July 24

Jasurbek Imomov: katta vazifalarni bajarmoqdamiz

Enter Steel Olmaliq mashinasozlik zavodida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulot sifatining yuqori standartlari ta’minlanadi. Bunga korxonadagi yuqori malakali mutaxassislarining fidokorona mehnati tufayli erishilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonidagi muhim tuzilma — bu tayyor mahsulot maydonidagi bo‘yoq sexi bo‘lib, uning faoliyatiga Jasurbek Imomov rahbarlik qilmoqda.

Jasurbek zavodda bir yildan beri ishlab chiqarish-texnik bo‘lim muhandisi bo‘lib ishlaydi. Biroz vaqt o‘tgach, uni yuqorida tilga olingan sexga katta usta lavozimiga o‘tkazishdi, keyin esa boshliq etib tayinlashdi. Ayni paytda uning rahbarligida 50 nafar xodim mehnat qilmoqda. Bular bo‘yoqchilar, kranchilar, qum quyuvchilar, turli ishlarni bajaruvchi ishchilar, smenadagi ustalar, markirovkachilar, shuningdek, tayyor mahsulotni hisobga olish va jo‘natish bilan shug‘ullanadigan dispetcherlardir. Bizning qahramonimiz qo‘l ostidagilarning faoliyatini tashkil etish, jamoa ichidagi vazifalarni taqsimlash, sifat nazorati va ish jadvallarini o‘z vaqtida bajarish bilan shug‘ullanadi.

— Tayyor mahsulotlarni bo‘yash bir necha bosqichda amalga oshiriladi, — deydi Jasurbek. — Har bir mahsulotning o‘ziga xos spetsifikatsiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi va ishlash shartlari belgilab qo‘yiladi, shunga ko‘ra bo‘yash turi ham belgilanadi. Odatda, sirtlarni oldindan chernovoy tayyorlashdan so‘ng, kerakli miqdordagi gruntovka qatlamlari qo‘llaniladi va quriganidan keyin bo‘yoq qilinadi. Bo‘yalgan sirtning chidamliligi bir qator omillarga, jumladan, qatlamlarning aniq qalinligiga, xatto mikrongacha amal qilish va ishlatiladigan materiallarning sifatiga bog‘liq. Biz GF-021, KZL har xil turdagi gruntovkalardan, shuningdek, AK-511, Jotamastik-87, emal PF-511 va boshqalardan foydalanamiz. Hozirda “Enter Steel Olmalyk” misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilishi loyihasi bo‘yicha buyurtmalarni bajarmoqdamiz. Bu sezilarli hajmdagi bo‘yalgan sirtga ega bo‘lgan katta konstruktsiyalar bo‘lib, bu jarayonning har bir ishtirokchisidan ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Shuningdek, qahramonimiz xodimlarning ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilishga e’tibor qaratadi.

— Biz odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan agressiv muhit bilan ishlaymiz, — dedi Jasurbek Imomov. — Shuning uchun har bir xodim himoya kiyimi va shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi muhim. Biz har kuni tegishli ko‘rsatmalar beramiz, odamlarga ongli munosabat va mas’uliyatni singdiramiz.

Jasurbek Imomov va uning jamoasi oldida hali zabt etishi kerak bo‘lgan ko‘plab ishlab chiqarish cho‘qqilari turibdi. Ularga ishda yangi muvaffaqiyatlar va ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz!