𝙎𝙄𝙉𝘽𝙊𝙐𝙉𝘿
Shahi devorga tiralgancha, bo‘g‘zi qurib, nafas olishga ham qiynalayotgandek edi. Jungkookning qo‘li bo‘ynida, ammo bu safar siqayotgani emas uni o‘ziga tortayotgandi. U ko‘zlarini yumdi, nafasini Shahi yuziga urdi. Bu nafas sovuq edi, ammo ichida yonayotgan alangani yashira olmasdi.
deya pichirladi, lablari Shahi qulog‘iga shunchalik yaqin ediki, bu so‘zlar tanasidan o‘tgandek bo‘ldi.
Shahi titradi. Yoqadimi, yoqmaydimi o‘zi ham tushunmasdi. Faqat qo‘rquv bilan aralash bir iliqlik butun vujudini qamrab olgandi. Milan yon xonada tinchgina uxlab yotardi, ammo bu yerda... bu xonada boshqa olam edi. Jungkook uning yuziga engashdi. Lablar bir qarich masofada to‘xtadi. U o‘pishni istayotgandek edi, ammo tisarildi. Shunchaki qarab turar, Shahi esa qocholmasdi. Shundan so‘ng... birdan u shivirlagancha so‘radi
— Nega meni yomon ko‘rishga urinayapsan?
— Chunki sen menga azob berding.
dedi Shahi, ovozi titragancha. Jungkook kulimsiradi. Ammo bu kulgi shafqatsiz, hatto xavfli edi.
— Azob bersam... demak, seni his qilyapman. Seni sezmaydigan bo‘lsam men o‘laman.
Shahi bu so‘zlarni tushunmasdi. Faqat yuragi kuchliroq ura boshladi. Jungkook asta uning bo‘yniga yuzini qo‘ydi. Nafasi terisini kuydirdi. So‘ng asta, juda sekinlashib, lablari uning yelkasiga tegdi. Shahi beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Qo‘llari yonida qaltirardi.
— Chunki men sening qorquvingni yaxshi ko‘raman. Sening ko‘zingdagi vahima... meni tirik qiladi.
Shahi o‘zini itarishga urindi, ammo Jungkook uning bilaklarini devorga mahkam bosdi. Barmoqlari sovuq, ammo kuchli edi. Ularning orasidagi masofa tobora qisqarardi. Shahi yuragi ko‘kragidan chiqib ketadigandek ura boshladi.
dedi u bo‘g‘ilib. Jungkook uning yuziga tik qaradi. Ko‘zlarida jinoyat ham, muhabbat ham aralashib ketgandi.
— Yo‘q. Chunki seni qo‘yib yuborsam... men yana bo‘shliqga aykanaman. Men seni kuzatib yurib yashayman, Shahi. Hatto uxlayotganingda ham. Hatto nafas olayotganingda ham. Hatto sen meni yomon ko‘rayotganingda ham. Sen qochib bo‘lmaydigan soyangman.
Shahi titrab, o‘zini devorga yanada bosdi. Jungkook esa uning bo‘ynidan pastga tushdi. Lablari teriga yengil tegdi, ammo hech narsa ko‘rinmas, hech narsa eshitilmas edi, faqat Shahi yuragi qattiqroq ura boshladi. Qo‘rquv va tushunarsiz bir issiqlik aralashib ketdi. Birdan, eshik ortidan bir shitirlash eshitildi. Jungkook to‘satdan to‘xtadi. Xonada sovuq shamol yurgandek bo‘ldi. U sekin orqaga qadam tashladi, ammo Shahi bo‘shashgan holda devorga suyangancha qoldi. Eshik asta ohangda ochildi. Hech kim yo‘q edi. Faqat qorong‘ulik. Ammo bu qorong‘ulik... kuzatayotgandek edi. Jungkookning lablari sekin qimirladi
Shahi sovuq nafasni his qildi. Nafaqat Jungkookdan, balki xona ichidagi ko‘rinmas narsadan ham.
dedi u qo‘rquvdan qiyiq ovozda. Jungkook asta unga qaradi. Uning ko‘zlarida endi na g‘azab, na shafqat bor edi faqat zulmat.
— Bu uy seni hech qachon qo‘yib yubormaydi. Endi sen meniki emassan, Shahi... sen biznikisan.
So‘zlar havoda muzday uchib qoldi. Shahi esa ichidan o‘zi bilan kurashardi, qo‘rquvmi bu, nafratmi yoki... nimadir taqiqlangan, lekin tanasi tan olishdan bosh tortayotgan hismi? Xona yana sukutga cho‘mdi. Faqat devorlar, faqat ko‘rinmas nigohlar. Va bu hali boshlanishi edi.
Shahi hali ham devorga suyangancha turardi. Nafasi qisilib, yuragi bo‘g‘ziga tiqilib ketayotgandek edi. Xona ichidagi og‘ir jimlik quloqlarini bosayotgandek. Milan yon xonada yengilgina tipirchilab ingrab yubordi. Bu ingrayotgan ovoz yagona haqiqat edi. Jungkook esa unga yaqinlashar, qadam tovushlari xuddi polga og‘ir zanjir urilgandek eshitilardi. Ko‘zlarida g‘azab bilan aralash o‘sha kasal muhabbat.
— Qani endi qochishing mumkin bo‘lsa, Shahi?
— Qayerga borsang ham, men sendan oldin yetaman. Seni har bir nafas olganingda eshitaman, ko‘rmay qolmayman. Sen mening soyamsan.
Shahi qaltirab, devorga suyangancha boshini chayqadi
— Sen aqldan ozgansan, Jungkook... bu muhabbat emas, bu qiynash. Men sen bilan yashay olmayman.
Jungkook jilmaydi. Ammo bu jilmayishda hech qanday mehr yo‘q edi bu shunchaki o‘lja ustidan kulgan yirtqichning jilmayishi edi. U sekin, juda yaqin kelib, Shahi bo‘yniga yuzini yaqinlashtirdi. Nafasi sovuq edi, ammo ichidan yonayotgan alangani yashira olmasdi.
— Yashay olmaysanmi? Demak, yashashni o‘rgataman. Sen qochishni istaysanmi? Hech qachon. Sen kimligingni ham, o‘zingni ham unutasan. Mening xotinim degan bitta so‘z bilan uyg‘onasan.
Shahi o‘zini itarishga urindi, ammo Jungkookning qo‘llari uni devorga yanada mahkam bosdi. Uning barmoqlari sovuq, ammo kuchli edi. Shahi ko‘zlarini yumdi. Yuragi o‘zini tilka pora qilayotgandek ura boshladi.
dedi u pichirlab, qo‘rqinch bilan. Bu ismni eshitgan Jungkookning ko‘zlari chaqnadi.
— Haa... sen faqat shu go‘dak uchun yashayapsan, to‘g‘rimi? Sen uni mendan asrab qolmoqchisan. Ammo bilasanmi, Shahi... sen yashirsang ham, men uning nafasini eshitaman. Sen uni quchoqlasang, men o‘sha issiqlikni his qilaman.
— Unga tegadigan bo‘lsang... seni o‘ldiraman!
— Menga qarab qasam ichayapsanmi? Meni o‘ldirish? Men seni bilaman, Shahi... sen buni qilolmaysan. Chunki sen o‘zingni ham mendan ajrata olmaysan.
U qo‘llarini sekin pastga tushirdi. Lekin qo‘rqinchli sokinlik bilan Shahi yuzini kaftlari orasiga olib, unga yaqinlashdi.
— Sen mening qo‘rquving bilan chiroyli ko‘rinasan. Sen menga qaram bo‘lishing bilan haqiqiysan. O‘zingni erkinman deb o‘ylama. Bu uyda nafas olganing ham mening iznim bilan.
Shahi ko‘zlarini yumib, butun kuchi bilan itarishga urindi. Ammo Jungkook uni yana devorga bosdi. Lablarini uning bo‘yniga yaqinlashtirdi. Sekin nafas olib, shivirlagancha dedi
— Hozir uxlaganingda ham, o‘zingni tinch his qilma. Men seni tomosha qilaman. Har nafas, har qaltirash. Agar tush ko‘rsang, o‘sha tushga kiraman. Sen hech qayerda yolg‘iz emassan.
Shahi tanasi muzlab ketgandek bo‘ldi. Bu shunchaki g‘azab emas, bu ruhni yeb qo‘yayotgan kasal muhabbat edi. Jungkook sekin orqaga chekinib, uni qo‘yib yubordi. Ammo ko‘zlarini undan uzmadi.
dedi u past ovozda, eshik tomon yurarkan.
— Sen qayerga borsang ham, men bir qadam orqangdaman. Har doim.
Eshik sekin ohangda yopildi. Xona yana og‘ir jimlikka cho‘mdi. Shahi esa qo‘llarini devorga tiragancha, o‘pkasi nafasni ichiga tiqilib qolgandek qaltirardi. Milan yengil ingraganida, u birdan o‘ziga kelib, bolasining yoniga yugurdi. Uni bag‘riga bosdi. Ammo qo‘llari titrar, yuragi hali ham Jungkookning nafasini his qilardi. Go‘yo u hanuz shu yerda, qorong‘ulikning ichida turgandek. Va Shahi shu payt tushundi u na bu uydan, na undan qochib qutulolmaydi.
Jungkook faqat er emasdi. U soyasi. U nafas olgan havosi. U Shahi hayotini egallab olgan kasallik edi.
Shahi Milanni bag‘riga bosgancha uzoq vaqt qimirlamadi. Nafasi titrar, ko‘zlari shiftga mixlangandek. Yurak urishi hali ham qulog‘ida jaranglar, har bir zarbada Jungkookning so‘zlari eshitilayotgandek edi
— Sen qocholmaysan. Men seni tomosha qilaman.
Go‘dakning mayin hidini his qilgachgina, Shahi o‘zini biroz yig‘di. Ammo ichidagi titroq o‘chmasdi. Boshini bolaning yelkasiga qo‘ydi. Lablaridan faqat pichirlash chiqdi
— Unga tegmasin... iltimos, unga tegmasin...
Eshik ortida qadam tovushi eshitildi. O‘sha og‘ir, asta yurish. U nafasini ushlab qoldi. Milan jim bo‘lib qoldi, go‘yo u ham bu sovuq havoni sezgandek. Eshik asta ochildi. Jungkook ko‘rinmadi. Faqat qorong‘ilik va yengil nafas ovozi. So‘ng, nihoyat, u paydo bo‘ldi. Qorong‘u sochlari biroz yelkasiga tushgan, ko‘zlari esa tungi osmonga o‘xshar chuqur va xavfli.
dedi u past ovozda. Ovozida g‘azab emas, lekin shafqatsiz sokinlik bor edi. Shahi hech narsa demadi. Unga javob berishga kuchi ham yo‘q edi. Jungkook asta yoniga keldi. Ularning orasida endi na devor, na masofa qoldi. Faqat Shahi qo‘rquv bilan bolasini yanada mahkam quchoqladi. Jungkook qo‘llarini Shahi yelkasiga qo‘ydi. Sovuq barmoqlar uning terisini kuydirdi. U yuzini Shahi sochlariga yaqinlashtirdi. Nafasi asta bo‘yniga tegdi.
— Men senga og‘irlik qilyapmanmi?
— Lekin bilasanmi... bu mening muhabbatim. Men seni yo‘qotishdan ko‘ra, sindirishni tanlayman.
Shahi ko‘zlaridan yosh chiqdi. Qichqirmoqchi bo‘ldi, ammo tovushi chiqmadi. Faqat ichidan o‘ziga pichirladi
— Bu odam emas. Bu la’nat. Qochishim kerak...
Jungkook asta Milanning yuziga qaradi. So‘ng Shahi qulog‘iga engashdi.
— Bu bola sening najoting emas. Bu bola meni ham o‘zgartirmaydi. Faqat seni menga yanada bog‘laydi.
Jungkookning qo‘llari sekin pastga tushdi. U Shahi qo‘llarini ushlab, Milanni yostiqqa yotqizdi. Shahi qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, ammo uning barmoqlari Shahi bilaginidanda shunchalik kuchli qisib, qarshilik qilishni imkonsiz qildi.
— Men senga teginaman, Shahi. Faqat senga.
Uning ovozi past, ammo titroq uyg‘otuvchi edi.
— Chunki sen meniki bo‘lishing kerak. Har bir nafas, har bir qichqirig‘ing... faqat men uchun.
Shahi ko‘zlarini yumdi. Qo‘rquv va nimadir tushunarsiz issiqlik aralashib ketdi. Jungkook uni asta yotqizdi. Karavotning har bir shitirlashi bu zulmatda baland eshitildi. U yuzini Shahi bo‘yniga yaqinlashtirdi, lablari sekin terisiga tegdi. Bu o‘pich na mehr, na shafqat bu kasal, toxic muhabbat edi. Har bir tegishida Shahi tanasi qaltirardi.
dedi Shahi, ovozi bo‘g‘ilib. Jungkook yuzini uning ko‘ziga yaqinlashtirdi. Ko‘zlari qorong‘ulik bilan yonar, ammo ichida o‘sha sindirilgan odamning izi bor edi.
— Chunki men sensiz o‘laman. Sening muhabbatingni ololmasam, qo‘rquvingni olaman. Sening bag‘ringni his qilolmasam, nafratingni his qilaman. Faqat meni his qilgin, Shahi...
Shahi ko‘zlaridan yosh oqdi. U bu odamdan nafratlanardi. Ammo shu lahzada... nimadir uni ushlab qoldi. Qo‘rquvmi bu, alammi yoki taqiqlangan hissiyotmi o‘zi ham ajrata olmasdi. Jungkook asta lablarini uning lablariga tegizdi. Bu o‘pich zo‘ravon emasdi ammo ozod ham emas. Go‘yo bu o‘pich bilan u Shahi ruhini ham qul qilib olardi. Shahi ko‘zlarini yumib, titragancha o‘zi bilan kurashdi. Bir tomoni qichqirardi
Ammo ikkinchi tomoni... bu o‘pich ortida yashiringan siniq odamni his qildi. Xona sukutga cho‘mgan, faqat ularning nafaslari eshitilardi. Milan yengilgina shitirladi. Shahi beixtiyor bolasining ismini pichirladi. Jungkook esa uning yuziga tik qarab, sekin shivirlagancha dedi
— Qancha qochsang ham, men har kecha seni topaman. Sen meniki bo‘lishing uchun yaratilgansan.
Va Shahi shu payt bitta narsani tushundi, bu muhabbat emas. Bu qamoqxona. Va u qamoqxonadan chiqishga kuchi yetadimi yo‘qmi, bilmasdi. Faqat bir narsa aniq edi, bu tun u uchun endi hech qachon tugamasdi.
Tun sokin emasdi. Deraza ortida shamol shitirlab o‘tar, uyning qalin devorlari ichida esa og‘ir nafaslar taralardi. Shahi hali ham karavot chetida o‘tirar, qo‘llari bilan Milanni mahkam quchgancha qimirlamasdi. Ammo yuragi tinchimagan bu sokinlik orqasida nimadir yotardi. Jungkook esa deraza yonida turar, tamaki tutunini qorong‘uga aralashtirar edi. Uning nigohi uzoq, ammo sovuq edi. U bu xonada emasdek, ammo hammasini kuzatayotgandek edi.
— Sen bilmayapsan, Shahi. Bu uy... oddiy emas. Men ham oddiy emasman.
Shahi lablarini qattiq tishladi.
— Sen kim bo‘lsang ham, men uchun yaramassan, Jungkook. Men faqat dugonamning qizini himoya qilaman.
Jungkook sekin kuldi. Ammo bu kulgi... odamga tegadigan, orqasida og‘ir sir yashirgan kulgi edi.
— Qizingmi? Milan seni qutqara olmaydi. Chunki sen allaqachon o‘zingni menga bog‘lab bo‘lgansan. Bu uyga qadam qo‘ydingmi ortga yo‘l yo‘q.
Shahi unga qarab, ilk bor ko‘zlarida g‘azab chaqnadi
— Bu uy emas, bu sening qamoqxonang! Sen o‘zingni o‘zing qul qilding!
Jungkook asta orqasiga qaradi. Tamaki tutuni bilan qorong‘u xona birlashib ketgandek edi.
— Qamoqxona deysanmi? Ha, balki... Lekin men bu devorlarni o‘zim qurdim. O‘zimni ham, seni ham shu yerga qamab qo‘ydim. Endi sen men bilan bir bo‘lishing kerak.
U sekin stol ustidagi qora metall qutini oldi. Og‘ir, zanglagan qulfi bor. Uni karavot yoniga qo‘ydi. Shahi vahimada ortga chekinmoqchi bo‘ldi.
Jungkook unga qaradi. Ko‘zlarida o‘sha xavfli sokinlik.
— Sening eringman, Shahi. Men... bu shaharning jinlaridanman. Bu uy esa... mening imperiyam. Mafiya, qon, xiyonat hammasi shu devorlar ichida.
Jungkook unga yaqinlashdi. Ularning yuzlari bir qarich masofada to‘xtadi.
— Men yuz marta o‘lganman. Har safar qayta tirilib, yanada shafqatsiz bo‘lganman. Sen esa... birinchi marotaba meni tirik his qilding. Shu uchun seni qo‘yib yubora olmayman.
Shahi ko‘zlarini yumdi. Qo‘rquv bilan nafrat bir biriga aralashdi. Ammo ichida sirli bir titroq paydo bo‘ldi.
Jungkook uning iyagini ushlab, ko‘zlariga tikildi.
— Chunki sening qo‘rquvingda hayot bor. Sen qarshilik qilganingda, men o‘zimni his qilaman. Sen men uchun jinoyat ham, najot ham bo‘lib qolding.
Qutining qulfi shitirlab ochildi. Ichidan eski fotosuratlar, qon bilan bo‘yalgan hujjatlar, va qora to‘q charm qo‘lqoplar chiqdi. Jungkook ularni asta stol ustiga qo‘ydi.
— Shahi, endi sen mening o‘yinimda. Va bu o‘yin... qon bilan tugaydi.
Xona ichidagi sovuq havo yanada og‘irlashdi. Deraza ortida shamol emas go‘yo kimdir pichirlardi. Milan yengil yig‘lab yubordi. Shahi uni mahkam quchdi, ammo ko‘zlaridan endi qo‘rquv emas, boshqa narsa oqardi. Bu hayotining eng qorong‘i, eng xavfli kechasi edi. Va shu payt Jungkook uning qulog‘iga engashib, past, sirli ovozda shivirlagancha
— Endi sen ham mening jinoyatimga aylanayapsan. Shu kechadan so‘ng sen ortga qaytolmaysan.
Shahi esa ichida bir narsani sezdi, bu endi nafaqat zo‘ravonlik. Bu sirli, qon bilan to‘kilgan muhabbat edi. Va u... undan qochib qutula olmasdi.