𝗦𝗜𝗡𝗕𝗢𝗨𝗡𝗗
Shahi uni o'zidan itarishda davom etdi.
— Mendan tanangni to'rt iblis.
Shahi uni siltalab turtib tepib tashlagach Jungkook jahli chiqib undan lablarini olib Shahi ga qaradi va tarsaki tushirdi.
— Nega mendan o'zingni olyabsan? Axir er xotinmizku. Er xotin o'rtasida masofalar bo'lishi kerak emas. Shahi...
— Sen kim bolibsanki meni yuzimga tarsaki tushirasan? Kimsan ayt? Sen bir telba ahmoq narkaman bo'lsang. Sen bilan hech kim turmush qurishni istamaydi ham.
Shahining bu gaplari Jungkook ning yuragi tub tubigacha yetib borib zarba berdi. U o'zi hech ham kamsitib qoymagan. Ammo Shahining kurakga tegadigan bu gaplari uni tilka pora qildi. Jungkook Shahini yeqilgan joyida yana unga tarsaki berdi. Bogzidan tutib o'ziga qaratib o'rnidan turg'izdi.
— Mana shu uzun tilingni kesib o'zingga sho'rva qilib ichiraman. Men bilan bu ohangda hech kim gaplashmagan. Qanday qilib menga tik boqib do'q urib kamsityabsan. Shahi men sen oylagandek emasman. Shunday ekan tilingni tiyib yur!
Shahi ko'zlarini katta ochib unga pirpiratib qarardi. Shunchalik qattiq qo'rqdiki tilini ichiga yutdi. Bu baqiriqlardan uygonib ketgan Milan tipirchilab yeg'lashni boshladi. Shahi o‘ziga kelolmay qoldi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib, ichida nimadir sinib ketdi. Qo‘rquv, iztirob va alam uni qamrab oldi. Tana a'zolari titrar, yuragi go‘yoki har urishda o‘zini yoqotayotgandek edi. Bu odam emas, yaramas bu shaytonni erkagi! Unga hatto qarashning o‘zi azob. Ammo Shahi qocholmasdi. U endi bu Iblis eri bilan bir uydaligi, bir to‘shakdaligi, bir taqdirdaligini inkor eta olmasdi.
Jungkook esa hanuz g‘azab ichra edi. Nafasi og‘irlashgan, kaftlari hali ham siltalashga tayyor, ko‘zlari esa olovdek yonar edi. U jim bo‘lib qolgan Shahi tomon bir necha qadam tashladi.
dedi past, o‘tkir va sovuq tovushda.
— Nega jim qolding? Qani, endi yig‘la. O‘zing xohlagansan. Bu sening tanloving edi.
Shahi ko‘zlarini shiftga tikdi. Ko‘zlaridagi yosh kurashardi
Ammo tiliga hech narsa kelmasdi. Ichidagi qichqiriqlar tashqariga chiqa olmay, bo‘g‘zida turib qolgandi. Jungkook asta unga yaqinlashdi. U Shahi oldida tiz cho‘kib, yuziga tik qaradi. Ammo bu safar g‘azab emasdi... nimadir siniq, ezilgan bir qarash bilan.
— Meni ham kimdir sevsin degandim. Ammo...
— Meni ham biror kimsa odam deb qarasin degandim. Shunchaki bir umr iblis bo‘lib yashayverishdan charchadim.
Shahining ko‘zlari pirpiradi. Bu so‘zlar... yuragini titratdi. Ammo u bunday tuyg‘ularga ishonmasdi. Bu so‘zlar orqasida yana jazava, yana tarsaki, yana changal bo‘lishi mumkinligini bilardi. Bu orada Milan yeg‘isi kuchayib, xona ichini lahzaga keltirdi. Shahi darrov o‘rnidan turib, bolasining yoniga yugurdi. Uning qo‘llari hali ham titrardi, ammo Milan uni ko‘rgach, yeg‘isini biroz to‘xtatdi. Shahi uni bag‘riga bosib, quloq solgandek pichirladi
— Hech narsa bo‘lmagan. Hamma narsa joyida. Onang yoningda.
Jungkook uzoqdan ularni kuzatdi. Bolaning ko‘zida ham, Shahining kaftlarida ham o‘zini ko‘rdi parcha parcha bo‘lib, sinib yotgan ruhini. U eshik tomon yurdi. Qadam tovushlari baland emasdi, ammo xonani titratardi. Eshikni ochib, biroz to‘xtadi.
— Men hech kim bo‘lishni xohlamayman, Shahi. Lekin sen meni shunday qilishga majburlayapsan.
Va Jungkook xonani tark etdi. Og‘ir nafas, shikastlangan yurak va jimjitlikni qoldirib ketdi. Shahi esa hali ham Milan bilan o‘tirar, ko‘zida ikki tomchi yosh, yuragida esa bir dunyo og‘riq bor edi. Ammo bu endi boshlanishi edi. Chunki bu uyning devorlari... sir saqlamasdi. Bu devorlar qonga chanqoq edi. Bu uyning jinlari hali gapirmadi.
Shahi bolasini mahkam quchoqlab yotardi, yuragi esa go‘yoki to‘xtab qolay deyotgandek edi. Miyasi qotgan. Ko‘zlar esa shiftga mixlangan. Nafas olish... og‘ir. Har urishida ko‘ksiga tig‘ kirayotgandek edi. U karavot chetida yotgan Milanning ohangsiz, beg‘ubor yuziga termuldi. Yuzida hali ham so‘nggi yig‘i izlari, kipriklarida esa mayin titroq. Shahi asta boshini yostiqqa ko‘mib, ichkaridan ich-ichidan o‘zini siqa boshladi.
— Iblismi bu odam? Nega men? Nimaga aynan men? Nima qilgan edim?
U o‘rnidan asta turdi. Oyoqlari yerni his qilmayotgandek. Yuragining tubida bir fikr aylana boshladi
— Nahotki u meni o'ldirishgacha borsa?
Shu payt orqa tarafdan eshik ohangsiz ochildi. Shahi tizzasigacha sovuqda qolgan odamday qotib qoldi. Sochlaridan shamol yurgandek o‘tdi. Eshik ortidan kimdir yoki nimadir kelayotganini sezdi. Qadam tovushi yo‘q edi. Faqat his. Og‘ir va sezilarsiz edi. Shahining og‘zidan beixtiyor chiqdi
Shahi seskanib orqaga o‘girildi. Ammo hech kim yo‘q. Faqat devordagi oynaga ko‘zi tushdi. Oyna ichi... harakatda edi. O‘z aksini ko‘rayotgandi, lekin oyna ichidagi Shahi boshqacha edi. Ko‘zlari qora, yuzida tabassum, lablaridan qon oqayotgan. U o‘ziga qarab turgan edi. So‘ng o‘sha “aks” gapira boshladi:
— U seni sevayotgani yo‘q. U faqat sindirishni xohlaydi. Chunki u Iblisning o'zi. Va sen... sen esa qurbon. Buni tan ol!
Shahi shartta o‘z aksiga musht soldi. Oyna chilparchin bo‘lib to‘kildi. U yerga o‘tirib, ikki qo‘lini boshiga tirab qattiq baqirdi
— Menga tegmanglar! Men aqldan ozmayman! Men hech kimning quli emasman! Jungkook esa... u menga faqat azob keltirdi!
Ammo xonani ovoz egalladi. Bu endi Jungkook edi. U eshikda turardi. Nigohi qorong‘u, sochlari biroz ho‘l, yuzida charchoq aralash g‘azab.
Shahi unga qarab turgancha asta o‘rnidan turdi. Lablarini chaynadi. G‘azab, vahima, alam... hammasi yuzida aks etardi. Lekin bir tomoni... hali ham Jungkookdan bir parcha sevgi qidirayotgandi.
dedi u shivirlagancha, ammo ko‘zlarida olov bilan. Jungkook unga yaqinlasha boshladi. Har qadamda Shahi bir qadam ortga chekinardi. U devorga tiraldi. Yana bir qarich. Yana bir yurak urishi. Jungkook oldida to‘xtadi. Uning qoq ko‘ziga qaradi.
— Yomon ko‘rsang ham... mening xotinimsan. Iblis bolamanmi yoki yovuz bo‘lsam ham, seni hech kimga bermayman. Hatto o‘zingga ham emas.
— Sen Iblis emassan, Jungkook... Sen la’natlangansan halos! Qilgan barcha qilmishlaring uchun.
Jungkookning ko‘zlari biroz titradi. Bu so‘zlar unga har safargidan qattiqroq urilgandi. Ammo u buni yutdi. Yutib, Shahi bo‘ynidan ohangda tutdi.
— Meni la’natlagan sen eding. Endi la’natim ostida yashaysan. Toki men seni kechirmaguncha.
Devor yutib yuborgudek bo‘ldi. Xona bir zumda qop-qora tuman bilan to‘ldi. Deraza yopiq edi. Ammo xona... g‘ijirlayotgan soya bilan to‘ldi.
Kimdir bo‘yniga nafas uryapti. Kimdir xonani tomoshabin bo‘lib kuzatyapti. Va bu faqat boshlanishi edi....
— Jonkalarim mana fanficni navbatdagi qismi! Ko'p kutirganim uchun uzur! Kam bo'lib qolgani uchun ham! Maroqli mutola tilayman! Ko'proq fikr va reaksiyalar kutib qolaman ~