VISA kartalari qanday ochiladi?
Agar App Store, Google Play, Amazon, PinDuoDuo, TaoBao kabi onlayn platformalarda va chet elga sayohat qilganda qulay to'lov qilishni istasangiz, Visa kartasini ochishni maslahat beramiz. VISA dunyoda 200 dan ortiq mamlakatlarda qabul qilinadi
Quyida Jet.bank.uz loyihasi o'z saytida bo'lishgan maqolani UZLEX China obunachilari uchun ko'chirib, joyladik:
Visa kartasini qayerda ochish mumkin?
Visa kartasini ochish uchun O‘zbekistondagi ko‘plab banklar xizmat ko‘rsatadi. Quyidagi banklarda kartani onlayn ilova orqali yoki bankka tashrif buyurib rasmiylashtirish mumkin:
- Ipak Yo‘li Banki
- Kapitalbank
- O‘zsanoatqurilishbank
- Ipoteka bank
- Xalq Banki
- Orient Finans Bank
- Agrobank
- Aloqabank
- NBU
- BRB
- Hamkorbank
- Octobank
- Asia Alliance Bank
- Garant Bank
- Turon Bank
- Universal Bank
- Trastbank
Agar quyidagi banklarda Visa kartasini ochmoqchi bo‘lsangiz, shaxsan bankka borishingiz talab etiladi:
Visa kartasining narxi
Visa kartasini ochish narxi bank va karta turiga qarab farqlanadi. Ba'zi banklarda kartani bepul ochish mumkin bo‘lsa, boshqalarida ochilish uchun to‘lov talab qilinadi. Bundan tashqari, deyarli barcha kartalarda minimal depozit pul miqdorini kiritish kerak bo‘ladi.
Quyida jadvalda Visa Classic kartasining ochilish narxi va minimal depozit miqdori bo‘yicha banklarning taqqoslamasi keltirilgan.
Visa kartasining turlari
Visa kartalari turli ehtiyojlarga moslashtirilgan bo‘lib, xaridorlarning talab va istaklariga qarab tanlash imkoniyatini beradi. Onlayn tarzda Visa Virtual kartasini rasmiylashtirish mumkin bo‘lsa, oflayn holda quyidagi karta turlaridan foydalanishingiz mumkin:
Qaysi banklarda qanday Visa kartalarini ochish mumkin?
Visa Classic kartasini yuqorida sanab o‘tilgan barcha banklarda ochishingiz mumkin. Boshqa turdagi kartalarni esa quyidagi banklardan ochish mumkin:
Shuningdek, Visa virtual kartalarini Asia Alliance Bank, Aloqabank va Ipak Yo‘li Bankida onlayn bepul rasmiylashtirish imkoniyati mavjud, NBU esa ushbu xizmat uchun 10 000 so‘m to‘lov belgilaydi.
Xulosa
Visa kartalari har xil ehtiyojlarga moslashtirilgan bo‘lib, Visa Classic tarifidan boshlab Visa Infinite tarifigacha bo‘lgan turlari mijozlarga turli darajadagi xizmatlar va imtiyozlarni taklif qiladi. Shuningdek, har bir bankning shartlari o‘ziga xos bo‘lib, masalan, pul o‘tkazmalari yoki naqd pul yechishda xizmat haqi 0,5% dan 1% gacha farq qilishi mumkin. Visa kartasini tanlashda banklarning xizmatlari, tariflari va karta turlarini sinchiklab o‘rganib chiqish, shuningdek, to‘lovlar va komissiyalar bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish tavsiya etiladi.
Manba: https://jet.bank.uz/article/viza-karta-ochish-262
Xitoyning marketpleyslaridan xarid qilish uchun qayerda va qanday VISA ochgan yaxshi?
UZLEX China'da Kapitalbank va SQB VISA kartalaridan foydalanamiz. Siz ham shu yoki o'zingizga yaqin va qulay bo'lgan boshqa bankdan ochishingiz mumkin. VISA Classic bo'lsa yetadi.
PinDuoDuo'ga VISA ulash bo'yicha dars - https://t.me/uzlexdarslar/14
TaoBao'ga VISA ulash bo'yicha dars - https://t.me/uzlexdarslar/106
Savollaringiz bo'lsa, bizga yozing - menejerning telegrami