YOU DESERVE TO BE HAPPY🤍
Ba'zi qizlar ulg‘ayishni xohlagani uchun emas, bolaligida ularga suyanadigan hech kim bo‘lmagani uchun erta ulg‘ayishadi.
Y/N, 17 yoshda xali maktabda o'qiydi. Tashqaridan quvnoq, ichidan esa charchagan qiz. Oilaviy muammolarini doim yolg‘iz hal qiladi. Mehr va tushunishga juda muhtoj. Ammo qalbida hali ham umid bor🤍
Budilnik jiringlashidan bir necha daqiqa oldin Y/N ko‘zlarini ochdi. U aslida uxlamagan edi.
Tun bo‘yi stol ustidagi ochiq daftariga tikilib chiqqandi. Ertaga topshirishi kerak bo‘lgan vazifalari, tugatishi kerak bo‘lgan loyihalari, o‘qishi kerak bo‘lgan mavzulari bor edi.
Bundan tashqari, kecha onasi unga uy ishlarini ham eslatib qo'ygandi
Ukasining maktab uchun kerakli narsalarini tayyorlash.
Bozordan bir nechta mahsulot olib kelish.
Va albatta, o‘zining darslari.
Y/N ko‘zlarini yumdi. Atigi besh daqiqa. Hech bo‘lmasa, besh daqiqa hech narsa haqida o‘ylamaslikni xohladi.
Ammo koridordan onasining baland ovozi eshitildi.
Qizning ko‘zlari darhol ochildi.
— Unda nega hali oshxonaga chiqmagansan? Men hamma narsani o‘zim qilishim kerakmi?!
Y/N sekin o‘rnidan turdi. Ko‘zguga qaradi.
Ko‘zlari ostida charchoq bilinib turardi.
U sochlarini tartibga keltirib, yuzini sovuq suv bilan yuvdi. Keyin ko‘zgudagi o‘z aksiga bir muddat tikilib qoldi.
— Hammasi yaxshi — deb pichirladi o‘ziga.
— Bugun hammasi yaxshi bo‘ladi.
Lekin u bu gapga o‘zi ham ishonmasdi.
Y/N nonushta tayyorlayotganida onasi stol yonida telefonini ko‘rib o‘tirardi.
— Y/N, sen necha yoshdasan o‘zi? Hamma narsani aytib turishim kerakmi? Biror narsani o‘zing tushunib qilolmaysanmi?
Y/N pichoqni qo‘lida ushlab, bir zum to‘xtadi.
Hozirgina choyni so‘radingiz-ku.
Bu gap uning tiliga kelib, yana ichiga qaytdi. Chunki bilardi agar bunday desa niam bolishini.
— Oxirgi paytlarda juda o‘zgarib qolding. Gapirsam, yuzingni burishtirasan. O‘zingni katta olib yurishingni qara.
— Bas qil! Har safar bir gapirsam, o‘zingni oqlaysan!
Y/N lablarini bir-biriga bosdi. Hech narsa o'zgarmas edi baribir.
U endi tushuntirishga ham urinmasdi.
Chunki bu uyda uning izohlari hech qachon izoh sifatida qabul qilinmasdi. Ular shunchaki navbatdagi bahsning boshlanishi edi.
Qiz choyni piyolaga quydi va onasining oldiga qo‘ydi.
Choy endigina damlangan edi. Lekin u hech narsa demadi.
Shunchaki piyolani olib, yangisini tayyorladi.
Ba'zida Y/Nni eng ko‘p charchatadigan narsa uy ishlarining ko‘pligi emasdi. Balki u qancha urinmasin, hech qachon yetarlicha yaxshi bo‘lolmasligiga ishontirilgani edi.
Y/N sumkasini yelkasiga ilib, oyoq kiyimini kiyayotgan edi.
Otasi mehmonxonada o‘tirib, telefonidan nimanidir tomosha qilardi.
Uning yuzida ham charchoq bor edi. Ish, pul, kundalik tashvishlar bularning bari uni ham holdan toydirgandi.
— Dada?
— Hm?
— Bugun maktabdan keyin biroz kechroq kelishim mumkin. Loyihamizni tugatishimiz kerak.
— Mayli.
Qiz bir necha soniya jim turdi.
— Dada, siz bilan bir narsani gaplashsam bo‘ladimi?
Otasi telefonidan ko‘z uzmadi.
— Keyinroq, qizim. Hozir boshim og‘riyapti.
— Xo‘p.
U shunchaki kimdir undan:
«Qizim, o‘zing yaxshimisan?» deb so‘rashini xohlagandi. Bir marta bo‘lsa ham.
— Hech narsa. Yaxshi dam oling.
— Xo‘p, maktabingga kech qolma.
Eshik yopildi.
Otasi qizining yuzidagi ifodani ko‘rmadi.
U qizining so‘nggi paytlarda kamroq gapirayotganini ham sezmagandi.
Y/N esa zinadan tushayotib, telefonini ochdi. Eng yaqin dugonasi kecha unga yozgan xabarini hali o‘qimagan edi.
Friend: Are you okay? You've been so quiet lately.
Y/N: Yeah, I'm fine. Just tired.
U xabarni yubordi. Keyin telefonini o‘chirib, ko‘zlarini yumdi.
Qiz dugonasining ovozini eshitib, boshini ko‘tardi.
— Nima bo‘ldi?
— Kechagi topshiriqni tugatdingmi?
— Ha. Mana, senga ham yubordim.
— Voy, rahmat! Sen bo‘lmaganingda nima qilardim?
Dugonasi kulib, uni quchoqladi.
Y/N ham jilmaydi.
— Hechqisi yo‘q.
— Aytgancha, bugun darsdan keyin kafega boramizmi? Hamma yig‘ilarkan.
Y/Nning tabassum sekin yoqoldi.
— Bugun bora olmayman.
— Nega? Yana uydagi ishlaringmi?
— Ha shunaqaroq
— Y/N, sen har doim shunaqasan. Bir marta o‘zing uchun ham vaqt ajrat.
Y/N biroz g'alati bo'ldi bu gapdan so'ng.
— Keyingi safar boraman.
— Mayli, o‘zing bilasan.
Do'sti boshqa qizlar tomon ketdi.
Y/N esa daftarini ochdi. U dugonasidan xafa emasdi. Dugonasi uning hayotini tushunmasdi, xolos.
Boshqa odamlar uchun maktabdan keyingi vaqt — do‘stlar bilan sayr qilish, sevimli ichimlikni sotib olish yoki musiqa tinglab uyga qaytish edi.
Y/N uchun esa maktabdan keyingi vaqt ikkinchi smena boshlanishi bilan barobar edi.
Uyga qaytish.
Ishlarni tugatish.
Dars qilish.
Yana biror narsa uchun tanbeh eshitish.
Va ertasi kuni hammasini boshidan boshlash)
Tanaffus payti Y/N yolg‘iz o‘tirib daftariga nimanidir yozardi.
Uning oldida ochiq turgan kitobdagi so‘zlarni ko‘zlari ko‘rib turgan bo‘lsa-da, miyasi boshqa narsalar bilan band edi.
Kecha to‘lanishi kerak bo‘lgan maktab xarajati.
Ertangi topshiriq.
Uyda tugamagan kirlar.
Onasining ertalab aytgan gaplari.
Va nima uchun otasi unga bir necha daqiqa ham vaqt ajratolmasligi.
Oyisi: Uyga kelishing bilan do‘konga bor. Keyin ovqat qil. Kecha polni yaxshi yuvmagansan, uni ham qayta yuv.
Y/N xabarni ikki marta o‘qidi keyin javob yozdi.
Y/N: Oyi, bugun juda ko‘p vazifam bor. Kechqurun ham topshirishim kerak bo‘lgan ishlarim bor edi. Do‘konga borib, ovqatni ham tayyorlasam, darslarimga vaqt qolmaydi.
— Alo oyi?
— Sen menga nima deb yozding?
— Men shunchaki bugun vazifalarim ko‘pligini aytdim.
— Demak, endi uydagi ishlarni qilishga ham vaqting yo‘qmi?
— Men unday demadim.
— Men seni katta qilaman, ovqatlantiraman, kiyintiraman. Sen esa mendan oddiygina narsani so‘rasam, mingta bahona topasan!
Y/N atrofga qaradi. Boshqa o‘quvchilar kulishib gaplashib o‘tirishardi.
Y/N telefon ovozini pasaytirdi.
— Oyi, iltimos hozr men maktabdaman.
— Menga baribir! Uyga kelganingda aytganlarimni qilasan!
Oyisi telefonni ochirdi. Y/N esa telefonni sekin tushirdi.
Uning ko‘zlari yoshlana boshladi.
Yig‘lama. Hozir emas. Iltimos.
U boshini egib, ko‘zlarini bir necha marta yumdi.
Keyin oqishga qaytdi. Ammo bu safar hech narsani o‘qiy olmadi.
Y/N uyga kelishi bilan sumkasini xonasiga tashlab oshxonaga kirdi. Oyisi stol yonida o‘tirardi.
— Nihoyat keldingmi? Soatga qaradingmi o‘zi?
— Darslarimiz kechroq tugadi, oyi.
— Bahona qilma. Do‘konga bor.
— Xo‘p.
— Keyin ovqat tayyorla. Men bugun juda charchadim.
Y/N oyisiga qaradi. U ham charchagan edi.
Maktabdagi darslar, uyga kelgach bajarishi kerak bo‘lgan ishlar, doimiy bosim — bularning bari uning ham kuchini olib qo‘ygandi.
Lekin u buni aytmadi. Pulini sanab, do‘konga ketdi.
Yo‘lda u telefonidan sevimli qo‘shig‘ini yoqdi. Quloqchinlarini taqib, boshini biroz ko‘tardi.
Shamol yuziga tegdi. Y/N shamolli havoni yoqtirardi. Atigi bir necha soniya davomida o‘zini erkin his qildi.
Hech kim undan hech narsa talab qilmasdi.
Hech kim undan yaxshiroq bo‘lishni kutmasdi.
U ham ba'zan hech narsa qilmasdan o‘tirishni xohlardi.
U ham kimningdir oldida o‘zini kuchli ko‘rsatishga majbur bo‘lmaslikni istardi.
Keyin y/n do'kon oldiga kelganida telefoniga xabar keldi.
Oyisi: Nonni ham ol. Kecha olganing qotib qolgan edi.
— Xo‘p, oyi, — deb javob yozib qoydi.
Stol yig‘ishtirildi.
Kirlar mashinaga solindi.
Y/N nihoyat xonasiga kirib, kitoblarini ochdi. U endi dars qilishni boshlaganida, eshik ochildi.
— Hali ham dars qilyapsanmi?
— Ha, oyi. Ertaga topshirishim kerak.
— Undan oldin xonangni yig‘ishtir.
Y/N stol ustidagi daftarlariga qaradi.
— Xonam unchalik to'zigan emas-ku.
— Nima deding?
— Men faqat…
— Senga nima desam, shuni qil! Har safar o‘zingni aqlli ko‘rsatishga urinma!
— Oyi, iltimos, men bugun chindan ham charchadim…
— Sen charchadingmi?!
Onasi kulimsiradi lkn bu kulgida mehr yo‘q edi.
— Nima ish qilding o‘zi? Maktabga bording, kelding. Shuning o‘zi seni charchatdimi?
— Men maktabdan keyin do‘konga bordim, ovqat tayyorladim, kirlarni…
— Men senga bularni qilishni aytdimmi? Bu uyda yashaysanmi? Demak, yordam berasan!
— Men yordam berishni xohlamayman demadim!
Y/Nning ovozi beixtiyor balandlashdi.
Xonada sukunat cho‘kdi. Uning o‘zi ham bundan cho‘chib ketdi. Cunki onasining reaksiyasini bilar edi uni nima qilishini.
Onasi unga yaqinlashib
— Menga baqiryapsanmi?
— Yo‘q, oyi. Men shunchaki…
— Hozirning o‘zida xonangni yig‘ishtir!
— Iltimos, avval shu vazifamni tugatib olay. Keyin yig‘ishtiraman.
— Hozir dedim!
Y/N o‘rnidan turdi. Onasi xonadan chiqib ketayotgan edi.
— Oyi, men ham odamman-ku — bu gap juda past ovozda aytildi.
Y/Nning ko‘zlariga yosh keldi.
— Men ham charchayman. Men ham ba'zan qiynalaman. Har kuni hamma narsani qilishga harakat qilaman. Darslarimni ham tashlab qo‘ymayman. Sizni xafa qilmaslikka ham harakat qilaman…
— Lekin nima qilsam ham, sizga yoqmaydi. Men nima qilsam ham, baribir aybdor bo‘lib qolaman.
— Demak, men yomon onaman-da?
— Yo‘q! Men bunday demadim! — Y/n darhol boshini chayqadi.
— Unda nima demoqchisan?!
— Men shunchaki siz meni bir marta tushunishingizni xohlayman!
— Menga aql o‘rgatadigan bo‘lib qoldingmi?!
Keyin esa onasi qiziga qo‘l ko‘tardi. Y/n beixtiyor chetga chekindi. Xonada bir necha soniya hech kim gapirmadi.
Y/Nning ko‘zlaridan yosh oqardi. U yuzini boshqa tomonga burdi.
Onasi esa hali ham jahli chiqqan holda gapirardi.
— Endi yig‘lashni boshlaysanmi? O‘zingni bechoraga solishni bas qil! Men sen uchun qancha narsadan voz kechganman!
Y/N javob bermadi. Uning lablari titrardi.
— Eshitdingmi meni?!
— Ha, oyi.
— Unda xonangni yig‘ishtir!
Onasi chiqib ketdi. Eshik qattiq yopildi.
Y/N esa o‘sha joyda qimirlamay turaverdi.
So‘ng u asta stulga o‘tirdi. Daftari hali ham ochiq edi. Qalam esa stolning o‘rtasida yotardi.
Harflar ko‘ziga xira ko‘rinardi.Y/N yuzini qo‘llari bilan berkitdi.Va nihoyat, hech kim eshitmaydigan darajada past ovozda yig‘lay boshladi.
— Men shunchaki.... — uning ovozi uzilib qoldi.
— Men shunchaki baxtli bo‘lishni xohlagandim…
Lekin ba'zi uylarda bolalar yig‘laganda ham, ularning yig‘lashiga sabab bo‘lgan odamlar o‘zlarini haq deb bilishadi.
Tfuu blee shunaqalga.
Y/N yuzini yuvib, xonasidan chiqdi.
U otasini divanda o‘tirgan holda ko‘rdi. Onasi oshxonada idishlarni joylashtirayotgan edi.
Y/N bir oz ikkilanib turdi. Keyin otasining yoniga bordi.
— Dada?
— Hm?
— Sizdan bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?
— Gapir.
Y/N qo‘llarini bir-biriga mahkam qisdi.
— Sizningcha, men yomon qizmanmi?
Otasi nihoyat telefonidan boshini ko‘tardi.
— Nima?
— Men… yomon qizmanmi?
— Nega unday deyapsan?
Y/Nning ko‘zlari yana yoshlana boshladi.
— Chunki men qancha harakat qilsam ham, onam mendan norozi. Men ba'zan charchaganimni aytsam ham, u meni tushunmaydi. Men nimadir desam, yana janjal chiqadi.
— Onang ham charchaydi, qizim. Uy ishlari oson emas.
— Bilaman, dada.
— Unda unga qarshi gaplashmasdan, aytganlarini qil. Shunda janjal ham bo‘lmaydi.
Y/N otasiga uzoq tikilib qoldi. U bu javobni kutmagandi.
— Men unga qarshi chiqmoqchi emasman…
— Bo‘ldi, qizim. Men hozir juda charchadim. Shu narsalar bilan boshimni qotirma.
— Xo‘p, dada.
Y/n hafsalasi pir boldi. U orqasiga o‘girildi.
Qiz darhol qayrilib qaradi. Bir lahzaga yuragida umid paydo bo‘ldi.
Balki otasi yana nimadir aytmoqchidir.
Balki bu safar uni tushunishga harakat qilar.
— Ha, dada?
— Ertaga ko‘ylagimni dazmollab qo‘y. Ertalab shoshilyapman.
Y/Nning ko‘zlaridagi umid sekin so‘ndi.
U xonasiga qaytdi. Eshikni yopdi. Bu safar yig‘lamadi. Faqat karavotiga o‘tirib, devorga tikildi.
Chunki ba'zan odam juda ko‘p yig‘laganidan emas, yig‘lashdan ham charchaganidan jim bo‘lib qoladi.
09:48 PM — Y/N'NING XONASI YANA
Uy jimib qolgandi. Y/N nihoyat darslarini tugatdi.
Soat kech bo‘lishiga qaramay, ertangi kun uchun kiyimlarini tayyorlab qo‘ydi. Sumkasini yig‘di. Telefonini quvvatlashga qo‘ydi.
Keyin karavotiga yotdi. Uning xonasi kichkinagina edi.
Derazasi yonida bir nechta kitoblar, stolida daftarlar va devorida eski suratlar bor edi.
Bir paytlar u shu xonada o‘tirib, kelajak haqida orzu qilardi.
Katta bo‘lishni. O‘ziga yoqqan kasbni tanlashni. Boshqa shaharlarga borishni. Odamlar uni tushunadigan hayot qurishni.
Lekin so‘nggi paytlarda kelajak haqida o‘ylash ham unga og‘irlik qilardi. Chunki ertangi kunning o‘zi yetarlicha qiyin edi.
Telefonini qo‘liga oldi. Ijtimoiy tarmoqlarni ochdi.
Boshqalar do‘stlari bilan tushgan rasmlarini joylashardi. Kimdir oilasi bilan kechki ovqat qilayotganini ko‘rsatardi. Kimdir ota-onasi sovg‘a qilgan narsani maqtanib yozgandi.
Y/N ularning hech biriga hasad qilmaslikka harakat qildi.
U shunchaki bir kun kelib o‘zi ham shunday oddiy baxtga ega bo‘lishni xohlardi.
Hech qanday qimmatbaho sovg‘a shart emasdi. Hech qanday katta uy ham kerak emasdi.
U faqat uyga qaytganida yuragi siqilmasligini xohlardi.
Xato qilganida ham uni eshitishlarini. Charchaganida unga dam olishga ruxsat berishlarini. Va ba'zan hech qanday sabab bo‘lmasa ham:
«Yaxshi ko‘raman seni, qizim» deyishlarini.
Y/N telefonining eslatmalar chatini ochdi. U yerda hech kimga yubormaydigan yozuvlari bor edi.
U yangi yozuv yaratdi.
Bugun hammasi odatdagidek bo‘ldi.
Onam mendan norozi.
Dadam charchagan.
Men esa yana o‘zim bilan o‘zim qoldim.
Ba'zan men ham kimningdir oldida kuchsiz bo‘lishni xohlayman. Har doim kuchli bo‘lishdan charchadim.
Hamma mendan nimadir kutadi. Hamma menga suyanadi. Lekin men kimga suyanishim mumkin?
<<Balki bir kun kelib kimdir meni ham tushunar>>
Keyin telefonini o‘chirib, ko‘rpaga o‘raldi.
— Xayrli tun, Y/N, — deb pichirladi o‘ziga.
U bu gapni o‘ziga tez-tez aytardi. Chunki boshqa hech kim aytmasdi.
Bir kun uning hayotida birinchi marta kimdir undan nimanidir talab qilish uchun emas, shunchaki uning holidan xabar olish uchun yoniga kelishini.