October 28

YOU DESERVE TO BE HAPPY🤍

3-qism

U uni allaqachon tanirdi yani Sunoo y/n'ni tanigan. Uning ismini ham, tabassumini ham, boshqalardan yashirishga urinadigan mungli ko‘zlarini ham.

Ammo Y/N uchun u shunchaki begona yigit edi... Mayli qoganini fanfic davomida bilvolasiz😇


06:03 AM — Y/N'NING XONASI.

Budilnik jiringladi. Y/N ko‘zlarini ochib, bir necha soniya shiftga qarab yotdi.

Yana bir tong.

Yana maktab.

Yana uyga qaytish.

U telefonini olib, budilnikni o‘chirdi. Ekranda dugonasidan kelgan xabar turardi.

Friend: Good morninggg. Bugun maktabdan keyin birga ketamiz, esingdami? Bu safar bahona qabul qilinmaydi😂

Y/N beixtiyor jilmaydi.

Y/N: Good morning. Xo‘p, boraman😭🤍
Friend: OMG, nihoyat! Seni odamlar qatoriga qaytaryapman.
Y/N: Jinnisan 😂
Friend: Seni yaxshi ko‘raman, ahmoq.

Y/N xabarni o‘qib, biroz jim qoldi.

Keyin javob yozdi.

Y/N: Men ham seni.

U telefonni ko‘ksiga bosib, ko‘zlarini yumdi. Atigi bir necha soniya.

Keyin eshik taqilladi.

— Y/N! Turmadingmi hali?!

Qizning yuzidagi tabassum yo‘qoldi.

— Turdim, oyi!
— Unda chiq! Nonushta tayyorla!
— Xo‘p!

Y/N telefonini stolga qo‘ydi. O‘rnidan turib, karavotini yig‘ishtirdi. Bugun u o‘ziga bitta va'da bergandi.

Hech bo‘lmaganda bugun o‘zi uchun ham ozgina vaqt ajratadi. U bu va'dasini bajara oladimi yoki yo‘qmi, bilmasdi.

Lekin harakat qilib ko‘rmoqchi edi.


06:35 AM — OSHXONA.

Y/N tuxum qovurayotganida onasi uning yoniga keldi.

— Nonushta tayyormi?
— Hozir, oyi.
— Tezroq qil. Dadang ham ishga ketishi kerak.
— Xo‘p.

Onasi stol ustidagi idishlarga qaradi.

— Kecha kirlarni yig‘ishtirdingmi?
— Ha.
— Hammasinimi?
— Ha, oyi.
— Xonangni-chi?
— Uni ham yig‘ishtirdim.

Onasi qiziga bir oz tikilib turdi.

— Bugun maktabdan keyin uyga to‘g‘ri kelasan.

Y/Nning qo‘llari to‘xtadi.

— Oyi, bugun dugonam bilan birga qaytmoqchi edim. Bir ozgina aylanib kelamiz.
— Nima?
— Faqat bir soatga…
— Uyda qiladigan ishlaring yo‘qmi?

Y/N chuqur nafas oldi.

— Bor, lekin ularni keyin ham qilsam bo‘ladi. Men ham ba'zan dugonalarim bilan vaqt o'tkazishni xohlayman.

Onasi qoshlarini chimirdi.

— Sen uyda hech narsa qilmaydigandek gapiryapsan-ku!
— Men unday demadim, oyi.
— Unda gapni aylantirma. Maktabdan keyin uyga kel.

Y/N bir necha soniya jim qoldi. Kecha dugonasiga bergan va'dasi yodiga tushdi.

<<Bu safar bahona qabul qilinmaydi>>

Ammo onasiga yana qarshi chiqsa, ertalabdan janjal boshlanishini bilardi.

— Xo‘p, oyi.

Onasi boshqa gapirmadi.

Y/N esa nonushtani tayyorlab, stolga qo‘ydi. Uning ichida kichkina umid paydo bo‘lishi bilan yana so‘nib borardi. Shunga qaramay, u telefonini olib, dugonasiga yozdi.

Y/N: Balki biroz kechikarman. Hali aniq bilmayman.
Friend: Y/N, iltimos, bugun o‘zing uchun ham biror narsa qil.

Qiz xabarni o‘qib, telefonni stolga qo‘ydi.

— Harakat qilaman — deb pichirladi.

Bu safar u o‘ziga yolg‘on gapirmayotganiga umid qildi.


07:18 AM — MAHALLA KO‘CHASI.

Y/N maktab tomon ketayotganida ko‘chadagi bir uyning oldida yuk mashinasini ko‘rdi.

Bir nechta ishchi katta qutilarni tushirayotgan edi.

Uyning darvozasi ochiq, hovlisida esa turli buyumlar taxlab qo‘yilgandi.

Y/N yo‘lidan to‘xtamasdan o'tib ketmoqchi edi.

Ammo ishchilardan biri yo‘l chetiga qo‘yilgan katta karton qutini ko‘tarib, unga qarab gapirdi.

— Singlim, bir daqiqa. Shu ko‘chada falonchi ko‘chasi qayerdaligini bilasanmi?
(P/s: shota etb keti bilmadim kimi ismini yozishi karochi shu amaki yoki akami kimdir y/ndan kmdr uyini soradi ole agar nma db ism topolgan bosam😭🤣)

Y/N ko‘chaning narigi tomonini ko‘rsatdi.

— Mana shu yo‘ldan to‘g‘ri yursangiz, ikkinchi burilishdan o‘ngga kirasiz.
— Rahmat, singlim.
— Arzimaydi.

Y/N yana yurishda davom etdi.

U yangi qo‘shnilar ko‘chib kelayotganini o‘ylab ham ko‘rmadi. Uning xayoli maktabda, topshiriqlarida va bugun uyga qaytgach qilishi kerak bo‘lgan ishlarda edi.

U ko‘chaning oxiriga yetganida, ortidan mashina eshigining yopilgan ovozi eshitildi.

Y/N beixtiyor orqasiga qaradi.

Qora mashina. Uning yonida baland bo‘yli, qora sochli bir yigit turardi. Yigit qo‘lidagi telefonini cho‘ntagiga soldi.

Nigohi bir zum Y/Nga tushdi.

Faqat bir zum.

Y/N uning qarab turganini sezdi, lekin bunga ahamiyat bermadi.

U begona odam edi, xolos.

Qiz yana oldinga qarab, yo‘lida davom etdi.

Yigit esa uning uzoqlashib borayotganini kuzatib turdi. Uning lablarida juda yengil tabassum paydo bo‘ldi.

P/s: spoiler osha yigit dvotganim Sunoo😇

— Hali ham shoshilib yurarkan-san, — dedi u past ovozda. So‘ng yangi uyiga qarab burildi.

Y/N uning kimligini bilmasdi.

Ammo yigit Y/Nni birinchi marta ko‘rayotgani yo‘q edi.


08:10 AM — MAKTAB.

— Y/N! Bu yoqqa kel!

Dugonasi sinf eshigi oldida uni kutib turardi.

Y/N yoniga bordi.

— Nima bo‘ldi?
— Bugun maktabga yangi o‘quvchi kelarmish.
— Xo‘sh?
— Qanaqa xo‘sh?! Qiziq emasmi?

Y/N kulib yubordi.

— Nima, yangi o‘quvchi kelgani bilan maktabimiz o‘zgarib qoladimi?
— Balki chiroyli bo‘lar.
— Voy, sen ham-a!
— Nima bo‘pti? Ko‘rishga arziydigan odam bo‘lsa, qaraymiz-da.

Y/N boshini chayqadi.

— Menga farqi yo‘q.
— Senga hech narsaning farqi yo‘q hozir. Faqat dars, uy, yana dars, yana uy.

Dugonasi uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Men seni yana avvalgidek quvnoq ko‘rishni xohlayman.

Y/N uning boshini sekin silkitdi.

— Men quvnoqman-ku.
— Ha, albatta. Juda quvnoqsan. Hozir kulib yuborasan, keyin bir soniyada yuzing o‘zgaradi.

Y/N javob berolmadi. Dugonasi esa uning qo‘lidan ushladi.

— Mayli. Bugun darsdan keyin baribir birga ketamiz. Hech bo‘lmasa maktab hovlisida biroz o‘tiramiz.

Y/N bir zum ikkilanib turdi.

— Xo‘p.
— Va'da?
— Va'da.

Dugonasi xursand bo‘lib, uni quchoqladi.

Y/N ham jilmaydi.

U hali bilmasdi.

Bugun maktabda faqat yangi o‘quvchi haqida gap ketmasdi. Bugun uning hayotiga juda sekin, deyarli sezilmaydigan tarzda bir inson yaqinlashishni boshlardi.


10:15 AM — BITIRUVCHI SINF.

Yuqori qavatdagi sinf xonasida o‘quvchilar shovqin qilishardi.

Kimdir uy vazifasini ko‘chirayotgan, kimdir test javoblarini muhokama qilayotgan edi.

Deraza yonidagi partada esa Sunoo jim o‘tirardi.

Uning oldida ochiq daftar bor edi, lekin u yozmayotgandi.

Telefoniga yangi xabar keldi.

Oyisi: Uyga narsalaringni joylashtirdingmi?
Sunoo: Ha, oyi.
Onasi: Maktabingga borib, hujjatlaringni ham tekshirtir. Yangi joyga ko‘nikib olishing kerak.
Sunoo: Xo‘p.

U telefonini o‘chirib, derazadan tashqariga qaradi. Maktab hovlisi ko‘rinib turardi. O‘quvchilar darsga shoshilishardi.

Sunoo ko‘zlarini bir oz qisdi.

U bu shaharga shunchaki ko‘chib kelmagandi. U bu mahallani oldindan bilardi. Aniqrog‘i, bu yerda yashaydigan bir qizni.

Uning ismi Y/N edi.

Sunoo uni birinchi marta bir necha oy oldin ko‘rgandi.

O‘sha kuni u onasi bilan shu hududdagi bir tanishinikiga kelgan edi. Uchrashuv tugagach, Sunoo ko‘chaga chiqib, yo‘l chetida to‘xtagandi.

Shunda u bir qizni ko‘rdi.

Maktab formasidagi qiz bir qo‘lida kitoblarini ushlab, ikkinchi qo‘li bilan telefon orqali kim bilandir gaplashardi. Uning ovozi uzoqdan aniq eshitilmasdi.

Ammo bir jumlasi Sunooning qulog‘iga chalingandi.

— Yo‘q, oyi, men unutmadim. Uyga borgach, hammasini qilaman.

Bir oz sukut.

Keyin qiz yana gapirdi.

— Kechirasiz.

Sunoo o‘shanda qizning yuzini ko‘rgandi.

Uning ko‘zlarida charchoq bor edi.

Ammo qiz qo‘ng‘iroqni tugatgach, telefonini cho‘ntagiga soldi-da, yo‘lda uchragan kichkina bolaga jilmayib, yo‘l berib yubordi.

Bola onasining qo‘lidan ushlab yugurib ketdi.

Qiz esa yana o‘z yo‘lida davom etdi.

Sunoo o‘shanda nega bilandir uning ortidan uzoq qarab qolgandi.

Balki uning yuzidagi tabassum bilan ko‘zlaridagi mung bir-biriga mos kelmagani uchundir.

Balki qizning o‘zidan ko‘ra boshqalarga ko‘proq e'tibor berishi sababdir.

Yoki shunchaki u Sunooning xotirasida qolib ketgandir.

U o‘sha kuni qizning ismini bilmasdi.U bilan gaplashmagandi.

Qiz esa uning borligini umuman payqamagan edi.

Keyinchalik Sunoo uni yana bir necha marta ko‘rdi.

Har safar tasodifan.

Har safar uzoqdan.

Va har safar qiz shoshilib yurardi.

Bir kuni u qizning mahallasidagi uylar orasidan o‘tib ketayotganini ko‘rdi.

Boshqa kuni esa yomg‘ir ostida sumkasini boshiga tutib, tez qadamlar bilan uyiga ketayotganini.

Sunoo uning hayoti haqida hech narsa bilmasdi.

Faqat bir narsani sezgandi.

Bu qiz doim biror joyga shoshilardi. Go‘yo uning to‘xtab, nafas olishga ham vaqti yo‘qdek.

Sunoo daftarini yopdi.

— Sunoo?

U boshini ko‘tardi.

Yonidagi sinfdoshi unga qarab turardi.

— Nima bo‘ldi? Yana xayol suryapsanmi?

— Yo‘q.

— Bugun hujjatlaringni topshirasanmi?

— Ha.

— Unda direktor oldiga tushamiz. Sen yangi kelganing uchun sinf rahbaring ham seni ko‘rmoqchi.

Sunoo bosh irg‘adi.

— Mayli.

U o‘rnidan turdi.

Ammo eshik tomon yurishdan oldin yana derazadan tashqariga qaradi.

Hovlida qizlar guruhi turardi.

Ularning orasida Y/N ham bor edi.

U dugonasi bilan nimadir haqida gaplashib, kulayotgandi.

Sunoo to‘xtadi.

Bir necha soniya unga tikilib qoldi.

Bu safar qizning tabassumi avvalgilaridan boshqacharoq edi.

Haqiqiyroq.

Sunoo lablarini sekin qisdi.

Demak, sen ham kulishni bilarkansan.

Keyin u nigohini olib qochdi.

Hozircha unga yaqinlashishga shoshilmasdi.

Ular bir maktabda o‘qishardi, ammo turli sinflarda.

Sunoo bitiruvchi sinfda edi.

Y/N esa maktabga bir yil oldinroq kirgani uchun undan ikki yosh kichik bo‘lsa-da, atigi bir sinf pastda o‘qirdi.

Shuning uchun ular tez-tez uchrashmasligi mumkin edi.

Sunoo buni tushunardi.

U qizni noqulay vaziyatga solishni istamasdi.

Uning hayotiga birdan kirib kelib, mingta savol berish niyati ham yo‘q edi.

Avval uni tanishni xohlardi. Qizning o‘zi bunga ruxsat beradigan darajada.


11:40 AM — MAKTAB KORIDORI.

Y/N qo‘lida bir nechta daftar bilan zinadan ko‘tarilayotgandi.

U keyingi dars uchun o‘qituvchining xonasiga kirishi kerak edi.

Telefoniga yana onasidan xabar keldi.

Ona: Uyga kelishing bilan qo‘ng‘iroq qil.

Y/Nning yuragi siqildi.

U xabarni o‘qib, javob yozdi.

Y/N: Xo‘p, oyi.

Telefonini cho‘ntagiga soldi.

Shu payt zinaning burilishidan bir yigit chiqib keldi.

Y/N uni ko‘rmay qoldi.

Qo‘lidagi daftarlar yigitning qo‘liga tegib, bir necha varaq polga tushdi.

— Voy, kechirasiz! — dedi Y/N darhol.

U tiz cho‘kib, qog‘ozlarni yig‘ishga tushdi.

Yigit ham egildi.

— Hechqisi yo‘q.

U qog‘ozlardan birini olib, Y/Nga uzatdi.

— Mana.

— Rahmat.

Y/N qolgan daftarlarini yig‘ib, o‘rnidan turdi.

— Yana bir marta kechirasiz. Men telefonimga qarab…

— Hechqisi yo‘q, dedim-ku.

Yigit kulimsiradi.

Uning ovozi sokin edi.

Y/N nihoyat yuziga qaradi.

Bir lahzaga nigohlari to‘qnashdi.

Yigitning ko‘zlari unga tanish emasdi.

Ammo unda qandaydir g‘alati xotirjamlik bor edi.

Y/N darhol ko‘zlarini olib qochdi.

— Rahmat. Men ketishim kerak.

— Albatta.

Y/N tezda zinadan ko‘tarilib ketdi.

Yigit esa uning ortidan qaramay, qo‘lidagi oxirgi varaqqa ko‘z yugurtirdi.

Qog‘ozning burchagida ism yozilgan edi.

Y/N.

U varaqni daftarlar orasiga qo‘ydi.

Keyin sekin jilmaydi.

— Nihoyat, — dedi u juda past ovozda.

Ammo Y/N buni eshitmadi.

U allaqachon yuqori qavatga chiqib ketgandi.


12:05 PM — QIZLAR HOJATXONASI OLDI.

Y/N dugonasini ko‘rib, uning yoniga bordi.

— Eshitdingmi?

— Nimani?

Dugonasi hayajon bilan unga yaqinlashdi.

— Yangi o‘quvchi kelibdi!

Y/N ko‘zlarini aylantirdi.

— Yana shu mavzumi?

— Ha-da! U bitiruvchi sinfda o‘qirkan.

— Xo‘sh?

— Juda chiroyli ekan!

Y/N kulib yubordi.

— Sen uni ko‘rdingmi o‘zi?

— Yo‘q, lekin qizlar ko‘ribdi!

— Unda sen qayerdan bilasan?

— Menga ishon, men bunday narsalarda adashmayman.

Y/N boshini chayqadi.

— Mayli, ko‘ramiz.

Dugonasi birdan uning qo‘lidan ushladi.

— Aytgancha, sen hozir zinada kim bilandir to‘qnashdingmi?

Y/N hayron bo‘ldi.

— Qayerdan bilding?

— Men seni ko‘rdim! O‘sha yigit yangi o‘quvchi bo‘lsa kerak!

— Bilmayman. Men shoshayotgan edim.

— U senga nima dedi?

— Hech narsa. Daftarlarimni yig‘ishga yordam berdi.

Dugonasi unga sinchiklab qaradi.

— Va sen shunchaki ketib qoldingmi?

— Ha, nima qilishim kerak edi? Rahmat aytdim-ku.

— Y/N, sen rostdan ham romantik filmning bosh qahramoniga o‘xshaysan. Faqat o‘zing bundan bexabarsan.

— Iltimos, boshlama.

Dugonasi kulib yubordi.

— Xo‘p, xo‘p. Lekin menimcha, bu hali boshlanishi.

Y/N uning peshonasiga yengil urdi.

— Jim bo‘l!

Ikkalasi kulishdi.

Y/N bir necha soniya davomida hamma tashvishlarini unutdi.

Bu qiz doim biror joyga shoshilardi. Go‘yo uning to‘xtab, nafas olishga ham vaqti yo‘qdek.

Sunoo daftarini yopdi.

— Sunoo?

U boshini ko‘tardi. Yonidagi sinfdoshi unga qarab turardi.

— Nima bo‘ldi? Yana xayol suryapsanmi?
— Yo‘q.
— Bugun hujjatlaringni topshirasanmi?
— Ha.
— Unda direktor oldiga tushamiz. Sen yangi kelganing uchun sinf rahbaring ham seni ko‘rmoqchi.

Sunoo bosh irg‘adi.

— Mayli.

U o‘rnidan turdi. Ammo eshik tomon yurishdan oldin yana derazadan tashqariga qaradi.

Hovlida qizlar guruhi turardi. Ularning orasida Y/N ham bor edi. U dugonasi bilan nimadir haqida gaplashib, kulayotgandi.

Sunoo to‘xtadi.

Bir necha soniya unga tikilib qoldi.

Bu safar qizning tabassumi avvalgilaridan boshqacharoq edi.

Haqiqiyroq.

Sunoo lablarini sekin qisdi.

— Demak, sen ham kulishni bilarkansan — Sunoo beixtiyor jilmaydi

Keyin u nigohini olib qochdi. Hozircha unga yaqinlashishga shoshilmasdi. Ular bir maktabda o‘qishardi, ammo turli sinflarda.

Sunoo bitiruvchi sinfda edi.

Y/N esa maktabga bir yil oldinroq kirgani uchun undan ikki yosh kichik bo‘lsa-da, atigi bir sinf pastda o‘qirdi.

Shuning uchun ular tez-tez uchrashmasligi mumkin edi.

Sunoo buni tushunardi. U qizni noqulay vaziyatga solishni istamasdi.

Uning hayotiga birdan kirib kelib, mingta savol berish niyati ham yo‘q edi. Avval uni tanishni xohlardi. Qizning o‘zi bunga ruxsat beradigan darajada.


11:40 AM — MAKTAB KORIDORI.

Y/N qo‘lida bir nechta daftar bilan zinadan ko‘tarilayotgandi.

U keyingi dars uchun o‘qituvchining xonasiga kirishi kerak edi.

Telefoniga yana onasidan xabar keldi.

Oyisi: Uyga kelishing bilan qo‘ng‘iroq qil.

Y/Nning yuragi siqildi. U xabarni o‘qib, javob yozdi.

Y/N: Xo‘p, oyi.

Telefonini cho‘ntagiga soldi.

Shu payt zinaning burilishidan bir yigit chiqib keldi.

Y/N uni ko‘rmay qoldi.

Qo‘lidagi daftarlar yigitning qo‘liga tegib, bir necha varaq polga tushdi.

— Voy, kechirasiz! — dedi Y/N darhol.

U tiz cho‘kib, qog‘ozlarni yig‘ishga tushdi. Yigit ham egildi.

— Hechqisi yo‘q.

U qog‘ozlardan birini olib, Y/Nga uzatdi.

— Mana.
— Rahmat.

Y/N qolgan daftarlarini yig‘ib, o‘rnidan turdi.

— Yana bir marta kechirasiz. Men telefonimga qarab…
— Hechqisi yo‘q, dedim-ku.

Yigit kulimsiradi. Uning ovozi sokin edi.

Y/N nihoyat yuziga qaradi. Bir lahzaga nigohlari to‘qnashdi.

Yigitning ko‘zlari unga tanish emasdi. Ammo unda qandaydir g‘alati xotirjamlik bor edi.

Y/N darhol ko‘zlarini olib qochdi.

— Rahmat. Men ketishim kerak.
— Albatta.

Y/N tezda zinadan ko‘tarilib ketdi.

Yigit esa uning ortidan qaramay, qo‘lidagi oxirgi varaqqa ko‘z yugurtirdi. Qog‘ozning burchagida ism yozilgan edi.

Y/N.

U varaqni daftarlar orasiga qo‘ydi. Keyin sekin jilmaydi.

— Nihoyat, — dedi u juda past ovozda.

Ammo Y/N buni eshitmadi. U allaqachon yuqori qavatga chiqib ketgandi.


12:05 PM — QIZLAR HOJATXONASI OLDI😇 (gʻiybat itti boladgan joy😋)

Y/N dugonasini ko‘rib, uning yoniga bordi.

— Eshitdingmi?
— Nimani?

Dugonasi hayajon bilan unga yaqinlashdi.

— Yangi o‘quvchi kelibdi!

Y/N ko‘zlarini aylantirdi.

— Yana shu mavzumi?
— Ha-da! U bitiruvchi sinfda o‘qirkan.
— Xo‘sh?
— Juda chiroyli ekan!

Y/N kulib yubordi.

— Sen uni ko‘rdingmi o‘zi?
— Yo‘q, lekin qizlar ko‘ribdi!
— Unda sen qayerdan bilasan?
— Menga ishon, men bunday narsalarda adashmayman.

Y/N boshini chayqadi.

— Mayli, ko‘ramiz.

Dugonasi birdan uning qo‘lidan ushladi.

— Aytgancha, sen hozir zinada kim bilandir to‘qnashdingmi?

Y/N hayron bo‘ldi.

— Qayerdan bilding?
— Men seni ko‘rdim! O‘sha yigit yangi o‘quvchi bo‘lsa kerak!
— Bilmayman. Men shoshayotgan edim.
— U senga nima dedi?
— Hech narsa. Daftarlarimni yig‘ishga yordam berdi.

Dugonasi unga sinchiklab qaradi.

— Va sen shunchaki ketib qoldingmi?
— Ha, nima qilishim kerak edi? Rahmat aytdim-ku.
— Y/N, sen rostdan ham romantik filmning bosh qahramoniga o‘xshaysan. Faqat o‘zing bundan bexabarsan.
— Iltimos, boshlama.

Dugonasi kulib yubordi.

— Xo‘p, xo‘p. Lekin menimcha, bu hali boshlanishi.

Y/N uning peshonasiga yengil urdi.

— Jim bo‘l axmoq

Ikkalasi kulishdi.

Y/N bir necha soniya davomida hamma tashvishlarini unutdi.

Ammo keyin qo‘ng‘iroq chalindi. Uning jilmayishi yana odatdagi sokin ifodaga aylandi.

— Ketdik — dedi u.

Dugonasi uning ortidan yurdi.

Koridorning narigi tomonida esa Sunoo ularni ko‘rib turardi.

U qizning kulganini eshitgandi. Va o‘sha kulgini yana bir marta eshitishni xohladi.


01:30 PM — MAKTAB HOVLISI.

Darslar tugaganidan keyin Y/N dugonasi bilan hovlidagi o‘rindiqqa o‘tirdi.

Ular bir muddat turli mavzularda gaplashishdi. Dugonasi o‘zining kelajakdagi rejalari, yoqtirgan qo‘shig‘i va sinfdagi kulgili voqea haqida gapirardi.

Y/N esa uni tinglab, vaqti-vaqti bilan kulardi.

— Y/N, bugun hech bo‘lmasa bir oz yaxshi kayfiyatdasan.
— Shunaqami?
— Ha. Ko‘ryapsanmi? Men bilan vaqt o‘tkazsang, hayoting yaxshilanadi.

Y/N kuldi.

— Juda kamtar ekansan.
— Bilaman.

Bir oz jimlikdan so‘ng dugonasi unga qaradi.

— Bugun uyga borishni xohlayapsanmi?

Y/Nning jilmayishi sekinlashdi. U sumkasining tasmasini qo‘li bilan ushladi.

— Bilmayman.
— Yana onang bilan muammo bormi?

Y/N bir oz sukut saqladi.

— Men uyda hamma narsani to‘g‘ri qilishga harakat qilaman. Lekin ba'zan o‘zim nima xohlayotganimni ham unutib qo‘yaman.

Dugonasi uning qo‘lini ushladi.

— Unda hozir nima xohlayotganingni ayt.

Y/N unga qaradi.

— Hozir?
— Ha. Faqat hozir. Butun hayoting haqida o‘ylama.

Y/N bir oz o‘ylanib qoldi. Keyin sekin javob berdi.

— Issiq shokolad ichishni xohlayman.

Dugonasi ko‘zlarini katta ochdi va baland ovozda:

— NIMA?!

Y/N cho‘chib ketdi.

— Nima bo‘ldi?!
— Sen hozir birinchi marta o‘zing uchun nimadir xohlayotganingni aytding!

Y/N kulib yubordi.

— Buncha baqirasan?!
— Ketdik!

Dugonasi o‘rnidan turdi.

— Qayerga?
— Issiq shokolad ichishga, albatta!

Y/N ham o‘rnidan turdi. Ammo bir necha soniyadan so‘ng telefoniga qaradi.

Onasining xabari yodiga tushdi.

<<Uyga kelishing bilan qo‘ng‘iroq qil>>

Uning qadamlari to‘xtadi. Dugonasi orqasiga o‘girildi.

— Y/N?

Qiz telefonini mahkam ushladi.

— Men… bora olmayman.
— Yana shumi?
— Kechir.
— Y/N, sen hech qachon o‘zingga ruxsat bermaysan.

Qizning ko‘zlari achishdi.

— Men shunchaki uyda muammo bo‘lishini xohlamayman.

Dugonasi unga qarab turdi.

Keyin chuqur nafas oldi.

— Mayli. Lekin bir kun kelib sen ham o‘zing xohlagan narsalarni qilishing kerak.

Y/N boshini qimirlatdi.

— Bilaman.

Dugonasi uni quchoqladi.

— Ertaga yana so‘rayman.

Y/N kulimsiradi.

— Xo‘p.

Ular xayrlashishdi. Y/N maktab darvozasi tomon ketdi.

U dugonasining taklifini rad etganidan afsuslanardi. Ammo uyga kech qaytishdan ham qo‘rqardi.

U shunday o‘ylab ketayotganida, yuqori qavatdagi deraza ortidan kimdir unga qarab turardi.

Yana Sunoo edi.

U Y/Nning dugonasi bilan suhbatini eshitmagandi. U nima sababdan qizning birdan to‘xtab qolganini ham bilmasdi. Ammo bir narsani sezdi.

Qiz yana o‘z xohishidan voz kechdi. Yana kimningdir kutishlarini o‘zidan ustun qo‘ydi.

Sunoo derazadan uzoqlashdi.

— Shoshilma, — deb pichirladi u o‘ziga.
— Hali vaqti bor.


03:50 PM — YANGI QO‘SHNILAR UYI.

Sunoo yangi uyining xonasida qutilarni ochib, kiyimlarini shkafga joylashtirayotgan edi.

Xona hali to‘liq tartibga keltirilmagandi.

Bir nechta kitob pol ustida turardi, stol ustida esa daftarlar va telefon zaryadlagichi yotardi.

U oxirgi qutini ochdi. Ichidan eski fotoalbom chiqdi.

Sunoo uni qo‘liga olib, bir necha soniya qarab turdi. Keyin varaqlay boshladi.

Oilaviy suratlar.

Do‘stlari bilan tushgan rasmlar.

Maktab tadbirlaridan xotiralar.

U albomni yopmoqchi bo‘lganida, bir suratga ko‘zi tushdi. Bu surat bir necha oy oldin olingan edi.

Unda ko‘cha chetidagi kichkina do‘kon va uning oldidan o‘tayotgan odamlar ko‘rinardi.

Suratning o‘ng tomonida esa maktab formasidagi bir qiz bor edi.

Y/N.

Sunoo suratni ehtiyotkorlik bilan chiqarib oldi. U suratni ataylab Y/N uchun olmagandi. O‘sha kuni shunchaki ko‘chadagi manzarani suratga olgandi. Ammo keyin suratni ko‘zdan kechirayotib, qizni payqagan edi.

U suratga uzoq qarab turdi.

Keyin telefonini olib, eski suratlar orasidan yana birini ochdi.

Bu safar Y/N uzoqroqda, ko‘chani kesib o‘tayotgandi.

Sunoo kulimsiradi.

— Sen meni bir marta ham payqamabsan.

U suratlarni qayta joyiga qo‘ydi.

U Y/Nni oldin ko‘rgan edi. Ammo qizni kuzatish uchun bu suratlarni yig‘magan.

Uning xotirasida qizning tasodifan qolib ketgan bir necha tasviri bor edi, xolos. Shunga qaramay, bir narsani tan olishi kerak edi.

U Y/Nni yana ko‘rishni xohlardi.

Faqat ko‘rishni.

Hozircha qizning hayotiga aralashishni emas.

Sunoo deraza yoniga bordi.

Uning yangi uyi Y/N yashaydigan ko‘chadan unchalik uzoq emasdi.

Bir necha daqiqalik yo‘l.

U shu mahallada yashashga qaror qilganida, Y/Nni yana uchratish ehtimolini ham o‘ylagandi.

Lekin bu uning qizning uyiga borishi yoki uni majburan suhbatga tortishi kerakligini anglatmasdi.

Y/N uni tanimasdi.

Ular bir-biriga begona edi.

Sunoo esa qizning ishonchini shoshirib qo‘lga kiritib bo‘lmasligini tushunardi.

Uning telefoniga sinfdoshidan xabar keldi.

Sinfdoshi: Ertaga maktabga birga boramizmi?
Sunoo: Ha, mayli.

U telefonni qo‘ydi. Keyin derazadan tashqariga qaradi.

Mahalla sokin edi.

Bolalar ko‘chada o‘ynashardi.

Bir ayol hovlisidagi gullarga suv quyayotgan edi.

Sunoo bu manzaraga qarab, sekin jilmaydi.

— Demak, endi shu yerda yashayman.

U bir oz jim turdi.

— Seni yana ko‘rishim mumkin.

Ammo bu safar u shunchaki tasodifni kutib qolmasdi.

U Y/N bilan bir maktabda o‘qirdi.

Bir mahallada yashardi.

Vaqt o‘tishi bilan ular yana uchrashishlari tabiiy edi. Va Sunoo shunday bo‘lishini xohlardi.


05:20 PM — Y/N'NING UYI.

Y/N eshikni ochishi bilan onasi uning qarshisida paydo bo‘ldi.

— Qayerda qolding?
— Darslarimiz tugadi, oyi. Darhol keldim.
— Telefoningni nega ko‘tarmading?

Y/N sumkasini yechdi.

— Telefonim ovozsizda edi.
— Men senga necha marta aytganman? Qo‘ng‘iroq qilsam, ko‘tar!
— Kechirasiz.

Oyisi uning sumkasiga qaradi.

— Xonangga kirib, narsalaringni joyiga qo‘y. Keyin oshxonaga chiq.
— Xo‘p.

U xonasiga kirib, sumkasini stol ustiga qo‘ydi.

Bugun dugonasi bilan issiq shokolad icha olmaganidan xafa edi. Ammo hech bo‘lmaganda u bilan kulishgandi.

Y/N kiyimini almashtirib, oshxonaga chiqdi.

Onasi unga bir nechta ishni aytdi. Y/N ularni bajarishga kirishdi.

Bir muddatdan so‘ng otasi ham uyga qaytdi.

— Qizim, yangi qo‘shnilar ko‘chib kelishibdi, — dedi u poyabzalini yechayotib.

Y/N boshini ko‘tardi.

— Rostdanmi?
— Ha. Ko‘chamizning boshidagi uyga.
— Haam.
— Balki tengquringdir. Yangi odamlar bilan tanishib olarsan.

Y/N yelkasini qisdi.

— Balki.

U bu haqda boshqa o‘ylamadi. Chunki ayni paytda uning oldida yuvilishi kerak bo‘lgan idishlar bor edi. Va tugatilishi kerak bo‘lgan uy vazifalari.

Otasi esa mehmonxonaga kirib ketdi.

Y/N idishlarni yuvishda davom etdi.

U yangi qo‘shnilar haqida deyarli hech narsa bilmasdi. Ularning kimligini ham, nechta odam ko‘chib kelganini ham.

Eng muhimi, yangi qo‘shnilardan biri bugun maktabda u bilan to‘qnashgan yigit ekanini bilmasdi.

Kim Sunoo uning qoshinisi ekanini😭


08:45 PM — Y/N'NING XONASI.

Y/N nihoyat darslarini tugatdi.

U daftarlarini yopib, stulga suyandi. Bugun ham hammasi tugagandek edi. Lekin uning ichida bir oz bo‘lsa-da yengillik bor edi.

U dugonasiga xabar yozdi.

Y/N: Kechirasan, bugun bora olmadim.
Dugonasi: Mayli. Lekin ertaga boramiz. Men seni olib ketaman 😂

Y/N kulib yubordi.

Y/N: Xo‘p, xo‘p.

U telefonini qo‘yib, deraza oldiga bordi.

Ko‘chada bir nechta chiroq yonib turardi. Uzoqroqda bir uyda hali ham yorug‘lik bor edi.

Y/N uyning kimniki ekanini bilmasdi. Shunchaki bir zum qarab turdi.

Keyin parda ortiga qaytdi. Stoliga o‘tirib, kundaligini ochdi.

Bugun u ko‘p narsalarni boshdan kechirgandi. Ammo kundaligiga hammasini yozishga kuchi yetmadi.

U faqat bitta jumla yozdi.

<<Bugun bir notanish yigit menga yordam berdi>>

Bir oz o‘ylab turdi.

Keyin davom ettirdi.

<<Uning ovozi juda sokin edi>>

Y/N qalamini qo‘ydi.

O‘zi ham bilmagan holda jilmaydi.

Keyin darhol boshini chayqadi.

— Nima qilyapsan o‘zi? — deb pichirladi.

U yigitni qayta uchratishi ham mumkin edi, uchratmasligi ham. Bu haqda o‘ylashga arzimaydi.

Y/N kundaligini yopdi.

Telefonini quvvatlashga qo‘ydi.

Chiroqni o‘chirib, karavotiga yotdi.

Ko‘zlarini yumishidan oldin yana bir marta derazaga qaradi. Narigi uyda hamon yorug‘lik yonib turardi.

Y/N ko‘zlarini yumdi.

U uxlab qolganidan keyin ham, ko‘chaning narigi tomonidagi uyda kimdir uyg‘oq edi.


11:32 PM — SUNOO'NING XONASI.

Sunoo deraza yonidagi stulda o‘tirardi. Oldida ochiq daftar, yonida esa yarim ichilgan suv turardi.

U bugungi kun haqida o‘ylardi.

Y/N bilan nihoyat gaplashgandi.

Atigi bir necha jumla.

Bir nechta daftar.

Oddiygina tasodifiy uchrashuv. Ammo bu uning uchun yetarli edi. Chunki u qizning o‘zini tanimasligini bilardi. Va u hozircha buni o‘zgartirishga shoshilmoqchi emasdi.

Sunoo telefonini oldi.

Ekranida bugun olingan yangi suratlar emas, eski xotiralar turardi.

U ularga bir muddat qarab, keyin telefonini o‘chirdi.

— Y/N…

U qizning ismini juda sekin aytdi.

Bu ismni birinchi marta aytayotgandek tuyuldi.

U derazadan tashqariga qaradi. Ko‘chaning narigi tomonidagi uy qorong‘i edi.

— Y/N allaqachon uxlayotgan bo‘lsa kerak...

Sunoo o‘rnidan turib, pardani yopdi.

— Men seni shoshirmayman, — dedi u o‘ziga.
— Hali meni tanimaysan.

U stol yoniga qaytib, daftarini ochdi.

Ammo yozishga kirishishdan oldin yana bir marta jilmaydi.

— Lekin bir kun kelib, meni ko‘rganingda begona deb o‘ylamaysan.

U chiroqni o‘chirdi.

Xona qorong‘ilikka cho‘mdi.

Sunoo Y/Nning hayotiga kirib kelishga qaror qilgandi. Lekin bu safar uning uchun eng muhimi — qizning e'tiborini tezda qozonish emas, balki bir kun kelib Y/Nning o‘zi uning yonida qolishni xohlashi edi.


3-QISM TUGADI. Fanfic sizga yoqqan bolsa siz uchun hursandman😭🤍