December 4, 2023

Xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulot ⠀

«ENTER STEEL» xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona bo‘lib, «Enter Engineering PTE. LTD.» kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi va qiyidagilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan:

• sanoat va ijtimoiy obyektlar uchun metal konstruktsiyalari;
• neft konlari va burg‘ulash uskunalari;
• yuk ko‘tarish quvvati 300 tonnagacha bo‘lgan ko‘prikli va portalli kranlar, sexlararo aravachalar;
• neft, gaz va kimyo sanoati uchun bosimli idishlar va apparatlar;
• eshiklar, yong‘inga qarshi shitlar, yong‘inga qarshi inventarlar, asboblar uchun shkaflar.

Konstruktorlik bo‘limlari zamonaviy dasturlar — «Compas 3D», «Solid Works» va «TEKLA Structures» bilan ta’minlangan.

Xom ashyoni qabul qilishdan tortib yuklab jo‘natishgacha bo‘lgan barcha texnologik ishlab chiqarish jarayonlari texnik nazorat bo‘limi nazorati ostida amalga oshiriladi. Omborga kelib tushgan metal vizual-o‘lchab olish tekshiruvidan o‘tishi va sifat sertifikati uchun tekshirilishi kerak.

Korxonada metalning mexanik xususiyatlarini aniqlash uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zavod akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Laboratoriya buzmaydigan tekshirish usullarini — ultratovush tekshiruvi, rentgen, magnit-kukunli va rangli nuqsonlarini aniqlashni amalga oshiradi.

Lak-bo‘yoq materiallarini (LBM) qo‘llash mijozning talablari va so‘rov varag‘i asosida amalga oshiriladi. Asosan, «Jotun» kompaniyasining LBM, qoplama qalinligi 250 – 300 mkm bo‘lgan «Tankguard» seriyasining epoksid smolalari asosidagi ikki komponentli bo‘yoq yordamida qurilmalarga qo‘llaniladi.⠀

«ENTER STEEL» o‘z sohasining ustalari tomonidan xalqaro va milliy standartlarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Hozirgi vaqtda zavodning ishlab chiqarish quvvati:

• qurilish metal konstruksiyalari, xizmat ko‘rsatish maydonlari, estakadalar — yiliga 25 ming tonna;
• sharli tegirmon — yilida 10 donani tashkil etadi.⠀

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning parametrlari: ⠀⠀
Yaxlit yasalgan idishlar korpuslari gardishlarining maksimal diametri 8000 mm gacha,
Uskunaning korpusi qalinligi — 120 mm gacha,
Yaxlit yasalgan uskunaning maksimal uzunligi — 20 000 mm gacha,
Yopiq ishlab chiqarish maydoni — 22 000 m2,
Xodimlar soni — 600 kishi.⠀