KATTA SALOHIYATLI LOYIHA
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida metal konstruksiyalar, quvur buyumlari, idish va apparatlar ishlab chiqaradigan «Enter Steel KARAKUL» mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi mashinasozlik zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda.
Yangi zavod ana shunday uchinchi korxona bo‘ladi. Toshkent viloyatida Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlarida Enter Steel mashinasozlik zavodlari, Chirchiq shahrida konstruktorlik byurosi faoliyat yuritmoqda.
— Mazkur loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston ichki bozori uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 1000 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi, — deydi xarajatlarni optimallashtirish va texnologiyalar bo‘yicha guruh rahbari (zavod qurilishi koordinatori) Denis Nikolaevich Parxomenko.
Zavod ishga tushirilgandan so‘ng havo sovutish moslamalari, adsorberlar, desorberlar, neft va gaz separatorlari, shuningdek, turli metal konstruksiyalar — quvurlar, bino va inshootlar uchun karkaslar, yuqori voltli elektr uzatish liniyalari tayanchlari, yoritish ustunlari, antenna ustunlari aloqa uskunalari, kimyo, neft, gazni qayta ishlash va metallurgiya sanoati uchun quvurlar agregatlari, sektor burmalari va turli jihozlarni ishlab chiqaradi.
Ayni paytda ishlab chiqarish korxonalari qurilishi davom etmoqda. Shuningdek, obyektlarda ma’muriy va maishiy binolar, yordamchi binolar barpo etiladi, sexlar ichida portal va ko‘prikli minora kranlari o‘rnatiladi, yirik gabaritli qurilmalarni yig‘ish uchun maydonlar, tayyor mahsulot va asbob-uskunalar uchun omborlar quriladi. Metal konstruksiyalarni ishlab chiqarish sexlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming tonna mahsulot, quvurlar — yiliga 120 ming tonna mahsulot, idishlar va bosimli qurilmalar — yiliga 300 donani tashkil qiladi.
Metalni kesish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun jahonning mashhur brendlari maxsus liniyalari va dastgohlari: Voortman (Gollandiya) — plazma kesar, arra; Akyapak (Turkiya) — buklama va payvandlash ustuni; Esab (Shvetsiya) — payvandlash uskunasi; Geka (Ispaniya) — gilyotin, press qaychi shuningdek, Xitoydan uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
ASME rang va rentgenografiya bo‘yicha o‘qitish
Kadrlar malakasini oshirish, ularni yangi malakalarga o‘rgatish metal konstruksiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha Enter Steel Yangiyo‘l mashinasozlik zavodining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish vositalaridan biridir.
Yaqinda 10 nafar markaziy zavod laboratoriya mutaxassislari ASME standartlari: radiografik nazorat (RT), kapillyar nazorat (PT) va vizual nazorat (VT) bo‘yicha o‘qitildi.
Ta’kidlash joizki, ASME bo‘yicha sertifikatsiya va ASME kodini qo‘yish imkoniyati ushbu mahsulot barcha zarur tekshiruv va sinovlardan o‘tganligini hamda xalqaro sifat standartlariga to‘liq mos kelishi va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida sotuvga ruxsat etilishi mumkinligini bildiradi.
15 kun davomida zavod xodimlari katta tajribaga ega va ASME, ISO, ASNT, SNT, TC va 1A dasturlari boʻyicha 3-darajali sertifikatlar egasi boʻlgan Enter Engineering kompaniyasining NDT (testing buzilmaydigan usuli) menejeri Girdxari Lal rahbarligida eng yangi materiallar va metodikalarni oʻrganishdi.
O‘quv jarayoni yakunida imtihon bo‘lib o‘tdi, uning natijalariga ko‘ra, Enter Steel xodimlari o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, buzilmaydigan sinovlar sohasida yangi kompetensiyalarni o‘zlashtirganlar. Ular yaqin kunlarda tegishli sertifikatlarni olishlari kutilmoqda.