kishini avtobus oldiga tiz cho'ktirib, to'pponchani to'g'ri ularning peshonasiga to'g'irlab, yovuzlarcha kulib turishdi. Mayor Jin ilojsizlikdan tishlarini g'ichirlatib, qo'lini musht qilgancha eshikni ochishni buyurdi.
Eshik ochilishi bilan avtobus ichiga bir guruh dushman a'zolari bostirib kirishdi. Ular orasida yaralanganlari o'rindiqlarga o'tirib oldi. Qolganlari miltiqlarini ichkaridagi askarlarga qaratib turishdi. Biqin qismidan qon oqayotgan bir yigit to'pponchasini ushlaganicha to'g'ri shifokor qizlardan birining orqa sochi tarafdan qattiq tortib, o'zi tomon to'rt qiladi va boshini orqaga qilib, peshonasiga to'pponcha tiradi:
— shifokormisan, vazifangni bajar! BO'L!
Uning qichqirig'i butun avtobus ichini to'ldirganidan bechoralar qiz qo'rqib, ko'zini yumgancha uchib tushdi. Mayor Jin oldiga boraman deganda, boshqa miltiqli yigit qurolini asirlar orasidagi yosh qizchaga tutib, Jinga to'xtashini aytdi. Jin ham qo'llarini mushtlab, unga o'qraygancha qarab turdi va boyagi yaralangan yigitga yuzlandi: Qizni qo'rqityapsan, ahmoq! Qo'yib yubordi uni. Yigit uni gaplariga kulib yubordi va qizning sochlaridagi mushtini qattiqlashtirib, uning nigohini belidagi yarasiga qaratdi.
— Xo'sh, qizaloq?
Uni yarasiga qarab turgan qiz qaltirab gapirdi:
—M-men...m-men...ya-ya-yangiman. Ke-ke-kechiring..
Jahli battar qo'zigan yigit baland ovozda baqirib, qizni joyiga sochidan to'rtgacha itarib yubordi va atrofdagilarga qaradi.
Misoo u yigitni ko'rib, ko'zlari katta-katta bo'lib, boshini egib, o'rindiq tomon egila boshladi. Yoona ham nima bo'layotganini tushunmay, Misoo qaraganda yigitga qaradi va u ham qo'rquvdan Misoo tomon egildi, qo'lidan qattiq ushlab oldi.
— M-Misoo...u...u...ta-taniding-a? U shu yerda...
— Shshsh! Jim! Jim! Jim! Ovoz chiqarmasin, iltimos, bizni sezib qoladi...
— u..u seni ko'rsa, tamom Misoo..
— Bilaman bilaman...ufff..shu yetmayotgandi o'zi...ayyshsh!
Yigit qizlarning orasida qo'rquvdan qaltirab, yig'lashga tushib ketgan qizni sochini mahkam tortib, o'rnidan turg'azdi:
— Xo'sh, senchi?
— J-janob iltimos...me-meni qo'yib yuboring...i-iltimos..
— AVVAL MENI DAVOLA! AHMOQ QIZ!
Qizni tizzalari oldiga turtqilab, tiz cho'ktirdi va boshiga to'pponcha tiradi. Chetda poylab turgan Misoo o'zi bilmagan holda o'rnidan turib ketdi va o'rindiqni qattiq qisgancha baland gapirdi:
— TO'XTA, HOSEOK!

Hoseok 🙂‍↕️

O'z ismini eshitgan yigit ko'zi Misooni ko'rib, lablarida yoqimsiz jilmayish paydo bo'la va qizni qo'yib yuborib, chap belini qondan to'xtatish uchun qattiq bosib, Misooni oldiga yurdi:
— Ooo...buni qaranglar-a... Kimlarni ko'ryapmiz... Hoseok Misooni oldiga kelib, ikkinchi qo'lini qizning yuziga olib keldi va sekin silay boshladi:
— Salom, sevg... Yigit gapini tugatmasidan qiz uning qo'lini olib tashlab, o'zidan itarib yubordi.
— Hech kim! Bir-birimizga hech kimmiz!
Qizning xatti-harakatidan battar qoni qaynab, uni sochlaridan tortib, boshini ortga qildi va yuzini qizni g yuziga yaqin olib keldi:
— Haddingdan oshma, Misoo! Hech
kimmiz degin...ADASHASAN! SEN. MENING. SEVGILIMSAN! TUSHUNDINGMI?!
Hoseok jahli chiqqanda undan xavfliroq odam yo'q edi. ( Hoseok Misooni yoqtirgan va munosabat qilishganda, Hobi ko'p xatoliklarga qilgan va ancha vaqt Misooga yozmasdan, g'oyib bo'lgandi. Oralarida hech qanday jismoniy ya'ni jinsiy aloqa BO'LMAGAN!!! ) U qiz gapini ikki qilmaydi degan umidda unga teshib yuboradigan nigoh bilan qarab turardi.
Misoo ham qaysarligi sabab, to'lovga benzin sepadiganlardan edi.
— Sen bilan munosabatlarimiz o'sha yomg'irli kechada qilar ishni qilib, so'zsiz ketib qolganingda tugagan, Hoseok! Endi mutlaqo begonalarmiz.
Hoseokning ko'zi qonga to'lib, qizning yuziga tarsaki tushirdi. Qiz bo'lsa qattiq zarbadan o'rindig'iga uchib tushdi.
Yoona: — H-Hoseok bas qil...iltimos
— Nima qilishni yaxshi bilaman! Aql o'rgatma! Senlarga hozir kim ekanligimni ko'rsatib qo'yaman.. Hobii to'pponchasini qizlar tomon yo'naltirdi va tepkini bosiahni boshladi.
— TO'XTA!
PAQ!!!..o'q ovozi hammani qichqirishga va yana ko'z yosh to'kishga undadi..

By Elli Grace