YOU DESERVE TO BE HAPPY🤍
06:30 — ODATDAGIDEK BOSHLANGAN ERTALAB
Budilnik jiringlaganida, Y/N ko‘zlarini ochishga ham erinib yotardi. Kecha kechqurun daftariga bir nechta gap yozaman deb, ancha vaqt uxlamay chiqqandi.
“Bugun bir notanish yigit menga yordam berdi. Uning ovozi juda sokin edi.”
U kecha yozgan jumlasini esladi.
— Nega men uni eslayapman o‘zi? — deb pichirladi u yostiqqa yuzini bosib — Oddiygina yordam berdi, xolos
Y/N o‘rnidan turib, maktab formasini kiydi. Sochlarini tarab, sumkasini tayyorladi. Oshxonaga kirishi bilan onasining ovozi eshitildi.
— Y/N! Stolni yig‘ishtir. Keyin idishlarni yuvib ketasan.
— Oyijon, kech qolaman. Kecha ham idishlarni men yuvgandim-ku...
— Xo‘sh? Uyda yashayotgan bo‘lsang, yordam berishing kerak. Maktab deb hamma narsani unutib qo‘yma.
Y/N lablarini bir-biriga bosdi. Qarshilik qilsa, ertalabdan yana janjal boshlanishini bilardi.
U idishlarni tezda yuvib, sumkasini oldi. Eshikdan chiqayotganida onasi yana gapirdi.
— Bugun maktabdan kelishing bilan uyga qayt. Ko‘chada aylanib yurma.
— Xo‘p, oyijon.
Y/N bu safar javob qaytarmadi.
Ba’zan uning eng ko‘p xohlagan narsasi shunchaki maktabdan keyin biroz sayr qilish, dugonasi bilan kulish va hech kimdan ruxsat so‘ramasdan bir necha daqiqa yashash edi. Lekin uning hayotida hatto oddiy narsalar ham oldindan o‘ylab qo‘yilishi kerak edi.
U sumkasini yelkasiga ilib, uyidan chiqdi. Va bilmasdiki, bugun uning odatiy kuni butunlay boshqacha tugaydi.
08:00 — YANGI LOYIHA. YANGI MUAMMO.
Maktabga yetib kelganida, sinfdoshlari allaqachon sinfda yig‘ilishgandi. Y/N joyiga o‘tirib, daftarini chiqardi.
Dugonasi uning yoniga kelib o‘tirdi.
— Eshitdingmi? Bugun direktor yangi loyiha haqida e’lon qilarkan.
— Qanaqa loyiha?
— Bilmayman. Balki maktab uchun nimadir tayyorlarmiz. Video, taqdimot yoki shunga o‘xshash narsa.
— Faqat juda ko‘p ish bermasa bo‘ldi.
— Senmi? Ishdan qochmoqchimisan? O‘zi sen hamma ishni o‘zing qilishga o‘rganib qolgan-ku.
— Juda kulgili.
Oradan biroz vaqt o‘tib, sinf rahbari kirib keldi.
— Bolalar, diqqat qilinglar. Bu yil maktabimizda yangi loyiha boshlanadi. Uning mavzusi — “Odamlar aytmaydigan hikoyalar.”
— Har bir jamoa insonlarning hayoti, orzulari, qiyinchiliklari va jamiyatda ko‘pincha e’tiborsiz qoladigan muammolar haqida qisqa hujjatli taqdimot tayyorlaydi. Eng yaxshi loyiha maktab tadbirida namoyish etiladi.
Y/N beixtiyor boshini ko‘tardi.
"Odamlar aytmaydigan hikoyalar"
Bu mavzu unga negadir juda tanish tuyuldi.
— Jamoalarni men tuzib chiqdim. Har bir jamoada turli sinflardan o‘quvchilar bo‘ladi. Bu sizlarga bir-biringiz bilan ishlashni o‘rgatadi.
Y/N ichida faqat bitta narsani o‘ylardi:
*Iltimos, menga hamma ishni tashlab ketadigan odamlar tushmasin*
O‘qituvchi ro‘yxatni o‘qiy boshladi. Bir nechta ism aytildi.
— Kim... kim? — deb dugonasiga sekin pichirladi.
Dugonasi uning qo‘lidan ushlab, ko‘zlarini katta ochdi.
— TO‘XTA. Yangi qo‘shni!
— Qanaqa yangi qo‘shni?
— Kecha ko‘chib kelgan yigit! O‘sha!
— Sen qayerdan bilasan?
— Mening ko‘zim bor, Y/N.
— Ko‘zing borligi bilan nima aloqasi bor?
— Keyin tushuntiraman!
O‘qituvchi esa ularning suhbatidan bexabar, ro‘yxatni davom ettirardi.
— Birinchi uchrashuv bugun darslardan keyin bo‘ladi. Jamoangiz bilan mavzuni muhokama qiling va keyingi haftaga dastlabki rejangizni tayyorlang.
Y/N chuqur nafas oldi. U yangi odamlar bilan ishlashni unchalik yoqtirmasdi. Ayniqsa, ishning katta qismini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lib qolishdan qo‘rqardi. Ammo bu safar uning sherigi kecha zinada uchratgan notanish yigit edi.
Y/N hali bu tasodifning qanchalik g‘alati ekanini bilmasdi.
Tushlikdan keyin Y/N maktab kutubxonasiga borib, loyiha uchun kerakli daftar va qog‘ozlarni oldi.
U javonlar orasidan chiqib kelayotganida, qarshisidan kimdir paydo bo‘ldi.
Qora sochlar. Sokin nigoh. Bir qo‘lida kitoblar.
— Siz... — dedi Y/N beixtiyor.
Yigitning lablarida yengil tabassum paydo bo‘ldi.
Y/N unga bir necha soniya qarab turdi.
— Kecha zinada...
— Ha. Qog‘ozlaringni yig‘ishtirishga yordam bergandim.
— To‘g‘ri.
— Kim Sunoo, shundaymi?
— Demak, ismimni eslab qolibsan.
— O‘qituvchi hozir aytdi. Biz bir jamoada ekanmiz.
— Bilaman.
— Bilasizmi?
— Ha. Ro‘yxatni ko‘rdim.
Sunoo bu gapni oddiygina aytdi. Uning ovozida hech qanday g‘alati ohang yo‘q edi.
— Xo‘p. Unda loyiha haqida gaplashishimiz kerak.
— Albatta.
— Sizda qandaydir fikr bormi?
— Bor. Lekin avval sening fikringni eshitishni istardim.
— Nega?
— Chunki biz bir jamoamiz. Faqat mening fikrim muhim emas-ku.
U odatda guruh ishlarida ikki xil odamni uchratardi: hamma narsani o‘zi hal qilmoqchi bo‘lganlar yoki hech narsaga aralashmaydiganlar.
Sunoo esa hozircha ikkalasiga ham o‘xshamasdi.
— Menimcha, odamlarning tashqaridan qanday ko‘rinishi bilan ichida nimalar his qilishi o‘rtasidagi farq haqida qilsak bo‘ladi, — dedi u nihoyat.
Sunoo unga diqqat bilan qaradi.
— Bu yaxshi fikr.
— Hali tugatmadim, — dedi Y/N tezda. — Masalan, hamma baxtli ko‘rinadigan odamning hayotida ham muammolar bo‘lishi mumkin. Lekin odamlar buni sezishmaydi. Chunki ular faqat ko‘rinib turgan narsaga ishonishadi.
Sunoo jim qoldi. Uning nigohi bir lahza o‘zgardi.
Go‘yo Y/N hozir shunchaki loyiha haqida gapirmayotgandek edi. Go‘yo u o‘zi haqida gapirayotgandek.
— Men aynan shuni nazarda tutgandim, — dedi Sunoo past ovozda.
Bir necha soniya jimlik cho‘kdi. Keyin Y/N daftarini ochdi.
— Xo‘sh, unda vazifalarni bo‘lib olishimiz kerak. Men savollar va ssenariy bilan shug‘ullansam, siz videoga olish va montajni qila olasizmi?
— Qila olaman.
— Ishonchingiz komilmi? Chunki men hammasini oxirgi daqiqaga qoldirishni yoqtirmayman.
— Xavotir olma. Seni yolg‘iz ishlashga majbur qilmayman.
Bu gap Y/N kutmagan darajada to‘g‘ri joyiga tegdi. U ko‘zlarini daftariga tushirdi.
— Men yolg‘iz ishlashga o‘rganib qolganman.
— O‘rganib qolish boshqa, doim shunday qilishga majbur bo‘lish boshqa.
Y/Nning ruchkasi harakatsiz qoldi. U boshini ko‘tardi.
Sunoo esa xuddi hech narsa demagandek, daftaridagi rejaga qarab turardi.
*Bu yigit nega ba’zan oddiy gaplarni ham bunchalik boshqacha aytadi?*
— Mayli. Ertaga rejani tayyorlab kelamiz.
— Kelishdik.
Y/N ketayotib, ortiga qarashga o‘zini majbur qilmaslikka harakat qildi.
Sunoo hali ham o‘sha yerda turardi. U ham Y/N tomonga qarayotgan edi. Ko‘zlari uchrashgach, Sunoo birinchi bo‘lib nigohini olib qochdi.
Y/N esa ichida bir narsani his qildi.
Darslar tugagach, Y/N sumkasini yig‘ishtirayotgan edi. Dugonasi esa uning yonida paydo bo‘lib, partaga tirsaklarini qo‘ydi.
— Yana boshlama.
— Men hali hech narsa demadim-ku!
— Hozir aytmoqchi bo‘lgan gapingni yuzingdan bilib turibman.
— U qanday ekan?
— Oddiy.
— Oddiy?
— Ha, oddiy.
— Juda chiroyli, ovozi sokin, odobli va...
— Sen u bilan gaplashdingmi o‘zi?
— Yo‘q. Lekin ko‘rdim.
Y/N sumkasini yelkasiga ilib oldi.
— Sen rostdan ham juda g‘alatisan.
— Lekin bir narsani sezdim.
— Nima?
— U senga qaraganda boshqacha bo‘lib qoladi.
— Nima deganing bu?
— Bugun kutubxonada sizlarni ko‘rdim. Sen gapirayotganingda u seni shunchalik diqqat bilan tingladiki...
— Chunki biz loyiha haqida gaplashayotgandik!
— Men ham shuni aytyapman. Boshqalar gapirsa, odam shunchaki eshitadi. U esa seni tinglayotgandek edi.
Y/N bir necha soniya jim turdi.
— O‘zingdan to‘qima.
— Mayli, mayli. Lekin...
— Lekin yo‘q. Men uyga ketyapman.
Dugonasi kulib, qo‘l silkitdi. Y/N maktab darvozasidan chiqdi.
Uning uyiga boradigan yo‘l odatdagidek edi. Ko‘cha, do‘kon, bekat, keyin esa uning uyi joylashgan torroq yo‘lak. Faqat bugun u yo‘lda bir narsani o‘ylab borardi.
U menga yolg‘iz ishlashga majbur qilmasligini aytdi. Nega bu gap uning xayolidan ketmayotganini tushunmasdi.
Balki, chunki hech kim unga bunday demagan edi. Yoki hech kim aytganida ham, Y/N bunga ishonmagan edi.
17:00 — UYDA YANA O‘SHA O'SHA VIBE
Y/N uyga kirishi bilan onasining ovozi eshitildi.
— Keldingmi? Do‘konga borib kel.
— Oyijon, bugun maktabdan loyiha berishdi. Bir oz ishlashim kerak.
— Qanaqa loyiha?
— Maktab uchun hujjatli video tayyorlaymiz. Jamoa bilan ishlashimiz kerak.
— Demak, yana maktab, yana ish...
— Bu bahoga ta’sir qiladi, oyijon.
— Sen faqat o‘qish haqida o‘ylaysan. Uyda ham ishlar borligini ko‘rmaysanmi?
— Ko‘raman-ku. Men hammasini qilyapman.
— Nima deding?
U bu gapni aytmasligi kerak edi.
Buni onasining yuzidan tushundi.
— Hech narsa, — dedi u past ovozda.
— Unda bor, aytganimni qil.
Y/N sumkasini xonasiga qo‘yib, do‘konga chiqdi.
Qaytib kelganida, otasi mehmonxonada televizor ko‘rib o‘tirardi. U qiziga bir qarab qo‘ydi.
— Maktab yaxshimi?
— Ha, dada.
— Yaxshi o‘qi.
Y/N otasiga boshqa gap aytmoqchi bo‘ldi. Balki loyihasi haqida. Balki charchagani haqida. Balki shunchaki bugun kimdir uning fikrini tinglagani haqida. Ammo otasi yana televizorga qarab olgandi.
Y/N gapirmadi. Xonasiga kirib, eshikni yopdi. Stolga o‘tirdi va daftarini ochdi.
Loyiha uchun vazifalarni yozdi. Savollar tuzdi. Videoning taxminiy ssenariysini boshladi.
Sunoo: Salom, Y/N. Loyiha uchun bir nechta fikr yozib qo‘ydim. Ertaga ko‘rsataman. Sen ham bugun ko‘p ishlama.
Ammo u buni o‘qib, negadir ko‘zlarini yumdi. Chunki kimdir unga birinchi marta shunchaki ishlashni emas, dam olishni ham eslatayotgandi.
Y/N: Salom sizga ham. Men ham senariyning bir qismini yozdim. Ertaga birlashtiramiz.
— Bu shunchaki loyiha, Y/N. Shunchaki loyiha. Shunchaki loyiha...
Ammo uning lablaridagi kichkina tabassumni hech kim ko‘rmadi.
Ertasi kuni ertalab Y/N maktabga tayyorlanayotganida, onasi xonasining eshigini taqillatmasdan ochdi.
U oshxonaga chiqdi. Onasi choy quyib o‘tirardi.
— Kecha kechqurun kim bilan gaplashding?
Y/Nning yuragi bir zum tezroq urdi.
— Hech kim bilan... ya’ni, jamoamdagi bola bilan loyiha haqida yozishdim.
— Qanaqa bola?
— Maktabdan. Ismi Sunoo.
— Sunoo?
— Ha.
— Yangi ko‘chib kelgan qo‘shnimizning o‘g‘limi?
— Siz uni taniysizmi?
— Kecha onasi bilan ko‘rishib qoldim. Yaxshi odamga o‘xshaydi. O‘g‘li ham odobli ekan.
Y/N javob bermadi. Onasi esa unga bir oz tikilib turdi.
— Sen oxirgi paytlarda juda odamovi bo‘lib qolyapsan.
Y/Nning yuzidagi ifoda o‘zgardi.
— Menmi?
— Ha, sen. Uyga kelasan, xonangga kirib ketasan. Hech kim bilan gaplashmaysan. Dugonalaring bilan ham kamroq yuradigan bo‘lding.
Y/N ichida achchiq kulgi paydo bo‘ldi.
"Men uyga kelib, xonamga kiraman, chunki bu yerda hamma narsaga ulgurishim kerak. Hech kim bilan gaplashmayman, chunki gapirsam, yana nimadir noto‘g‘ri bo‘lib qoladi. Dugonam bilan kam yuraman, chunki siz meni maktabdan keyin darrov uyga kelishga majbur qilasiz"
Lekin u bularning birortasini aytmadi.
— Men shunchaki darslarim bilan bandman.
— Darslar muhim, albatta. Lekin odamlar bilan ham gaplashishing kerak. Hamma narsani ichingga yutib yuraverma.
Y/N ko‘zlarini pastga tushirdi.
— Yangi qo‘shnimiz bilan ham gaplash. Bola odobli ko‘rindi. Balki yaxshi do‘st bo‘lib qolar. Har doim uydan maktabga, maktabdan uyga yuraverishing shart emas.
Y/N bir zum onasiga qarab qoldi.
Bu gaplar uning uchun kutilmagan edi. Chunki onasi odatda kim bilan gaplashishi, qayerga borishi yoki kim bilan do‘stlashishiga bunchalik ijobiy qarab gapirmasdi.
— Lekin... — dedi Y/N ehtiyotkorlik bilan, — siz kecha maktabdan keyin hech qayerga bormasligimni aytgandingiz.
— Men seni bekorchi yurmasin, degandim. Yaxshi odamlar bilan gaplashishingga qarshi emasman.
U onasining gaplarida mantiq topishga harakat qildi, ammo ba’zan onasining kayfiyati nega bunchalik tez o‘zgarishini tushunmasdi. Bu rostan ham galati onasi bazida juda qattiq qola asab buzar edi lekin bazida oz ozidan ozgarb qolardi cunarsizz judaa...
— Xo‘p, oyijon.
— Yana bir narsa. Agar loyiha uchun birga ishlashing kerak bo‘lsa, o‘qishingizni birinchi o‘ringa qo‘y. Tushundingmi?
— Tushundim.
— Bo‘ldi, endi maktabga kech qolma.
Y/N xonasiga qaytdi. Sumkasini olib, ko‘zguga qaradi.
— Yangi qo‘shnimiz bilan gaplashishim kerak emish... Peff
— Oyijon, bilsangiz edi, biz allaqachon bitta jamoada ekanmiz.
U bu gapni o‘ziga aytib, kulib qo‘ydi.Keyin birdan to‘xtadi.
Onam Sunoo haqida yaxshi gapirdi. Bu juda oddiy narsa edi.
Ammo Y/N uchun uyidagi kamdan-kam uchraydigan iliq suhbatlardan biri bo‘lib qolgandi.
16:30
P/s: spoiler sunoo uyida y/n boradi😇
Loyiha boshlanganidan uch kun o‘tdi.
Ular maktabda bir necha marta uchrashib, vazifalarni bo‘lib olishgandi. Y/N ssenariy yozdi, savollar tayyorladi. Sunoo esa videoning tuzilishi va suratga olish rejasi ustida ishladi.
Ular bir-biriga xalaqit bermasdi.
Sunoo Y/Nning fikrlarini tinglardi. Y/N esa Sunoo aytgan takliflarni shunchaki rad etmasdan, o‘ylab ko‘rishni boshlagandi.
Bugun esa ular videoning birinchi qismini tayyorlashlari kerak edi. Darsdan keyin Sunoo daftarini yopdi.
— Bir narsani so‘rasam maylimi?
— Ha, nima?
— Agar vaqting bo‘lsa, loyihani uyimda davom ettirsak bo‘ladimi? Menda kamera va montaj uchun kerakli jihozlar bor. Shunda videoning birinchi qismini sinab ko‘ramiz.
— Albatta, xohlamasang, boshqa joyda ham ishlashimiz mumkin. Kutubxonada yoki maktabda.
Uning bu gapni shunchalik xotirjam aytishi Y/Nni biroz tinchlantirdi.
— Yo‘q, men... — Y/N sumkasining tasmasini to‘g‘riladi. — Uyimdagilardan ruxsat so‘rashim kerak.
— Albatta.
— Oyijon, loyiha uchun jamoamdagi bolanikiga borishim kerak. U yangi qo‘shnimiz, eslaysizmi? Videoni birga tayyorlaymiz. Uning uyida kerakli jihozlar bor ekan.
— Yangi qo‘shnimiznikigami?
— Ha.
— Dars uchunmi?
— Ha, loyiha uchun. Xohlasangiz, uning onasi bilan ham gaplashishingiz mumkin.
— Mayli. Faqat ishingni qilib, vaqtida qayt. Manzilini bilasanmi?
— Ha, oyijon. U bizning ko‘chamizda.
— Yaxshi. Borganingda odob bilan o‘tir. Begona uyda o‘zingni qanday tutishni bilasan.
— Yangi qo‘shnimiz bilan tanishib olishing ham yaxshi. Odamlar bilan gaplashishni o‘rganishing kerak.
Y/N ichida kulib qo‘ydi. Lekin yana galati onasi nima uchun bunaqa inson bazida mehribonda lekin osha mehribonligini javobini oladi
Quyosh botishga yaqinlashganida, Y/N qo‘lidagi daftar va noutbukini mahkam ushlab, ko‘cha bo‘ylab yurardi.
U Sunooning uyini oldin faqat uzoqdan ko‘rgandi. Endi esa darvoza oldida turib, ichida g‘alati hayajon sezdi.
Bu oddiy loyiha. Men faqat ishlash uchun keldim.
U oddiy qora futbolka va keng shim kiygan, sochlari esa maktabdagidan biroz tartibsizroq edi.
U Y/Nni ko‘rib, yengil tabassum qildi.
— Keldingmi?
— Ha. Kechikmadimmi?
— Yo‘q, umuman. Men ham hozirgina tayyor bo‘ldim.
Uy yorug‘, ozoda va sokin edi. Mehmonxonadagi katta derazadan kechki quyosh nuri tushib turardi. Stol ustida noutbuk, kamera, daftarlar va bir nechta qog‘ozlar taxlab qo‘yilgandi.
— Nima bo‘ldi?
— Hech narsa. Uyingiz chiroyli ekan.
— Rahmat.
U Y/Nning qo‘lidagi narsalarga qaradi.
— Noutbukni olaymi?
— Yo‘q, o‘zim ko‘taraman.
— Mayli.
Sunoo uni mehmonxonaning yonidagi ish stoliga boshlab bordi.
— Shu yerda ishlasak bo‘ladi. Suv yoki choy xohlaysanmi?
— Suv bo‘lsa bo‘ladi.
— Hozir olib kelaman.
U atrofga qarab, Sunooning kitoblarini, kamerani, devordagi kichik rasmlarni ko‘zdan kechirdi.
Sokinlik. Shoshiltiradigan hech kim yo‘q.
Har bir harakati uchun izoh talab qiladigan odam yo‘q.
Shunchaki o‘tirib, o‘z ishi bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan joy.
Y/N buni o‘zi ham sezmagan holda chuqur nafas oldi. Sunoo suv bilan qaytib kelganida, uni jim o‘tirgan holda ko‘rdi.
— Ha. Nega?
— Shunchaki so‘radim.
— Men yaxshiman.
Ammo u bilmasdi: bugun shu uyda ular faqat loyiha haqida gaplashib qolishmaydi.
Ular videoning dastlabki qismini tayyorlashdi. Sunoo kamera orqali bir nechta kadrni sinab ko‘rdi, Y/N esa ssenariydagi jumlalarni qayta yozdi.
— Bu yerda gapni biroz o‘zgartirsak yaxshi bo‘ladi, — dedi Sunoo, ekranga ishora qilib. — “Odamlar bizni ko‘rishadi, lekin har doim ham tushunishmaydi.”
— Yomon emas.
— Faqat yomon emasmi?
— Yaxshi, — dedi Y/N, ko‘zlarini qisib. — Juda yaxshi.
— Mana endi.
— Nima?
— Sen maqtashni ham juda qiyinlashtirarkansan.
— Men shunchaki rostini aytaman.
— Buni sezdim.
Bir necha daqiqadan keyin Sunoo uning daftariga qaradi.
— Bir narsani so‘rasam bo‘ladimi?
— Yana savolmi?
— Ha.
— So‘rang.
— Sen hamma narsani o‘zing qilasanmi?
Y/Nning tabassumi asta yo‘qoldi.
— Qanaqasiga?
— Maktabda hamma vazifani oldindan tayyorlaysan. Biror narsa kerak bo‘lsa, boshqalardan so‘rashdan oldin o‘zing hal qilishga harakat qilasan. Bugun ham hamma narsani yozib kelibsan.
— Shunchaki tartibli bo‘lishni yoqtiraman.
Sunoo unga diqqat bilan qaradi.
Y/N uning yuziga qarab, nimadir demoqchi bo‘ldi.
Ammo Sunoo uning kayfiyati o‘zgarganini sezgandek, boshqa savol bermadi.
— Xohlasang, keyingi qismini men yozaman, — dedi u. — Sen biroz dam ol.
— Shart emas. Men tugataman.
— Bilaman, tugata olasan.
Sunoo buni shunchalik oddiy aytdiki, Y/N unga qarab qoldi.
— Unda nega dam olishimni aytyapsiz?
— Chunki biror narsani qila olishing uni doim o‘zing qilishing kerak degani emas.
Y/N jim qoldi. Uning ko‘zlari daftar chetiga tushdi.
Sunoo esa ruchkani olib, qog‘ozga nimadir yozishni boshladi. U Y/Ndan javob kutmadi. Uni gapirishga majburlamadi.
Va negadir aynan shu narsa Y/Nga yoqdi. Chunki odamlar odatda uning jimligini yoqtirishmasdi. Ular undan javob talab qilishardi. Nega xafa ekanini, nega gapirmayotganini, nega kulmayotganini so‘rashardi.
Sunoo esa unga jim turish imkonini berardi. Birozdan so‘ng Y/N daftarini yana ochdi.
Ular yana ishlashga kirishishdi.
Tashqarida quyosh asta-sekin botib borardi. Y/N esa birinchi marta anchadan beri o‘zini biroz yengil his qilayotgandi.
Soat ancha kech bo‘lib qolgandi.
Y/N telefoniga qaradi va birdan o‘rnidan turdi.
— Voy, men ketishim kerak kech bolib qoldi
— Soat nechchi bo‘ldi?
— Uyga kech qolaman. Onam kutyapti.
U daftarlarini yig‘ishtira boshladi.
Sunoo uning shoshayotganini ko‘rib, yordam berdi.
— Mana, qog‘ozlaring.
— Rahmat.
Ular eshik tomon yurishdi. Y/N poyabzalini kiyib, tashqariga chiqmoqchi bo‘lganida, Sunoo uni to‘xtatdi.
— Sen doim shunchalik charchagan ko‘rinasanmi yoki bugun shundaymi?
Y/N qotib qoldi. U bunaqa savolni kutmagandi.
— Men... — u ko‘zlarini olib qochdi. — Bilmayman
Y/N bir necha soniya jim turdi. Keyin o‘zi ham sezmagan holda gapirib yubordi.
— Uyda ishlar ko‘p. Maktabda ham. Ba’zan hammasiga ulgurish qiyin.
— Lekin bu oddiy narsa. Hamma charchaydi.
Sunoo uning gapini bo‘lmadi shunchaki y/nni chuqur eshitib turdi.
— Men hammasini o‘zim qilishga o‘rganib qolganman. Agar qilmasam, kimdir baribir qilishi kerak. Shuning uchun...
— Sen ham doim kuchli bo‘lishing shart emas, Y/N.
Y/Nning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. U darrov kulimsirashga urindi.
— Men kuchli bo‘lishga harakat qilmayapman.
— Unda nega charchaganingni yashiryapsan?
Bu safar Y/N javob bera olmadi. Uning ko‘zlari bir zum namlangandek bo‘ldi, lekin u tezda yuzini boshqa tomonga burdi.
— Bugun kelganing uchun rahmat. Loyiha ancha yaxshilandi.
Sunoo hali ham eshik oldida turardi.
Y/N bir zum nima deyishini o‘yladi.
Sunoo yuzida samimiy tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha. Men ham shunday o‘ylayman.
Bu safar u uyga shoshilayotgan bo‘lsa ham, yuragida qandaydir g‘alati iliqlik bor edi.
Sunoo esa uning uzoqlashib borayotganini kuzatdi. U Y/Nning hayotidagi barcha muammolarni hal qila olmasdi.
Uning oilasini o‘zgartira olmasdi.
Y/Nning o‘rniga og‘riqni his qila olmasdi. Ammo bir narsani aniq bilardi. U Y/Nga o‘zini yolg‘iz his qilmaydigan bir joy borligini ko‘rsatishni xohlardi.
Y/N uyga kirishi bilan onasi oshxonadan chiqdi.
— Nihoyat keldingmi? Soatga qaradingmi?
— Kechirasiz, oyijon. Loyiha biroz cho‘zilib ketdi.
— Nima qildinglar shuncha vaqt?
— Videoning birinchi qismini tayyorladik. Senariyni ham tugatdik.
Onasi unga bir oz qarab turdi.
— Yangi qo‘shnimiz yaxshi bola ekanmi?
— Ha. Odobli.
— Ko‘rdingmi? Men senga odamlar bilan gaplashishing kerakligini aytgandim-ku.
— Ha, oyijon.
— Har doim xonangda o‘tiraverma. Odamlar bilan aralash. Hayoting faqat o‘qish va uy ishlaridan iborat emas.
Bu gap Y/Nning ichiga g‘alati botdi. Hayotim faqat o‘qish va uy ishlaridan iborat emas...
Agar shunday bo‘lmasa, unda uning boshqa hayoti qayerda edi?
U dugonasi bilan sayr qilishni xohlasa, uyga qaytishi kerak edi. Biror narsadan xafa bo‘lsa, ichiga yutishi kerak edi. Dam olmoqchi bo‘lsa, bajarilmagan ishlar kutib turardi.
Ammo u onasiga hech narsa demadi.
— Xo‘p, oyijon.
— Endi bor, ovqatlan. Keyin idishlarni yuvib qo‘y.
U ovqatlanib, idishlarni yuvdi. Keyin xonasiga kirib, eshikni yopdi. Sumkasini stol yoniga qo‘ydi.
Sunoodan yangi xabar kelgandi.
Sunoo: Uyga yaxshi yetib oldingmi?
Y/N bir necha soniya ekranga qarab turdi.
Y/N: Haa, yetib oldim. Rahmat.
Birozdan keyin Sunoo yana yozdi.
Sunoo: Yaxshi. Bugun juda ko‘p ishlading. Dam olishni unutma.
Y/N telefonni qo‘liga mahkamroq ushladi.
Uning ichida uzoq vaqtdan beri aytilmay kelayotgan bir gap bor edi.
Men ham kimdir meni o‘ylashini xohlayman.
U bu gapni hech kimga aytmadi.
Faqat telefon ekraniga qarab, sekin javob yozdi.
Y/N: Siz ham dam oling. Ertaga maktabda ko‘rishamiz.
Sunoo: Albatta. Ertaga ko‘rishamiz, Y/N.
U telefonini stolga qo‘ydi. So‘ng daftarini ochib, bugungi kun haqida yozishni boshladi.
“Bugun Sunooning uyiga bordim. Biz loyiha ustida ishladik. U g‘alati yigit emas ekan. Aksincha, juda sokin. Ba’zan men aytmagan narsalarni ham sezadigandek.”
“Uning yonida hamma narsani tushuntirishim shart emasdek tuyuldi.”
U daftarni yopdi. Yuzida kichkina tabassum paydo bo‘ldi.
Sunoo uchun bugungi uchrashuv shunchaki birinchi loyiha kuni emasdi.
Bu u uzoq vaqtdan beri qayta ko‘rishni istagan qiz bilan nihoyat bir necha soat yonma-yon o‘tirib, uning ovozini eshitish, fikrlarini bilish va uning tabassumini ko‘rish imkoniyati edi. Bu Sunoo uchun aslida hayajonli necha oylardan beri u xohlaydigan qiz u bilab gaplashardi u bilab birga ishlardi
Lekin Sunoo o‘z hislarini oshkor qilishga shoshilmasdi. Chunki Y/Nning hayotida allaqachon yetarlicha bosim bor edi.
U yana bir bosim bo‘lishni istamasdi.
U Y/Nning hayotiga kirishni xohlardi. Ammo uning tinchligini buzib emas — unga tinchlik bera oladigan odam bo‘lib.
08:10 — “NEGA U SENGA BUNCHALIK E’TIBORLI?” 😈
Ertasi kuni maktabda Y/N sinfga kirishi bilan dugonasi uning oldiga yugurib keldi.
— Y/N! Menga bir narsani tushuntirib berishing kerak.
— Yana nima bo‘ldi?
Dugonasi uning partasiga o‘tirdi.
— Kecha Sunooning uyiga bordingmi?
— Sen qayerdan bilding?!
— O‘zim ko‘rdim. Kecha ko‘chada sizlarni ko‘rdim. U seni eshikkacha kuzatib qo‘ydi.
— Bu odobdan-ku!
— Men ham odobdan emas demadim!
— Sen bilan gaplashib bo‘lmaydi.
Dugonasi unga yaqinroq egildi.
— Lekin bir narsani ayt. U senga yoqadimi?
— NIMA?!
Y/Nning ovozi sinf bo‘ylab eshitildi. Bir nechta o‘quvchi ularga qaradi😂🙏🏻
— Pastroq gapir — dedi Y/N, yuzlari qizib. — Yo‘q u shunchaki jamoamdagi bola!
— Xo‘p, xo‘p! Men hech narsa demadim.
U biroz jim turdi. Keyin yana qo‘shimcha qildi:
— Lekin u seni boshqalardan boshqacharoq ko‘radi.
Y/Nning tabassumi sekin yo‘qoldi.
Dugonasi bu safar hazillashmadi.
— Chunki u odamlar gapirayotganda atrofga qarab o‘tirmaydi. Sen gapirsang, butun e’tiborini senga qaratadi. Kecha ham shunday edi.
Uning xayoliga Sunooning kechagi gapi keldi.
“Sen ham doim kuchli bo‘lishing shart emas.”
Nega u Y/Nning charchaganini boshqalardan oldin payqadi?
Nega Sunoo unga begona odamdek tuyulmayotgandi?
Shu payt sinf eshigi ochildi. Y/N beixtiyor o‘sha tomonga qaradi.
U sinfdagi bir nechta o‘quvchi bilan salomlashdi, keyin ko‘zlari Y/Nni topdi.
Uning lablarida kichkina tabassum paydo bo‘ldi.
— Xayrli tong, Y/N.
— Xayrli tong, — dedi Y/N, o‘zi ham sezmagan holda jilmayib.
Dugonasi esa Y/Nning yuziga tikilib qoldi.
— Hm.
— Nima yana?!
— Hech narsa.
U lablarini tishlab, kulgisini yashirdi.
— Hech narsa demayman. Hozircha.
Y/N uning yelkasiga yengil urdi.
Va sinfning narigi tomonida, daftarini ochayotgan Sunoo ularning kulgisini eshitib, beixtiyor jilmaydi.
U Y/Nning kulishini yaxshi ko‘rardi. Chunki bu tabassum uning yuzida doim ham bo‘lavermasdi.
Va Sunoo asta-sekin tushunib borardi:
U bu qizni shunchaki ko‘rishni emas...
Y/N o‘zini baxtli his qiladigan kunlarning bir qismiga aylanishni xohlardi.