ππ¨π‘πππππ‘ ππ π’π§ππ’π‘π¦π
Bugun men uchun eng qayg'uli va yuragim tub tubidagi bir ovoz hayqirab yuboradigan kun. Men bu dunyoga keltirib oq yuvib oq taragan onam bu dunyodagi barcha tashvishlarni tashlab nafaqat tashvishlarni meni ham tashlab olislarga ketdi. Hozir bir parcha qog'ozdagi uning hursand tushgan suratga termilib otiribman. Lablarim titraydi ammo hech qanday so'z chiqa olmayabdi. Faqat ko'zlarim va yuragim gapirayabdi. Onamning o'lishini yetti uhlab tushim da ham ko'rmagan edim. Bu huddi tush kabi tuyilyabdi. Huddi hozir qarshimdagi eshikdan onam meni chaqirib kirib keladigan kabi his qilyabman. Ammo bunday bo'lmasligini bilaman. Yonimda suyanadigan hech kimim qolmadi. Otam azaldan onam bilan ishi yo'q. Hammaning oldida o'zini g'amgin va siqilayotgandek ko'rsatib rol o'ynayabdi. Yonimda esa o'sha o'sha tosh bag'ir, sovuq chexrali erim turibdi. Otam doimo onam bilan shartnoma asosida turmush qurishganlarini aytib uni azoblardi. Otam ham o'z turmushi kabi menikini ham bulgadi. Bu pulga toymas nafsini qondirolmay meni ham sotdi. Hayotda nega hali ham tirikman deya yeglab tunlar bedor chiqaman. Qahri qattiq va bu iblis meni sira tinch qo'ymaydi. Uyining 4devoriga termilib kunim o'tadi. Inson sevsa bunchalik azoblab erkinlikni cheklamaydi.
Taehyung: Sohi o'rningdan tur! Narsalarningni yegishtir haydovchi seni uyga olib boradi. Men ish yuzasidan 2kunga chet elga ketyapman.
Sohi: uyga borishni istamayman. Tirikligida diydoriga toymadim, hech bo'lmasa jonsiz tanasini ko'rsam da biroz bo'lsa ham diydoriga toyay.
Teahyung: onang oldi qaytib tirilib kelmaydi. O'tirib ko'z yosh tokganingni bir tiyinlik foydasi yo'q. Qara odam ko'payib ketyabdi. Erkaklar ham ko'paydi. Meni asabimni buzib rashqimni qozgama!
Sohi: kelgan erkaklarning barchasi qari! Bir oyog'i bu hayotda bo'lsa bir oyog'i o'lim yoqasida. Nega endi u erkaklarni deb o'z uyimda qilolmas ekanman?
Taehyung: Sen hech nimani bilmaysan! Ko'chada qanday erkaklar borligini ham bilmaysan. Senga bu tinch zamon emas!
Sohi: ha men zamonni bilmas man. Ko'chada qanday erkaklar borligini bilmas man bunga ham aybdor siz! Uydan eshik ga chiqazmaganingiz aybi bu.
Taehyung asab tolalari bardosh berolmay Sohini bilagidan siqib xonaga olib kirib ketdi.
Taehyung: tez narsalarningni yeg'ib chiqasan chunarlimi? Tezlash! Meni sabrimni sinama Sohi. G'azabim kuchaysa nima bo'lishini ham bilasan!
Sohi: ha yana meni urasizmi? Majburlab zo'rlamoqchi bo'lasizmi? Hammasidan charchadim. Meni tinch qo'yinglar! ILTIMOS!!!!!
Taehyung: Uyga bormaysanmi? Bu yerda ham qolmaysan! Buvingnikiga olib boraman. O'sha yer sen uchun havfsiz va tinchroq!
Sohi: Siz yo'q bo'lgan hamma yer men uchun havfsiz va tinch!
Deya baqirib qo'lini ko'tardi urmoqchi ediyu ammo uni shundoq ham siqilayotgani uchun unga qo'l ko'tarmadi. Kiyimlarini o'zi olib chemadanga uloqtirib ikki bukib zamogini yopib Sohini bilagidan sudrab olib chiqib ketdi. Sohining otasi ularni ko'rib oldiga bordi.
Hyunbin β Taehyung nima bo'ldi? Nega ketyapsizlar?
Taehyung β ha Sohi bu yerda qolsa bundan da battarroq siqilishini istamayman. Uni sog'lig'i men uchun 1-orinda! Uni buvisi Myeongha ning uyiga olib boraman. Men ish bo'yicha chet elga ketishim kerak bo'lib qoldi.
Taehyung Sohini mashinasiga solib buvisi Myeongha ning uyiga olib bordi.
Taehyung: hozir seni shu yerda qoldiryabman. Men shoshilyabman 2ta qo'riqchi sen bilan qoladi. Men kelgunimgacha seni qo'riqlaydi. Agar norozilik ko'rsatib yoki qochishga urinsang o'ldim deyaver! Chunarlimi?
Sohi indamay bosh irgadi. 2ta qo'riqchi uni buvisining uyiga kirgunicha qo'riqla borishdi va eshik oldida to'xtashdi.
Myeongha: Sohi qizalogim keldingmi?
Sohi: Ha buvijon men keldim. Ahvolingiz yaxshimi? Minni uyda emasmi? Qayerda u?
Myeongha: do'konga chiqib ketgan edi. Sut bilan non yegim kelayotgan edi. Hozir kelib qolsa kerak.
Sohi: buvijon qon bosimingiz kotarilmayabdimi? Nega ozib ketdingiz? Minni sizga yaxshi qara olmayabdimi?
Myeongha: Yoq hammasi joyida. Qarichilik tushunarsan. Seni baxtingni ko'rdim shuning o'zi menga yetarli. Onang kelmadimi?
Sohi: buvijon unday deb yuragimni ezmang. Oyimning uyda ishlari ko'p edi.
Ehh men bu gaplarim bilan shunchaki buvimni aldayabman. Onam o'lganini unga aytsam hozir mazasi qochishi mumkin. Meni ham baxtli deb o'ylayabdi. Baxt nima ekanligi men uchun qorong'u. Hammasiga tishimni tishimga tirnab chidab kelyabman holos.
Taehyung: ko'zingizni uzmang. Tashqariga chiqmasin. Hech kimni uyga kirgizmang. Uy a'zolari Myeongha Sohi va hizmatkor qiz Minni. Agar ulardan boshqa odam kelsa darhol qo'ng'iroq qil!
Taehyung: biron nima bo'lsa ko'zingiz bilan javob berasiz ikkovingiz ham! Unutmang!
Qo'riqchining bogzidan nimadr tiqilib o'tgandek bo'ldi.
Sohi bir xonaga kirib joylashdi. Yostiq ga boshini qo'yib qanday qilib uhlab qolganini ham bilmay qoldi. Myeongha kelib uning ustiga choyshab yopib sekin chiqib ketdi. Biroz vaqt o'tgach Minni ham yetib keldi. Eshik oldidagi ikki barzangini ko'rib hayron qoldi. So'ng bir zum hayoliga Sohi keldi.
Minni: Sohi kelibtilarda. Taehyung ham hech tinch qoymaydi bechora Sohi ni.
Minni uyga kirib buvisini mehmonxonaga olib kirib oldiga idish chada sut va u yoqtirgan non ni olib keldi.
Minni: buvijon mana siz aytgan narsa. Ha aytgancha uyga Sohi keldimi?
Myeongha: Ha yuqoridagi xonada uhlayabdi. Toliqqan shekil kichikligida ham tez toliqardi. Mening nimjon gulim. Sen ishlaring yo'q bo'lsa xonamni tozalab ber.
Minni: Unda uyg'onsalar birga suhbatlasharkanmanda. Hop siz nonushta qilib oling.
Kun ham yakuniga yetib hamma yerni qorong'u tunning oy shulasi chulg'ab oldi. Sohi uyg'ongani da bir qorong'u Xonada edi. Birdan uning tepasida chiroq yondi. Va qarshisida bir ayol o'tirar edi. Ayol asta Sohi tomon o'girildi. Sohi ayolni ko'rib qo'rquvdan dag dag titray boshladi. O'zi bilmagan holda ko'zidan yosh sizib chiqishni boshladi.
β Sen qotilsan! Sen o'zingning umring ni hazon qilgan qotilsan! Kuchsiz va ojiz san! Hech nima qo'lingdan kelmaydi! Baxtsizligingga ham o'zing sababchisan! Sen kabi ojiz va baxtsiz ayolni ko'rmaganman! Hayoting sening qo'lingda edi ammo sen uni nima qilding? Qo'lingdan boy berding! Sening ustingdan bosim otkizib seni qafas ga qamab qo'yishdi!
Sohi: unday emas. Men qotil emasman!
β bu gaplaring bilan faqatgina o'zingni aldayabasan! Umringni guldek bo'g'ini hazon qilgan axmoq qotilsan!
Sohi birdan chuqur nafas olib o'rnidan turdi. Xona qop qorong'u. Derazadan mayin va salqin shabada kirib yuzini silardi. Yuzidagi tellarini salqin shabada muzlatib uni tinchlantirishga undadi. O'rnidan turib pastga tushdi. Mehmonxona o'rtasidagi oynadan oyning shulasi tushib turardi va u yerda buvisi o'tirgan edi. Uning ko'rgan tushi yodiga kelib qo'rquv uyg'otdi. Ammo u sekin buvisi tomon bordi. Borib o'tirgan buvisining yelkasiga qo'lini qo'ydi va o'ziga qaratdi.
Myeongha: Sohi senmiding meni qo'rqitib yubording
Sohi: Buvijon sizmidingiz. Biroz bosinqirab yomon tush koribman. Shu sabab sizni ko'rib... Ha mayli nima bo'lsa ham o'tib ketdi. Nega hali hamon uhlamadingiz?
Myeongha: Tunlari shunday ancha vaqtgacha uhlay olmayman shu sabab osmonga qarab o'tiraman.
Sohi: Minni allaqachon uhlagan bo'lsa kerak? Yuring sizga sut isitib beraman uyqi chaqiradi.
Myeonghani oshxonaga olib kirdi va sut isitib berdi. O'zi Minni ning xonasiga sekin kirdi. Yotoqda uhlab yotgan Minni ni ko'rib qaytib chiqib ketdi.
Taehyung ham yotoqga bosh qo'ydi yu ammo uhlolmadi. Xotinisiz hech ham o'zini xotirjam his qila olmadi. Telefonini olib Sohi ga video qo'ng'iroq qildi. Sohi qo'ng'irogini ko'rdi ammo javob berishni istamadi. Ammo Taehyung qayta qo'ng'iroq qildi. Bu safar Sohi qo'ng'iroq ga javob bermasa aniq Taehyung ning bundan jahli chiqib biror qiliq qilishi aniq edi. Sohi qo'ng'iroqga javob berdi. Sohining egnida tungi ko'ylak edi. Oppoq ko'ylakcha va ustidan to'rli halatchasi bor edi.
Taehyung: nega hali ham uxlamading?
Sohi: bosinqirab uygonib ketdim shu sabab uhlay olmadim. Siz ham hali uhlamabsiz.
Taehyung: Sen siz qiyin ekan. Iforingni va tanangni his qila olmayabman bu juda azoblar ekan. Egningna nima bor qani korsatchi.
Sohi: ha... Tungi ko'ylak kiygan man. Bu ko'ylakni bilasiz.
Sohi telefonni ko'tarib egnidagi tungi ko'ylakni ko'rsatdi. Taehyung ko'rib hirsi uyg'ona boshladi. Labi chekkasini tishladi.
Taehyung: hozir yonimda bo'lganigda edi... Ohhh Sohi Sohi. Bilasanmi men bir narsadan Baxtiyor va mag'rurman. Sening ortingdan yurgan oshiqlaringniki emas miniki bolfaning doim meni quvontirib kelgan. Seni qanchalar sevishimni bu qovoq miyyang qachon chunib yetarkin a? Bugun ko'chada bir oilani ko'rib qoldim. Jajji qizalogini o'ynayotgan edilar. Ularni ko'rib havasim ham hasadim ham keldi. Ishimni tugatib ertaga tunda qaytaman. Tunga tayyor tursang balki bizda ham shunday jajji malikacha bo'lar?
Sohi: Meni fikrim qanday ekanligini bilasiz. Buni avval ham sizga aytganman.
Taehyung: telefon ortidan menga qancha zaxringni sochsang ham juda chiroyli san. Bilasanmi doim nega kayfiatim zo'r vaqti sening asabingni buzaman? Chunki asabing buzilganda ko'zlaring yanada gozallashib burning uchi qizarib qoladi. Bu juda yoqimli va kulguli. Dunyodagi eng baxtli insonman deb aytsam ham bo'ladi. Sen bilan suhbatlashib ancha o'zimni yengil his qildim. Uhlamagunimgacha go'shakni qo'yma iltimos.
Sohi: birdan uyqim keldi. Uhlayman siz ham yaxshi dam oling.
Taehyung: bir bor Erjonim deb ayta olasanmi?
Sohi: xayr go'shakni qoyayabman.
Yanoqlari uyalganidan qizargan Sohi go'shakni qo'ydi. Buni payqagan Taehyung kulib yubordi. Dushga kirib muzdak suv ostida miriqib chomilib yotoqga yotdi yu uyquga cho'mdi.
Sohi tuni bilan uhlay olmadi. Onasini eslab tinmay yeg'ladi. Onasi nima sababdan olganini ham bilmasligi uni jigi biyron qilardi. Erta tong ga yaqin uyqisi kelayotgan Sohi oshxonaga uyqusiragan xolda bordi. Myeongha va Minni nonushta qilishayotgan edi. U ham borib o'tirdi. Minni Sohi ning oldiga quymoq va shirin choy qo'ydi.
Minni: Yaxshi dam oldingizmi? Sizni anchadan buyon ko'rmagan edim. Biroz ozibsiz. Buni hozir bir ko'rishdayoq sezdim. Keling nonushta qilib oling.
Sohi: ishtaham yo'q. Hech bo'lmasa choy ichaman
Deya nima kulib qo'ydi. Choy ichib bo'lgach tashqariga chiqmoqchi bo'ldi.
Sohi: maylimi hech bo'lmasa shu buvimning bog'ida toza havodan nafas olsam? Yoki shu ham mumkin emasmi?
β Mumkin ammo xonim biz atayin qilmayabmiz. Janob Taehyung ning buyrug'i. Iltimos boshqa yerga bora ko'rmang, faqat bog'da sayr qiling. Biz ko'zlarimiz bilan javob beramiz.
Sohi: havotir olmang qochib ketayotganim yo'q.
Sohi sekin asta atrofga nazar solib toza havodan nafas olib bog' tomon bordi. Bog'da bir yosh bog'bon yigitni ko'rdi va qiziqib u tomon bordi.
Yigit ortiga o'grilar ekan Sohi uni ko'rib ortiga o'girilib oldi yuragi tinim bilmay tez tez urardi.
Nahotki chindan ham u o'sha bo'lsa? Men men... U bu yerda nima qilayabdi? Shuncha ishlardan so'ng uning yuziga qanday qarayman. U bu yerda nima qilayabdi? Nahotki bu yerda bog'bon bo'lsa...?
Sohi bu ovozni eshitib yuragi jiz etti. Bu ovozda o'zining ismi ohangini anchadan buyon eshitmagan bu qalb ortinga ogiril derdi ammo bu uchun unda jasorat yetishmasdi...
Sohi ortiga o'girilmay ortiga qaytib bordi. Qo'riqchilar uning bu yuz ifodasini ko'rib undan nimadir bo'ldimi deb so'rashdi. Ammo Sohi lomim demay uyga kirib ketdi.
Chapter 1 tugadi. Navbatdagi Chapter uchun yetarlicha fikr va reaksiyalar kutib qolaman.
#Aurelia β listen to the rhythm of your heart ~
@shiny_fanfic