August 3, 2025

𝙋𝙄𝘼𝙉𝙊 𝘼𝙁𝙏𝙀𝙍 𝙎𝙀𝙓 | 𝙋𝙄𝘼𝙉𝙄𝙉𝘼𝘿𝘼𝙉 𝙆𝙀𝙔𝙄𝙉𝙂𝙄 𝘼𝙇𝙊𝙌𝘼🔞

4|BOB
Viktor uni kuzatayotgan odamni sezib turardi. Uni mo'ljalga olayotgan odamni ortidan Ruslan borib boshiga temir bilan urdi. Ikkinchi oynada o'tirgan odam yugurib yuqoriga ko'tarildi. Ruslanni otmoqchi bo'lganida qolgan odamlar kelib undan qurolni olib o'zini otishdi.
— Bu kimning odamlari bo'lishi mumkin?
— Ruslan uning tatusiga qara!
Ruslan kengashi o'lik holda yotgan odamning bo'yniga tushirilgan katta burgut tatusini ko'rdi va tagiga Silver deb yozilgan edi.
— Silverdan ekan. Tonus ni odamlari bo'lishi kerak. O'liklarni chemadonga solib sovg'a qilib yuboringlar.
— Hop Ruslan.
Viktor omon uyga yetib oldi. Uyda Elena va xizmatkor yuklarni o'ylayotgan edi. Viktor kelganini ko'rgan Elena etagiga qo'llarini artib Viktor tomon yugurdi.
— Keldingizmi? Qayerda edingiz?
— Biroz ishlarim bor degandim. Shuni hal qilib keldim. Mensiz zerkib qolmadingmi?
— Yo'q ammo sog'indim.
Viktorning bag'riga otilgan qizni qattiq quchoqladi.
— Ertaga Amerikaga uchib ketyapman.
— Nima? O'zi endi keldik ku. Nima sabab bolyabdi u yerga ketishingiz uchun?
— Ishlarim bor. Havotir olma ishni tamomlab tez qaytaman. Bunga 2kun ham ketmaydi.
— Aniqmi? Men yolg'iz o'zim qo'rqaman.
— Havotirlanma sen havfsiz qollardasan sevgilim. Yur ul bul yeb olaylik.
Viktor yashirin ish qilayotgani Elena ga yoqayotgan edi. U Viktor dan shubhalanishni boshlagan edi. Nonushta qilishni boshlashdi. Viktor muzlatkichdan bir shokolad bolakchasini olib og'zida tishlab ushlab turgan holda Elena tepasiga kelib uning yuzidan tutib o'ziga qaratdi. So'ng Viktor egilib Elena ga shokolad yedirtirdi.
— Mmm juda mazali ekan
— Albatta. Nonushta qilib bo'lib keyin biroz uhlaylik yo'l meni charchatdi.
— Hop.
Elana va Viktor nonushta qilishda davom etishdi. Elenaning kayfiati ko'tarinki edi. Viktor ichkariga kirib yotoqga joylashib olgan edi. Elena ham tezroq ichkariga kirib Viktor ning kiyimi ichiga kirib Viktor ning lablaridan o'pdi. Elena o'ziga nima bo'layotganini butunlay sezmasdi. Shunchaki hozirda u ehtirosli aloqa hohlayotgnini harakatlari bilan sezdirar edi. Viktor Elenaning nozik harakatlarini sezgan edi. Uning muzdek qo‘llari ostida Elena tobora titrardi. Erkak hech narsa demadi, faqat lablarida sekin tabassum paydo bo‘ldi. Qizning lablari haligacha shokoladning yengil shirinligiga to‘la edi. Ular jim bo‘lishardi faqat yurak urishlari bir-biriga urilayotgandek eshitilardi. Viktor Elenaning belini qo‘llari bilan quchib, uni o‘ziga yanada yaqinroq tortdi. Sochlarining hidi unga aralashib, butun xona birdaniga issiq tus oldi. Qiz uning ko‘zlariga qarab, yuragidagi tortinish bilan kurashardi. Ammo kech edi. U allaqachon bu erkakka bo‘ysungan, unga ich-ichidan tegishli bo‘lib ulgurgan edi.
Viktor past ovozda pichirladi
— Qani... meni yana sog‘inganingni ko‘rsatchi.
Bu so‘zlar Elenaning butun vujudini lahzaga soldi. Viktorning bu ohangida buyruq bor edi, ammo bu buyruqda iliqlik va ehtiros aralash edi. Elena Viktorning yelkasidan ushlab, lablarini yana uning lablariga bosdi. Bu safar ehtiyotliksiz, to‘liq ishtiyoq bilan. Ularning o‘pishlari tobora chuqurlashar, har bir harakatda mehr bilan birga ochilayotgan tuyg‘ular jilvalanardi. Viktor asta sekin Elenaning ko‘ylagini yechib, barmoqlari bilan uning orqasini silab tushardi. Har bir harakati ehtirosli, muloyim edi. Bu ehtirosli shoshilinch emas, aksincha uzoq kutilgan, yurakdan kelgan yaqinlik edi. Ular yotoqda bir-biriga singib borishdi. Ustlaridagi choyshab asta harakatlanar, oynadan tushayotgan quyosh nuri Elenaning yelkalarini nurdek yoritardi.
Ularning harakatlari bir biriga mos edi. Nihoyat... jimlik. Nafaslar tinchidi, ammo yuraklar hanuz urishda davom etardi. Viktor Elenaning peshonasidan o‘pib, uni o‘z bag‘riga oldi.
— Senga va’da beraman. Men seni bu dunyodagi hamma narsa, hamma odamdan ko‘proq asrayman.
Elena birinchi marta bu so‘zlarga to‘liq ishondi. Unga noma’lum bo‘lgan xavfli dunyo orqasida turgan erkak, shu lahzada faqat uning yuragidagi bir odam edi.

Xona sokin edi. Tashqarida quyosh yorishmoqda edi, lekin ichkaridagi muhit qorong‘u va iliq. Nafaslar og‘irlashgan, havo yetishmay bo'ga yotgandek edi. Viktor Elenani yelkalarini yotoqga tiradi. Uning ko‘zlariga qaragancha, barmoqlari bilan yuzini siladi. Bu harakatlarda nafaqat mehr, balki chuqur istak bor edi. Elena jim, faqat yuragi qattiq urar edi. Ularning lablari birlashdi, asta, keyin tobora shiddat bilan chuqurlashib borishardi. Har bir o‘pishda sukutdagi ehtiros so‘zlardi. Viktor uning quloq orqasidan o‘pdi, Elena esa unga biroz yaqinroq keldi, butun tanasi bilan unga suykaldi. Ularning nafasi bir-biriga aralashib ketgan, yuraklari esa go‘yoki bir xil urayotgandi. Viktor Elenaning qulog‘iga ohangdor ovozda pichirladi.
— Bugun kechasi faqat seniki bo‘laman.
Elena qizarib, ko‘zlarini yumdi. Uning butun vujudi tebranar, yuragi to‘lqinlanardi. U o‘zini tamoman Viktorga topshirgan edi. Choyshablar asta silkinib ularning ehtirosga to'la jinsiy aloqasi boshlangan edi. Har bir harakat sekin, lekin chuqur. Har bir nafas, har bir teginish, har bir ohang ehtirosga to‘la edi. Tanalar bir biriga singib borar, go‘yoki ular orasida havo ham to‘xtagandek edi. Ular jim bo‘lib, bir birlarining harorati, nafaslari va yurak urishlari orqali so‘zlashar edi. Viktor har bir teginishda Elena qanday tebranayotganini sezardi.

U har galda uni o‘ziga ohangli harakatlar bilan yana yaqinlashtirar, hech qanday shoshilishsiz, o‘ziga xos hukmronlik bilan unga zavq berardi. Elena esa o‘zini tamoman yo‘qotgan, faqat Viktorning mavjudligini his qilardi. Soatlar go‘yoki to‘xtagan edi. Bu lahzalar vaqtning chetidan tashqarida sodir bo‘layotgandi. Nihoyat, hammasi sokinlashdi. Faqat yurak urishlari va nafaslar eshitilar edi. Viktor Elenani bag‘riga mahkam oldi, yelkasidan o‘pdi.
— Sen meniki. Hech kimga bermayman.
Elena esa yelkasiga boshini qo‘yib, ko‘zlarini yumdi. U bu aloqani hech qachon unutmasligini bilardi. Quyosh baland ko‘tarilgan, oynadan tushgan nurlar hali ham yotoqxonaning bir chetini yoritardi. Qishning bu issiq kunlari iliq havosi to‘ldirgan xona ichida haliyam shirin ehtirosning iliqligi turar edi. Ularning nafaslari asta tinchigach, Elena Viktorning bag‘rida yotgancha, ko‘zlarini shiftga qadagan edi. Viktor sekin o‘rnidan turdi. Choyshabni Elenaning ustiga tortib, o‘zi ichki kiyimini kiya boshladi. Qo‘lida telefon allaqachon ish rejimiga o‘tgan, ammo uning ovozida hanuz yangi uyg‘ongan erkakning bo‘g‘iq ohangi bor edi.
— Ha. U yoq hal bo‘ldi. Ikki kishi, Silver tatusi bor ekan. O‘liklar tozalangan.
— Hozircha Elena hech narsani bilmaydi. Bilmasligi ham kerak. Men uni u yoqdan uzoqda ushlab turaman.
Elena chuqur nafas oldi. Bu gapni eshitmaslikka urinardi, lekin endi yuragidagi shubha baribir tinchimayotgan edi. Uning ichida bu odam Viktor shunchaki himoya qiluvchi erkak emas, balki boshqa dunyoga tegishli bir iblis ekanligi aniq sezilib borayotgan edi. U sekin yotog‘idan turib, oynaga qaradi. O‘z aksida ko‘zlari allaqachon o‘zgargan edi birdan uyg‘ongan Elena ko‘rinmasdi. U ichkaridan ohangdor ovozda chaqirdi
— Viktor... ovqat yeymizmi? Yoki shu bilan tunni kutamizmi?
Viktor eshikni ochib kirdi. U har galgidek sokin va jozibali ko‘rinar, lekin Elenaning nigohi birinchi marta sovuqroq edi.
— Men choy tayyorlab qo‘yaman,
dedi Elena jilmayib. Viktor unga yaqinlashdi, sochlarini silab
Elena lablarini tishladi. Uning ichidagi shubha bu iltifotni rad etmasdi, lekin ichki masofani saqlardi.
Pov erta tong*
Viktor ketishga tayyorlanar edi. Uning sumkasi tayyor, ko‘zlarida esa ehtiyotkorlik. Elena uni kuzatib chiqayotgan edi, lekin yuragida bir nima notinchlik qilardi.
— Men sizni kuzataman.
dedi u sokin ohangda. Viktor uni o‘pdi, ammo bu o‘pish odatdagidan qisqaroq edi. U mashinaga o‘tirib ketdi. Elena esa uni kuzatib turarkan, qalbida nimadir unga savol berayotgandek edi.
— Men bu erkakka ishonamanmi? Yoki shunchaki sevib, ko‘r bo‘lib qolganmanmi?