Zavod ishchilarining salomatligi birinchi o‘rinda turadi
Navbatdagi qahramonimiz “Enter Steel Olmaliq” mashinasozlik zavodida mehnat qilayotgan Zuxriddin Shodiyev. Ikki yildan buyon u korxonada feldsher bo‘lib, mehnatkashlar salomatligini muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
— O‘zim ham shu yerlikman, Olmaliq shahrida tug‘ilib o‘sganman, — deydi Zuxriddin o‘zi haqida. — Tibbiyot kollejini tamomlab, bir muddat tez tibbiy yordam feldsheri bo‘lib ishladim. Enter Steelga 2022-yilning yozida keldim va o‘shandan beri zavod ishchilarining salomatligi yo‘lida ishlayapman. Hozirda katta feldsherman, martaba zinapoyasida ko‘tarildim deyishim mumkin.
Feldsherning asosiy vazifalariga xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, kerak bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatish, zavod oshxonasining tozaligi va tartibini nazorat qilish kiradi. Bu vazifalarni u o‘zining feldsher hamkasblari — Jengiz Temirqulov, Ibrohim Yo‘ldoshev va Nuriddin Madaliyevlar bilan birga bajarmoqda. Tibbiyot xodimlari jamoasi ahil, yigitlar o‘z faoliyati davomida bir-birlariga yordam berishga va qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishadi. O‘zaro yordam va jamoadagi ijobiy muhit tufayli har qanday murakkablikdagi muammolarni samarali hal qilish mumkin. Zuxriddin o‘z hamkasblarini chinakam professionallar deb biladi, shuning uchun ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan xotirjam. Bundan tashqari, ularning har biri “tez yordam”da o‘n yilga yaqin ishlagan.
— Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman, hamma narsaga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qilaman, chunki inson salomatligi — eng muhim masala, — deydi Zuxriddin.
Qahramonimiz aytganidek, turmush o‘rtog‘i Dono Shodiyeva ham oilaviy poliklinikada laborant bo‘lib ishlaydi. Bugun u farzandlari tarbiyasi bilan band. Oilada uch nafar farzand bo‘lib, katta qizi Ruxshona umumta’lim maktabining beshinchi sinfida o‘qiydi, o‘rtanchasi Ifora bog‘chaga boradi, kenjatoy Muhammadumar esa onasi bilan uyda.
Fursatdan foydalanib, Zuxriddin Shodiyevga ishlariga ulkan zafarlar, oilasiga esa baxt tilab qolamiz!