May 10, 2025

𝗢𝗯𝘀𝗲𝘀𝘀𝗶𝗼𝗻 𝗽𝗿𝗶𝗻𝗰𝗲𝘀𝘀 —

1 - 𝐪𝐢𝐬𝐦

Balki taqdir , istagandir bu uchrashuvni —

1855 - yil Kimlar qasri 𓂃

Pov.
Turfa ranglarsiz ammo naqshlar bilan toʻlib toshgan qasrda yolgʻiz hayot kechirish koʻpchilikga xush kelmasligi mumkin ammo
Qasr malikasi...Elvera bundaylardan emas edi

Oxirgi voris , yengib boʻlmas kuch , bir boqishda insonda qoʻrquv uygʻotuvchi nigoh ha....u Elvera Kim

Xilma xil kumushlar bilan bezatilgan libosda zinalardan pastga tushishayotgan malika Elverani kuzatayotgan erkak jim uni kutib turardi , malika Elvera kelib oz joyini egallagach taʼzim qilib õz oʻrnini egalladi.
— Bugun menga hozirni ozida eng yaxshi bogʻbon topib bera olasizmi? — malikaning bu savoliga erkak hayron qoldi
— a..ha malikam albatta topib bera olaman , koʻpi bilan 3 soatga qasr eshiklari oldida boʻladi — erkakning gaplaridan mamnun boʻlgan Malika Elvera oʻrnidan turdi va xonasi tomon tepaga koʻtarildi

Pov.
Kimlar aholisi malikani oʻta qoʻpol va mehrsiz deb oʻylashadi ammo unday emas edi....

10 YIL OLDINGA QAYTSAK𓂃
Pov.
Oldinlari Malika Elvera ham quvnoq va mehribon qizaloq boʻlgan lekin uning otasi va onasi unga mehrsiz boʻlishgan , malika doim qattiq harakat qilgan katta natijalar bilan kelsa unga faqat osha kuni mehribon boʻlishgan , otasi u 10 yoshida yurak hurujidan vafot etgan , onasi esa 15 yoshida xizmatchilar xatosi deb polda toyib ketib 5 - qavatdan yumalanib ketgan bu xatoni deb osha kunni oʻzidayoq barcha 95 ta xizmatchi ham qatl etilgan

U 16 yosh paytlarida butunlay his tuygʻulardan va insonlardan voz kechgan opa-ukasi esa uni tashlab ketishgan
Hozirgi qoʻpol va mehrsiz hissiz qizaloq oldinlari baxtdan porlagan uni bunday bolishiga oz yaqinlari aybdor

HOZIRGI VAQTGA QAYTSAK 𓂃
Erkak tezda ot aravaga chiqib oʻzining yaqin doʻstining uyiga bordi

Shahardan ancha uzoqda ammo hamma biladigan bu bogʻbonning ismi Jey edi
U butun umrini dalada oʻtkazgan lekin shunga qaramay eng yomon yerlarda ham zihol oʻstira olgan va barchaga yordam bergan Bogʻbon u

Erkak ot aravadan tushib bogʻbonning uyi oldiga keldi va eshikigini taqillatdi, sal oʻtmay eshik ochildi boʻylari uchun boybasti kelishgan sochlariga endi oq tushgan bogʻbon eshikni ochdi erkak quvonch bilan
— Salom Jey doʻstim yaxshimisan
— janob Park ozingchi bir hurmat qilib salomlashaylik axir koʻrkam liboslarda tashrif buyuribsiz — deya Jey yaqin doʻstiga kesatib hazil aralash salomlashdi

Ular birga suxbatlashishar ekan J.park nima sababdan kelgani esiga tushib Jeydan soʻradi
— Jey doʻstim bilasan men malikaning oʻng qoliman , bugun Malikaning kayfiyati yaxshi koʻrinadi 3 soatga qolmay unga yaxshi bogʻbon topib kelishimni aytdi....shunga nima deysan yaxshi maosh ham olasan uy-joy , ovqat deganlaridek ammo...malikaga aytgan gullarini hohlagan payt olib borib bersang boʻlgani...

J.parkning soʻzlarini eshitgan Jey jim turdida gap boshladi
— meni eng zor shogirdim bor u barcha narsa boyicha yaxshi gullar , bogʻ ishlari , ekinlar oʻshani yuboraman agar men ketsam bu yerdagi ekinlarni qaray olishmaydi
Bu sozlarni eshitgan J.Park xursand boʻlib oʻrnidan turdi
— raxmat doʻstim ishonchimni oqlaganing uchun deya qol berishgach soatiga qarasa allaqachon 2 soat otibdi , qoʻrquv aralash
— doʻstim , Malika Elvera uzoqi 3 soatga rozi boʻlgan va 1 soat vaqt bor tez bora oladi degan umiddaman , men ketdim xayr salomat boʻl deya yugurib uydan chiqib ketdi ot aravaga oʻtirib Qasr tomon yoʻl oldi

Bogʻbon Jey esa kulimsirab uyidan chiqdi va 2 chaqirim naridagi kichik kulbaga keldi

Eshigi ochiqligini korib hayron boʻldi

— Jungkook qayerdasan deya uni chaqirdi va ortidan

— shu yerdaman Jey amaki

Jungkook shunday deya qoʻlidagi daraxt xodalarini yerga qoydi
— xa yaxshimisan oʻgʻlim charchab qolmadingmi?
— yoq ozingizchi dala ishlari qiyinchilik tugʻdirmayapdimi?
— yoq oʻgʻlim seni oldingga bir jiddiy masala boyicha kelgan edim gaplashib olsak
Jungkook hayron boʻlib hop unda ichkariga kiraylik
— yoq vaqtimiz oz qoldi Kimlarning oxirgi vorisi malika Elveraga bogʻbon kerak ekan men J.Parkga seni aytdim va 1 soatlarga qasr oldida boʻladi dedim
Ishlar ogʻir emas , uy-joy , ovqat bilan taminlanasan qiladigan ishing esa gullar oʻstirish malika hohlagan payt olib borib bersang boʻlgani maoshi yaxshi bunisidan havotir olma

Jungkook bu gaplarni eshitib jim durdi
— hmm , amaki siz aytasizku men yoq deymanmi ? Hozirga borish kerakmi?
Bogʻbon Jey kulib ,
— barakalla oʻgʻlim, ha hozirga men ot aravani tayyorlataman sen tezda tayyorlan deya Bogʻbon Jey uyi tomon ketdi
Jungkookni esa hayajon va qoʻrquv bosa boshladi

Malika shu kungacha bogbonlarni tirik qoldirmagan shu kungacha 100dan ortiq bogʻbonlar yaxshi gul oʻstirib malikaga olib bora olmagani uchun qatl etilgan

Jungkook tezda narsalarini yigʻib ot aravaga oʻtirdi va oxirgi bor oz uyiga qaradi va 1 soatga qolmay qasr eshiklari oldiga keldi

J.Park qasr eshiklaridan chiqib kelib uni ichkariga taklif etdi

J.park Jungkookni malika bilan uchrashishi uchun mehmonxonaga kiritib ozi u yerdan chiqib ketdi , sababi malika shaxsiy muzokarani yoqtirardi
Malika zinalardan pastga tushib oz oʻrnini egalladi va yigit jim qarab turdi
Malika Elvera ozi ham nega bunday qilayotganini oylamas diqqati faqat oldidagi koʻrkam va chiroyli yigitchaga qaratilgan edi
— Malika Elvera Salomimni qabul eting deya Jungkook tazim qildi
— Hosh , gullarni yaxshi oʻstira olasanmi? Meni ham shunday chiroyli yigitni olomon Qarshida boshidan judo qilgim kelmaydi deya Jungkookga qaradi va ikkala koʻz bir-biri bilan toʻqnashib oʻzgacha hissiyot bagsh etdi
— A-ha albatta malikam men gullarni yaxshi oʻstira olaman menga ishonishingiz mumkin deya ishonch koʻzlari bilan malikaga qarar ekan
Hech qanday hissiyotsiz malika ornidan turib Tepaga koʻtarilib ketdi
J.Park kelib jungookga
— menincha Malika Elvera senga imkon berdi oʻzingni koʻrsat shovvoz qani ortimdan yur uyingni koʻrsataman

Ular qasrning labirentdek yoʻlaklaridan otib orqa bogʻga chiqishdi

Jungkook bogʻni korib quvondi ammo J.Parkning soʻzlaridan song biroz vahima bosdi
— chiroyli koʻrinyapti toʻgʻrimi ?
2 kun oldin shahar markazida shu yerning bogbonini boshidan judo qilishdi va undan oqqan har bir tomchi qon shu gullarga quyildi , agar yashashdan umiding bor bolsa senga omad deya J.park u yerdan ketdi
Jungkook esa turgan joyida qolib ketdi

Malika Elvera zinalardan xonasiga koʻtarilib Osha yigitchaga qiziqa boshladi va ayvoniga chiqdi tepadan bogʻbon uyi va gullar yaqqol koʻrinib turardi

Ayvonda malika Elvera jungookga qarab turar ekan tezda boʻlgan ishdan esankirab qoldi Jungkook unga qarab jilmayib qaradi Malika tezda ayvondan xonasiga kirib yerga saryogdek ochib tushdi
Va yuragida jiz etgan tuygʻu paydo boʻldi

1- - 𝐪𝐢𝐬𝐦 tugadi
20+ reaksiya 10+ coment
#Elvera_princess
#Obsession_princess