Poisoned heaven ep. 2
Bahorga ishonma u shunday fasl,
Hatto o'z gullarin tashlab ketadi.
Sevgiga ishonma u shunday hazil,
Hatto ko'zlaringni yoshlab ketadi.
Erta tongda vannadagi ovozdan sekingina uyg'ondim. Derazadan xonaga quyosh nurlari tushib turardi. Asta-sekin ko'zimni ochib, yotoqdan tunni zo'rg'a o'tkazib olib tura boshlaganimda ustimdagi ko'rpa ochiq tanamdan sirpanib tushdi. Bu tun Jungkook meni yarim tunda 3 marta o'zini qondirish uchun uyg'otdi. Lekin...mening tanam unga yengilgan bo'lsa-da, haligacha uning tanasi ostiga moslasha olmadi. 1 hafta ichida ancha o'yladim...balki u...men qo'rqqanchalik yomon emasdir...balki hamma shunchaki adashgandir...
Hammom eshigi ochilib, bel qismida faqat sochiq bilan o'ralgan Jungkook xonadan chiqib keldi. Xonadan chiqqach, ho'l sochlarini sochiq bilan qurita boshladi. Uni kuzatib turib, muskulli tana tuzilishiga mahliyo bo'lmay iloji yo'q...uning butun o'ng qo'li tatuirovkalar bilan to'ldirilgan..ko'krak qismi va press qismidagi mushaklarini aytmasa ham bo'ladi...sochini artgan sochiqni yotoq yoniga tashlab, shkaf yoniga borarkan, ko'zlari menga tushdi...
β Xayrli tong...pichirlagancha unga qarab, tun qanday o'tganini o'ylab, tanam qanchalik qizib ketayotganini sezdim. U jimgina javob bermay yotoq tomon yaqinroq kela boshladi. Uni ko'rib, xuddi miyamga endi urgandek, ko'rpani ustimga yopdim. Mening harakatlarimni ko'rib, shkafga tomon bosayotgan qadamlari to'xtab, ustimdagi ko'rpaga tushdi. U menga yaqin kelib, ustimdagi o'rnashdi..qancha ortga egilmay, tatuirovkalarga to'la qo'li bilan sochimni silab, o'ziga tortgancha to'satdan qo'pol bosa oldi. Uzoq vaqt havo yetmaganidan so'ng, mendan biroz chetlashganida boshim biroz aylandi. Nafasimni rostlashga harakat qilgunimcha uning qo'li ko'ksimga tushib qisganidan uchib tushdim.
β Hech qachon menga tegishli narsani berkitma, tushundingmi? Jungkookning tim qora ko'zlari qo'li turgan ko'krak qismiga tushdi. Uning sovuq ovozidan o'zim bilmagan holda birdan bosh qimirlatdim.
~~~
Katta hovlida birga nonushta qilganimizda uni ko'zlari faqat menda bo'ldi. Har bir hatto kichik harakatlarimni ham tikilib kuzatardi. Bir daqiqa Jungkook yomon inson emasligiga ishonib, balki rostdan ham bir-birimizni sevib qolarmiz deya hayol surganimda, afsus...bu shunchaki hayol ekanini tushunib yetdim..Va nihoyat yettinchi osmondan yerga tushib, u aslida qanchalik vahshiy ekanini bila boshladim. U meni xuddi shaxsiy uy hayvonini kuzatgandek ortimdan qolmay kuzatardi. Uydan tashqariga bir qadam ham bosishga ruxsat bermadi. Kamdan-kam gaplasha boshladik. Kundan kunga ishi tufayli asablari toraya boshlagani sabab, ko'ziga kamroq ko'rinib, halaqit qilmaslik yaxshi deb o'yladim.
Jungkook mashg'ulotlarim uchun tayyorlagan xonaga kirib, pianino chalishni mashq qila boshladim.
Eshik taqillab, xonaga Jungkookning odamlardan biri keldi.
β Mrs Jeon...
β Eshitaman
β sizni eringiz mehmonxonaga chaqiryapti...
βXo'p, hozir boraman.
Jungkook chaqirgan mehmonxona oldiga kelishim bilan katta eshik ochildi. Qarshimda bir erkak qo'li orqaga bog'langan holda Jungkook qarshisida tiz cho'kib o'tiribdi. Jungkook bo'lsa unga o'ldiradigan nigoh bilan tikilib turibdi..Yuragim oyog'imning kuchiga tushib ketib, xonaga kirishim bilan Jungkook menga qaradi. Uning nigohlari to'yimiz kuni to'pponcha o'qtalgan qizga qaratilgan o'sha nogoh edi..Tanam bo'ylab sovuqlik yugurib, turgan joyimda qotib qoldim.
β Oh, mening go'zal xotinim va nihoyat tashrif buyurdi!
Uning baland ovozi butun xonada exo bo'lib tarqaldi. Yonimga kelib, qo'limdan ushladi va yerga o'tirgan erkak yoniga olib keldi. Oyoq kiyimning uchi bilan notanish erkakning jag'ini ko'tarib biz.tomonga yuzini ko'tardi.
β Bunchalik qo'pol bo'lma, Son Min..Xotinim bilan salomlash.
Yigit biz tomonga nafrat to'la ko'zlari bilan qarab turdi.
To'satdan Jungkook uning yelkasiga oyog'ini qo'yib, yigitni itarib yubordi. Yigit yerga yiqilib tushishi bilan Jungkook u tomon biroz egildi.
β Meni yaxshilab eshit, sen pastkash! Xotinimga behurmatlik qila ko'rma! Jungkook qo'lini ortga qilib, yerda yotgan yigitning yuziga musht tushirdi. Uni urishdan to'xtash niyati yo'qligini ko'rib, ortga o'girilib yigit yuziga tushayotgan musht ovozidan qaltiray boshladim.
β Ana endi, jin ursin salomlash! Uning baland ovozidan battar qaltirab uchib tushdim.
β S...salom...x...xonim.
Jungkook uni qo'yib yuborib, oldimga kelishi bilan sochimdan qattiq ushlab oldiga tortdi. Jag'imni qattiq qisib, ko'ziga tik qarashim uchun boshimni ko'tardi.
β U juda ham chiroyli, to'g'rimi?
Biroz sukunatdan keyin yigitning ko'ksida turgan oyog'i uni qattiqroq ezdi:
β TO'G'RIMI?!
Yigit qon to'la yuzida qo'rquv bilan tezda bosh qimirlatdi: β T...to'g'ri.
β U nafaqat chiroyli, balki juda ham iqtidorli. U pianinoni chiroyli chaladi.
Meni katta mehmonxonaning bir burchagida turgan katta fortepiano oldiga o'tqazdi.
β Xotinim qanday pianino chalishini ko'rishingni xohlayman Min. Shuningdek....biz kichik bir o'yin o'ynaymiz. Solya pianinoda biror musiqani chaladi. Senda qaysi musiqa ekanini topish uchun faqat 3 ta imkoniyat bor.
β Qani Solya, o'zingga yoqqandi biror qo'shiqni chal. Jungkook qo'lidagi to'pponchasi bilan jilmayib, menga ishora qildi. To'pponchani ko'rib, qo'llarim qaltiray boshladi. Jungkook ko'z oldimda bir insonni o'ldirmoqchi. Agar u qaysi qo'shiq ekanligini topsa, Jungkook uni tirik qoldirishini aytdi. Ammo men uni o'lishini xohlamayman. Lekin...Jungkook agar uning ishlariga yana aralashsam, oyog'ingni sindiraman degani....umrim davomida qancha ahmoqliklar qilgan bo'lsam ham, bu β eng ahmoqonasi. Men Bethovenning FΓΌr Elise musiqasini chaldim. O'q ovozi yangradi va anavi yigit qichqirganicha yerga yiqildi. Hali o'lmadi...Jungkook qoshini chimirgancha qo'llarini musht qilib men tomon keldi va o'rnimdan turg'azib, xonadan olib chiqib ketdi.
O'z yotoqxonamizga kirgach, eshikni yopib, yuziga tarsaki tushirdi. Qattiq kuch bilan kelgan tarsakidan qichqirib polga yiqildim. Og'riqni his qilishga ulgurmasimdan, Jungkook sochimdan tortib turg'azdi va devorga tirab bo'ynimdan bo'g'a boshladi. Nafas yetishmayotganidan hozir aniq yiqilib tushishimni sezib, qo'lini olishga qancha harakat qilmay baribir befoyda bo'ldi. Hech narsani sezmayotgandek jahl to'la ko'zlari bilan menga qarab turardi. Bu inson faqat azoblash, o'ldirish uchun tarbiyalangan. Unga qarshi chiqishining o'zi aslida o'ziga o'lim tiklash bilan barobar edi.
Bo'ynimni qo'yib yuborishi bilan polga yiqildim. Ko'z yoshlarim to'xtamasdan oldin iyagimni qattiq ushlab o'zi tomonga burdi.
β Men β Jeon Jungkook. Shimoliy Koreyaning bo'lajak mafia boshlig'iman! Men buyruq berganimda uni bajarilishini TALAB qilaman! Sochimdan ortga tortib ko'ziga qarashga majburladi va sovuq hamda qo'rqinchli nigohi bilan menga qaradi:
β Agar yana bir marta meni aldamoqchi bo'lsang, va'da beraman oqibati juda ham yomon bo'ladi, Solya.
β Shu kungacha hech kimning xayoliga bugun sen meni aldagandek aldash kelmagan. Qisqa qilib aytganda, rosti o'sha ahmoqona musiqani chalganingda meni hayron qoldirding, Solya.
U ko'ylagimni ko'tardi va qo'li pastka harakatlandi. Hatto ichki kiyimimni yechishga bordi. Yo'q, iltimos faqat meni shuncha do'pposlagandan keyin emas...
β yo'q, I...iltimos...J-Jungkook...
U birdan qo'lini olib, ortga qadam qo'ydi.
β Yaxshi. Senga qanday jazo berishni keyin o'ylab ko'raman. Ammo, anavini baribir o'ldiraman. Sekin astalik bilan azoblayman.. O'limi kelganda...unga o'sha ahmoqona musiqangni chalib berasan
β Yo'q, Jungkook iltimos unday qilmang! Qo'rquvdan qanday qilib uni qattiq ushlab bo'lganimni ham sezmay qoldim. U meni yana devorga itarib yuzimga qattiq tarsaki tushirdi va jag'imni qo'llari bilan og'riqli darajada ushladi.
β Men senga ishlarimga aralashsang nima bo'ladi degandim?! Yodingdami!
Jag'imni battar qattiqroq qisishi bilan chidab bo'lmas og'riqdan baqirib yubordim.
β Aaaa...K...kechiring...iltimos
~~~
Ertalabdan oyna qarshisida o'tirib, uzun sochlarimni taray boshladim. Mening kun tartibimdan saqlanib qolgan yagona narsa shu bo'lsa kerak.. Uzun va qalin sochlarimni doimgidek 22 marta o'ngdan, 22 marta chapdan taradim... Oynaga qarab, tarsaki izi qolgan chap yonog'imni ushlab, tikilib turganimda ortimda Jungkook meni kuzatib turganini ko'rdim. U krovat ustida qo'llarini orqasiga qilib suyanib mening har bir harakatimni kuzatib o'tiribdi. Men sochlarimni tarang bo'lib, pastga, oshxonaga tushdim..Albatta, oshxonada Jungkookning xizmatkorlari bor, lekin negadir oshxonaga kirgim keldi..balki uyda Jungkookdek vahshiy odamdan boshqa kimdir bilan vaqt o'tkazgum kelgandir.. Oshxona lga kirishim bilan hamma ishchilar to'xtab, menga ta'zim qila boshlashdi va to'xtab qolishdi.
β O, yo'q meni deb ishingizdan qolmang..
β Adashib qoldingizmi, Jeon xonim?
β Yo'q, men shunchaki...kirib o'tgandim
β M....xonim....oshxona...s..siz uchun emas...
β Nega endi oshxona xotinim uchun emas?! To'satdan Jungkook ortimda paydo bo'lganidan hammamiz uchib tushdik.
β Janob men...men...ke-kechiring janob Jeon..men..haddimdan oshganim uchun uzr.
β To'g'ri aytasan. Haddingdan oshding. Bu uy - men va xotinimniki. U xohlagan xonasiga kirishi mumkin. Va buni senga qanaqadir muammosi bo'lsa..Jungkook stol ustida turgan pichoq kuchini qizning yuzida yurgizib, qaltirashidan go'yo zavqlanayotgandi.
βyaxshisi, muammoing bo'lmagani yaxshi. U qizni javobini eshitmasdan qo'limdan tortib, xonadan olib chiqdi.
β Kun endi boshlandi sen bo'lsa muammo tug'dirishni boshlading. U to'xtab, qo'lini tarsaki tushirgan yonog'imga qo'ydi.
β Birozdan so'ng seni xonamda kutaman. Senga aytilgan ishni qil Solya..shundagina o'zingga yaxshi bo'ladi.
Ko'p o'tmay uni xonasiga kirishim bilan stol ustidagi qog'ozlaridan boshini ko'tarib, menga ichkarida turgan pianino oldida o'tirishni aytdi.
β Birorta musiqani chaladi, Solya.
β Q...qaysi birini?
β Xohlaganingni...sen unashtiruvimizda chalgan musiqani chal.
Men qaltiragan qo'llarim bilan kayfiyatini buzmaslik uchun musiqa chalishni boshladim...birozdan so'ng boshimni pianinodan ko'tarib unga qaraganimda Jungkook menga qo'lidagi qog'ozlarni qattiq qisgancha qarab turardi.
β Senga aytilgan ishni aytilganidek qilolmaysanmi? Yuzida hech qanday his-tuyg'ularini ko'rsatmay, o'rnidan turib, men tomon juda yaqin kelib egildi.
β Men savol berdim.
β men...m...gapimni tugatmasidan xonaga bizning to'yimiz kuni kelgan qiz kirib keldi. Jungkookni stoli oldida kormagach, xona burchagida mening qarshimda ko'rib, Jungkookni oldiga kelish o'rniga men tomon jahl bilan kelib, yuzimga tarsaki tushirdi. Og'riqdan qichqirib, stuldan yerga yiqildim..ayyshshsh...Jin ursin, men unga nima qildim?! Nega yana men?!
Boshimni ko'tarib qaraganimda Jungkook qizni mendan itarib yubordi.
β Rose! Nima qilyapsan!
Men o'rnimdan turib, ularning ishiga aralashmaslik uchun eshik yoniga yaqinlashganimda Jungkookning baqirganidan joyimda qotdim.
β To'xta! Joyingga qayt!
β Haromi, foxisha! Jungkook seni sevmaydi! U meni yaxshi ko'radi! Meni! U meniki! Seni o'ldiraman! Haromi!
Jungkook qizni aylantirib, bo'ynidan ushlab boshini stolga qattiq bosdi.
β Men. Senga. Jin ursin. Nima. Degandim! Yana bir marta qarshimdan chiqsang, tirik qolmasligini unutdingmi?... Jungkook qizni bo'ynini stoliga qattiqroq tirab, qo'li bilan meni ko'rsatdi.
β Xonaning burchagida turgan bu go'zallikni ko'ryapsanmi? U hech qanday fohisha emas. U. Mening. Xotinim! Va uni qo'rqitmoqchi bo'lgan gaplarning menga yoqmayapti. Jungkook belidan to'pponchani olib, qizning boshiga qo'ydi.
β Agar yana qarshimdan chiqsang, o'ldiraman deganmidim? Xo'sh yana nega uyimga ruxsatsiz kelding?!
β Avval bu uyda birga yashagandik..bu bizning uyimiz edi Jungkook.
Qizning gaplaridan Jungkook kulib yubordi. Bu oddiy kulgi emas, balki sovuqqon kulish edi. Lekin qizning gaplaridan keyin unga biroz rahmim keldi.
β Solya, uning kimligini bilasanmi? Uzoq sukunatdan keyin Jungkook qoshlarini chimirib baqirdi.
β Solya!
β Y...yo'q b-b-bilmayman.
β Bu Rose. U bilan avval ko'ngil xushlik qilganman. U men bilan tun o'tkazgan yagona qiz emas albatta...lekin ko'rishimcha u meni shunday go'zal va farishtadek begunoh xotinimni tashlab uni β nechta erkak bilan o'ynashib yurgan ilonni qo'ynimga qaytib olaman deb o'ylabdi. Bechora...essiz..
Jungkook qizning boshini stoliga qattiq urishi bilan ikkimiz ham qichqirib yubordik. Bechora yerga fontan bo'lib oqayotgan qonni to'xtatish uchun burnini ushlab o'tirib qoldi. Jungkook tezlikda meni sochimdan tortib oldiga qizning yoniga tiz cho'ktirdi. Sochimni qattiq ushlaganicha to'pponchasini qizga qaratdi.
β Rose. Sen menga hech kimsan. Bu esa mening xotinim. Menga undan boshqa hech kim kerak emas. Meni Solyani tashlab seni oldingga qaytadi deb o'ylagan bo'lsang adashasan. Sen va men? Hech qachon! Oramizda hammasi tugadi. To'pponcha qizning peshonasiga yo'nalganda qo'rquvdan uning qo'lini turtib yuborishi bilan o'q ovozi xonani larzaga keltirdi.