November 27

Poisoned heaven ep. 1

Poisoned heaven ep.1

Author: Elli Grace

When I'm away from you,

I'm happier than ever.

n I'm away from you,

en I'm away from you,

hen I'm away from you,

when I'm away from you,

When I'm away from you,

I'm happier than ever.

Wish I could explain it better

I wish it wasn't true

Give me a day or two to think of smth clever

To write myself a letter.
® Billie Eilish

* * *
16 yosh. Qiz bolaning eng gullagan davri. Bu yoshda qizlar endigina yuzlarga atir-upalarni sepishni boshlashadi, dugonalari bilan aylanishga, uchrashuvlarga chiqishadi. Ammo...men 16 yoshga to'lganimda mening hayotimga otam tomonidan nuqta qo'yilgan. O'sha tunda otam o'z xonasiga chaqirganda his qilganlarimni aslo unutmayman. Chunki o'sha kuni men juda ham xursand edim, sababi otamning "tug'ilgan kuning bilan, qizim!" degan 4 dona so'zini intiqlik bilan kutgandim.

4 yosh paytimda onam dushmanimiz bo'lgan boshqa mafialar tomonidan otamga dars berib qo'yish uchun o'g'irlab ketishgandi. Nima bo'ldi-ki, uning avlodi davomchisi - merosxo'ri men bo'ldim. Otamning menga mehribon bo'lganini hatto eslolmayman ham. Shu sabab hatto o'g'il farzand ko'rmagani uchungina men bilan qo'pol muomalada bo'lgan deya o'zimni ovutardim. Mening bo'sh vaqtim bo'lmasligi uchun qattiq harakat qilardi. Hatto qattiq bosim ostida oyoqlarim qonaganiga qaramay, baletga jalb qildi, rassomchilikka qiziqqanim uchun unga ham berdi. Har kuni tinimsiz xonamga kelib, qanday raqs tushishimni ko'rib ketardi. Hattoki bir og'iz maqtov ham, qanchalik o'nglini qondirganimni, men bilan faxrlanishi yoki raqsim yaxshi chiqqanini ham aytmasdi. Biz xuddi bir uyda yashovchi begonalardek edik. Otaning farzandi uchun mehri, e'tibori qanchalik muhim ekanini bilsa edi...

O'sha kun. 16-tug'ilgan kunimda otam xonasiga chaqirdi. Yugurib, xonasi tomon katta eshik ochilishi bilan uning stoli yonidagi o'rindiqqa o'tirdim. Meni tabriklashini kutayotgan yuzimdagi kulgi otamning jiddiy nigohi sabab yo'qoldi.

— o'zing ko'rib turganingdek, Shimoliy Koreya bilan aloqalarimiz yaxshi emas. Chet ellik dushmanlarimizning bizning hududga kirishini oldini olish uchun, ular bilan birlashishimiz kerak. Uning o'g'li esa yoshi o'tayapti. Tezroq oila qurishi kerak.

Bu gaplardan so'ng battar qayg'u va notinchlik qalbimni egalladi. Gap nima haqida ekanligi aniq edi.
— Sen mening yagona farzandim ekanliging sabab, sendan boshqasida umid yo'q. Shu bois sen Jeon Jungkookka turmushga chiqasan. To'y 18ga to'lganingda bo'ladi.
Ikki og'iz aytilgan so'z yuragimni qinidan chiqaray dedi. Bu gaplardan keyin o'tirgan o'rnimdan qulab tushmaslik uchun o'zimni zo'rg'a bosdim. Jungkookdan hamma qo'rqardi. Agar bizning oilada bunday qo'pol gaplarga ruxsat berishganda, uni aqldan nosog'lom degan bo'lardim. Hamma bolalar yoshlik davrini beg'uborlik bilan o'tkazganda, u 10 yoshda allaqachon ulg'aygan yigit kishidek edi. U uchun his tuyg'ular oxirgi o'rinda turadi. Hattoki 17 yoshida qanday qilib bir ishchini o'ldirgani, boshqasining unga tekkanlari uchun qo'lini kesgani umuman yodimdan chiqmaydi. Uning qo'lidan hatto men ham tirik chiqishim dargumon. Jin ursin, otam meni hattoki odan deb bo'lmaydigan Jeon Jungkookka bermoqchi.
— Bu hammamiz uchun yaxshi imkoniyat, Anna...
* * *

2 yildan so'ng.
O'z mashg'ulotlar xonamda raqs tushardim. Hech bo'lmaganda mana shu hobbilarim meni qo'rquv va bezovtalikdan yiroqda saqlardi. 2 yil shunchalik tez o'tdi-ki, hatto to'yimga kam muddat qoldi.

Turmush qo'rqinchli albatta, agar siz hayotingizni bog'layotgan inson siz xohlagan inson bo'lmasa, siz kutgandek mehr, e'tibor va iliqlik hatto oddiygina sokinlik va xavfsizlik kabi tuyg'ularni bera olmasa. Umringizning qolgan qismini umrbod tuyg'ularsiz qurilgan ichi bo'm-bo'sh turmushda o'tkazish, o'la olmagani uchun yashayotgan mazmunsiz hayot kechirishdek gap...

Unashtiruv marosimi o'tkazilgan zalga kirib kelishim bilan Jungkook menga boshdan oyoq tikilib turardi, hattoki o'sha nozik, qarab bo'lmaydigan nuqtalarga ham. Qarshimda turar ekan, ko'ylagimdan tortganini ko'rdimu, quchog'iga qanday otilganimni sezmay qoldim. Belimdan tortib, o'ziga yaqinlashtirib, qulog'imga qanday kulgi bilan pichirlayotganini sezdim:
— Tunda oyoqlaring orasida bo'lishga sabrim yetmaydiganga o'xshayapti. Aytgan gaplaridan keyin nafasim bo'g'zimda tiqilib qolgani va qanchalik havo yetmayotganini sezdim. Shundan keyin zalda amakivachcham Soyeon yonida eri bilan turganini ko'rdib, meni qo'yib yubordi va o'zi mehmonlarni kutib olishga ketdi.
Soyeon: Juda ham go'zalsan, Solya. - Soyeon yuzimni kaftlariga ushlab, jilmayardi. Ammo men ortiq chidolmay oxiri yorildim.
Solya: Men...qo'rqyapman, Soyeon. Qattiq qo'rqyapman.
Soyeon: Xavotir olma, hammasi yaxshi bo'ladi..
Ko'zlarim birozdan so'ng turmushga chiqadigan o'sha tim qora ko'zlarni izladi. Zalning tashqari qismida chiroyli bir malla soch qizni devorga tirab, bo'ynidan bo'g'ayotganini ko'rdim.

X: sen menga bunday qilolmaysan, Jungkook..
Jk: Senga oramizda hammasi TUGADI. To'yim kuni paydo bo'lishga qanday hadding sig'di. Qiz shunchaki yosh to'la ko'zlari bilan zo'rg'a nafas olib Jungkookka qarab turardi. Ko'zi qonga to'lgan Jungkook bir urinishda cho'ntagidan pistolet ini olib, qizning peshonasiga tutdi. To'pponchani o'tishga tayyorlashi bilan oyoqlarim o'zimga boysunmasadan ular orasiga tushdim: Iltimos Jungkook uni o'ldirmang.
—Solya, bazmga qayt. Aralashma.
— iltimos...uni o'ldirmang..o'tinaman.
Jungkook qizning bo'ynidan qo'lini olib, mening qo'limni qattiq siqdi.

— Boshqa men va xotinimning yo'lidan chiqma. Aks holda hayotdan umidingni uz. - buyruq bergandek gapirgan so'zlaridan keyin, eshik tomon meni tortib ketdi va devorga tirab, tun kabi qorong'u ko'zlari bilan yutib yuboray deb qarardi.
— Yana bir marta ishimga aralashsang, oyog'ingni sindiraman, tushundingmi?
Qaltirab bosh chayqashdan boshqa hech narsa qilolmay, hayotimning qolgan qismini bir mahluq bilan qanday davom ettirishim haqida o'ylab qoldim.
Altar tomon otam qo'limdan ushlaganicha maxluq tomon meni boshlab borardi: Bugun juda chiroylisan, Solya..
Otamdan shu 4ta so'zni eshitishni 18 yil kutgandim. Bu gapni eshitish men uchun ushalmas orzu edi. Ammo Qalbimda qandaydir nafrat xursandlik o'rnini egalladi. Otam meni shu so'zlar bilan aldab, xohishlariga qarshi qurilgan turmushga majburan beryapti. Yetmaganidek, yana inson deb sanab bo'lmaydigan maxluqqa. Altar yonida Jungkook bilan turarkanman, uning ko'zlari meni bir soniya ham tark etmadi. Agar shu maxluqqa bo'lgan qo'rquvim bo'lmaganda, balki bo'lajak erimning qanchalik kelishgan ekanini tan o'lan bo'lardim. O'z so'zlarimni qaytarayotgan payt ham yuzida yoqimsiz kulgi va menga qaratilgan o'tkir nigoh hecham tark etmasdi.
— Roziman. Gapimni aytganimdan bir daqiqa ham o'tmasdan, iliq bo'saga duchor bo'lganimni sezishga ulgurmadim. Lablarim hissiz bo'saga bilan band ekan, yumiq ko'zlarimdan issiq ko'z yoshlar dur kabi oqib tusha boshladi. To'y marosimidagi bazm oxirlab qolgandi. Meni faqat yaqin kelib qolgan tun qo'rqitardi. Zaldan chiqib ketish oldidan Jungkook atrofidagi bir guruh menga notanish insonlar bilan suhbatlashgani biroz uzoqlashdi. Endigina bemalol nafas olaman deganimda otam qarshimda paydo bo'lib, o'zi yodlab olgan o'sha hissiz gaplarini qaytardi: Sen bilan faxrlanaman, Solya. Sen oilamiz sha'nini oqlading. Unga chimirilgan qoshlari va nafratga to'lgan ko'zlarim bilan qarardim. Qo'llarimni musht qilishimdan oldin otam bilagimdan suyaklarimni sindiray deydigan darajada qattiq ushladi: Otangga tik qarab, hurmatsizlik qilishga qanday hadding sig'di, yara.. Gapini tugatmasidan oldimizga Jungkook kelganini ko'rib, qo'limni qo'yib yubordi. Jk: 2 soat oldin Solya meniki bo'ldi. U MENING xotinim. Agar yana bir marta unga qo'l tekkizadigan bo'lsang, shu barmoqlaringni kesib tashlayman. Aytgan gaplarini qanday tushunishni ham bilmay qoldim. U men uchun shunchaki o'qib bo'lmas sirli kitob kabi edi. Boshqalarni xatti-harakatidan, gaplaridan qanday ekanini bilsangiz, ammo uni tushunolmasdingiz. Bu kitobni ming marotaba ochib o'qisam ham tushunmaydigandek edim.

Birozdan so'ng mening yangi va qorqayotgan uyimga yo'l oldik. Mashina ichida ham kelin ko'ylakni qattiq qissgancha haykaldek qotib keldim. Yonimdagi insonning nigohi menga qanchalik bosim o'tkazayotganini bilsa edi. U mening qaltirashiga va qo'rquv to'la ko'zlarimdan faqat rohatlanardi. Go'yoki unga yoqayotgandek edi. Mashinadan tushib, uch qavatli katta uy oldida to'xtab ekanmiz, Jungkook mening qo'limdan ushlab, kulib gapirdi:
— Qo'rqyapsanmi? Xuddi ichimdagi gaplarni eshitgandek so'radi.
— Xavotirlanma, senda birinchi marta bo'lgani uchun yaxshilab muloyim bo'lishga harakat qilaman. Aytgan gaplari xuddi ustidan kulgandek edi. Xatto har gapidagi kulgu yonoqlarimning qip-qizil bo'lishidan to'xtatib qolmadi. Albatta bu kabi jirkanch ishlar u uchun oddiy hol edi. 18 yil uni umuman ko'rmagan bo'lsamda gazeta va jurnallarda go'zal qizlar bilan nomi mashhur edi. Atrofidagi qizlarning xipcha beli va yarim yalang'och kiyimlaridan, ular bilan bunday ishlarni qilmaslikning iloji yo'qdek ko'rinardi.
Uyga kirgach, ikkinchi qavatdagi uchinchi eshik ochilib, chiroyli va hashamatli qilib bezatilgan xonaga kirdik. Kirishimiz bilanoq titroq bosib, birdan savol berdim:
— Vannadan F-foydalansam bo'ladimi?
U avval biroz jim bo'lib qoldi keyin jimgina bosh chayqadi. Sekingina bemalol nafas chiqarib, vannaga kirdim va eshik qulf ekaniga ishonch hosil qilib, egnimdagi og'ir kelin ko'ylak i yechib, dushda issiq suvni yoqdim.
Dush tagida oynadagi aksimga qarab turar ekanman, endi Min Solya emas, JEON Solya bo'lganim hayolimdan o'tadi. Jungkookning to'ydagi qizga qurol o'qtalganini eslab, sochlarimni fatadan bo'shatayorgan paytimda belimda qaynoq qo'llarni sezishim
bilan qichqirib yubordim. Ortimda turgan Jungkookning issiq nafasini bo'ynimda his qildim. U bo'lsa qo'llarini belim atrofiga o'rab, qulog'imga pichirladi:
— Shshsh...qimirlama. Undan chiqqan past ovozdan, yurak urishim qanchalik tezlashgani sezilib turardi.
— Shunchaki tinchlan. O'zingni bo'sh qo'y. Bu yog'iga o'zim g'amxo'rlik qilaman...