«Iste'dodlar kamalagi» tanlov natijalari sarhisob qilindi
23-may kuni «Humo Arena» KFMM matbuot markazida o‘tkazilgan «Iste'dodlar kamalagi» an’anaviy bolalar ijodiyoti tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tgan bahor kunlaridagi eng yorqin voqealardan biri bo‘ldi.
Enter Engineering kompaniyalar guruhi xodimlarining farzandlari bo‘lmish yosh iste’dod sohiblari o‘rtasidagi ijodiy tanlov to‘rtinchi bor o‘tkazilib, rekord darajadagi ishtirokchilarni jalb qildi. Tanlovga 184 nafar o‘g‘il-qiz o‘z arizalarini taqdim etdi. Enter Steel mutaxassislari oilalari vakili bo‘lgan yosh iste’dod sohiblari ham chetda qolishmadi. Bu yil opa-singillar Elvina (11 yosh) va Ediye Ibragimovlar (5 yosh) ishtiror etishdi.
— «Iste’dodlar kamalak»ida uchinchi bor ishtirok etyapman, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Enter Steel kompaniyasi xodimi Zarema Ibragimovaning qizi Elvina Ibragimova. — Besh yoshli singlim Ediye esa ilk bor tanlovga qalamda chizgan rasmini taqdim etdi. Tanlovga «O‘zbekiston» nomli she’rni tayyorladim, onam uni kameraga yozib, jo‘natishga yordam berdilar. Bizni taqdirlash marosimiga taklif qilishganida va tantanali ravishda ishtirok etganimiz uchun sovg‘alar taqdim etilganida juda xursand bo‘ldik, bu o‘quv yilining oxiridagi haqiqiy bayram bo‘ldi!
Qayd etish joizki, bu yil barcha ishtirokchilar uchta yosh toifasiga bo‘lindi: 3–5 yosh, 6–8 yosh va 9–13 yosh. Dastlab hakamlar hay’ati a’zolari har bir nominatsiya bo‘yicha 15 ta eng yaxshi ishlarni tanlab oldilar, so‘ngra ular ochiq ovoz berish uchun qo‘yildi. Eng yaxshi raqqosalar, xonandalar, deklamatorlar va rassomlarni aniqlash oson bo‘lmadi, chunki har bir ish yorqin, rang-barang, bolalarcha sodda, ammo juda samimiy edi.
Tanlov tashkilotchilari bo‘lmish Enter Engineering kompaniyalar guruhining PR departamenti, EE kasaba uyushma qo‘mitasi va UzLITI Engineering kompaniyasi barcha ishtirokchilar uchun esdalik sovg‘alari, g‘olib va sovrindorlar uchun esa qimmatbaho sovg‘alar — planshetlar, smartfonlar va qo‘l soatlarini tayyorladilar.
O‘g‘il-qizlarning porloq ko‘zlari, quvonchli tabassumlari va sovg‘alar olishdagi samimiy quvonchlari ota-onalar uchun bu kunda eng yaxshi mukofotga aylandi. Ushbu tadbir kompaniyalar guruhi xodimlarining oila a’zolarini birlashtirib, ko‘plab ijobiy taassurotlar qoldirdi.
Tanlovning barcha ishtirokchilarini chin yurakdan tabriklaymiz, faolligingiz uchun rahmat va kelgusi yilda yangi ijodiy ishlarni kutamiz! «Iste’dodlar kamalagi» yosh yulduzchalar hayotini yorqin ranglar va ilhom bilan yoritishda davom etaversin.
P. S. Taqdirlash marosimidagi barcha fotosuratlarni havola orqali ko'rish va yuklab olish mumkin