February 14, 2020

Fuck

Avstriyadagi Fucking qishlog'iga kirishda tez-tez o'g'irlanadigan yo'l belgisi

Chet el filmlarining o'zbekcha dublyajida "fuck " so'zi "jin ursin" deb tarjima qilinadi. Ha, har safar kinodagi qahramon "jin ursin" deganida u ona tilida "fuck" yoki "shit" (axlat) so'zini ishlatgan bo'ladi.

Fuck so'zining asosiy xususiyati shundaki, uni deyarli barcha hayotiy holatlarda ishlatish mumkin. U gapda bir vaqtning o'zida ot, sifat, fe'l va ravish bo'lib kelishi mumkin. Ko'pincha aynan shu so'z gapning "qaynoq nuqtasi" (hatto undov belgisi) bo'lib, fikrni yorqin ifodalashga yordam beradi.

Kitob olamida o'zining avtoritet o'rniga ega Oxford University Press nashriyoti 2009-yilda 270 betli "The F-Word" (F harfli so'z) kitobining 3-nashrini dunyoga taqdim etdi. Bu kitob siz o'ylaganingizdek ingliz tilinig eng asosiy so'zi - "fuck" ga bag'ishlangan. Aytish mumkinki, hurmati baland bo'lgan nashriyot soxta hijolatlarsiz ingliz olamining asosiy so'zi — aytish man etilgan so'z haqida bemalol gapirishga oq fotiha berdi.

Telegram asoschisi Pavel Durov

Ziyolilarning muloyim, nafis suhbati jarayonida bu so'zga o'rin yo'q. Ota-onalar bilan suhbatda uni ishlatish mumkin emas. Lekin taqiqlangan so'zning xiralashgan aks-sadosi ingliz tilida so'zlashadigan jamiyatning kundalik hayotida muntazam ravishda momaqaldiroq singari ta'sirchan xonimchalar va ma'naviyatparastlarni shok holatga tushiradi.

Diqqat! F-bombalar zonasi

Bu yerga nima uchun kelganingizni yaxshi bilasiz. Shuning uchun quyida fuck so'zidan tuzilgan 2 ta-3 ta iboralar va ularning tarjimasini o'qishingiz mumkin!

Haqoratli leksika, 18+

fuck

jin ursin, la'nati, suka, blyat

fuck you

yo'qol, idi naxuy

GTFO: get the fuck off

fuck you iborasinig yanada emotsional varianti

STFU: shut the fuck up

og'zingni yop naxuy!

E'tibor uchun rahmat!