July 14, 2025

π—©π—˜π—‘π—šπ—˜π—”π—‘π—–π—˜ | 𝗀𝗔𝗦𝗒𝗦 - 𝗬𝗒𝗛𝗨𝗗 π—”π—›π—Ÿπ—’π—€ 𝗕𝗨𝗭𝗔π—₯ π—©π—’π—€π—˜π—”π—Ÿπ—”π—₯.

2-QISM

Aurelia mast bo'lishiga qaramasdan u o'zini tuta olardi. Unga yaqinlashib kelgan Carlni o'zidan itardi.

β€” Carl nimalar qilyabsan? Esingni yedingmi?

β€” Kechirasan o'zimni boshqara olmadim. Ming bor uzur!

Aurelia o'rnidan turib xonasiga kirib ustidan eshikni qulflab oldi. Yotoqga o'zini og'ir tashlab uyqiga ketdi.

Erta tong*

~ Boshim shunchalar qattiq ogriyabdiki, yorilib ketgudek edi. O'rnimdan turganimda boshim aylanib ketdi. Mastligimni yo'qotish uchun nima qilishga boshim qotdi. Carl hali ham Pishilab uhlardi. Xonasiga ham kirib yotmabdi. Uni sekin turtib o'tib ketdim. Vannaga kirib yengil dush qabul qildim. Ishga ketish uchun tayyorgarlik ko'rdim. Carl ham ketimdan tayyorlanib eshikni qulflab ortimdan chiqdi.

β€” Qayergadir borasanmi?

β€” Yo'q sen nonushta ham qilmadingku, kafega boramiz!

β€” Kerak emas ishxonada ham ovqatlanib olaman! Uyda qolib hamma yeringni yeg'ishtirib olsang bo'lardi!

β€” Nega menga bu ohangda gapiryabsan? Nimadr ayb ish qildimmi?

β€” O'zingni yeg'ishtirib olsang buni anglab yetasan! Mayli men kettim.

Aurelia Carlning oldidan indamay ketib qoldi. Carl hafsalasi pir bo'lib ichkariga qaytdi. Aurelia kayfiatiz yo'lida davom etdi. Yo'lning narigi betiga hayol bilan otayotib qarshisida kelayotgan mashinani ko'rmay qoldi, baxtiga mashina vaqtda toxtadi. Haydovchi mashinadan tushib Aurelia ga qo'pollik bilan baqirishni boshladi.

β€” Hoy ko'zingga qarasang bo'lmaydimi? Yo'l senga hayol suradigan joy emas! Qoch yolimdan ishga shoshyabman!

β€” Uzur janob, ming bor uzur!

β€” Bundan keyin ko'zingga qarab yur! Olging kelayotgan bo'lsa meni mashinam tegigamas boshqa birov nikiga tashlab chunarlimi? Endi esa yolimdan qoch.

U Aurelia turtib mashinadan chetroqda itardi. Aurelia unga qilingan hurmatsizlikga chidolmay hech qayerga qaramay avtobusga chiqib ketdi. Avtobus oynasiga boshini qo'yib ko'zidagi chiqa olmayotgan yoshlari bilan ishga yo'l oldi. Ishxona ga kelganida Won uni ko'rib oldiga chaqirdi.

β€” Hayrli tong janob chaqirtirgan ekansiz.

β€” Nega kayfiating yoq? Ahvoling joyidami?

β€” Ha hammasi joyida faqat yo'lda biroz nohushlik bo'ldi. Shu sabab.

β€” Kimdir nimadr qildimi?

β€” Yo'q hechnima bo'lmadi!! Bugundan ishlarimni boshlash uchun tayyorman. Birinchi bo'lib nimadan boshlay?

β€” Ha aytgin kelmasa majburlamayman. U haqida barcha ma'lumotlarni Top va turar joyini ham u tez tez boradigan joylarini aniqla!

β€” Hop janob. Kuningiz Hayrli o'tsin~

Aurelia endi xonadan chiqmoqchi bo'lganida boshqa bir hodim xonaga otilib kirdi.

β€” Janob hozirgina ishxonamiz oldida bir jasadni topib oldik. Uni ahvoli juda og'ir. Hamma eksperimentlarni chaqirdik. Sizni ham chaqirishyabdi.

Bu xabarni eshitib Won o'rnidan turib shoshib chiqib ketdi. Aurelia ish joyiga o'tirdi. U birinchi bo'lib ishni u haqida ma'lumot topishdan boshladi. Ammo birdan yerga bir nima to'p etib tushdi. Bundan cho'chib ketgan Aurelia o'rnidan turib atrofga qaradi va yerdan ko'tarilayotgan Jungkook ni ko'rdiyu hayratdan qotib qoldi. Aurelia stoli yonidagi tugmani bosish uchun sekinlik bilan barmoqlarini olib borardi ammo Jungkook tobora u tomon yaqinlashib borardi. Aurelia ortga yuraman deb qoqilib tushdi u tomon kelib unga yaqin egilib nigohini uzmay qarayotgan Jungkook dan qorqardi.

β€” Salom kichkina politsiyachi.

β€” Nnima? Sen! O'z oyoqlaring bilan kelasan deb o'ylamagan edim!

β€” Sen meni ayblarimni tan olib o'zimni qamoq ga tiqishingizga qarab turgani keldi deb oyladingmi?

Jungkook Aurelia tomon qadam tashlay boshladi. Aurelia undan cho'chib ortga qadam tashlay boshladi. Jungkook va Aurelia ning orasida hech qancha masofa qolmagach, Aurelia qo'liga kishanlarni olib Jungkook ning qo'lini kishanlamoqchi bo'ldi, ammo abjir Jungkook kishanni Aurelia ning qo'llariga taqdi.

β€” Ancha zaif san. Menga bas kela olaman deb oyladingmi?

Jungkook qizning koylagini etagidan tutib yuqoriga ko'tarishni boshladi. Aurelianing qo'llari kishanlangan ummuman harakatlana olmayotgan edi. Jungkook qizning belidan tutib o'ziga tortdi va koylagining old tugmasini yechib koΚ»kraklariga hirs bilan qarardi.

Jungkook Aurelia sekin ohista ehtiros bilan undan yengil ammo lahza ga keltiradigan opichlay boshladi. Aurelia ning Nafasi qisib chuqur nafas olardi. Jungkook sezdirmay ko'ylagi tugmalarini yechib tashladi. Shu payt ichkariga ishchi hodimlar va Choi Won kirib kelayotgan oyoq tovushlari eshitildi.

β€” Bechora jasad 20martda pishoq sanchilib yana miyasiga 2ta oq ham joylashgan. Bu qanday vaxshiylik.

β€” Nimasini aytasiz. Uni ko'rib ko'nglim ayni qayt qilib yubordim.

β€” Bu ketishdan yaxshi hodim bo'lolmaysan, mana bu mazni ol. Burning tagiga surtib olsang bas.

β€” Raxmat Do xonim.

β€” Arzimaydi, bugun ishlarimiz ko'p, Detektiv Hyunjin bilan ko'rishib olishing kerak. U ham sen ishlayotgan jinoyat bilan ishlayabdi. Undan ma'lumotlar alishishing kerak yuqoridan buyruq keldi.

Ichkariga kirgach Jungkook va Aurelia ni ko'rib ular hayratlanishdi ammo darhol Jungkook ni qo'lga olishga tushishdi. Ammo Jungkook mushtlashishni boshladi. Choi Won ning qorniga qattiq zarba berdi. Do xonim yugurib borib Aurelia ga yordamlashdi. Jimin va Taehyung Jungkook bilan olishishar edi. Ikkisi ham Jungkook ning qo'llaridan mahkam ushlab ortiga tirab qo'liga kishan solishdi.

β€” Uni tergov honasiga qolib kiring!

β€” Jinoyatchi Jeon Jungkook sendan sukut qilish huquqi bor ammo bu sen tergov jarayonida jim o'tira olasan degani emas!

β€” Sizlar nimalarni orzu qilmaysiz a? Tergovgacha yetib bora olasizmi o'zi?

Jungkook ikki qo'lidan tutib turgan yiqitlarni turtib oyoqlarini tepaga ko'tarib ikkisini ham yerga yeqitdi va boya tushgan oynasidan chiqib qochib ketdi.

β€” Uni tutinglar nima qilyabsiz ovsar lar?

Yerda yotgan Jimin Va Taehyung o'rnidan turib Jungkook ning ortidan quvishni boshlashdi. Ammo eshikdan chiqganlarida Jungkook dan iz ham qolmagan edi.

β€” Yana uni qo'ldan chiqardik, jin ursin!

β€” Won ga nima deymiz?

β€” Rostini aytamiz!

β€” Bu oy ham kam ish haqqi olmasak bo'ldi!

β€” Jinoyatchilar juda o'zidan ketib qolgan. Hech nimadan qorqmaydigan gunohkorlar. Ularni joyi Do'zoxda aslida ammo ular bu hayotni Do'zoxga aylantirishyabdi.

Jimin va Taehyung ichkariga qaytib kirishdi.

β€” Jungkook bilan qandaydir aloqang bormi?

β€” Yo'q janob. U men bilan o'ynashma dedi. Kecha uni taqib qikganimni aytdi menimcha. U girt telbaning o'zi!!!

β€” Bo'ldi asabiylashma havotirlanma. U qilgan ishi uchun javobini qoladi hali. U haqida ma'lumot to'play oldingmi?

β€” Yo'q sizning ketishingiz bilan u keldi. Men endikampyuterga o'tirgan edim.

β€” U bizni kuzatgani aniq. Yaramas.

Jungkook mashinasiga o'tirib kishanlarni uzib tashladi.

β€” Qo'limga o'sib qo'ygan o'yinchog'ini

U kishanni uloqtirib mashinasiga o'tirib villasiga qaytdi. Ammo u shunchaki qaytmadi. Ishchilarini chaqirib ularga Aurelia ni o'g'irlab kelishlarini buyurdi.

β€” Uning bir tola sochiga ham ozor bermay oldimga keltiring! Biron nima bo'lsa hayotingiz bilan javob berasiz.

Jungkook uyga kirib ketdi. Uni kelganini payqagan Suli ustidagi tungi ko'ylakda yugurib chiqdi.

β€” Azizim keldingizmi?

Uni ko'rgan Jungkook ning hirsi uygonib uni nozik bellari dan quchib ochiq yelkasidan o'pdi. Sulli o'zicha suzulib Jungkook ning lablariga yugurayotganida Jungkook uni to'xtatdi.

β€” Meni biroz ishlarim bor shoshyabman.

β€” Har doimgidek menga vaqting yoq.

β€” Senga sababini aytganman! Qolaversa ishlarimga aralashmasligini aytganman. O'zing shu narsalarni bila turib rozi bolgansan. Meni tilimni qichitmay qoyaver!

Suli yelkasidan tushib turgan yoqasini kiyib xonaga kirib ketdi. Jungkook muzlatkichdan olmani olib uydan chiqib ketdi.

Pov Author

~ Aurelia kuni bilan Jungkook haqida izlanadi va yetarli ma'lumotlarni topa olmadi. U haqida aniq ma'lumotlar yo'q edi. Buni izlash juda qiyin bo'ldi. Hech bir sayt u haqida ma'lumot chiqarmagach amallab yashirin sayt orqali u haqida oz bolsa ham ma'lumot topa oldi. Hech bo'lmasa unda shu bor. U ishdan kech chiqdi. Uyqisi ham kelayotgan edi. Yo'lidan hech qanday taxi ham avtobus ham oΚ»tmasdi. Atrof jimjit, mashinalar kam o'tardi. Bu juda shubhali bo'lishiga qarmastan u uyiga piyoda ketishga qaror qildi. Qisqa yo'l bo'ylab haroba kulbalar bo'ylab yurib borardi.

Har qadamida olik mushuk yoki qushlar, kalamushlar yotardi. Juda badbo'y hid tarqalayotgan edi. Aurelia tezroq yurishga harakat qildi ammo qarshisidan 3ta barzangi yigitlar chiqdi va uni og'ziga dastromol yopib mashinaga solib olib ketishdi..

β€” Jonkalarim mana navbatdagi qism! Maroqli mutola tilayman! Imlo xatolar bo'lsa uzur sorayman!