July 26, 2025

𝙋𝙄𝘼𝙉𝙊 𝘼𝙁𝙏𝙀𝙍 𝙎𝙀𝙓 | 𝙋𝙄𝘼𝙉𝙄𝙉𝘼𝘿𝘼𝙉 𝙆𝙀𝙔𝙄𝙉𝙂𝙄 𝘼𝙇𝙊𝙌𝘼

8|BOB

“Sevgi — bu najot bo‘lishi kerak edi… ammo biz uni jinoyatga aylantirdik.”

Viktorning nafaslari Elena yuziga urilar, g‘azab va iztirob aralash nafrat bilan ko‘zlari yonardi. Ammo uning qo‘llari titrardi, go‘yo u qilayotgan ishining asl mohiyatini o‘zi ham anglay olmayotgandek. Elena ko‘zidagi yoshlarni tiya olmadi, bo‘g‘ilib, ammo qat’iyat bilan pichirladi

— Meni yomonlikdan himoya qilaman, degan erkak… endi o‘sha yomonlikka aylanganini ko‘r. Bu — sening sevgining natijasimi, Viktor?..

Viktorning qo‘llari muzdek bo‘lib ketdi. U birdan to‘xtab, qo‘lini tortib oldi. Mashina ichida og‘ir sukut cho‘kdi. U o‘zining qo‘pol harakati bilan Elenani sindirib qo‘yayotganini tushundi. Ko‘ksidan og‘ir nafas chiqib, pichirladi

— Men... seni yo‘qotishni istamayman. Men shunchaki… seni himoya qilmoqchiman, El...

Elena bo‘shashgan qo‘llaridan foydalanib, o‘zini chetga surdi, ko‘z yoshlarini yutib, sovuq ohangda javob qaytardi

— Himoya? Meni sindirish bilanmi? Yoki do‘stimni o‘ldirish bilanmi? Gabrielga tegib ko‘r-chi... o‘sha kuni sen uchun oxirgi kun bo‘ladi!

Viktor unga qaray olmadi. Uning yuragi go‘yo temir changal ostida ezilayotgandek og‘irlashdi. Mashinani to‘xtatib, boshini rulga qo‘ydi.
Gabriel o‘z villasi ichidan ularni kuzatib turardi. Uning lablarida sovuq tabassum yugurdi. Yonidagi qora niqobli odamga sekin dedi

— Viktor hali ham o‘sha... sevgi uchun o‘zini ham yo‘q qiladigan bolakay. Ammo bu safar uning sevgisi o‘zini ham, Elenani ham yondiradi. Tayyorlan. Bizga o‘yin boshlash vaqti keldi.

Niqobli kishi jim bosh irg‘adi. Qorong‘u xonada ularning ovozlari go‘yo jinlarning shivirlashiga o‘xshardi.
Tungi Palermo. Sovuq shamol ko‘chalarni qamrab olgan, dengizning sho‘r hidi havoda aralashib turar edi. Viktor mehmonxona xonasida deraza yonida turib, sigareta tutunini ko‘kka uchirar, Elenaga esa ortga o‘girilib qaramasdi. Elena esa yotoqda o‘tirgancha uning orqasiga tikilib, yuragidagi g‘azab va iztirob bilan kurashardi.

— Viktor…

dedi u sekin, ovozida titroq bilan.

— Men sendan nafratlanaman. Ammo… shu nafratning ichida hamon sevgining izlarini his qilaman. Nega? Nega meni shunday azobga mahkum qilding?

Viktor asta orqasiga o‘girildi. Uning ko‘zlari xira, ichida ming yillik og‘riq yotgandek. U asta yoniga kelib, Elenaning yuzini qo‘llari bilan ushladi.

— Chunki seni sevganim mening eng katta jinoyatim, El…

Shu payt telefon yana jiringladi. Viktor qo‘liga olganida boshqa tarafdan sovuq ovoz eshitildi

— Vaqt tugadi. Gabrielni yo‘q qilmasang ikkoving ham ertaga tirik qolmaysan.

Viktorning qo‘li titradi. Elenaga qaradi.

— Endi bizning sevgimizni o‘zi o‘lim sinovidan o‘tkazadi..

Elena ko‘zlarini kattaroq ochdi, ichida vahima uyg‘ondi. U bilardi, bu kecha ularning hayotini butunlay o‘zgartiradi.

Italiya tunida uzoqdan kelayotgan motor tovushi, ko‘cha fonarlari ostida paydo bo‘layotgan qora mashina, va ularning hayotini uzil-kesil o‘zgartiradigan qaror...
Viktorning qo‘lidagi qurolning sovuq temiri xuddi taqdir eshigini taqillatgandek tovush chiqardi.

Viktorning ko‘zlari xira tus olib, ichidagi barcha tuyg‘ularni yutib yuborgan bo‘lsa ham, yurak urishi tezlashib ketganini yashira olmasdi. Elenaga qaraganida, go‘yo bu dunyoda faqat ikkovlari qolgan, tashqarida esa bo‘ron kelyotgandek tuyulardi.

— Elena…

dedi u qattiq xo‘rsinib.

— Agar men buni qilmasam, bizning oxirimiz bo‘ladi.

— Biz?

Elena keskin jilmaydi, ammo ko‘zida yosh yiltirab turardi.

— Biz allaqachon o‘lganmiz, Viktor. Sen meni o‘sha kuni o‘ldirding, meni bu o‘yinlaringga aralashtirgan kuningda. Endi esa qaysi Bizni saqlamoqchisan?

Viktor og‘ir qadamlar bilan unga yaqinlashdi. Uning sovuq qo‘llari Elenaning yelkasini tutganida, u titrab ketdi.

— Men seni dunyodagi hamma narsadan ko‘proq sevdim, Elena. Hattoki o‘zimdan ham. Shuning uchun… seni qutqarish uchun ham qon to‘kishimga to‘g‘ri keladi.

— Qon?

Elena kulib yubordi, kulgusi iztirob aralash chiqdi.

— Sen qon to‘kishni baxona qilasan. Aslida esa bu sening haqiqiy yuzing! Ularning iblislari emas, sen o‘sha iblisssan!

Viktorning lablari titradi. U og‘ir bo‘lsa ham asta orqaga chekinib, devorga suyanib o‘tirib qoldi. Qo‘llarini yuziga bosdi. Ichidan kelayotgan o‘sha quyuq qora bo‘shliq uni yutayotgandek edi.

— Agar men iblis bo‘lsam… unda seni sevishim ham jinoyat bo‘lib qoladi.

O‘sha payt eshikning qulfi sekin burildi. Elenaning yuragi hapriqib ketdi. Viktor chaqqonlik bilan o‘rnidan turib qurolni oldi. Eshik ochilganda, qorong‘u soyada Gabrielning qiyofasi ko‘rindi. U xotirjam jilmayar, xuddi bu kechaning xo‘jayini u bo‘lgandek.

— Nihoyat uchrashdik, Viktor. O‘sha bolakay hali ham ichingda yashayotganini ko‘rib turibman.

Viktorning qo‘lidagi qurol qattiqroq ushlanib ketdi.

— Nega bu yerga kelding, Gabriel?

Gabrielning nigohi Elenaga tushdi. Uning lablarida kulgi paydo bo‘ldi, ammo ko‘zlari jiddiylashdi

— Men undan qarzdorman. Uning hayoti mening qo‘limda. Sen esa… uning azoblarining sababisanki, seni yo‘q qilish men uchun jazodek emas, qutulish bo‘ladi.

Elena o‘rtalariga tushdi.

— To‘xta! Gabriel, iltimos! Bu yo‘l… bu qasos seni ham yo‘q qiladi!

Gabriel uning qo‘lidan tutdi. Uning nigohi bir zumda yumshadi.

— Men seni hech qachon yo‘qotishni istamagan edim, El…

Viktorning sabri to'ldi. Uning yuragida sevgi, rashq, qo‘rquv va g‘azab birlashib, qonga to‘la to‘lqinga aylandi. U qurolni ko‘tardi.

— Yetar! Mendan hech kim seni tortib ololmaydi, Elena!

Gabriel ko‘zlarini qisdi, sekin jilmaydi.

— Demak, o‘sha eski Viktor hali ham o‘lmagan… Sevgi deb atalgan jinoyating yana bir marta qon so‘raydi.

O‘sha lahza xonani portlashdek ovoz to‘ldirdi. Elenaning qichqirig‘i, qurolning o‘q tovushi, Gabrielning keskin nafas olishi… Va hammasi jimlikka cho‘kdi. Elenaning qo‘llari titrab, oldidagi manzaraga qaradi. Kim yiqildi? Kim o‘q yedi? Uning yuragi tomirlarini yirtib chiqayotgandek tez urardi. Qorong‘u xonada endi yangi boshlanayotgan fojianing hidini eshitish mumkin edi.

Qurolning o‘q tovushi xonani larzaga soldi. Bir zumda hammasi jim bo‘ldi. Elena sekin pastga qaradi uning oyoqlari ostida qonga o‘xshash issiq suyuqlik oqib, gilamni bo‘yayotgandi. Yuragi hayqirardi, ammo ovoz chiqara olmadi. Gabriel asta yon tomonga yiqildi. Qo‘llarini qorniga qo‘ydi, ammo labida nim tabassum qoldi.

— Viktor… Har doim… shunday qilarding. Yo‘q qilasan… sevasan… yana yo‘q qilasan.

Elena qichqirib Gabrielning yoniga cho‘kdi. Uning qo‘lini ushlab, ko‘z yoshlarini tiyolmadi.

— Yo‘q! Gabriel! Iltimos, jonim, qarama! Sen meni yana tark etma!

Viktorning qo‘llari esa qotib qolgandi. Qurol hali ham titrab turar, u o‘zini go‘yo tanimayotgandek his qildi. Yoniga sekin cho‘kib, qo‘lidagi qurolni chetga uloqtirdi.

— Men… men buni istamagan edim… Buni qilishni xohlamagandim…

Gabriel kuldi. Qon tomchilariga aralashgan kulgisi dahshatli va achchiq edi.

— Istamagan edingmi?.. Viktor, sen hech qachon o‘zingni tan olmading. Hattoki sevging ham qonga belanganini ko‘rmayapsan.

Elena unga qarab, yovqarash bilan baqirdi

— Sen meni yana o‘ldirding, Viktor! Bu safar butunlay!

Viktorning yuragi yorilib ketgandek bo‘ldi. U Elenaga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, ammo Elena keskin ortga surildi. Uning nigohi sovuq, nafrat bilan to‘lib ketgandi.

— Endi sen mening uchun o‘lgansan, Viktor. Qancha yashasang ham o‘lgansan!

Shu payt Gabrielning qo‘li Elenaning bilagini sekin ushladi. Uning ovozi juda past, ammo iztirobga to‘la edi:

— El… ket… Bu o‘yin endi sen uchun emas. Bu… bizning urushimiz.

— Yo‘q! Men seni tashlab ketmayman!

Gabrielning ko‘zlari so‘nib borayotgan chiroqday xira tortdi.

— Senga… bitta sirni aytaman… Viktor… u… u senga onang haqida… hammasini aytmadi…

Viktorning yuragi muzlab ketdi.

— To‘xta, Gabriel!

Ammo Gabriel davom etdi

— Sening onang… o‘sha kuni ko‘r bo‘lib qolmagan. U… seni… undan qutqarish uchun… ko‘r bo‘lib ko‘rsatgan… Sen hech qachon uni tanimading, Elena. U… hanuz… tirik…

Elena qotib qoldi. Uning qulog‘ida faqat bitta jumla jaranglab turardi... "Onang hanuz tirik…"

Gabrielning qo‘li sekin tushib ketdi. Xona yana jimlikka cho‘kdi. Faqat Viktorning og‘ir nafaslari va Elenaning titragan yelkalari eshitilardi. Tashqarida qorong‘u Palermoning sovuq shamoli esar, osmon esa bo‘ron oldidan kutayotgan kabi qop-qora edi. Bu tun sevgi, nafrat va sirlarning tuniga aylandi. Viktor qurolini qo‘liga oldi, ammo bu safar u o‘ziga qaratdi.

— Agar seni yo‘qotgan bo‘lsam… yashashning ma’nosi qolmadi…

Elena bir zumda uning qo‘llarini ushlab, qurolni tortib oldi. Ko‘zlaridan yosh to‘kilardi, ammo ovozi sovuq edi

— Yo‘q. Sen bu oson yo‘l bilan qutulmaysan. Sen yashaysan, Viktor. Yashab har kuningda bu azobni his qilasan.

Viktorning ko‘zlaridan ham yosh oqdi.

— El… meni kechir…

Elena unga sovuq qaradi.

— Kechirish? Endi kechirish degan so‘z bizning hayotimizdan o‘chirilgan. Endi faqat azob qoladi.

Italiyaning tongi kelganda, bu xonada uchta taqdir butunlay o‘zgargan edi. Gabrielning qoni gilamda qurib, Elenaning yuragi sovuq nafratga aylangan, Viktor esa o‘zini ham, sevgisini ham yo‘qotgan holda qotib qolgandi. Va tashqarida… uzoqda, qora soyalar orasida bir ayol ularni kuzatib turardi. Uning ko‘zlari ko‘r emas edi.

— Meni tanimaysan, Elena… ammo men seni hech qachon tark etmaganman…

— My HUNTERS fanfic davomi uchun szdan 100ta reaksiya va 50 ta bo'lsa ham fikr kutib qolaman! Birorta imlo xato bo'lsa mazur tutasiz~