December 15, 2023

ENTER STEEL 4 YILLIGINI TANTANALI RAVISHDA NISHONLADI

«Enter Steel» MChJ toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsion mashinasozlik zavodida tashkil etilganining 4 yilligi tantanali ruhda nishonlandi.

Bosh direktor Kanat Tekenov va ma’muriy direktor Davron Kabirov zavod foyesiga yig‘ilgan bo‘lim, sex va bo‘linmalar vakillari oldida so‘zga chiqib, zavod nisbatan qisqa vaqt ichida qudratli sanoat korxonasiga, O‘zbekistonda mashinasozlik sohasida yetakchilardan biriga aylanganini ta’kidladilar. Shuningdek, yillar davomida yuqori professional mutaxassislardan, o‘z ishining chinakam ustalaridan iborat ahil jamoaga aylangan butun jamoaning fidokorona mehnatisiz bunday natijaga erishib bo‘lmasligi ham alohida ta’kidlandi.

Bayramning rasmiy qismi zavodning eng faol xodimlarini esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlash bilan yakunlandi. Jarayon she’riy shakldagi o‘ziga xos shaxsiy tabriklar bilan kechdi va bu marosimga o‘zgacha muhit bag‘ishladi.

— Bugungi tadbir xodimlar uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi, — deydi metall konstruksiyalar bo‘yicha bosh konstruktor Venera Badrutdinova o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib. — Mehnatning munosib baholanishi ishingizga bor kuch va mehringizni bag‘ishlashingiz uchun rag‘batdir. Shunday muhim kunda mukofot olganimdan juda xursandman va ishontirib aytmoqchimanki, bundan keyin ham zavodimiz rivojiga hissa qo‘shishga harakat qilaman.

Aytish joizki, ish jarayoni bir daqiqa ham to‘xtab qolmadi va ko‘plab xodimlar mukofotni olgach, o‘z ish joylariga shoshilishdi. Ular orasida ishlab chiqarish boshlig‘i Mirhayot Almatov ham bor edi.
— Men bu yerda uch yildan beri ishlayapman, — dedi u, — ko‘z o‘ngimda korxona o‘sib, kengayib, kudratli va mustahkam holga keldi. Bugungi kunda katta, inoq jamoamiz mahsulotlarimiz yuqori sifat standartlariga javob berishi va doimo iste’molchilar tomonidan talabga ega bo‘lishi uchun barcha kuchlarini sarflamoqda. Fursatdan foydalanib, hamkasblarimga mustahkam salomatlik, ishlarida omad va barcha ezgu niyatlarni tilayman!

Tadbir barcha xodimlar uchun bayramona tushlik bilan yakunlandi.