METAL BO‘YSUNDIRILADIGAN ZAVOD
Enter Steel zavodining Olmaliq shahridagi filiali OKMK negizida qurilayotgan uchinchi misni boyitish zavodi (3-MBF) qurilishi loyihasini zarur metal konstruksiyalar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
«Enter Steel Almalyk» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i, yosh, ammo anchagina tajribaga ega mutaxassis Nigina Umarova zavoddagi bugungi ishlar haqida gapirib berdi:
Bugungi kunda korxonada 3-MBF uchun metal mahsulotlar ishlab chiqarish sexi ishlab turibdi. Shu bilan bir qatorda yirik gabaritli, masalan, rudani maydalash uchun tegirmon uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan konstruksiyalar yig‘iladigan ikkinchi sexni qurish ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlari yakunlanib, barcha zarur jihozlar o‘rnatilgach, zavod 100 ming tonna metal konstruksiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu 3-MBF ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi, logistika jarayonlarini soddalashtirish va nostandart o‘lchamdagi mahsulotlarni qurilish maydonchalariga etkazib berish imkonini beradi. Xodimlarning umumiy soni 1250 kishini tashkil qiladi.
Sex Voortman kompaniyasining (Niderlandiya) to‘liq robotlashtirilgan (split) liniyalari bilan jihozlangan bo‘lib, 3 ta tasmali arra va 2 ta plazma kesish dastgohi va 2 ta parmalash qurilmasi figurali kesish, boltlar, yoriqlar, tishlar, faskalar uchun teshiklar qilish, payvandlash va belgi qo‘yish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. Ular zagotovkalarga to‘rt tomondan bitta o‘tishda ajoyib tezlik va aniqlik bilan ishlov beradi. Shuningdek, metal bilan ishlashda list bukuvchi va tokarlik dastgohlari, shuningdek, metalni kesish uchun gilyotin ishlatiladi.
Ko‘pchiligining yuk ko‘tarish quvvati 32 tonna bo‘lgan 15 ta ko‘prikli kranning o‘rnatilishi sexlar ishini optimallashtirish hamda ishlov beriladigan qismlar va tayyor metal konstruksiyalarning harakatini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish har bir mutaxassisning mas’uliyatli mehnati, payvandchi, yig‘uvchi, operatorlar malakasini muntazam oshirib borishi bilan ta’minlanadi. Har bir bosqichda sifat nazorati bo‘yicha mutaxassislar zarur sifat nazoratini amalga oshiradilar. Korxona ishiga ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishning eng yangi usullarini joriy etish butun ish tsiklini — tayyorlashdan tortib, minimal xarajatlar bilan yakuniy mahsulotni chiqarishgacha bo‘lgan davrni samarali tashkil etish imkonini berdi.