TRANSPORT ISHONCHLI QO‘LLARDA
Har qanday yirik korxonaning faoliyati ko‘p jihatdan uning transport infratuzilmasi qanday ishlashiga bog‘liq. Enter Steel mashinasozlik zavodida avtotransport harakatlarini taqsimlash bilan tajribali mutaxassis, dispetcher Solijon Abdurahmonov shug‘ullanadi.
— Solijon Abdurashidovich, funksional vazifalaringiz haqida gapirib bersangiz.
— Bu, birinchi navbatda, zavodda mavjud avtotransport vositalarining uzluksiz va samarali ishlashini taʼminlashdir. Avtoparkimizda hozirda yengil avtomobillar va yuk mashinalari mavjud. Men har kuni mashinalar chiqishi uchun zayavka va putyovkalarni to‘ldiraman, harakatlar yo‘nalishlarini nazorat qilaman va hokazo. Bir misol keltiraman: korxonada Toshkent viloyatining turli hududlarida yashovchi ko‘plab xodimlar ishlaydi. Ular har kuni avtobusda, belgilangan jadval asosida ish joyiga yetkaziladi, haydovchilar odamlar ishga o‘z vaqtida, kechikmasdan yetib kelishi va ish smenasidan so‘ng uylariga eson-omon qaytishlari uchun ularga qat’iy rioya qilishlari kerak. Bundan tashqari, biz har kuni tayyor mahsulot yuklangan avtomobillarni chiqaramiz va zavodga yetkazib berilgan yuklarni qabul qilamiz. Va, albatta, hujjatli hisobotni yuritaman.
Enter Steel — yosh korxona va hozirda doimiy rivojlanish pallasida. Jumladan, kelgusidagi loyihalardan biri transport uchastkasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘ladi — maxsus avtoturargohlar, ustaxonalar va xodimlarning dam olish xonalari jihozlanadi.
— Enter Steelda qachondan beri ishlaysiz?
— Mashinasozlik zavodida 2021 yildan, deyarli u tashkil topganidan beri ishlayman. Bu hamma narsa zamonaviy tendentsiyalar va talablar asosida tashkil etilgan ajoyib korxona. Qolaversa, u uyimga yaqin, o‘zim ham Yangiyo‘lda yashayman. Ilgari deyarli o‘n yil Enter Engineering tizimida mehnat qilganman. Umuman olganda, men Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlaganimdan beri turli tashkilotlarda, jumladan davlat organlarida ham ishlaganman.
— Oilangiz haqida gapirib bersangiz.
— Eng yaqin insonim — turmush o‘rtog‘im, ko‘p yillardan beri birgamiz. Uch farzand — ikki qiz, bir o‘g‘limizni voyaga yetkazib, katta hayotga yo‘naltirdik. O‘z navbatida, ular bizni sakkiz nafar nabira bilan hursand qilishdi. Bolalar bilan muloqot mening qalbimga quvonch baxsh etadi, ular chinakam baxt hissini berishadi!
Suhbat so‘ngida Solijon Abdurashidovichga mustahkam sog‘lik, faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!