Ko‘p narsa kadrchilarning professionalligiga bog‘liq
Enter Steel mashinasozlik zavodida yuqori malakali kadrlarni tanlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu masalani hal qilishga korxonaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Azamat Rahimov mas’ul.
— Besh nafar mutaxassis faoliyat yuritadigan kadrlar bo‘limining vazifalari qatoriga korxonaning ishchilarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, xodimlarni ishga qabul qilish, ularni egallab turgan lavozimidan bo‘shatish, mehnatkashlarning ish va dam olish vaqlarini hamda kadrlar bilan bog‘liq barcha masalalarni nazorat qilish kiradi, — deydi Azamat Rahimov. — Ishimizni yuqori darajada va sifatli bajarishga intilamiz. Zero, intizom va tartib bor joyda yanada rivojlanish uchun imkoniyat bo‘ladi.
Faoliyati davomida katta ish tajribasiga ega kadrlar bo‘limi xizmatchisi Azamat Maxmudjanovich o‘zi uchun sohadagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olgan. U o‘zining kasbiy yo‘li boshlanishini eslab, bugungi kunda Enter Engineering kompaniyasi HR-departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgan ustozi Timur Xodjaniyozovning munosib rolini qayd etdi. Aynan undan o‘sha paytdagi hali tajribaga ega bo‘lmagan kadrlar bo‘limi xodimi qimmatli ish tajribasini oldi va kasb asoslarini o‘rgandi.
— Kundalik faoliyatni tashkil etishda biz mehnat qonunchiligiga qat’iy rioya qilishga tayanamiz, shu bilan birga HR yo‘nalishidagi barcha yangi tendentsiyalarni kuzatib borishga intilamiz, — deya davom etadi Azamat Rahimov. — Bu kadrlar bo‘limi xodimlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab qiyinchiliklarning oldini olishga yordam beradi. Nomzodni o‘rganayotganda, uning xarakteri va xatti-harakatlarini ham tahlil qilishimiz kerak. Inson o‘z ishining mohir ustasi bo‘lishi mumkin, lekin uning shaxsiy fazilatlari brigada yoki bo‘lim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buning aksi ham sodir bo‘ladi: hamma ham o‘zini ishdagi bor mahoratini darhol ko‘rsata olmaydi, lekin amalda u keyinchalik zo‘r ishchi va yaxshi hamkasbga aylanadi. Bu erda bizga ko‘pincha tajriba va kuzatuvchanligimiz qo’l keladi.
Korxonaning kadrlar zaxirasi haqida gapirar ekan, Azamat Maxmudjanovich hozirgi kunda korxonada mehnat qilayotgan xodimlar soni 900 nafardan 1000 nafarga ko‘payganini, har bir qabul qilingan joyga 3-4 nafar nomzod ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Shuningdez, suhbatdoshimiz kadrlar zaxirasi HR-kompaniyalari bilan hamkorlikda turli elektron resurslarda mutaxassislar haqida ma’lumot to‘plash va yaratish orqali shakllantirilishini aytdi.
Pirovardida Azamat Rahimov oilasi haqida bir necha so‘z aytsak. U turmush o‘rtog‘i Adolat bilan 26 yildan buyon ahil-inoq yashab, uch o‘g‘ilni voyaga yetkazdi. Kattasi Rahimbek bank sohasida ishlaydi, ikkinchi o‘g‘li Hakimbek 3-kursda o‘qiydi, u ingliz tilini o‘rganmoqda, kenjasi Alisherbek maktabning sakkizinchi sinfida o‘qiydi va futbolga qiziqadi. Yaqinda oilada quvonchli voqea bo‘ldi: katta o‘g‘ilni uylantirishdi.
Biz esa yoshlarga baxt, Azamat Rahimovning oilasiga farovonlik tilab qolamiz!