October 15

Alvon yuraklar 1-qism

Hana
Doimgidek Seul Universitetidan chiqib, to'g'ri o'zim ishlaydigan " Bembi" restoraniga keldim. Bugun mijozlar avvalgidan biroz ko'proq. Tashqaridagi tabiat ko'rinadigan darajada katta oynalar qo'yilgan burchakdagi stoldan 2 ta qahva hamda shirinlik buyurtmasini olib, oshxona tomon yo'l oldim. Qo'limda juftliklar uchun shirinlik va 2 ta qahva bilan mijozlar tomon yo'l olayotgan paytimda ko'z oldim qorong'ulashib, boshim aylana boshladi. Ko'z oldim qorong'ulashganidan oldindagi odamni kormaganimni payqamay qoldim va tutilib ketib, qahvaning birini kiyimiga birini qo'limga to'kib yubordim. U insonning kimligiga qaramay darhol quruq sochiq olib, ustiga to'kilgan qahvani tozalay boshladim:
β€” Uzr so'rayman, oldimda odam borligini ko'rmay qolibman.
Unga kiyimiga qahva to'kib yuborgandim yoqmaganidan biroz jahli chiqib bir qadam ortga yurdi: β€” Keyingi gal yigitlarning bo'yniga osilishning boshqa yo'lini o'ylab top. Hozir bu kabi xiylalar hisobga o'tmayapti.
Uning aytgan gaplari og'ir botdi va jahl bilan yuziga qaradim. U doimiy keladigan mijozlarimizdan emasdi va baland bo'yli, qora sochli, qahva rang ko'zlari bilan sovuq nazar tashlab turgandi. Jigar rang paltosi ichidagi qora rangli kiyimining chap ko'krak qismida qahvadan qolgan jigar rang dog' turardi. Bo'yniga tashlangan qora-jigar rangli sharifi ham biroz ho'l bo'lgandi :β€” Men sizga bu ma'noda yaqinlashmadim. Shunchaki biroz mazam qochganidan bilmasdan turtilib kettim. Hamma ham atrofingizda parvona emas, janob! Jahlim chiqqani sabab hattoki o'ng qo'limning kuygan va chidab bo'lmas darajada og'riq berayotganini ham unutdim. U bo'lsa sovuq nigohi bilan bir muddat menga tikilib qoldi, so'ngra jahli chiqqancha restorandan chiqib ketdi. U ketgandan so'ng qo'limning issiq qahva tufayli qizarib qolganini ko'rib, uni bint bilan bog'lay boshladim...
Ish kunim qahva bilan bo'lgan hodisani hisobga olmaganda yaxshi o'tdi. Uyga kelganimda Lisa meni kutib, uxlab qolganini ko'rib, jimgina o'z xonaga kirib jonajon yotog'imga o'zimni o'tdim.
* * *
Bugun havo ajoyib. Hana kunni yaxshi boshlab oldi va Institutdan chiqib, restoranga keldi. Bugun kechki 19.00 da bir badavlat inson restoranda ayoli bilan turmushining 5 yilligini nishonlayotgan edi. Ular vals oqshomi uchun musiqa qo'yilgan payt endi raqsga tushishni boshlashganida, to'satdan chiroq o'chib qoldi. Mijozlar bundan biroz tushkunlikka tushib, jahli chiqayotgani Restoran boshlig'i Pak Jinhyu nima qilishni bilmay qolgandi:
β€” Janob, mijozlar kutib qolishdi, musiqa ham tugab qolganidan juda qattiq hafa bo'lishyapti. Endi nima qilamiz?
β€” Bilmadim, Hana. Bunday bayramlarda hech ham chiroq o'chmagandi. Sendan yaxshi g'oyalar chiqardi-ku, harakat qilib ko'r. Balki biror taklifing bordir?
β€” Mmm... Bizda kichik shamlar kerak, keyin yaqinda kelgan ishchimiz gitara chalishni biladi deb eshitgandim...shuni chaqirib yuboring, buyog'ini o'zim hal qilaman.
Hana kichik shamlarni restoranga yorug'lik olib kirish uchun o'sha juftliklar atrofiga qo'yib chiqdi. O'zi bo'lsa ular qarshisida gitarachi yigit bilan qo'shiq kuylay boshladi:
Wherever you go, that's where I'll follow
Qayerga borsang ham, men ortingdan boraman
Nobody's promised tomorrow
Hech kim ertangi kunni va'da bermagan
So I'ma love you every night like it's the last night
Shuning uchun seni har tun oxirgi tundagidek sevaman
Like it's the last night
Xuddi bu so'nggi tun kabi
If the world was ending
Agar dunyo oxirlayotgan bo'lsa
I wanna be next to you
Men sening yoningda bo'lmoqchiman...
Hananing mayin ovozi va gitaraning unga jo'r bo'lishi mijozlarning romantik oqshomini yanada yoqimli va esda qolarli qildi. Qo'shiq tugashi bilan atrofdan maqtov va qarsak ovozlari eshitila boshladi. Bugungi oqshomni qutqarib qolishganidan Hana va Janob Jinhyu xursand bo'lishdi. Hana birinchi marotaba katta bo'lmasa ham, xalq oldida qo'rqmasdan qo'shiq kuylaganidan o'zida yo'q xursand edi. Xursandchiligi ichiga sig'may sakrab, qarsak chalayotganida oyog'i qayirilib, ortidagi bir yigitning ustiga yiqilib tushdi. Yaxshiyamki, yigit baland bo'yli va kuchli qo'llari bilan uni ushlab qoldi.

β€” Voy, a..kechirasiz. X..xursandligimdan oyog'im to'yib, behosdan...
β€” Hech qisi yo'q. Hammasi joyida.
Hananing bo'yi yigitning ko'krak qismidan kelardi. Yigit qahva rang sochli va shokolad rangli ko'zlari bilan Hanaga iliq tabassum ila qarab turardi.
β€” Qo'shiq kuylaganingni ko'rdim. Ovozing ajoyib ekan. Menimcha, hali yosh ko'rinasan, sen kabi qiz uchun bunday ajoyib qobiliyat egasi bo'lish xuddi mo'jiza kabidir.
β€” Ra..rahmat. Ha hali ancha yoshman. Aslida Seul Universiteti 2-kurs talabasiman. Musiqa yo'nalishida o'qiyman.
β€” Musiqa yo'nalishida o'qir ekansan, unda nega bu yerda ishlayapsan? Bu qobiliyat bilan ancha yuqori muvaffaqiyatlarga erisha olasan.
β€” Kunlik xarajatlarim uchun ishlayman. Yashash uchun pul topish kerak-ku baribir. O'qishni tugatgunimcha shu yerda ishlab tursam, keyin orzularim tomon harakat qilaman
β€” Ha, tushunarli.. Xohlasang, bu mening tashrif qog'ozim. Ismim Taehyung. Instituting yonidagi Black sky kompaniyasiga tashrif buyursang, suhbat orqali ishga qabul qilishim mumkin. Bunday ovoz sohibini qo'ldan boy berish niyatim yo'q albatta.
β€” Rahmat. Mening ismim Hana. Taklifingizni albatta o'ylab ko'raman.
* * *
Hana uyga kelgan zahotiyoq, xursandchiligidan Lisaning quchog'iga otildi
β€” Hey, nima, lotereya yutib oldingmi? Bunchalik xursandchiligingni sababi nimada ekan, bilsam bo'ladimi?
β€” Lisaa! Tabrikla! Meni yaxshi ishga taklif qilishdi!
β€” Rostdanmi? Sen uchun xursandman. Endi ofitsiantlik qilmasliging yaxshi bo'libdi.
β€” Ha. Ertaga shundoq ham bir joyga suhbat uchun borishim kerak edi. Agar qabul qilishsa, unda ikkala joyga ham ishlashga tayyorman.
β€” ikkita ish qiyinchilik tug'dirmaydimi? Ha, mayli nima bo'lganda ham senga omad. Ishonchim komil, albatta ishga qabul qilishadi.
* * *
Ertalabki 5 dan suhbatga tayyorlanayorgan Hana xonasining u burchagida, bu burchagiga yurib, nutqini tayyorladi. So'ng suhbat uchun rasmiy kiyinib, birinchi manzilga bordi. 25 qavatli bino tashqi tomondan ancha baland ko'rinardi, atrofida mashinalar to'xtash joyi, kichik kafelar va istirohat bog'i joylashgandi. Bino oq va qora ranglardan iborat bo'lib, katta va keng oynalar o'rnatilgandi. Hana ichkariga kirishi bilanoq eshik tagida turgan qo'riqchilarga ta'zim qilib, suhbat uchun navbat kutar boshladi. Suhbat o'tkazilayotgan xonada kompaniya direktori va u bilan hamkorlik olib boradigan xonim borligi va u yerga kirgan har bir ishchi yig'lab yoki kayfiyati tushib qaytib chiqardi. Buni ko'rgan Hanaga biroz xavotirga tushdi. Qo'lidagi yulduzchali brelokga ega bilakuzugini qattiq ushlaganicha suhbatga kirdi. U yerdagi kompaniya direktori i ko'rib biroz hayron qoldi ammo, bir tomondan jahli chiqqancha qo'lidagi bilakuzugini qattiq siqardi. Qora kresloda o'tirgan yelkalari keng, o'sha qora sochli va qahva rangli ko'zlari Hanaga sovuq va jiddiy nigoh bilan qarab turardi. Yonigldagi tanasiningharbir qarichini ko'rsatib turadigan qora ko'ylak kiygan, qora sochlari yoyilgan, chap qoshining tagida xoli bor qiz unga past nazar bilan qarab turardi. Stol ustida << JK group direktori Jeon Jungkook>>, << Hamkor direktor Kim Jennie>> yozuvli peshtaxtacha qora yozuvlarda ko'zguda yozilgan edi.
Hana.


Peshtaxtachadagi qora yozuvlarda yozilgan ism jahli chiqishiga katta ta'sir qildi. Demak, o'sha kuni meni yigitlarga bosiladigan qiz deb aytgan, odamlar bilan iliq munosabatda bo'lishni bilmaydigan, men ustiga qahva to'kib yuborgan yigit men suhbatga kelgan JK group kompaniyasi direktori ekan. Ahmoq! Qanday qilib u bu yerning direktori bo'lib chiqdi-ya?! Xayollarim qurshovida undan jahli chiqib turgan paytimda yonidagi burni osmonga ko'tarilgandek o'tirgan Jennie Kim ismli 2- direktor menga savol bera boshladi:
β€” O'zingizni tanishtiring 13-raqamli kandidat.
β€” Ism sharifim - Lee Hana. 20 yoshda man. Seul Universiteti 2chi kurs talabasiman.

β€” Tushunarli. Demak, hali o'qishni tugatmagansiz. Qo'shiq kuylash va guruhdan raqsga tushishda tajribangiz yo'q.
β€” Tajribam yo'q, ammo, ishga qabul qilinadigan darajadagi ovozimiz va qobiliyatim bor deb o'ylayman! Qizning meni yerga urushiga chidab turar olmay, qaddi ni baland tutib, gapirdim. Shu payt anavi sovuq nigohi bilan meni kuzatib turgan olifta meni sinab ko'rmoqchi boldi:
β€” Shunday degin, demak, o'zingga bo'lgan ishonching shunchalik katta... Unda qobiliyatingni ko'rsata. Hozir. Shu yerda.
Uning bu shartini eshitganimdan so'ng o'ylab o'tirmay qo'shiq kuylay boshladim. Menimcha, baland notani olganimda butun karidordagi boshqa kandidatlar ham ovozimni eshitib, eshik ortida poylab turishardi. Vanihoyat oxirgi so'zni aytganimdan so'ng suhbat xonasi tashqarisidan qarsak ovozlari eshitildi. Men bo'lsam, tabassum bilan okiftaning fikrini eshitishgan tayyor turdim.
β€” Shou-biznes olamida faqat ovoz bilan cho'qqiga erishaman deb o'ylama. Ovozing yaxshi, ammo qo'shiq falsh bilan kuylandi. Baland notaga chiqayotganiga tez pastki notani olding.
β€” ishonchim komil kuylaganimda hech qanday falsh yo'q edi.
Bir qo'shiqni ko'targanchamengs tikilib qoldi: β€” 13-raqamli kandidat. Ishga qabul QILINMADING. Oxirgi eshitilgan so'z umuman yoqmaganidan jahl oyida xonadan chiqib ketdim. O'sha kuni kiyimiga qahva to'kib yuborgandim uchun ataylab ishga qabul qilmaganini aniq bilgandim. Shu sabab to'g'ri kechagi Taehyung ismli yigit aytgan joyga bordim. U yigit olifta Jungkookdan ancha muloyimroq edi. Qobiliyatimni kecha ko'rgani sabab faqat qog'oz ishlarini hal qilib, darrov ishga oldi. U yerdagi musiqiy guruhga raqqosalar va orqa fondagi qo'shiqchi bo'lib ishga kirdim.