Alvon yuraklar 5 qism
Sevgilim deyishgan bormaydi tilim,Birga bo'laylik deb duo qilaman. Sensizlikdan qo'rqar bu xasta dilim,Men seni uzoqdan ko'rmay sevaman..
* * *
Ishxonaga zo'rg'a qadam tashlab kelgan Hana tanasidagi og'riqlarni ketkazish uchun dori ichib, raqs mashg'ulotlarini davom ettirdi. Hayriyat-ki, Jungkook muhim uchrashuvi sababli mashg'ulotlarga kelmadi. Raqsdan chiqib to'g'ri uyga borishi bilan yotog'iga o'zini otgan qizning ko'zlaridan sel kabi to'xtamay yosh chiqardi. Kecha bo'lib o'tgan voqea sabab ko'zlari qizarib ketgan Hana qanday qilib kech tushganini ham sezmadi. Taehyung uni sohil bo'yiga chaqirgani yodiga tushib, yuz qo'lini yuvdi va o'zini tartibga keltirib, daryo bo'yiga bordi.
Pov Hana.
O'zimni tartibga keltirib, ko'z yoshlarimni ichimga yutdim va chuqur nafas olib Taehyung bergan manzilga bordim. Sohilga qarab turgan Taehyung meni ko'rishi bilan yuzada kulgi paydo bo'ldi:
Th: Xayrli kech)
H: Salom.
Th: Ahvoling...yaxshimi? Biroz...kayfiyating yo'qdek...ko'rinyapti.
H: Haa..yo'q. Hammasi joyida. Shunchaki...biroz charchagandim xolos.
Th: mm...tushunarli...
Taehyung kiprik qoqmasimdan oldin ko'zlarimni oq lentani bilan bog'lab qo'ydi va qo'llarini yelkamga qo'yib qayergadir boshlab borardi:
H: T-Taehyung, qayoqqa ketyapmiz? Bu..nimasi?
Th: Xavotir olma. Seni o'g'irlab ketmayapman. Shunchaki kecha aytgan syurprizimni ko'rsatmoqchiman... Ana endi ko'zlaringni ochamiz..
Ko'zlarimdagi lentani asta-sekinlik bilan ochildi va o'zimga kelib qarabmanki, sohil bo'yi yaqinida atirgul barglari to'kilgan yo'l atrofi kichik shamlar bilan uzun yo'lak qilingan. Quyosh botgani sababli ufqning qizg'ish ranglari atrofni yana-da chiroyli qilib qo'ygandi. Yo'lakdan qiziqish bilan yurib borishim bilan ikki kishilik bezatilgan chiroyli stolga ko'zim tushdi: Bu...bu..
Th: Ha. Yoqdimi?
H: Taehyung...bular..hammasi ajoyib albatta..lekin qanday sababga ko'ra bunchalik harakat qildingiz?
Th: Avval kel, o'tirib ol. Hammasini ovqatlanish paytida aytaman. Hali kechki ovqatlanishga ulgurmaganing aniq. Stol yoniga yaqinlashganimda Taehyung stulni ochib, joylashishimga yordam berdi va bakallarni shampan vinosi bilan to'ldirdi.
H: Xo'sh? Bunday tayyorgarlikning sababi nimada?
Th: Hana, senga juda muhim bo'lgan bir narsani aytishim kerak. Buni sendan ortiq uzoq saqlay olmayman..
H: N-Nima haqida aytmoqchisiz? Ishda qandaydir xatoliklarga yo'l qo'ydimmi? Agar kechga qolishim haqida bo'lsa meni kuzatib qo'yganingizda aytgandim..avtohalokatdan qolgan travmalarimni..
Th: Bilaman, bilaman. U mavzuni eslashga hojat yo'q. Senga aytmoqchi bo'lgan gapim..boshqa narsa haqida.
H:N..nima haqida?
Th: mm...birinchi uchrashgan kunimiz yodingdami?
H: H..ha...
Th: Kafeda qo'shiq har bir notani chin yurakdan kuylayotganingda sening ovozingga mahliyo bo'lib qolgandim...keyin raqs festivalida vals tushganimda esa...raqsga bo'lgan qobiliyating meni o'ziga jalb qilgandi...Hana, sen hayotimga kirib kelgandan beri butun xayolim sendan boshqa narsani o'ylay olmayapti...Menga qarab turgan bu ko'zlarga doim, umrbod qarashni istardim. Ko'p qizlarni ko'rganman, ammo, har kungi ko'radigan qizlarning hech biri sendek bo'lolmadi. Hech kim sen kabi menda qiziqish, senga bo'lgan hissiyotlarni uyg'otmadi. Senga g'amxo'rlik qilishimga...ruxsat berasanmi? Hayotimning bir qismi...bo'lishingni so'rayman, Hana.
Taehyungning bu gaplarini eshitgan Hana hayratdan tosh qotib qolgandi. Ko'zidagi yoshlarni zo'rg'a ushlab turish uchun hatto ko'zini yummaslik kam harakat qilardi.
Pov Hana.
"Taehyung qilgan taklifga jonim bilan rozilik bergan bo'lardim, lekin, ilojim yo'q...afsus..men sizga juda erta ko'ngil qo'ydim, siz bo'lsa biroz kechikdingiz, Taehyung..."
Hana ham ichidagi hislarini unga oshkor qilgisi kelardi, lekin kecha Jungkook aytgan gaplardan so'ng o'z hislarini yuragining tubiga ko'mishdan boshqa iloji yo'q edi. Hana o'rnidan turdi va stoldan biroz uzoqlashdi: Afsusdaman, Taehyung...
Th: Nima? Seni...seni shoshiltirmayman Hana, yaxshilab o'ylab olish uchun qancha so'rasang shuncha vaqt beraman.
H: Yo'q. O'ylash uchun hech qanaqa vaqt kerakmas.
Th: Ammo...
H: Sizda ko'nglim yo'q, Taehyung. Ko'nglingizni og'ritganim uchun kechirim so'rayman. Lekin siz bilan faqat hamkasb va...do'st bo'lishdan boshqasiga o'tolmayman.
Taehyungning javobini kutmasdan ortiga o'girilgancha, ko'zlaridagi yoshlarni daryo bo'lib o'qishiga imkon berdi va uyiga tomon yugurib ketdi. Taehyungga bo'lgan sevgisini Jungkook tufayli qalbining tubiga ko'mishga majbur bo'ldi.
24 soat avval.
Jk: Manga turmushga chiqasan.
H:N-Nima? Aqldan ozdingizmi?
Jk: Oramizda bo'lib o'tgan ishlardan so'ng hech narsa bo'lmagandek yashay olaman deb o'ylaysanmi?
H: Nima bo'lganda ham sizga turmushga chiqmayman! Siz...siz aqldan ozib qolibsiz...Avval ruxsatimsiz meni...meni..mashina ichida...endi bo'lsa to'satdan to'y. Bu nima tomosha!
Bundan jahli chiqqan Jungkook Hanani bilaklaridan ushlab u tomon yuraverdi toki Hana ortidagi sovuq devorni his qilmaguncha: Sendan ruxsat so'ramadim! Bu buyruq. Xohishlaring meni qiziqtirmaydi. Yoki....sen va anavi dugonang Lisamidi? Ikkingiz ham nomingiz butun Seul bo'ylab hammaning og'zida yurishini xohlaysanmi?
H:N..nima? Lisa? Siz uni...
Jungkook unga kulimsirab qaradi: Qadrli dugonang chet elga o'qishga ketganini bilaman. Bitta qo'ng'iroq bilan sen bilan yarim soat oldin qilgan ishimiz u bilan ham sodir bo'ladi..bechora...qattiqqo'l otasi u haqida bilsa nima qilarkin-a?
H: Aslo! Unga hatto yaqinlasha ko'rmang!
Jk: Agar aytganimni qilmasang, dugonangni ortidan yurgan stalker birgina qo'ng'iroq bilan...
H: Yo'q!
Jungkook uni bilaklarini qo'yib yubordi va qo'lini cho'ntagiga solib biroz ortga qadam tashladi: Senga 3 kun muhlat. Tanlov o'z qolingda Hana. Yoki dugonangdan ayrilasan...yoki menga turmushga chiqasan...6 oyga xolos...keyin ozodsan.
* * *
Hozirgi payt.
Hana Jungkookning taklifi, LISA va Taehyungning taklifi, barini xayol surib ishga ham ikki kun bormadi. So'nggi 3-kunda ishga bordi va mashg'ulotlar zaliga kirishda xayol bilan kimningdir ko'ksiga uchib tushdi. Boshini yuqori ko'tarib qaraganda, unga aniq va o'tkir nigoh bilan qarab turgan Jungkookni ko'rdi: Quchog'imga otilishingni javob tariqasida qabul qilaymi? Bu gaplarni eshitib Hananing qoshlari chimirildi va to'g'ri qolgan guruh a'zolari tomon yurdi. Raqs tayyorgarlik paytida Hana xayol bilan bir nechta xato qilishga ham ulgurdi. Mashg'ulotlar tugagandan so'ng Jungkook xonasida Hanani kutardi. Jungkookning xonasi eshigidan ovoz eshitildi.
H:Kirsam...maylimi?
Jk: Kir. Hana kichik qadamlar bilan Jungkookning xonasiga kirdi.
Jk: Xo'sh? Taklifimni o'ylab ko'rdingmi?
H: ...
Jk: Demak, dugonangning hayoti senga muhim emas, shunaqami?
H: Y-yo'q..Men..Men..taklifingizga roziman
Jk: Demak, to'yga rozisan...
H: Ha.
Jk: Mmm..tushunarli. To'y keyingi haftada bo'ladi. Ketishing mumkin.
H: Nima? Shunchalik...shunchalik tezmi?
Jk: Shikoyating bormi?
H: Y-yo'q. Faqat to'yni kichikroq qilsak. Bu haqida guruh a'zolariga aytmasak degandim. Bundan taajjublangan Jungkook bir qoshining ko'tardi:
Jk: Nega endi? Shunday mashhur va katta kompaniya egasining to'yi soxta bo'lsa ham, baribir hamma bilishi shart. Hattoki, ishchilar ham! Axir sen to'ydan keyin oilali ayol bo'lasan. Bu degani atrofingda boshqa erkaklarga aslo o'rin yo'q degani. Men to'yning qanday hashamatli bilan o'tishini emas, balki bo'lajak rafiqam kimga tegishli ekanini butun dunyo bilishini xohlayman. Toki boshqakar unga hatto nazar ham tashlamasin. Gapim tushunarli bo'lgan bo'lsa ketishning mumkin.
Hana endigina xonadan chiqmoqchi edi. Jungkook uni to'xtatib qoldi.
Jk: To'xta. Jungkook o'tirgan o'rnidan turib,, uni yoniga bordi va cho'ntagidan yulduzli brelokli bilakuzugni chiqardi: Bu senikimi?
H: Ha. Uni qayerdan...topdingiz?
Jk: buni Taehyung sovg'a qildimi?
H: Nima? Yo'q. Qaytarib bering.
Jk: Ah, unda..Taehyungdan oldingi yigitingmi?
H: Haddingizdan oshmang!
Jk: Nega? Yigitingni sovg'asimi? Unga ayt senga bunaqa arzimas sovg'alar berib ovora bo'lmasin.
Jahlini tutib turolmagan Hana unga tarsaki tushirdi: Haddingizdan oshmang Jungkook! Barcha aytganlaringizni qilyapman degani bunchalikka borishingiz mumkin degani emas!
Jk: Taqinchoqni qaytib ko'rmaysan. Endi ketishing mumkin.
H: Yo'q..qaytarib bering...iltimos. Men...men tarsaki tushirmoqchi emasdim. Iltimos..
Jk: Eski yigiting senga shunchalik qadrlimi?
H: Iltimos..qaytarib bering..Uzr so'rayman...kechiring. Qiz ko'zidan oqayotgan ko'z yoshlarga qaramasdan tinmay kechirim so'radi: U onamdan qolgan yagona narsa...hech qanday yigitim yo'q, bo'lmagan. Iltimos qaytaring.. Kechiring...boshqa qaytarilmaydi. Iltimos
Jk: Hoy, bo'ldi yig'ini bas qil. Ushla. Endi ketishing mumkin. Faqat..yig'lashni to'xtat.
Pov JK.
Ikkinchi marta. Ikkinchi marta uning ko'zlaridan yosh oqishiga sababchi bo'ldim. Jin ursin. Nega aynan u yig'laganda ko'z yoshlariga jim qarab tura olmayman. Hatto musht qilib turgan qo'llarimga ichidagi taqinchoqning terimga qanday og'riq berib qonatayotgani ham uning oldida hech narsa bo'lib qoldi. Nega uni aynan yigiti berdi deb o'ylaganimni o'zim ham tushunolmayapman. Atrofida hattoki xayolida biror yigit haqida o'ylashi meni aqldan ozdirayapti, jin ursin! Hatto Taehyungning kompaniyasida ishlashining o'zi g'azabimni ortishiga yetib ortadi.
* * *
To'y kuniga 2 kun qoldi. Kundan kunga Hana bezovta bo'lib borardi. Bugun mashg'ulot paytida xayol bilan ba'zi harakatlarni unutib qo'ydi.
Th: Hana, yaxshimisan? Bugun negadir o'ychan korinasan..
Rose: Ha, Hana. Raqsda hecham xato qilmasding..
H: Ha...yaxshiman. Biroz xayolga berilib ketibman.
Hamma Hananing oldida to'planib turgan paytda zalga Jungkook qo'lida bir talay konvert bilan ular oldiga keldi.
Jk: Uni xayoli nega parishonligini men bilaman, - deya Hananing o'ng tomonida turib uni belidan quchdi. Buni ko'rganlar hayratdan yuzlari qizarib turgan Hananing belida turgan qo'llarga qarab qolishdi. Taehyung bo'lsa qoshlari chimirilgancha qo'llarini cho'ntagiga solib musht qilardi.
Th: Bu yerda nimalar bo'lyapti?
Jisoo : Biz nimadandir bexabar qoldikmi?
Jimin: Haa Jungkook. Qachon bunchalik yaqin bo'lishga ulgurdingiz?
Suga: Balki tushuntirib berarsiz..
Jk: Savol berishni to'xtatsangiz hammasini aytaman.
Jennie : Xo'sh?
Jk: Biz Hana bilan turmush quryapmiz. To'y 2 kundan so'ng.
Hamma: Nima?...