October 22

Alvon yuraklar 3 qism

Во внешнем мире так мало места для надежды, что мне в два раза дороже мир внутренний.
Эмилия Бронте

Tashqi dunyoda umid uchun joy shunchalik kamki, ichki dunyo men uchun ikki baravar qadrli.
Emiliya Brontе

* * *
Black sky guruhi yo'l olgan avtobus Hanaga yaxshigina tanish bo'lgan o'sha 25 qavatli oq-qora binoning oldida to'xtadi. Guruh a'zolari birin-ketin bino ichiga kira boshladilar. Binodagi mashg'ulotlar zali tomon yo'l olishar ekan,hammadan oxirida ketayotgan Hana o'sha sovuqqon yigitni qayta ko'rib qolmaslik uchun atrofga nazar solardi. Zalga qadam qo'yishlari bilan ularni JK group direktori va o'sha guruh a'zolari ularni kutib turishgandi. Hana ichkariga qadam qo'yishi bilan Jungkookning Taehyung bilan ko'rishayotganini ko'rdi va shopperini qattiq ushlaganicha ular ortidan ergashdi. Th: Bu yil ham bir jamoada bo'lganimiz bilan tabriklayman. Kubok bu yil ham bizga tegishi aniq. JK: Albatta bu gal ham g'olib bo'lamiz...shu payt Jungkookning nigohi Hanaga tushdi — Ko'rishim bo'yicha...safingiz kengayibdi, - deya yer tagiga kirib ketay deb turgan Hanaga jiddiy nigoh bilan tikilib turardi. Th: Ha...u Hana. U tufayli yana bir guruhdan bo'ldik. Festival kuni men tirbandlikda qolib ketganimda sahnada yakka o'zi ham raqs, ham qo'shiqni eplab ketdi. JK: Ha, o'sha kuni ko'zim tushgandi. Qanchalik mahoratli ekanini mashg'ulotlar davomida va...sahnada ko'ramiz. Bizda tayyorgarlik uchun bir oy muddat bor va shu qisqa vaqt ichida biz mukammal darajadagi ko'rinishni tayyorlab ulgurishimiz kerak. Dangasalarni yoqtirmasligimni bilasiz. Guruhdan chetlatilishni istamasangiz o'z ishingizni bilib bajaring.
Shu tariqa ikkala jamoa birgalikda tanlov uchun raqs va qo'shiq tayyorlay boshlashdi. Jimin Jisoo bilan, Yoongi va Rose birgalikda har doimgidek sherik bo'lishdi, Jungkookning jamoasidaagilar ham qo'shildi va oxirida Taehyung, Jungkook va Hana qoldi. Ularning nima qilishni bilmay turganini ko'rgan Rose va Jisoo pichirlab kulib yuborishdi. Su: Boshliq, endi nima bo'ladi? Hana ikkalangiz bilan birgalikda raqs tushadimi xexe..Hamma Jisooning gapiga kulib turgan paytda zalga sovuq nigoh bilan Jennie kirib keldi. J: Ikkilanishga hojat yo'q. Jungkookning sherigi shu yerda, - deya Jungkookning yonida Hanaga qarab turardi. Hamma o'z sherigi bilan raqsni davom ettirishdi Jungkook va Taehyung juftliklari raqs payti sherik almashish qismida Jungkook Hana bilan raqsni davom ettirdi va Hanaga tikilib turgan o'sha qora kolar va belini quchgan qo'llar tanish ekanini his qildi. JK : Xayol surmasdan raqsga e'tibor qarat "Qushcha"..
H: <<QUSHCHA>>..yana o'sha so'z. Bu...bu o'sha. Festivaldagi niqob taqqan yigit u! Hana ko'z oldi qorong'ulashib, yana boshi aylanayotganini his qolgach, oyog'i to'yib yiqilib tushdi va Jungkookning oyog'i ostiga tiz cho'kkancha qotib qoldi H: aiishsh..
Hu holatni ko'rgan jamoa a'zolari to'xtab qolishgandi va Jennie unga kulimsirab qarab turgan paytda Jungkook unga yordam berish o'rniga yoniga egildi: Qo'pol harakatlaring sabab shu ahvolga tushding! Shu tempda davom etadigan bo'lsang, tanlov tugul, mashg'ulotlarda ham qatnasha olmaysan! Th: Jungkook, Hana yaxshi raqs tushadi. Hozirgi holatga biror narsa sabab bo'lgani aniq, uni tanqid qilishni bas qil, - deya Hanaga o'rnidan turishga yordam berdi. Bo'layotgan voqealardan jahli chiqqan Hana uzr so'rab raqsni davom ettirdi.
Mashg'ulotlar tugagach, Jungkook xonasiga qog'oz ishlarini davom ettirgan kirib ketti. Hanadan boshqa hamma sekin-asta uyga yo'l olishdi. Hana biroz oldin qilgan xatosidan jahli chiqqani sababli qayta-qayta holdan toymaguncha raqsni davom ettirdi. Tashqari anchagina kech bo'lganda Hana uyiga qarab yo'l olardi. Piyodalar o'tish joyida hech kim yo'qligini ko'rib, biroz shopperini qattiq ushlab, qo'rquv ostida yo'ldan o'tayotgan payt bosh og'rig'i sindromlari yana takrorlanib, zebra chizig'i ya'ni, piyodalar o'tish yo'lining o'rtasida boshini ushlab o'tirgancha qotib qoldi. Qattiq bosh og'rig'idan ko'zlari yumilgan holda boshini ushlab o'tirgan Hananing chap tarafidan atiga 5 sm masofada tezlikda kelib to'xtagan mashina ovozini eshitishni bilan qichqirib yubordi. Ko'zlari xiralashgani sababli faqat mashinadan tushib kelayotgan qora uzun paltoli kishining silueti u tomon kelayotganini kuzatib turardi.

???: Yo'lning o'rtasida tosh qotib turish nimasi?! O'lging keldimi! - tanish ovozli kishi unga jahl ostida baqirayotganini bilgan Hana ko'zlarini ochib, u tomon yuqoriga qaradi va g'azabdan qoshlari chimirilgan Jungkookni ko'rdi: S-siz?
Jungkook qo'llarini musht qilgan holda unga jahl bilan qarab turardi: Baxtsiz hodisa ro'y berishi mumkinligini o'yladingmi?! Hayotdan to'yganmisan!
Uning ovozini balandlatganidan Hana titroq bosgan qo'llarini boshidan quloqlariga olib keldi va quloqlarini yopib oldi. Uni ko'rgan Jungkookning battar jahli chiqib, Hananing bilaklarini qattiq ushlab, o'rnidan turg'azdi: Men gapirayotganimda ko'zimga qara, Hana!
Keyingi gal yo'limdan shu holatda chiqsang, mendan yaxshilik kutma! - Jungkook Hanaga ko'rsatkich barmog'i bilan takidlab, mashinasiga qayta o'tirgancha Hanani yo'lning qoq o'rtasida tashlab ketdi..
* * *
Shifokor: Bu sindromlar anchadan beri takrorlanadigan ko'rinadi..sizda avtohalokatga oid qo'rquvlar va..jiddiy kasallik avj olgan. Sizda o'tmishdagi travmalar sababli amaksofobiya rivojlangan. Bu kasallik mashinalardan, avtohalokat yoki shunchaki mashina haydashdan qo'rqishga olib keladi. Shu bilan birga...bosh aylanishi, xarakter o'zgarishlari kabi sindromlar esa...<< Pik kasalligi>> uning alomatlari..
Qanchalik jiddiy kasallik ekanini tushunmagan Hana sumkasidagi brelokni o'ynagancha ikkilanib savol berdi: U kasalliklar jiddiy emas to'g'rimi? Ya'ni...davosi bormi?
Sh: Amaksofobiyani davolash bo'ladi. Faqat biroz jasur bo'lishingiz kerak va mashinaga o'tirishni, haydashni hech bo'lmaganda piyodalar yo'lidan bir o'zingiz o'tishga harakat qilishingiz lozim, aks holda, bu qo'rquvni yengolmaysiz. Pik kasalligiga keladigan bo'lsak...afsuski...uning davosi hali topilmagan...rentgen natijalariga ko'ra, boshingiz baxtsiz hodisa sodir bo'lganda qattiq jarohatlangan. Bu gaplarni eshitgan Hana sumkasini qattiq ushlaganicha bir nuqtaga tikilib qoldi. Albatta, da'vosi yo'q kasallikka chalinish va bu kasallik bilan yetmaganidek yolg'iz kurashish do'zahda azobllanishdan-da yomon edi: Da'vosi umuman yo'qmi? Ya'ni men bu kasallik bilan butun umr yashashim kerakmi? Sh: Butun umr deyolmayman..sababi...bu kasallikka chalingan bemorlar uzog'i bilan 6 oygacha umr ko'rishadi..afsusdaman ammo, o'zingizni qo'lga oling va faqat yaxshi narsalarga umid qiling. Kasallikni yengillatish va sindromlarni kamaytirish uchun muolajalar bor ammo, vaqtingiz qanchalik kam qolgani sari dori-darmonlar ta'sirini yo'qotadi. Yuragiga pichoq sanchgandek eshitilgan bu gaplar qizning yuragiga og'ir botgandi va ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar qanday qilib oqayotganini sezmagan Hana yerga qarab tikilib turardi.

* * *
Oradan uch hafta o'tdi, Hana muolajalar uchun pul to'plagani o'qishdan so'ng ham black sky jamoasida, ham restoranda ishlaydigan bo'ldi. Raqs mashg'ulotlaridan so'ng kechki 9dan tonggi 5gacha restoranda ishlardi. Uyga faqat 2 soat uyqu uchun kelardi xolos. Qisqa muddat ichida ham ruhiy, ham jismonan charchagan Hana restoranga kelishi bilan boshlig'i Pak Jinhyu ko'zlari to'la umid uchqunini bilan tezlikda yoniga chaqiradi: Hana yaxshiyamki kelding, senga yaxshigina ish bor agar yo'q dasang)
H: Xayrli kech janob, qanaqa ish? Agar ma'qul bo'lsa, mayli pul to'plash uchun...urinib ko'raman.
Jinhyu: Bizga bir badavlat oiladan buyurtma tushdi. Unga ko'ra ularning uyida ertaga kechki soat 7 da ziyofat bo'lib o'tarmish. Qandaydir...niqobli bazm deganmidi? Xullas katta bazm bo'lib o'tadi. Sen va bir nechta ishchilar o'sha yerga bazm boshlanishidan bir ikki soat oldinroq yetib borishingiz kerak. Borganingizda albatta sizlar ham niqobda bo'lasiz chunki biror nojoya hodisa sodir bo'lishi mumkin o'zing bilasan-ku..
H: Xo'p janob, unda ertaga ishchi guruhimiz bilan boraman, faqat manzilni bersangiz bo'ldi.
* * *
Raqsdagi guruh barcha guruh a'zolari mashg'ulotlar tugab bo'lgandan so'ng nafas rostlashi uchun polga o'tirishgan paytda hammaning oldiga tillarangda "taklifnoma" yozuvi tushirilgan qizil konvert kelib tushdi. Jk: bugun soat 19:00 da uyimizda bazm bo'ladi. Barchangiz taklif qilingan siz va kelishingiz shart! - qisqa so'zlar bilan qog'ozlarni hammaga tarqatib, jungkook hamma bilan xayrlashib, zalni tark etdi. Taklifnoma ochib qaralganda ichida << Niqobli tun bazmiga taklif qilindingiz>> degan yozuvlarni ko'rgan Hana bir zumda tosh qotdi..

Alvon yuraklar by Elli Grace