Biz har doim mijozlarimizga sifatni kafolatlaymiz
ENTER STEEL 2020-yil oxirida foydalanishga topshirildi. Ya’ni, kompaniya bozorda taxminan bir yarim yildan beri mavjud. Bu har qanday yaxshi natijalarga erishish uchun juda qisqa vaqtdek tuyuladi. Biroq, bugungi kunda u shunday qisqa vaqt ichida yirik kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasiga ega ekanligidan haqli ravishda faxrlanishi mumkin.
Enter Steel’ning raqobatbardosh afzalliklaridan biri — bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati va mahsuldorligi, nisbatan qisqa vaqt ichida sezilarli hajmdagi ishlarni bajara olishi. Kompaniya har bir mijozini qadrlaydi, shuning uchun mahsulotning eng yuqori sifatini va barcha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.⠀
Enter Steel mijozlari: Enter Engineering qurilish kompaniyasi, Jizzax Organic qishloq xo‘jaligi klasteri, tog‘-chang‘i komplekslari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi Doppelmayr kompaniyasi. Shu tariqa zavod Amirsoy tog‘ kurortining kanat yo‘lagi parkovkasi uchun metall konstruksiyalarni ishlab chiqargan.
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi davrida kompaniya Tojikistondagi ixtisoslashtirilgan shifoxonalardan biri uchun metall konstruksiyalarni ishlab chiqargan (eksport shartnomasi emas). Samarqand shahridagi xalqaro aeroport va Samarqand turistik markazi (STM) kabi loyihalar ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Ayni paytda Enter Engineering kompaniyasi bilan Boysun gazni qayta ishlash zavodi (BGQIZ) uchun 18 ming tonna metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yirik shartnoma imzolangan.
Ta’kidlash joizki, Enter Steel o‘z faoliyati avvalida metall konstruktsiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa, keyinchalik bosimli idishlar va apparatlar, ko‘prikli va portalli kranlarni ishlab chiqarishni ham o‘zlashtirdi. Masalan, «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK (sobiq nomi — Jizzax Petroleum) uchun hajmi 25 dan 100 kub metrgacha bo‘lgan 21 ta shunday idish va 100 kgs/sm2 yuqori bosimli separatorlar ishlab chiqarildi (G‘arbiy Orol loyihasi).
Kompaniyaning o‘ziga xos g‘ururi — bu metal prokatini qayta ishlash bo‘yicha ko‘p funktsiyali liniya va Voortman (Niderlandiya) tomonidan ishlab chiqarilgan listlarni termik kesish moslamasi. Ushbu avtomatlashtirilgan liniya inson omili tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xatolikni butunlay istisno qiladi. U yiliga 10 ming tonna metall konstruksiyalarni qayta ishlash quvvatiga ega.