October 27

YOU DESERVE TO BE HAPPY🤍

2-qism

05:47 AM — Y/N'NING XONASI.

Budilnik jiringlashidan oldin Y/N uyg‘ondi. Yana. Bu doimiy harakat edi aslida.

U bir necha soniya shiftga tikilib yotdi. Kechasi uxlayotganida ham miyasi tinchimagan, ertangi kun haqida o‘ylashdan to‘xtamagan edi.

Bugun maktabda muhim topshiriq topshirishi kerak. O‘qituvchisi kecha loyihani oxirigacha tugatishni tayinlagan.

Uyda esa hali qilinmagan ishlar bor. Bundan tashqari, kechagi voqea hamon xayolidan ketmayotgandi.

Onasining baqirishi.
Otasi bilan suhbati.

Va o‘z xonasida yolg‘iz qolganida yozgan so‘zlari.

<<Balki bir kun kelib kimdir meni ham tushunar>>

Y/N ko‘zlarini yumdi.

— Bugun bu haqda o‘ylamayman — deb pichirladi.

U o‘rnidan turdi, karavotini yig‘ishtirdi va stol ustidagi daftarlarini tartibga keltirdi. Ko‘zguga qarab, sochlarini taradi. Ko‘zlari biroz shishgan edi. U yuzini yuvib, odatdagidek yengil tabassum qilishga urindi.

Bir marta.

Ikki marta.

Uchinchi marta esa o‘z aksiga qarab, hafsalasi pir bo‘ldi.

— Qanday qilib kulishni ham unutib qo‘ydingmi?

Bu savolni o‘ziga berdi. Va biroz kulibsiradi. Keyin sumkasini oldi-da, xonadan chiqdi.

06:20 AM — OSHXONA.

Onasi nonushta tayyorlayotgan edi. Y/N oshxonaga kirishi bilan stol ustidagi idishlarni ko‘rdi. U kecha yuvilgan idishlarni joyiga qo‘yib, choy damlashga kirishdi.

Onasi unga qaradi.

— Kecha xonangni yig‘ishtirdingmi?
— Ha, oyi.
— Polni ham artdingmi?
— Ha.
— Ishonching komilmi? Kecha qarasam, burchakda chang bor edi.

Y/N choynakni stolga qo‘ydi.

— Kecha yana bir marta artdim.
— Unda bugun yaxshiroq qarab chiq.
— Xo‘p.

Onasi qizining yuziga diqqat bilan qaradi.

— Nega ranging o‘chib ketgan?

Y/N bir lahza hayron qoldi. Balki onasi uning charchaganini sezgandir. Balki bu safar undan nima bo‘lganini so‘rarmikan?

— Kecha yaxshi uxlay olmadim, oyi.
— Nima qilib uxlamading? Telefon o‘ynab o‘tirgandirsan-da.

Y/Nning umidi o‘sha zahoti so‘ndi. Yana boshlandi hammasi yana qayta boshlandi...

— Yo‘q, dars qilayotgandim.
— Har doim bir bahona. Kechasi bilan dars qilib, ertalab hammaga xira yuz bilan qaraysan. Shunaqa bo‘ladimi?
— Men hech kimga xira yuz bilan qaramadim.
— Yana boshladingmi?

Y/N jim qoldi.

Onasi nonni likopchaga qo‘ydi.

— Bugun maktabdan keyin to‘g‘ri uyga kel. Do‘konga borishing kerak. Keyin ovqat qilasan.
— Oyi, bugun loyihamni topshirishim kerak. Maktabdan keyin biroz qolishimiz mumkin.
— Unda tezroq kel.
— Lekin o‘qituvchimiz hamma guruh a'zolari qolishini aytdi.
— Y/N, men senga uyga kel dedimmi, yo‘qmi?

Qiz chuqur nafas oldi.

— Shunday dedingiz
— Unda tamom.

Y/N nonushta qilish uchun o‘tirdi. Ammo tomog‘idan hech narsa o‘tmayotgandi. U bir bo‘lak nonni uzib, sekin chaynadi.

Onasi esa telefonidan xabarlarni tekshirardi. Bir necha daqiqadan so‘ng Y/N sumkasini oldi.

— Men ketdim, oyi.
— To‘xta.

Y/N eshik oldida to‘xtadi.

— Ha?
— Bugun maktabdan kelganingda kirlarni ham yig‘ishtir. Kechagisi mashinada qolib ketdi.
— Xo‘p.
— Va menga qarab javob ber. Men bilan gaplashayotganingda doim boshqa tomonga qaraysan.

Y/N onasiga yuzlandi. Uning ko‘zlarida mingta aytilmagan gap bor edi.

Lekin lablaridan faqat bitta so‘z chiqdi.

— Xo‘p, oyi.

U eshikni yopdi. Bu safar zinadan tushayotib yig‘lamadi. Faqat ichida nimadir yana bir oz so‘ngandek bo‘ldi. Exx bunga o'rganib ketgan edi har kuni shu ahvol...

07:15 AM — KO‘CHA.

Havo sovuq edi.

Y/N qo‘llarini paltosining cho‘ntagiga tiqib, maktab tomon yurdi.

Yo‘lning narigi tomonida bir ota qizining sharfini to‘g‘rilab qo‘yayotgan edi.

— Sovqotib qolma, qizim.

Qiz kulib yubordi.

— Dada, men kichkina bola emasman-ku!
— Men uchun doim kichkina bolasan.

Ular birga kulishdi.

Y/Nning qadamlari sekinlashdi.

U ularga tikilib qolganini sezib, darhol nigohini olib qochdi.

Qanday oddiy gap.

Lekin nega men uchun bunday gaplarni eshitish shunchalik qiyin?

U telefonini chiqarib, quloqchinlarini taqdi. Musiqani balandlatdi. O‘zini boshqa narsalar bilan chalg‘itishga urindi.

Ammo ba'zi narsalarni qanchalik baland musiqa bilan berkitishga urinma, ular baribir ichingda qolaveradi. Xa shunday. Y/N yolida davon etdi.

08:05 AM — MAKTAB, SINF XONASI.

— Y/N! Nihoyat kelding!

Dugonasi uning oldiga yugurib keldi.

— Loyihang tayyormi?
— Ha, kecha oxirigacha tugatdim.
— Rostdanmi? Menga ham ko‘rsat!

Y/N daftarini ochib, unga uzatdi.Dugonasi varaqlarni ko‘zdan kechirdi.

— Voy, juda chiroyli qilibsan! Sen buni kecha qildingmi?
— Ha.
— Soat nechida uxlayapsan o‘zi?

Y/N kulimsiradi.

— Uxlayapmanda
— Y/N
— Nima?
— Rostini ayt. Yaxshimisan?

Qizning qo‘lidagi qalam to‘xtadi. Bu savolni u kecha ham ko‘rgandi.

Ammo o‘shanda dugonasiga hammasi yaxshi ekanini yozib yuborgandi.
Bugun esa kimdir uning yuziga qarab, yana so‘rayotgandi.

Y/N boshini ko‘tardi.

— Ha, yaxshiman.

Dugonasi unga shubha bilan qaradi.

— Ishonching komilmi?
— Albatta. Nega bunday so‘rayapsan?
— Bilmayman. So‘nggi paytlarda juda charchaganga o‘xshaysan. Oldin har xil narsalar haqida gaplasharding. Hozir esa doim shoshilib yurasan.

Y/N jilmayishga urindi.

— Shunchaki uyda ishlar ko‘p.
— Onang yana ko‘p ish buyuryaptimi?

Y/N'ning jilmayishi biroz o‘zgardi.

— Unchalik emas.
— Y/N, menga aytishing mumkin-ku.

Y/N unga qaradi. Aytishni xohladi. Hammasini. Onasining unga qanday gapirishini. Otasi bilan gaplashishga uringanida qanday qilib yana yolg‘iz qolganini.

Ba'zan uyga qaytishni istamasligini. Ba'zan esa hech kim uni izlamaydigan joyga ketib qolishni xohlashini.

Lekin u bularni qanday tushuntirardi? Uning dugonasi yomon inson emasdi.

Shunchaki Y/N o‘z dardini so‘zlarga aylantirishga odatlanmagandi.

— Hammasi yaxshi, — dedi u yana.

Dugonasi uning qo‘lini qisdi.

— Mayli. Lekin biror narsa bo‘lsa, menga ayt.

Y/N boshini qimirlatdi.

— Aytaman.

U bu safar yolg‘on gapirayotganini bilardi. Ammo hozircha boshqa javob topa olmasdi.

10:35 AM — SINF XONASI.

O‘qituvchi o‘quvchilarning loyihalarini tekshirayotgan edi.

Y/N o‘z ishini topshirib, joyiga qaytdi.

Uning qo‘llari biroz sovqotgan, ko‘zlari esa doskaga tikilgan edi.

— Y/N.

O‘qituvchining ovozini eshitib, darhol o‘rnidan turdi.

— Ha, ustoz?
— Loyihang yaxshi tayyorlangan. Lekin ayrim joylarini yaxshilashing mumkin. Keyingi safar mana shu qismga ko‘proq e'tibor ber.

O‘qituvchi unga daftarini ko‘rsatdi.

Y/N diqqat bilan tingladi.

— Tushundim, ustoz. Tuzataman.
— Yaxshi. O‘tirishing mumkin.

Y/N joyiga o‘tirdi.

U aslida maqtov kutmagandi.Shunchaki qilgan mehnati bekorga ketmaganini bilish unga ozgina yengillik berdi.

U daftarining chetiga kichkina yozuv yozdi. Hech bo‘lmasa, bu safar nimadir yaxshi chiqdi.

Keyin o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntira boshladi. Y/N esa yozib bordi.

Bir necha daqiqadan keyin ruchkasining siyohi tugadi. U sumkasini ochib, boshqasini qidirdi.

Topolmadi.

Dugonasidan so‘rash uchun unga egildi.

— Menga ruchka berib turasanmi?
— Mana.
— Rahmat.

Y/N ruchkani oldi. Dugonasi unga qarab jilmaydi.

— Bugun darsdan keyin birga ketamizmi?

Y/N birdan onasining ertalabgi gaplarini esladi.

<<Uyga to‘g‘ri kel!>>

— Bugun bo‘lmaydi.
— Yana uy ishlari?
— Ha.

Dugonasi ko‘zlarini aylantirdi.

— Sen bir marta ham o‘zing uchun yashamaysanmi?

Bu gap Y/Nning yuragiga tegdi.

U dugonasiga qaradi.

— Men ham shuni xohlayman.

Bu safar u beixtiyor ovoz chiqarib yubordi. Dugonasi jim qoldi.

Y/N esa tezda ko‘zlarini daftariga tikdi.

— Kechir. Men shunchaki charchadim.
— Hechqisi yo‘q.

Dugonasi uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Bugun bo‘lmasa, boshqa kuni. Maylimi?

Y/Nning ko‘zlari achishdi. Keyin boshini qimirlatdi.

— Mayli.

Ba'zan kichkina mehr ham odamning ko‘nglini buzib yuboradi. Chunki u o‘sha mehrga qanchalik muhtoj bo‘lganini birdan eslab qoladi.

12:20 PM — MAKTAB HOVLISI.

Tushlik vaqti edi.

O‘quvchilar hovlida guruh-guruh bo‘lib o‘tirishardi. Kimdir ovqatlanardi, kimdir suratga tushardi, kimdir kelajakdagi rejalari haqida gaplashardi.

Y/N esa daraxt yonidagi o‘rindiqda yolg‘iz o‘tirardi.

Telefoniga xabar keldi

~TIN-TIN~

Oyisi: Uyga kelishing bilan do‘konga bor. Mehmon kelishi mumkin. Stolni ham tayyorlab qo‘y.

Y/N xabarni o‘qib, ko‘zlarini yumdi. Bugun u maktabda qolib, loyihasining ayrim qismlarini tuzatmoqchi edi.
O‘qituvchisi ham shuni tavsiya qilgandi.

Ammo endi yana uyga shoshilishi kerak.

U javob yozdi.

Y/N: Oyi, bugun ustozimiz maktabda qolishimizni aytdi. Bir oz kechiksam bo‘ladimi?

Javob juda tez keldi.

Oyisi: Yo‘q. Men senga uyga kel dedim.

Y/N telefon ekraniga qarab qoldi. Barmoqlari klaviatura ustida turardi. U ko‘p narsani yozmoqchi bo‘ldi.

Oyi, men ham o‘qishim kerak.
Oyi, men ham charchayman.
Oyi, iltimos, bir marta meni eshiting.

Ammo oxirida faqat bitta so‘z yubordi.

Y/N: Xo‘p.

Telefonni o‘chirdi.

Atrofidagi shovqin uzoqlashgandek tuyuldi. Y/N boshini egib, qo‘llariga qaradi.

— Men nima noto‘g‘ri qilyapman? — deb pichirladi.

Bu savolga javob beradigan hech kim yo‘q edi. Faqat o'zi va yana o'zi yolg'iz...

02:10 PM — MAKTAB KUTUBXONASI.

Y/N darslardan keyin kutubxonada qolishga ruxsat so‘radi.

O‘qituvchisi uning loyihasini yaxshilash uchun yana biroz ishlashi kerakligini aytgandi. Ammo uyga ham kech qolishni istamasdi.

U tezda kerakli ma'lumotlarni ko‘chirib, loyihasining oxirgi qismini tahrirladi. Kutubxonada deyarli hech kim yo‘q edi.

Deraza yonidan quyosh nuri tushib turardi. Y/N kitobini yopib, stulga suyandi.

Atigi bir necha daqiqa. U shunchaki bir necha daqiqa hech narsa qilmasdan o‘tirishni xohladi.

Telefonini oldi. Ekranda oilaviy surat bor edi. Bu surat bir necha yil oldin olingan.

Unda Y/N ota-onasining o‘rtasida turib kulib turgandi. Otasi uning yelkasidan quchgan, onasi esa sochlarini to‘g‘rilab qo‘yayotgan edi.

Suratdagi Y/N juda baxtli ko‘rinardi. Hozirgi Y/N esa o‘sha qizga uzoq tikilib qoldi

— Sen qachon bunchalik charchab qolding? — o'ziga sekin pichirladi.

U barmog‘i bilan suratni kattalashtirdi.Onasining yuziga qaradi.Keyin otasining yuziga.

So‘ng o‘zining tabassumiga.

— Biz yana shunday bo‘la olamizmi? — deb so‘radi u suratdan.

Javob bo‘lmadi.

Albatta, javob bo‘lmasdi ham. Y/N telefonini stolga qo‘ydi.

U oilasini yomon ko‘rmasdi. Balki eng qiyin tomoni ham shu edi.

U onasining bir kun kelib uni tushunishini hamon xohlardi.

Otasi u bilan uzoq suhbatlashishini, uning muammolarini tinglashini hamon kutardi.

U ich-ichidan hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga ishonishni istardi. Lekin har kuni bir xil voqealar takrorlanaverganida, umid ham asta-sekin charchab qolarkan.

Y/N daftarini yopdi.Soatga qaradi.

— Ketishim kerak.

U narsalarini yig‘ishtirib, kutubxonadan chiqdi.

03:25 PM — UYGA QAYTISH YO‘LI.

Osmonni bulutlar qoplagan edi. Y/N tezroq yurishga harakat qildi.

Uning sumkasi og‘ir, oyoqlari esa charchagan edi. Yo‘l chetidagi kichkina do‘kon oldida to‘xtadi.

Onasi yozgan mahsulotlar ro‘yxatini ochdi.
Sut.
Non.
Tuxum.
Sabzavotlar.

Y/N cho‘ntagidagi pulni sanadi.

Yetardi.

U do‘konga kirib, kerakli narsalarni oldi. Kassada navbat kutayotganida, oldidagi kichkina bola onasidan muzqaymoq so‘radi.

— Oyi, iltimos!
— Hozir sovuq-ku, bolam. Keyin olib beraman.
— Lekin men xohlayman!

Ayol kulib, bolaning boshini siladi.

— Mayli, bugun bitta olamiz. Faqat keyin yig‘lamaysan.

Bolakay xursand bo‘lib ketdi.

Y/N ularga qarab, beixtiyor jilmaydi.

Keyin nigohini olib qochdi.

U ham ba'zan ota onasiga shunday erkalashni xohlardi.

Hech qanday sababsiz. Hech narsaga loyiq ekanini isbotlamasdan.

Shunchaki qizi bo‘lgani uchun.

Do‘kondan chiqqach, osmondan mayda yomg‘ir tomchilay boshladi.

Y/N sumkasini mahkam ushlab, uy tomon yugurdi.

04:05 PM — UY.

Y/N eshikni ochishi bilan onasining ovozini eshitdi.

— Qayerda qolding tezroq kelmaysanmi?!

Qiz oyoq kiyimini yechayotgan edi.

— Do‘konda navbat bor edi, oyi.
— Shuncha vaqt navbat kutdingmi? Boshqalar ham do‘konga boradi-ku!
— Kechirasiz.
— Narsalarni oshxonaga olib kir. Keyin stolni tayyorla.

Y/N sumkalarni ko‘tardi.

— Xo‘p.

U oshxonaga kirib, olgan narsalarni joylashtirdi.

Keyin stolni tayyorlashga kirishdi. Onasi uning ortidan yurib, har bir ishini tekshirardi.

— Likopchalarni tekisroq qo‘y.

Y/N ularni to‘g‘riladi.

— Stakanni u yerga qo‘yma.

Y/N stakanni boshqa joyga ko‘chirdi.

— Nega bunchalik sekin ishlaysan?

Y/N qo‘lidagi qoshiqni stolga qo‘ydi.

— Oyi, men tezroq qilishga harakat qilyapman.
— Harakat qilayotgan bo‘lsang, natijasi qani?

Y/N indamadi. Onasi stol ustidagi narsalarni ko‘zdan kechirdi.

— Mehmon kelsa, uyimizga qarab nima deb o‘ylaydi? Hech narsani chiroyli qila olmaysan.

Y/Nning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. U atrofga qaradi.

Stol toza.

Idishlar joyida.

Xona yig‘ishtirilgan.

Hatto gullar ham vaza ichiga joylashtirilgan edi.

Ammo onasi yana nimadandir norozi edi.

— Oyi…
— Nima?
— Siz meni hech qachon maqtamaysizmi?

Onasi to‘xtadi.

— Nima?

Y/Nning yuragi tez urardi.

U bu savolni berishga o‘zi ham qo‘rqayotgandi.

Lekin ichidagi gaplar shu qadar ko‘payib ketgandiki, endi ularni to‘xtata olmayotgandi.

— Men qilgan ishlarimni ko‘rsangiz, faqat xatolarimni aytasiz. Men yaxshi qilsam ham, yana yaxshiroq qilishim kerakligini aytasiz. Men harakat qilyapman-ku, oyi.

Onasi unga tikildi.

— Men seni maqtashim uchun nima qilishim kerak? Men sening onangman. Senga nima kerakligini bilaman.

Y/Nning ko‘zlari yoshlana boshladi.

— Yo‘q, bilmaysiz.

Bu gap og‘zidan chiqishi bilan u jim qoldi. Onasining yuzi o‘zgardi.

— Nima deding?

Y/N qo‘llarini bir-biriga qisdi.

— Siz menga nima kerakligini bilmaysiz. Men sizdan qimmatbaho narsa so‘ramayman. Men shunchaki…

U chuqur nafas oldi.

— Men shunchaki meni ham bir marta tushunishingizni xohlayman.

Onasi ovozini ko‘tardi.

— Men seni tushunmaymanmi?! Men sen uchun tun-u kun ishlayman! Sen uchun ovqat tayyorlayman! Kiyimlaringni yuvaman! Senga hamma narsani beraman!
— Bilaman!

Y/Nning ovozi titradi.

— Men bularni bilaman! Men siz qilayotgan ishlarni ko‘rmayotganim yo‘q! Men sizdan minnatdorman! Lekin men ham charchayman, oyi!

Ko‘z yoshlari yuzidan oqib tushdi.

— Men ham maktabda qiynalaman. Men ham ba'zan hech kim bilan gaplashgim kelmaydi. Men ham ba'zan uyga qaytishdan qo‘rqaman, chunki yana nimadir noto‘g‘ri qilgan bo‘laman deb o‘ylayman!

Onasi unga yaqinlashdi.

— Bas qil!
— Men har kuni o‘zimni yaxshi tutishga harakat qilaman! Siz jahlingiz chiqmasin deb gapirmayman! Dadam charchagan bo‘lsa, unga hech narsa demayman! Muammolarimni o‘zim hal qilaman! Lekin…

Y/N ovozini pasaytirdi.

— Lekin men ham kimningdir qizi bo‘lishni xohlayman, oyi.

Xonada sukunat cho‘kdi. Bu safar Y/N yig‘layotganini yashirmadi.

— Men ham ba'zan sizning oldingizga kelib, hammasini aytishni xohlayman. Siz meni tinglashingizni xohlayman. Menga darrov baqirmasdan, shunchaki yonimda o'tirishingizni xohlayman.

Onasining ko‘zlarida g‘azab paydo bo‘ldi.

— Men seni erkalatib yuborganman shekilli.

Y/N boshini chayqadi.

— Yo‘q, oyi…
— Yetar! Men sen bilan bunday gaplashib o‘tirmayman!
— Iltimos…
— Xonangga kir!

Y/N bir muddat joyidan qimirlamadi.

Keyin asta boshini egdi.

— Xo‘p.

U oshxonadan chiqib ketdi.

Bu safar ortidan baqirishmadi. Ammo bu sukunat ham unga taskin bermadi. Chunki u birinchi marta onasiga yuragidagi gaplarni aytishga jur'at topgandi. Va yana eshitilmagandi.

05:15 PM — Y/N'NING XONASI.

Y/N eshikni yopib, karavotiga o‘tirdi.

Uning ko‘zlari achishardi.

Qo‘llari titrardi.

U daftarlarini stolga qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo qo‘llari bo‘shashib, hammasi polga tushib ketdi.

Qog‘ozlar xonaning turli burchaklariga sochildi.

Y/N ularga qarab qoldi. Keyin kulib yubordi.

Bu quvonchdan chiqqan kulgi emasdi.

Bu shunchaki uning ichidagi og‘riq boshqa yo‘l bilan chiqolmay qolganida paydo bo‘lgan kulgi edi.

— Ajoyib, — deb pichirladi u. — Juda ajoyib.

U polga cho‘kib, qog‘ozlarni yig‘a boshladi. Bir varaqning chetiga kecha yozgan jumlasi tushirilgan edi.

<<Balki bir kun kelib kimdir meni ham tushunar>>

Y/N yozuvga qaradi. Keyin varaqni buklab, daftarining orasiga solib qo‘ydi.

U bu gapdan voz kechmoqchi emasdi. Hozircha ishonmasa ham, bir kun kelib hammasi o‘zgarishiga ozgina bo‘lsa-da umid qilardi.

Telefoniga dugonasidan xabar keldi.

Friend: Bugun yaxshimisan? Kecha ham juda charchaganga o‘xsharding.

Y/N ekranga tikildi.

U yaxshiman deb yozmoqchi bo‘ldi. Lekin bu safar barmoqlari to‘xtadi.

Bir necha daqiqa o‘ylab, boshqa javob yozdi.

Y/N: Bilmayman.

Xabar yuborildi.

Dugonasi darhol javob qaytardi.

Friend: Nima bo‘ldi?

Y/N ko‘zlarini yumdi.

Y/N: Hech narsa. Shunchaki hammasidan charchadim.

Bu xabarni yuborishning o‘zi unga juda qiyin bo‘ldi.

Dugonasi qo‘ng‘iroq qildi.

Y/N telefonni ko‘tardi.

— Allo?
— Y/N, nima bo‘ldi? Yig‘ladingmi?

Qiz lablarini bir-biriga bosdi.

— Yo‘q.
— Y/N.

Bu safar dugonasining ovozi juda yumshoq edi.

— Menga rostini ayt.

Y/Nning ko‘zlari yana yoshlana boshladi.

— Men shunchaki charchadim.
— Nimadan?

Qiz bir muddat javob bera olmadi. Keyin asta gapira boshladi.

— Hammasidan. Uyda ham, maktabda ham… Hamma mendan nimadir kutadi. Men esa hech kimni xafa qilmaslikka harakat qilaman. Lekin o‘zimni kimdir xafa qilsa, hech kimga aytolmayman.

Telefonning narigi tomonida dugonasi jim qoldi.

Y/N davom etdi:

— Men onamni yomon ko‘rmayman. Dadamni ham. Lekin ba'zan ular bilan gaplashishning o‘zi menga juda qiyin. Men nima desam ham, hammasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

U ovozini pasaytirdi.

— Men uyda ham o‘zimni yolg‘iz his qilaman.

Dugonasi chuqur nafas oldi.

— Y/N… Buni oldinroq aytishing kerak edi.
— Bilaman.
— Men hamma narsani hal qilib berolmayman. Lekin seni tinglay olaman.

Y/N ko‘zlarini yumdi. Bu gap juda oddiy edi.

"Men seni tinglay olaman"

Lekin u bunday gapni oxirgi marta qachon eshitganini eslay olmadi.

— Rahmat, — dedi u sekin.
— Ertaga maktabdan keyin birga yuramiz. Hech qayerga shoshilmaymiz. Maylimi?

Y/N birinchi marta chin dildan jilmaydi.

— Mayli.
— Va yana bir narsa.
— Nima?
— Sen hamma narsani yolg‘iz hal qilishing shart emas.

Y/N javob bermadi.

Chunki u bu gapga ishonishni xohlardi. Ammo buning qanday bo‘lishini bilmasdi.

06:40 PM — MEHMONXONA.

Y/N xonasidan chiqib, suv ichish uchun oshxonaga kirdi.

Otasi uyga qaytgan edi. U stol yonida o‘tirib, poyabzalini yechayotgandi.

Y/N unga bir qarab qo‘ydi.

— Dada, ishdan keldingizmi?
— Ha.
— Charchamadingizmi?

Otasi kulimsirashga urindi.

— Charchadim, qizim. Bugun ish juda ko‘p bo‘ldi.

Y/N boshini qimirlatdi. U otasining ham qiynalayotganini bilardi. U hammasini tushunishga harakat qilardi. Ammo o‘zining dardlari qayerga sig‘ishini bilmasdi.

Otasi unga qaradi.

— Bugun maktabing qanday o‘tdi?

Y/N hayratdan bir zum jim qoldi.

Otasi undan bu haqda anchadan beri so‘ramagandi.

— Yaxshi, dada.
— Loyihangni topshirdingmi?
— Ha.
— Yaxshi. O‘qishingga e'tibor ber. Kelajaging muhim.

Y/N sekin boshini qimirlatdi.

— Xo‘p.

U shu payt otasiga bugun onasi bilan bo‘lgan suhbatni aytmoqchi bo‘ldi. Ammo otasining charchagan yuziga qarab, yana fikridan qaytdi.

— Dada?
— Hm?
— Agar odam juda charchab ketsa, nima qilishi kerak?

Otasi unga qaradi.

— Dam olishi kerak.

Y/N beixtiyor jilmaydi.

— Agar dam olishga imkoniyati bo‘lmasa-chi?

Otasi bir oz o‘ylanib qoldi.

— Unda ishlarini tartibga solishi kerak. Hamma narsani birdaniga qilish shart emas.

Y/N bu gapni ichida takrorladi.

"Hamma narsani birdaniga qilish shart emas"

Balki bu to‘g‘ridir. Balki u ham ba'zi narsalarni keyinga qoldirishi mumkindir.

Lekin uyidagi muammolarni qanday qilib keyinga qoldirardi?

Onasining jahli chiqishini qanday to‘xtatardi?

Hech kim uni tinglamasa, dardlarini kimga aytardi?

— Rahmat, dada, — dedi u.

Otasi boshini qimirlatdi.

— Bor, dam ol.

Y/N xonasiga qaytdi. U otasining gaplari haqida o‘yladi.

Balki otasi unga yomonlikni ravo ko‘rmasdi. Balki u shunchaki qizining ichida nimalar bo‘layotganini tushunmasdi. Ammo tushunmaslik ham ba'zan insonni juda yolg‘iz qoldirardi.

08:30 PM — Y/N'NING XONASI.

Y/N darslarini tugatib, karavotiga yotdi. Bugun u hech bo‘lmaganda dugonasiga ichidagilarni ayta olgandi.

Bu kichkina narsa edi. Lekin uning uchun katta qadam edi.

U telefonidan sevimli qo‘shig‘ini qo‘ydi.

Derazadan tashqariga qaradi. Ko‘chadagi chiroqlar yonib turardi. U har doim tungi shaharni yaxshi ko‘rardi. Kechasi hamma narsa biroz tinchroq tuyulardi.

Hech kim undan darhol javob kutmasdi. Hech kim unga nima qilish kerakligini aytmasdi.

Shahar o‘z hayoti bilan yashardi.

Y/N esa derazaga peshonasini tirab, uzoqdagi chiroqlarga tikildi.

— Men ham bir kun baxtli bo‘lamanmi? — deb pichirladi.

Uning ovozini hech kim eshitmadi. Ammo u bu savolga javob izlashdan charchamagandi.

Telefoniga yana xabar keldi. Bu safar dugonasidan emasdi.

Onasi yozgandi.

Oyisi: Ertaga erta tur. Uyda qiladigan ishlaring bor.

Y/N xabarni o‘qib, telefonini stolga qo‘ydi. U endi javob yozishga ham kuch topolmadi.

Ko‘rpani ustiga tortib, ko‘zlarini yumdi.

Ertaga yana bir kun. Yana o‘sha uy. Yana o‘sha muammolar. Yana men.

U uxlab qolishidan oldin xayolida bitta jumla aylanardi. Qachondir kimdir meni ham tanlaydimi?

Hamma narsadan oldin. Boshqalarning kutishlaridan oldin. Uning xatolaridan oldin.

Shunchaki uni — Y/Nni.

11:16 PM — SHAHARNING BOSHQA TOMONI.

Shahar chiroqlari yomg‘irdan keyin yanada yorqin ko‘rinardi.

Yo‘laklarda odamlar kam qolgan, ko‘chalarda mashinalarning ovozi eshitilardi. Bir qora mashina yo‘l chetida to‘xtadi. Mashina ichida o‘tirgan yigit telefon ekraniga qaradi.

Uning yuziga ko‘cha chirog‘ining xira nuri tushib turardi.

Telefonida ochiq turgan suratga uzoq tikildi.

Surat biroz uzoqdan olingan edi.

Unda maktab formasi kiygan qiz kutubxona eshigidan chiqib kelayotgandi.

Y/N.

Yigitning nigohi suratdan uzilmadi. U bosh barmog‘i bilan ekranni kattalashtirdi.

Qizning yuzidagi charchoq, ko‘zlaridagi mung, lablaridagi majburiy tabassum…

U bularning barchasiga e'tibor bergandek edi.

— Demak, sen shunaqa yashayapsan…

Uning ovozi past, deyarli eshitilmas edi.

Yonidagi o‘rindiqda qora rangli papka turardi. Yigit papkani ochdi.

Ichida bir nechta qog‘oz bor edi.

Ammo kamera ularning mazmunini ko‘rsatmadi.

Yigit suratga yana bir marta qaradi.

Keyin telefon ekranini o‘chirdi.

— Qiziq…

U mashina oynasidan tashqariga qaradi. Uning yuzida yengil, tushunib bo‘lmaydigan tabassum paydo bo‘ldi.

— Sen meni hali tanimaysan, Y/N.

U mashina eshigini ochdi.

Sovuq shamol qora palto etagini hilpiratdi. Yigit telefonini cho‘ntagiga soldi-da, ko‘chaning narigi tomonidagi binoga qarab yurdi.

Bir necha qadamdan so‘ng to‘xtadi. Orqasiga o‘girilib, uzoqdagi maktab binosiga tikildi.

Keyin juda past ovozda gapirdi.

— Ammo men seni uchratishim kerak.

Uning kimligi noma'lum edi.

Y/N bilan qanday aloqasi borligi noma'lum edi. U nega uning suratiga qarab turgani ham noma'lum edi.

Faqat bitta narsa aniq edi.

Bu yigitning nigohida oddiy qiziqishdan ko‘ra chuqurroq nimadir bor edi.

U yana yurishda davom etdi.

Kamera uning yuzini oxirgi marta ko‘rsatdi.

Qora sochlar.

Sokin nigoh.

Kim Sunoo...

2-QISM TUGADI

Ff sizga yoqqan bo'lsa siz uchun hursandman😭