October 11, 2023

Fakultetlararo chet tillar kafedrasida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetining Fakultetlararo chet tillar kafedrasida Safarova Zarina G‘iyosovna tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darjasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini kafedra muhokamasiga taqdim etildi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetensiyasini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsiya muhokamasi qizg‘in bahs ruhiyatida o‘tdi.

“Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida inklyuziv ta’lim kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini inklyuziv sinflarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni egallash zarurati va metodologiyasiga oydinlik kiritdi. Respublikamizda inklyuziv ta’limga e’tibor kuchayib borayotganini hisobga olsak, tadqiqotchi Safarovaning faoliyati barcha o‘quvchilarning turli ehtiyojlarini qondira oladigan o‘qituvchilarni shakllantirishda muhim hissa sifatida ajralib turadi. Dotsent, pedagogika fanlari doktori Abdullayeva Gavhar Saparovnaning ilmiy rahbarligida olib borilgan mazkur izlanish pedagogika sohasida, ayniqsa, ingliz tilini o‘qitishda yangi standartlarni belgilashini ta’kidlamoqda.

Kafedra muhokamasida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) D.B.Otajonova, A.A.Yo‘ldoshev, D.V.Abduramanova, D.K.Ro‘zmetova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) N.R.Saitkulova va boshqa o‘qituvchi va tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Ularning fikr va mulohazalari dissertant Safarovaning keyingi bosqich faoliyatida chuqur ahamiyatini aks ettirdi.

Global miqyosda inklyuziv ta'lim muhitini ribojlanishda davom etar ekan, bunday tadqiqotlar o'qituvchilarni ta’lim qiyinchiliklarini yengib o‘tishga yaxshi tayyorgarlik ko'rishlarini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. CHDPU jamoasi sifatida kafedramiz a’zolari jahon miqyosida ta’lim kelajagini shakllantiradigan innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.