Uskunalar Navoiyga yetkazildi
Navoiy viloyatidagi Uchqun (Oqtov) konidan olinadigan yoqilg‘i slanetslarni qayta ishlash majmuasi quri lishi boʼyicha loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent viloyati Yangiyoʼl shahridagi Enter Steel zavodida boʼlajak majmua uchun texnologik uskunalarning tarkibiy qismlari ishlab chiqarilmoqda.
— Korxonamiz sexlarida reaktor uchun ikkita yon tomon seksiyalar tayyorlandi, — deydi Enter Steel bosh texnologi Murod Erniyazov. — Bu katta oʻlchamli uskuna boʻlib, har bir seksiyaning diametri olti metrdan ortiq, reaktor uchun ham muvozanatlashtiruvchi, ham tayanch boʻlib xizmat qiluvchi roliklarni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan.
Zavodda yon tomon seksiyalari so‘ngi tamomlash ishlarini olib borish kerak bo‘lgan aylanma dastgohidagi yakuniy ishga tushirish ishlari yakunlamaganligi sababli ular oldindan kelishilgan holda «GIDRO STANKO SERVIS» MChJ ishlab chiqarish bazasida ishlarni yakunlash uchun Navoiy shahriga yuborilgan.
Bunday og‘ir va katta o‘lchamli, har bir yon tomon seksiyasining og‘irligi 40 tonnaga yaqin keladigan bu yukni etkazib berish maxsus logistika operatsiyasini ishlab chiqishni talab qildi. Avtomobil trassasining o‘ziga xosligi — kengligi, yo‘l qoplamasi, ko‘priklar va yo‘nalishlar inobatga olingan holda 450 kilometr uzunlikdagi marshrut hisoblab chiqildi va tasdiqlandi hamda yuk ko‘tarish quvvati 100 tonna bo‘lgan tirkama va eskort transport vositalaridan iborat karvon tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, Navoiy viloyatidagi 2 km uzunlikdagi uchastkada avtomobillar karvoni to‘siqsiz o‘tishi uchun avtomobil yo‘lidagi harakat deyarli ikki soat davomida butunlay to‘sib qo‘yilishi kerak edi.
Natijada logistika operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi va yon tomon seksiyalari belgilangan manzilga yetkazildi. Ularni mexanik ishlov berish tugaganidan so‘ng, uskuna keyingi montaj uchun qayta ishlash majmuasiga yuboriladi.