January 6

Zavoddagi sulola

Bugungi kunda odamlar bir joydan ikkinchi joyga, bir mamlakatdan boshqasiga qiziqarli ish qidirib ko‘chib o‘tgan, ba’zan esa o‘zi uchun yangi yurtda ildiz otib ketgan insonlarni kam uchratamiz. Enter Steel zavodida chet el fuqarolari ham ishlaydi. Lekin eng ajablanarlisi shundaki, bu yerda Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan mutaxassislarning haqiqiy oilaviy sulolasi mehnat qiladi. Bu Kirlar oilasi — ota Axmet ​​va uning o‘g‘illari Murat va Osman Burak. Keling, ular bilan yaqinroq tanishaylik.

Oila boshlig‘i Axmet Kir bosimli idishlar va apparatlar ishlab chiqarish sexi boshlig‘i bo‘lib ishlaydi. U zavodga ishga kelgan oilaning birinchi a’zosi bo‘ldi. Bu 2021-yilda sodir bo‘lgan. Axmet ​​Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya va Saudiya Arabistonidagi shu kabi korxonalarda 30 yillik tajribaga ega tajribali mutaxassis.

— Bosimli idishlar va apparatlarni ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bo‘lib, bunda yuqori malakali kadrlar, ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar, yuqori sifatli xomashyoning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Bunday ajoyib korxona rivojida ishtirok etayotganimdan xursandman. O‘g‘illarimning men bilan yelkama-yelka mehnat qilayotganidan yanada faxrlanaman. Men ularning kasbiy o‘sishini kuzataman, so‘zda ham, amalda ham ularga yordam beraman, — dedi Axmet ​​Kir.

Katta o‘g‘li Murat Enter Steel’dagi ushbu oilaning ikkinchi vakili bo‘ldi, u otasidan keyin bir necha oy o‘tgach — 2022-yil boshida bu yerga keldi. Bugungi kunda u mexaniklashtirilgan payvandlash texnologiyalari — avtomatik yoki yarim avtomatik turdagi statsionar va mobil qurilmalardan foydalangan holda metall buyumlarni payvandlash jarayonlari bilan shug‘ullanadi.

— Biz kelajakda agressiv muhit va yuqori bosim ta’sirida og‘ir sharoitlarda ishlatiladigan idishlarni ishlab chiqaramiz, — deydi Murat Kir o‘z ishi haqida. — Bu payvand choklarining sifati bo‘yicha alohida mas’uliyatni yuklaydi. Shuning uchun biz ularning har birini alohida ehtiyotkorlik bilan payvandlaymiz, har bir uchastkani to‘liq nazorat qilamiz. Ishlab chiqarish yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng zamonaviy texnologiyalari va sarf materiallari bilan jihozlangani hursand qiladi. Bu esa xodimlarimizning mahorati va hamjihatligi bilan birgalikda eng yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Umuman olganda, men bu yerda ishlaydigan insonlar haqida alohida iliq so‘zlarni aytmoqchiman. Men bu yerda bo‘lgan vaqtim davomida eng murakkab vazifalarni bajara oladigan ajoyib jamoa shakllandi.

Kundalik ishning shovqin-suronida Murat o‘zining sevimli mashg‘ulotlari — sport va tabiat qo‘ynidagi sayohatlar uchun vaqt topadi, u yerda chodir tikib, ish kunlaridagi stress va shovqindan davo topadi.

Kir oilasining eng yosh vakili Osman Burak metallni tayyorlash va qayta ishlash sexida dasturiy raqamli boshqaruv dastgohi operatori bo‘lib ishlaydi. U turli qismlar va yig‘malarni ishlab chiqarishga mas’uldir.

Aka-uka o‘z sohalarida maksimal muvaffaqiyatga erishishni va Enter Steel’ning rivojlanishiga hissa qo‘shishni, shuningdek, hali ham talaba bo‘lgan ukalariga o‘rnak bo‘lishni rejalashtirgan.

Aytish joizki, O‘zbekistonda Kirlar oilasi to‘liq tarkibda yashaydi — oila boshlig‘ining rafiqasi uy bekasi, honadonni obod qilish bilan shug‘ullanadi, ikkita kichik o‘g‘il va bir qizi mahalliy ta’lim muassasalarida tahsil oladi.

Bu katta va ahil oilada o‘zining chuqur an’analari mavjud va ular har kuni halol mehnat bilan rivojlanib bormoqda!