December 5, 2023

SIFAT ISHONCHLI NAZORAT OSTIDA

ENTER STEEL MARKAZIY ZAVOD LABORATORIYA XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA SIFAT NAZORATI

Bugungi kunda O‘zbekistonda minglab ijtimoiy, infratuzilmaviy va ishlab chiqarish obyektlari barpo etilmoqda. Ushbu inshootlarning mustahkamligi va xavfsizligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilishda ishlatiladigan metal konstruktsiyalarning sifatiga bog‘liq.

Enter Steel metal konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik zavodida 2020-yilda хорижий инвестиция иштирокидаги «Enter Steel» MChJ ochilishi bilan bir vaqtda tashkil etilgan Markaziy zavod laboratoriyasi (MZL) mavjud.

Laboratoriya asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalaridan biri bo‘lib, mahsulot sifatini oshirishda u ham muhim rol o‘ynaydi. O‘lchov va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar to‘plami mavjud. Masalan, fizik-mexanik sinovlar «Ibertest» (Ispaniya) laboratoriya uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisining yuqori aniqlikdagi asboblari yordamida amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda laboratoriya quyidagi usullardan foydalangan holda asosiy metal va payvandlangan birikmalarni buzmaydigan va buzuvchi sinov turlarini amalga oshiradi:

·       vizual va o‘lchov ishlaridan foydalangan holda nazorat qilish;

·       ultratovushli qurilmalar yordamida nuqsonlarni aniqlash;

·       qalinlikni o‘lchash, metalning qattiqligini o‘lchash;

·       magnit-kukunli usul;

·       singib ketuvchi elementlardan (rang, kapillyardan) foydalanish yordamida;

·       metalning spektral tahlili;

·       metalning mexanik sinovlari (yirtish, egish va zarbaviy qayishqoqlik);

·       lak-bo‘yoq qoplamalarining qalinligini o‘lchash va adgeziyasi.

Sinov natijalariga ko‘ra protokollar chiqariladi, ular qayd etiladi va muhrlanadi. Sifat menejmenti sohasidagi asosiy hujjat ISO 9001:2000 «Sifatni boshqarish tizimlari. Talablar» xalqaro standarti hisoblanadi. Ayni paytda laboratoriya xodimlari MZL boshlig‘i Javlon Mirhamidov boshchiligida laboratoriyani akkreditatsiya qilish uchun ariza topshirdilar, uni olish laboratoriyaning sinovlar, o‘lchovlar yoki tadqiqotlar sohasidagi buyurtmachilar talablarini qondirish bo‘yicha texnik vakolatlarini rasman tan olinganligini anglatadi.