YANGI ISHLAB CHIQARISH — QUYMACHILIK SEXI ISHGA TUSHDI
Olmaliq shahridagi “Enter Steel” mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengaytirilishi borasida davomli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerda quyma sexi ishga tushirildi, uning asosiy vazifasi Enter Engineering kompaniyalar guruhi loyihalariga quyma materiallar yetkazib berishdan iboratdir.
U asosan quyma mahsulotlarni ishlab chiqaradi, bugungi kunda ularga bo‘lgan talab yiliga 2800 tonnani tashkil etadi. Jumladan, sexda konus maydalagichlar bronlari, jag‘ maydalagich plitalari (futerovkalar), ekskavator va yuk ko‘targichlar uchun kovsh koronkalari, maxsus texnika va uskunalar uchun quyma qismlar, shuningdek, rangli qotishmalardan mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Kunu-tun ishlaydigan quyma sexining quvvati yiliga 3 500 tonna quyma, maksimal og‘irligi esa 2,5 tonnani tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida po'lat, zanglamaydigan, issiqqa chidamli, cho'yan, rangli va boshqa turdagi qotishmalar eritiladi. Asosiy va qoʻshimcha uskuna sifatida elektr yoy (DSP-1.5) va induksion (IPP-1.0) poʻlat erituvchi pechlardan foydalaniladi. Yangi sexning ishga tushirilishining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlash joiz. Bu yerda 120 yangi ish o‘rni yaratildi, jumladan, muhandis-texnik xodimlar, elektromexaniklar, elektr pechka po‘lat quyuvchilari, payvandchilar, issiqlik bilan ishlov berish bo‘yicha mutaxassislar, laborantlar va boshqalar.
Quyma sexi ishga tushirilgan birinchi kundan boshlab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat mezonlariga rioya etilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda laboratoriya tashkil etilgan bo‘lib, unda zamonaviy uskunalar – optik emissiya spektrometri, namunalarni kesish va maydalash dastgohlari o‘rnatilgan. Barcha mahsulotlar birlashtiruvchi materiallarga ishlov berish, gaz o'tkazuvchanligi va qoliplash aralashmalarining mustahkamligini o'lchash va boshqalar uchun asboblar yordamida sinovdan o'tkaziladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, yangi quyish sexining to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga chiqarilishi xaridorgir sifatli mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish, logistika jarayonlarini soddalashtirish va daromadni oshirish imkonini beradi.