YOU DESERVE TO BE HAPPY🤍
— Y/N! Hali ham turmadingmi? Har kuni bir xil gap. Uyda qilinadigan ishlar borligini unutdingmi? — onasining ovozi butun uyni to‘ldirdi.
Y/N ko‘zlarini ochdi. Bugun maktabda loyiha natijalarini e’lon qilishlari kerak edi. Ammo ertalabdan onasining gaplari uning kayfiyatini tushirib yubordi.
— Hozir turaman, oyijon.
— Hozir deganingni qancha kutaman? Biror narsani aytmasam o‘zing bilib qilomisanmi?
Y/N javob bermadi. O‘rnidan turib, maktab formalarini kiya boshladi.
— Yana o‘sha telefoningni ko‘tarib yurmagin. Uyda yordam berish o‘rniga faqat o‘zing bilan ovora bo‘lasan.
— Men kecha hamma ishni qilgandim-ku
— Menga gap qaytarma - onasi qattiq baqirdi.
Y/N lablarini bir-biriga bosdi. Bahslashishga kuchi yo‘q edi.
U nonushta ham qilmay, sumkasini oldi.
Y/N ko‘chaga chiqqanida darvoza yonida tanish bir odamni ko‘rdi.
U qo‘lida ikkita ichimlik bilan turardi. Y/Nni ko‘rishi bilan unga qarab yurdi.
Sunoo uning yuziga bir qarab oldi.
— Nima bo‘ldi?
— Hech narsa.
— Rostdanmi?
— Ha.
Sunoo bir muddat jim qoldi. Keyin qo‘lidagi ichimliklardan birini unga uzatdi.
— Mana. Ertalabdan hech narsa ichmagandirsan.
Y/N ichimlikni oldi, ammo jilmaymadi.
Sunoo uning kayfiyati yo‘qligini sezgan edi.
— Y/N, biror narsa bo‘ldimi?
— Yo‘q, Sunoo. Shunchaki uyqum kelyapti.
Sunoo boshqa savol bermadi. Faqat uning yonida yurdi.
— Mayli. Bugun ko‘p gapirmasang ham bo‘ladi.
Y/N unga bir zum qaradi. Bu gap unga kutilmaganda yoqimli tuyuldi.
— Nega bunday deyapsan? — y/n kulimsiradi.
— Agar sen gapirishni xohlamasang men majburlamayman. Seni orninga ham men gapirib turaman.
Bu kulgili gap boldi. Y/n beixtiyor kuldi lekin bu koga bormadi
— Bugun natijalar elon qilinadi esindayaaa? Y/n?
— Albatta esimda biz yutamiz degan umidaman.
— Xaa shunday bolsindaa
Yol davomida Sunoo har xil mavzularda y/nga gapirib ketti y/n esa uni eshitib ketardi bazida javob berar..
Bugun loyiha natijalari e’lon qilinadigan kun edi.
Y/N va Sunoo zalning orqa tomonida yonma-yon turishardi. Y/N hayajonlanayotganini bildirmaslikka harakat qilardi.
— Hayajondamisan? — so‘radi Sunoo.
— Biroz.
— Men ham.
— Sen doim o‘zingga ishongandek ko‘rinasan-ku.
— Bu faqat tashqi ko‘rinishim.
Nihoyat, o‘qituvchi natijalarni e’lon qila boshladi.
Uchinchi o'rin...
Ikkinchi o'rin...
Y/n va Sunoo galati bolib qolishni nahotki ularni ism chiqmaydi...
— Birinchi o‘rin... Y/N va Sunoo jamoasiga!
Bir necha soniya Y/N nima deyishni bilmadi.
— Biz yutdik! — dedi quvonib.
— Rostdanmi?!
— Ha! Birinchi o‘rin!
Sunoo qo‘lini uzatdi. Y/N ham kulib, uning qo‘lini urdi.
— Tabriklayman, sherigim!
— Seni ham!
Ular diplom va kichik sovg‘alarini olish uchun sahnaga chiqishdi. Suratga tushishayotganda Sunoo sekingina Y/Nga qaradi.
Uning yuzida nihoyat chinakam tabassum bor edi. Sunoo aynan shu tabassumni ko‘rishni istagandi.
Hammasi tugagach Sunoo bilan y/n yolg'iz qoldi
— Y/n muzqaymoq yegani boramizmi? — Sunoo soradi.
— Bilmadim..
Sunoo y/nni qolidan torti. Birinchi marta y/nni qolini ushladi
Keyin ikkalasi muzqaymoq yegani borishni birgalikda atiga 1soat vaqt otazishni. Keyin y/n oz uyiga Sunoo oz uyiga ketti.
Oradan bir necha kunlar o‘tdi...
Loyiha tugagach, ularning uchrashishlari ham kamayib ketdi.
Avvallari har kuni kutubxonada uchrashishardi. Birga ishlashardi, gaplashishardi, maktabdan qaytishda yonma-yon yurishardi.
Endi esa bunga sabab qolmagandek edi.
Sunoo bitiruv imtihonlariga tayyorlanardi. Y/N esa o‘z darslari bilan band edi. Ba’zan maktab yo‘lagida ko‘rishib qolishardi.
— Salom, Y/N.
— Salom.
— Yaxshimisan?
— Ha, o‘zingchi?
— Yaxshi.
Suhbat tugadi. Faqat shunday edi. Va yana har biri o‘z yo‘liga ketardi.
Lekin Sunoo uni baribir kuzatardi. Masalan, tanaffusda Y/Nning dugonalari bilan kulayotganini ko‘rsa, o‘zi ham beixtiyor jilmayib qo‘yardi. Maktabdan chiqayotganida uni uzoqdan ko‘rib qolsa, uyiga ketgunicha ko‘zdan yo‘qotmasdi. Bazida yn uyiga ketoyotganda shunchaki ortidan yurardi y/n buni payqamasdi chun doim yoki qulog'ida quloqchin bolardi yoki kitob.
Sunoo Y/N bilan gaplashishni xohlardi, ammo har safar qanday boshlashni bilmay qolardi.
Shunday qilib Sunoo bilab y/n sal kam begonadak bolib qolishdi buni ikkisi ham xohlamas edi lekin oldin ularni faqat loyiha boglab turgan ekan...
Uning mazasi yo‘q edi. Boshi og‘rirdi, tomog‘i ham bezovta qilardi. Kamiga yetmagandek biroz isitmasi ham bor edi. Lekin uni eng ko‘p charchatgan narsa kasallik emasdi.
Ertalab onasi bilan yana janjallashib qolishdi.
Onasi:
— Yana kasalmisan?
— Oyijon bu nima deganinggiz? — y/n ovozi past eshitilar edi.
— Senga yana dori darmon olish kerak. Senga aytganman yupin kiyinma deb sen aytganimni qilmaysan mana ahvol. Shunga ham harajat.
Y/n hech narsa gapira olmadi. Jim turgandi. Yuzlari qizargan isitmasi bor.
— Shunday turaverasanmi dori ich topib. Faqat tashvishsan. Foydang yo'q
— Men ham charchadim, oyijon...
— Faqat sen charchaysanmi? Men charchamaymanmi?
Y/N javob qaytarmoqchi bo‘ldi, lekin ko‘zlariga yosh keldi.
— Men shunchaki meni ham bir marta tushunishingizni xohlayman...
— Yana boshladingmi? Yanna meni yomon onaga chiqarishni boshlaysan kim yomon men yomon sen oppoq.
U xonasiga kirib, eshikni yopdi. Bir muddat karavotida jim o‘tirdi. Ammo uy ichidagi og‘ir muhitdan uzoqlashishni istardi. Kech bolgach yani kechki 4 atrofida y/n eshik oldigan bordi va krasoftasini kiyib uydan chiqib ketti. Yo'q qochib ketmadi bir oz yolgiz qolmoqchi boldi...
Y/n uyidan uncha uzoq bolmagan joydagi kichik bog'ga bordi u yer tinch edi dearli hech kim yo'q. U uydan chiqib ketganiga ancha bo‘lgandi.
Havo shamolli edi. Y/n qalin kiyinmagan, biroz isitmasi bor, qora sochlari esa yelkasidan pastga yoyilib, shamolda yuziga tushardi.
Y/N chetdagi o‘rindiqqa o‘tirib, boshini egdi. Ko‘zlaridagi yoshni to‘xtatishga harakat qilardi, ammo uddalay olmayotgandi.
Telefonini sumkasidan chiqarganida ekranda Sunoodan xabar borligini ko‘rdi. Sunoo anchadan beri Y/n bn gaplashmaganb edi.
Sunoo: Y/N, yaxshimisan?
Sunoo: Vaqting bormi?
Sunoo: Uydamisan?
Y/N xabarlarni o‘qidi, lekin javob yozmadi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tdi.
Sunoo: Y/N?
Sunoo:Hammasi joyidami?
Y/N telefon ekraniga qarab turdi. Javob berishni xohlamadi. Hozir hech kim bilan gaplashishga tayyor emasdi.
Bu safar u qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
Y/N javob bermadi. Gapira olmayapti.
U jim turdi. Yig‘layotganini Sunoo sezib qolmasligi uchun nafasini rostlashga urindi.
Bir necha soniya sukut cho‘kdi.
Nihoyat, Y/N ovozini imkon qadar odatdagidek chiqarib gapirdi.
— Ha... eshitdim.
— Nega bunchalik sekin gapiryapsan?
— Shunchaki. Men yaxshiman.
— Yaxshimisan?
— Ha.
Sunoo uning ovozidagi titroqni sezdi.
— Y/N, menga rostini ayt.
— Rostini aytyapman.
— Men senga ishonmayapman.
— Qayerdasan? — so‘radi Sunoo.
— Hech qayerda.
— Y/N.
— Sunoo, men yaxshiman, dedim-ku.
— Mayli. Lekin qayerdasan?
— Shunchaki ko‘chadaman.
— Qayerda?
Sunooning ovozi bu safar jiddiyroq chiqdi.
— Y/N, iltimos. Qayerdaligingni ayt. Seni ko‘rishim kerak.
— Kichik bog‘daman... uyimiz yaqinidagi.
— Tushundim. O‘sha yerda kutib tur. Hozir boraman.
— Sunoo, shart emas... Kelmaa
Ammo Sunoo allaqachon qo‘ng‘iroqni tugatgandi.
Shamol sochlarini yuziga tushirardi. U ularni qulog‘i orqasiga olib qo‘ydi, lekin yana shamol esib, sochlari ko‘zlariga tushdi. U boshini egib, qo‘llarini tizzasiga qo‘ygancha o‘tirardi.
Bir necha daqiqadan keyin qadam tovushlari eshitildi.
Y/N avvaliga e’tibor bermadi. Keyin kimdir uning oldida to‘xtadi. U boshini ko‘tardi.
Sunoo edi. U bir zum jim qoldi.
Y/Nning yoyilib ketgan qora sochlari, qizarib turgan ko‘zlari va sovuqdan biroz titrayotgan qo‘llarini ko‘rdi.
Sunoo uning qarshisida bir necha soniya indamay turdi. Keyin sekin yaqinlashib, Y/Nning oldiga cho‘kkaladi.
Y/N darrov yuzini boshqa tomonga burdi.
Sunoo uning gapiga javob bermadi. Faqat unga diqqat bilan qaradi.
— Ko‘zlaring nega qizargan?
— Shamoldan...
— Y/N.
— Nima?
— Menga qaragin.
Sunoo biroz pastroq ovozda gapirdi:
— Men seni koyimayman. Savolga tutmayman ham. Faqat nima bo‘lganini bilishni xohlayman.
Y/N lablarini tishlab, ko‘zlarini yumdi.
— Hech narsa bo‘lmadi.
— Unda nega yig‘layapsan?
Bu savoldan keyin Y/Nning ko‘zlariga yana yosh keldi.
Sunoo uning yoniga otirdi. Y/nga yaqinlashib.
U kurtkasini yechib, Y/Nga uzatdi.
— Buni kiy. Havo sovuq.
— Kerak emas.
— Y/N, iltimos. Sen allaqachon sovqotibsan.
Y/N bu safar e’tiroz bildirmadi. Kurtkani yelkasiga oldi.
Bir muddat ikkalasi ham jim o‘tirishdi. Sunoo uning gapirishini kutdi, shoshirmadi.
Nihoyat, Y/N ozi sekin gap boshladi.
— Bugun... yana onam bilan janjallashdim.
— Nima haqida?
— Har doimgidek. Men nima qilsam ham kamdek. Biror narsani tushuntirmoqchi bo‘lsam, gap qaytaryapti, deyishadi. Ba’zan shunchaki... meni ham eshitishlarini xohlayman. Meni huddi ozini o'gay farzandidek qaraydi men ham uni bolasini bun his wilmaydi menga ham mehr kerak boladi oiladan lekin ular unday emas. Niam qilsam ham yoqmaydi. Osha ishni qilsam ham gap eshitaman qilmasam ham gap eshitaman.
— Men ham charchayman-ku, Sunoo.
Sunoo boshini sekin qimirlatdi.
— Bilaman.
— Yo‘q, bilmaysan...
— Balki hammasini bilmasman. Lekin sening charchaganingni ko‘rib turibman.
— Men uyga qaytishni ham xohlamayapman.
— Bilmayman.
— Unda biroz shu yerda o‘tiramiz. Lekin sovuqda uzoq qolmaymiz, xo‘pmi?
Sunoo savolni kutmagandek bir zum jim qoldi.
— Chunki anchadan beri gaplashmay qo‘ydik. Bugun esa xabarlarimga javob bermading. Xavotir oldim.
— Balki javob berishni xohlamagandirman.
— Bo‘lishi mumkin. Lekin ovozingni eshitganimda nimadir noto‘g‘ri ekanini sezdim.
— Men seni bezovta qildim.
— Yo‘q.
— Lekin...
— Y/N, sen menga yozganing uchun ham, qo‘ng‘iroqni ko‘targaning uchun ham uzr so‘rashing shart emas.
— Faqat keyingi safar o‘zingni yomon his qilsang, butunlay yolg‘iz qolishga majbur emassan.
— Sunoo...
— Ha?
— Men bugun juda charchadim.
Y/n beixtiyor boshini egdi. Sunoo esa qolini y/ni yelkasiga qoydi va buroz y/ni tinchlantirishga harakat qildi.
Sunoo ovozini yanada yumshatdi.
— Bilaman. Bugun hammasini hal qilishing shart emas.
Y/N ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
Sunoo y/nga tikilib turdi. Keyin bir narsani sezdi
— Y/n menga qara.
— Ha?
— isitmang bormi?
Y/n indamadi. Sunoo uni isitmasi boe ekanini tushundi yani yuzidan korinib turardi
— Y/n sen bunday yurayolmaysan. Yur ketamiz.
Sunoo ornidan turdi. Lekin y/n xoxlamadi.
— Yo'q Sunoo menni ahvolim yaxshi shunchalik yolgiz qolishni xohlayman
Bu safar u yig‘layotganini yashirishga urinmadi.
Sunoo esa uning yonida jim o‘tirdi. Ba’zan odamga maslahat emas, uni hukm qilmay tinglaydigan inson kerak bo‘lardi.
Y/N hali ham Sunooning yonida jim o‘tirardi. Uning yelkasidagi Sunooning kurtkasi shamoldan biroz himoya qilardi.
— Uyga qaytging kelyaptimi? — deb so‘radi Sunoo.
Sunoo uning yuziga qaradi. Y/N yana ko‘zlarini pastga qaratdi.
Sunoo boshqa hech narsa demadi. Faqat sekin qo‘lini Y/Nning yelkasiga qo‘ydi va uni biroz o‘ziga yaqinroq tortdi.
— Hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, deb yolg‘ondan aytmayman, — dedi Sunoo sokin ovozda. — Lekin bugun hech bo‘lmasa o‘zingni bunchalik qiynama. Maylimi?
— Sen ham dam olishga haqlisan, Y/N.
Uning ko‘zlariga yana yosh keldi, lekin bu safar u yuzini yashirmadi.
Sunoo esa uning yelkasidagi qo‘lini olib qo‘ymadi.
— Men bilan bir joyga borasanmi? — deb so‘radi u birozdan keyin.
— Qayerga?
— Hozircha sir.
— Sunoo...
— Xavotir olma, uzoq emas. Hech bo‘lmasa biror narsa yeymiz. Bugun ovqatlanganingga ham ishonmayman.
— Iltimos, — dedi Sunoo. — Faqat bir oz vaqtga.
Sunoo o‘rnidan turib, unga qo‘l uzatdi.
Y/N uning qo‘lidan ushlab turdi va o‘rnidan turdi.
Soat 18:05 boldi kichik kafega borishni
Kafe unchalik katta emasdi. Derazalari katta, ichkarisi esa iliq va sokin edi. Orqa fonda past ovozda musiqa yangrardi.
Sunoo eshikni ochib, Y/Nga yo‘l berdi.
— Juda rasmiy bo‘lib ketding-ku.
— Bugun kayfiyatingni ko‘tarish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilmoqchiman.
— Demak, eshik ochib berish ham shunga kiradimi?
— Albatta. Bu juda muhim vazifa.
Sunoo uning kulganini ko‘rib, mamnun bo‘ldi. Ular deraza yonidagi stolga o‘tirishdi. Sunoo menyuni Y/N tomonga surdi.
— Nima yeysan?
— Bilmayman.
— Hamma narsaga «bilmayman» deb javob beraverasanmi?
— Hozir shunaqa kayfiyatdaman.
— Unda birgalikda tanlaymiz.
Sunoo menyuni ko‘zdan kechira boshladi.
— Mana bu yaxshiga o‘xshaydi. Yoki buni olamizmi?
— Menimcha, ikkinchisi.
— Demak, ikkinchisi. Ichimlik-chi?
— Issiq choy.
— Yaxshi. Men ham choy olaman.
Ofitsiant kelgach, ular buyurtma berishdi. Sunoo menyuni yopib, stolga qo‘ydi.
— Xo‘sh, endi ayt-chi, bugun kuning qanday o‘tdi?
— Hozirgina hammasini aytdim-ku.
— Men bugun faqat yomon narsalarni eshitishni xohlamayman. Boshqa narsalar ham bo‘lgandir.
— Maktabga bormadim.
— Buni bilaman.
— Darslarim qolib ketdi.
— Ularni keyin to‘ldirasan.
— Uy vazifalarim ham bor.
— Y/N, sen hozir kafedasan. Uy vazifang esa uyda. Ikkalasini bir vaqtda qilish shart emas.
— Sen juda aqlli gapiryapsan.
— Men doim aqlliman.
— Ha, albatta.
Shu payt buyurtmalari keldi. Stolga issiq choy va ovqatlar qo‘yildi. Sunoo Y/Nning oldiga likopchani surdi.
— Marhamat.
— Rahmat.
— Avval bir oz yeb ol. Keyin meni tanqid qilishda davom etasan.
— Men seni tanqid qilmayapman.
— Hozirgina «juda aqlli gapiryapsan» deding. Bu maqtovga o‘xshamadi.
Ovqatlanish davomida Y/Nning kayfiyati asta-sekin yaxshilana boshladi.
Sunoo unga maktabda bo‘lgan kulgili voqealarni aytib berdi. Bugun sinfida bir bola o‘qituvchining savoliga mutlaqo aloqasiz javob berganini, butun sinf kulib yuborganini gapirdi.
— Keyin o‘qituvchi unga nima deganini bilasanmi? — so‘radi Sunoo.
— Nima?
— «Siz boshqa darsga kirib qolmadingizmi?» dedi.
— Bechora!
— Eng qizig‘i, u bola o‘z javobini tushuntirishga ham urindi.
— Nima deb?
— «Men shunchaki fikrimni kengaytirdim» dedi.
Y/N kulgisini to‘xtata olmadi.
— Ana, mana shu yaxshi.
— Nima?
— Kulishing.
— Yana boshladingmi?
— Nima qildim?
— Har safar shunaqa gap aytasan.
— Chunki rost.
Y/N choyidan bir qultum ichdi.
— Sunoo?
— Ha?
— Bugun kelganing uchun rahmat.
Sunoo qo‘lidagi piyolani stolga qo‘ydi.
— Arzimaydi.
— Yo‘q, jiddiy aytyapman. Men qo‘ng‘irog‘ingni ham ko‘tarmasligim mumkin edi.
— Lekin ko‘tarding.
— Shunga qaramay.
— Men seni bezovta qilish uchun yozmagandim. Shunchaki anchadan beri gaplashmaganimiz uchun holingni so‘ragandim.
— Bilaman.
— Yana bir narsa...
— Nima?
— Keyingi safar hammasini ichingda saqlashing shart emas. Gaplashging kelmasa ham mayli. Lekin o‘zingni yomon his qilganingda ishonadigan odamingga ayt. Men bilan ham gaplashishing mumkin.
— Har doim ham nima deyishni bilmayman.
— Unda «bugun yaxshi emasman» deysan. Shu ham yetadi.
Sunoo boshqa mavzuga o‘tdi. U Y/Nni yana xafa qiladigan savollar bilan qiynamoqchi emasdi.
Ovqatlanib bo‘lishganidan keyin ular yana bir oz o‘tirishdi.
Tashqarida qorong‘i tusha boshlagan, shamol esa deraza ortidagi daraxt shoxlarini tebratardi. Y/N derazadan tashqariga qarab qoldi.
— Nima haqida o‘ylayapsan? — so‘radi Sunoo.
— Hech narsa. Shunchaki...
— Shunchaki?
— Bugun uyga qaytishni xohlamayapman.
Sunoo uning gapini eshitib, bir zum jim qoldi.
— Tushunaman. Lekin bugun qayerda ekaningni uyidagilar bilishi kerak. Xavotir olishlari mumkin.
— Hozir onam bilan gaplashgim yo‘q.
— Unda avval tinchlanib ol. Keyin ishonadigan biror kiming bilan bog‘lanamiz. Uyga qaytishing ham xavfsiz bo‘lishi kerak.
— Yana o‘n daqiqa o‘tiramizmi?
— Ha.
— Yaxshi. Unda menga bir narsa ayt.
— Nima
— Loyiha uchun olgan birinchi o‘rnimizni nishonlamadik-ku.
— Bugun nishonlayapmizmi?
— Ha. Faqat biroz kechikib.
— Unda g‘olibga sovg‘a qani?
— Hozircha choy va kechki ovqat.
— Juda saxiy ekansan.
— Keyingi safar yaxshiroq sovg‘a topaman.
— Albatta. Yoki men bilan yana uchrashishni xohlamaysanmi?
— Men unday demadim.
— Demak, kelishdik.
Sunoo hisobni to‘lagach, ikkalasi kafedan chiqishdi. Tashqarida havo ancha sovuq edi.
Y/N Sunooning kurtkasini yechib, unga uzatmoqchi bo‘ldi.
— Mana, ol. Rahmat.
— Uyga yetguningcha kiyib tur.
— Lekin o‘zing-chi?
— Men yaxshiman.
— Sunoo, sen ham sovqotasan.
— Men qalinroq kiyinganman. Sen esa ertalabdan beri shamolda yuribsan.
Ular birga yo‘lga tushishdi. Bir necha daqiqa jim yurishdi. Keyin Y/N sekin gap boshladi.
— Bugun ertalab sen bilan uchrashmaganimda nima qilardim, bilmayman.
— Balki baribir o‘zingga kelarding. Sen kuchlisan.
— Har doim kuchli bo‘lishni xohlamayman.
— Unda har doim kuchli bo‘lishing shart emas.
Sunoo Y/Nni uyiga yaqinroq joygacha kuzatib bordi. So‘ng to‘xtadi.
— Endi yaxshiroqmisan?
— Ha. Biroz.
— Yaxshi. Uyga kirganingdan keyin menga xabar yoz.
— Xo‘p.
— Rahmat, Sunoo.
— Yana rahmatmi?
— Bugun juda ko‘p rahmat aytdim, shekilli.
— Men esa eshitishdan charchamadim.
— Xayr.
— Xayr, Y/N. O‘zingni ehtiyot qil.
Y/N uyga qaytgach, xonasiga kirdi. Bugungi kun oson bo‘lmagan, lekin hech bo‘lmaganda kechqurun biroz yengillik his qilgandi.
Telefonini olib, Sunooga xabar yozdi.
Y/N: Uyga keldim.
Sunoo: Yaxshi. Endi dam ol.
Y/N: Sen ham uyga yetdingmi?
Sunoo: Ha, hozirgina.
Y/N: Bugun uchun yana bir marta rahmat.
Sunoo: Y/N...
Y/N: Nima?
Sunoo: Keyingi safar shunchaki birga ovqatlanamiz. Buning uchun alohida sabab kerak emas.
Y/N xabarni o‘qib, bir muddat ekranga qarab qoldi.
Y/N: Kelishdik :)
Sunoo: Va keyingi safar sen tanlaysan.
Y/N: Nega?
Sunoo: Chunki bugun men tanladim.
Y/N kulimsirab telefonini yostiq yoniga qo‘ydi.
O‘sha kuni u hamma muammolari birdan yo‘qolib qolganini his qilmadi. Ertaga yana qiyin kun bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo bugun u bir narsani tushundi: ba’zan kimdir seni tinglashi, yoningda jim o‘tirishi va sen bilan oddiygina kechki ovqat qilishi ham katta tasalli bo‘la olarkan.
6qism tugadi endii 7 qisimda fanficda katta burilish boladi db oylavoma😈