Alvon yuraklar 2-qism
Siamo angeli con un'ala sola
Biz bir qanotli farishtalarmiz. Faqatgina birgalikda qanot qoqa olamiz.
O'qishdan chiqib, to'g'ri yangi ish joyimga bordim. Janob Taehyung ortidan mashg'ulot zaliga kirib borar ekanman, qo'llarimdagi titroq va hayajonni yengish uchun chuqur nafas olib, bilakuzugimdagi yulduzlarni qattiq siqqanimcha zalga kirdim. Bizni ko'rgan jamoa a'zolari musiqani to'xtatib, o'z joylarini egallashdi. Shu payt u men tomon iliq tabassum qilib, so'ng guruhga yuzlandi: β Hammaga salom, bolalar. Mashg'ulotni buzgani uchun uzr, ammo, sizlarga...yangi sherik olib keldim. O'ylaymanki, birgalikda ahil bo'lib, kelishib ketasizlar. Hana, o'zingni tanishtirishing mumkin.
β Salom, ismim..Lee Hana. 20 yoshdaman. Seul Universitetida 2- kursda o'qiyman. Yaxshi chiqishi ketamiz degan umiddaman, - yengil tabassum qilgan-cha, ta'zim qildim. Guruh a'zolari ichidan menga xursand bo'lib tikilib turgan qora sochli qiz to'satdan quchoqlashga tushdi. βGuruhumiz kengayganidan xursandman) Ha, aytgancha, Kim Jisoo. Shunchaki Su deb chaqirsang ham bo'ladi, β Hey, Jisoo, bechora qizni nafas rostlashiga qo'yib ber. Men Roseman tanishganimdan xursandman. Guruhdagi qizlar meni yaxshi qabul qilishganidan quvonib, Taehyungga jilmayib qo'ydim: β Men ham tanishganimdan xursandman. βPark Jimin, Rose bilan aka-singilmiz. Guruhimizga xush kelibsan. β Min Yoongi. Taehyung tanlagan inson hech qachon yomon bo'lmagan. Tez chiqishi ketamiz deb umid qilaman.
β hammangiz bilan tanishganimdan xursandman. Oldin hech qanday guruh yoki yakka holda katta sahnaga chiqmaganman. Lekin siz yordam bersangiz, ishonchingizni albatta yoqlayman, - oxirgi gapini Taehyungga qarab, menga bemalol ishonishi mumkinligini tasdiqlagan holda aytdim.
β Xavotir olma, agar bunga ishonchim komil bo'lmaganida seni ishga qabul qilmagan bo'lardim...Xo'sh, unda cho'zib o'tirmay, ishga kirishaylik. Har 4 yilda o'tkaziladigan raqsga tanloviga tayyorlanishimiz kerak. 100 ta guruh ichidan top 10talik guruhga kirishimiz kerakligi yodingizda tursin.
Jm: Xavotir olma, bu yil ham albatta g'alaba qozonamiz. Guruhimiz kengayganidan so'ng bunga 100% aminman). To'satdan hammaning nigohi menga qaratildi va qizarganimdan nima qilishni bilmay qolganimda hamma kulib yubordi:
Th:βMayli hazilni qo'ying, bu gal qanaqa tomosha ko'rsatamiz shu haqda gaplashsak. Su: β bu yil balki, oqqush valsini ko'rsatsak-chi? Har birimizga sherik yetarli va qizlarning gimnastikaga oid jozibali qo'l harakatlari har bir tomoshabinga yoqadi albatta. Th:β Ajoyib fikr, Jisoo! Bu yilgi chiqishimiz albatta zo'r bo'ladi.
* * *
Hana:
Tonggi salqin shabada yuzimni silar, oltin rangga bezagan daraxtlar o'z barglarini bahorda ochilgan o'rik gullaridek to'kardi. Ishga kirganimga 1 hafta bo'lmasidan, Lisa ham o'qishi yuzasidan chet elga ketib qoldi. Institutdan ishga biroz sayr qilib, qo'limda 6 ta qahva bilan kirib bordim. H:β Salom do'stlar)
R:β O, Hana! Salom. Mmm...qahva bizgami?
H:β Ha, yo'lda kelayotir qolgandim, β Rahmaat. Mashg'ulot zaliga Taehyung kirib kelishi bilan hamma o'z joylarini egalladi. U oversize uslubidagi qora futbolka bilan kilot uslubidagi keng va yengil shimda kelgandi. Peshonasini o'rab turgan qaymoq rangli bandamka uning ko'rkiga yanada chiroy qo'shib turardi. Th: β Hammaga salom. Xo'sh, hamma shu yerdagi ekan, unda mashg'ulotlarni boshlasak ham bo'ladi. Su:β Ha, biz Rose bilan hamma uchun rollarni tayyorlab qo'ydik)
Th:β Ha, rostdanmi? Su: β Haa, albatta boshliq) Men Jimin bilan sherik bo'laman. Rose akasi bilan birga bo'lsa it-mushuk bo'laman deb, Yoongini tanladi...shunday ekaann... Jisoo Hana va Taehyungga jilmayibgina qarab gapini tugatmadi. H: β Shundaa...men yakkaxon raqsga tushamanmi? Su:β Ha-ha-ha, qo'ysangchi Hana. Sen...boshliq bilan....akhem akhem...deya yo'talib qo'ydi Jisoo. Taehyung bir Hanaga so'ng esa guruhga qarab qo'ydi: β Mayli, unda...old qatordagi..juftlik oqqushlar..rolini o'ynaganim bo'lsin. Ularga qanday raqam tushishni ko'rsatib qo'yaylik, Hana. H: β A...ha? Haa...albatta... Th: mayli, unda hamma o'z o'rnini egallasin. Rose va Yoongi siz o'ng tarafda, Jimin va Jisoo sizlar chap tarafda raqsga tushasizlar.
Biz esa...o'rtada, shu yerda turamiz.. Hamma o'z joyini egallagan san so'ng Taehyung musiqani yoqish uchun burchakdagi turgan kalonkaning tugmasini bosdi va o'zi Gananing yoniga turdi. Musiqa so'zlariboshlanishidan oldin Hananing qanchalik kichkina ekanligi unga biroz yoqimli tuyildi sababi Hana uning Yelkasidan bir qarich past edi. Musiqa boshlanishi bilan hamma yigitlar qizlarning o'ng tomonida turishdi. Qizlar ta'zim qilib, ularning qo'lidan tutishdi. Hana Taehyungning katta qo'llaridan ushlar ekan, Taehyung o'ng qo'lini Hananing beliga olib bordi, 1, 2 qadam bir birlariga yuzlanishdi, 3, qizlarni barmoqlarini uchida 360Β°ga aylantirishdi... Ort tarafdagi 2 justlik Taehyung va Hananing biroz sekin rraqs tushayotganini ko'rib kulib qo'yishadi. Taehyung Hanani aylantirib, ortiga o'tib, belidan quchdi. Chap yelkasiga Taehyungning issiq nafasi urib turgan Hana qo'llarining issiq va katta qo'llar ko'tarishini diqqat bilan kuzatardi. Musiqa so'nggida Taehyung uni belidan quchgan holda ortga egib, o'ng oyog'ini biroz ko'tardi... Qo'shiq tugagach qolgan ishtirokchilar qarsak chalib yuborishdi. Jm:β qoyil Taehyung. Seni hech ham bu kabi romantikman raqsga tushadi deb o'ylamagandim. Suga: β Ha, ayniqsa, umrida qiz bola bilan raqstusagan, hatto oldin birorta qiz bilan sevgi munosabatida bo'lmagan bo'lsang ham, birinchi martada xuddi professional darajada eplading. Th:β Qo'ysangizchi, shunchaki...raqsga tushish jon-u dilim. Keyin raqsga tushayotganda musiqani butun vujudingiz bilan his qilib raqsga tushsangiz, tanangiz hatto sizga bo'ysunmay qoladi. Su: Biz ham valsga tushdik, ammo, sizlar kabi ehtirosli raqsga tushish qo'limizdan kelmadi xi xi xi, βHoy, bo'ldi qilsangizchi..undan ko'ra qilingan xatolaringizni tuzating. Kechki 7 gacha qayta raqsga tushib, barcha xatolarni tuzatib chiqishdi. Rose akasi Jimin bilan uyga ketdi, Yoongi esa Jisooni uyiga tashlab qo'ygani yo'l oldi. Hana do'stlariga piyoda ketishni ma'qul ko'rishini aytib, hammadan oxirida ketishga tayyorgarlik ko'rdi. Binodan chiqishi bilan yomg'ir quyib yuborgandan Hana biroz muddat bino tagida yomg'irning sekinlashishini kutdi. Th:Hana? Hali ketmadingmi? H: Yo'q, endi ketmoqchi bo'lib turgandim. β Soyaboning yo'q ko'rinadi. Mashinaga chiq, uyingga tashlab qo'yaman. Qorong'uda bu holatda uyga yetib olishing qiyin. Mashina haqida eshitgan Hana qo'lidagi sumkasini biroz qattiq qisgancha, vaziyatdanchiqib ketishga urinadi:β m... bilasizmi?..piyoda yurish...sog'liq uchun ancha foydaliroq. Shunga...piyoda ketgandim ma'qul. Uyim hamshu yaqin atrofda. β ammo, bunaqa kuchli yomg'irda...piyoda ketsang jiqqa ho'l bo'lasan. β hech qisi yo'q, amallab yetib olaman...Hananing ahvolidan xavotir olgan Taehyung uni kuzatib qo'yishga qaror qildi: β Bilasanmi.... gaping to'g'ri. O'ylab qarasam, anchadan beri sport bilan shug'ullanmay qo'ygan ekanman...unda uyingga piyoda boramiz. Seni kuzatib, keyin uyga qaytaman. E'tirozlar qabul qilinmaydi!
Oradan bir oy o'tdi. Hana va Taehyung ancha yaqin bo'lib qolishgandi. Bugun uzoq kutilgan raqs tanlovi bo'lib o'tadigan kun. Koreyadagi barcha mashhur guruhlar shu yerda edi, shu jumladan Hanaga va qolgan ishtirokchilar ham kiyinish xonasida tayyorlanayotgandilar, ammo, Taehyung hali yeti kelmadi.H: Jimin, Taehyungga qo'ng'iroq qildingmi? Qachon yeti kelar ekan?, - xavotirlangancha qo'lidagi bilakuzugini ushlab so'radi Hana. Jm: Ha 15 daqiqada shu yerda bo'laman dedi.. Xavotir olma u o'z vaqtida yetib keladi agar tirbandlik kuchayib ketmasa.. H: Agar...agar kelolmasa-chi? 1oy tayyorlagan namoyishimiz nima bo'ladi? Top 10talik guruhga kira olmasak-chi? Suga: Hana, xavotirlanma u yetib keladi. Sen ungacha raqs uchun kiyimlaringni tayyorlab tur..tez orada bizning navbatimiz keladi.
Hana.
Kiyinish xonasiga borib, namoyish uchun kiyimimni kiya boshladim. Ko'ylakni kyib, oyna tomon aksimga qaradim. Ko'ylakning ikki yelkasini tortib ushlab turgan ingichka ip ort qismi beldan bir qarich balandroq qismigacha ochiq qismida bog'liq turardi. Yeng qismi yo'q edi hattoki, ko'ylakning ochiqligidan biroz noqulay bo'ldi, ammo, sahna uchun chidashga majburman.
Sahnaga chiqish oldidagi parda yonida Taehyungning kelishini kutib o'tirardim. Sahnadan bizning galimiz kelganini eshitib, yuragimning urishi qanchalik tezlashib ketganini sezdim. Sahna o'rtasida faqat menga qarata yorug'lik tushirilgandi, atrof qorong'uligidan faqattomoshabinlarning ovozi va mening sherigim qachon chiqar ekan deya pirichlashlari eshitilardi. Musiqa boshlanishi bilan o'z so'zlarimni kuylagan holda nozik va mayin harakatlar bilan raqsni boshladim. Taehyungni kelishini intizorlik va umid bilan kutayotgani paytimda ortimdan qattiq va issiq qo'llarning biri belimni, ikkinchisi esa qo'limni tutganini sezdim. Ammo..bu Taehyungning qo'llari emasligini sezdim va raqsni davom ettirgan holda sahna bo'ylab yuqoriga lentada ko'tariladigan paytda ortidagi insonga yuzlandim. Afsuski, uning yonoqlarigacba bo'lgan qismi qora karnaval niqobi bilan yopilgan edi. Niqob ortida mendan ko'zini uzmay tikilib, xuddi bu raqsga oldindan tayyirlangandek meni harakatlantirardi. Bir qo'li bilan lentani ushlagach, ikkinchi qo'li belimni qattiq ushlagani i sezdim: qattiq ushlab ol. Sahna bo'ylab yuqoriga ko'tarilar ekanmiz kimligi noaniq bo'lsa-da, uning bo'ynidan qattiq uchib oldim. Tobora baland ga ko'tarilar ekanmiz, uning kiyimidagi mushtim qattiqlashib borardi va so'nggi balandlikka yetganimizda qo'rquvdan ko'zlarimni yumib uning yelkasiga boshimni qanday qo'yganimni sezmay qoldim. Shu payt o'zimni ishonchli joydagidek his qalardim hatto uning kimligini bo'lmasam-da, belini quchgan qo'llari balandlikka bo'lgan qo'rquvimni yengishda yordam berardi. Yakka on namoyishimiz tugab borar ekan, yerga ohista qadam qo'yganimizda notanish yigit ohirgi so'zini aytib bir zumda arvoh kabi qorong'uliktomon g'oyib bo'ldi: <<omad, qushcha>>
u aytgan so'nggi gapdan so'ng, guruhimizning qolgan a'zolari va nihoyat Taehyung ham sahnaga chiqishdi. Oqqush valsi namoyishini ajoyib tugatib, Kiyinish xonasiga qaytganimizdagina yengil nafas oldik. Th: Hana, meni kechir. Tirbandlik sabab birinchi namoyishga ulgurmadim. H: Hechqisi yo'q...lekin sizning o'rningizga kimdir niqob bilan chiqdi...kimligini raqs tugaguncha ham topolmadim. Th: Niqob ostida? Balki, biror yordamchi guruhlardan orqa fondagi raqqosalardan biri chiqqandir. Bunday holat tez-tez uchrab turadi. H: mm... Tushunarli. Balki rostdan ham shundaydir. Nima bo'lganda ham shu i songa rahmat. U bo'lmaganda top 10talik guruhga kira olmadik. Tanlov oxirlab borar ekan, hamma guruhlardan sahna oldiga katta ekranga qarashlarini so'rashdi. Barcha guruhlar o'sha yerda to'plangandi va 10 ta kuchli guruhlar 2tadan sheriklarga hamkorlikda bo'linishi kerak edi. Ekranda bizni g guruh bilan birga hamkor jamoa sifatida ishtirok etadigan guruhning nomini ko'rishim bilan o'sha joyni g o'zida hayrat va g'azabdan qotib qoldim..