Asosiy maqsad - har bir xodimning xavfsizligi
Zamonaviy korxona faoliyatining asosiy mezonlaridan biri baxtsiz hodisalarsiz va xavfsiz muhitni yaratish, xavfsizlikning barcha talablarini biladigan, tushunadigan va ularga rioya qiladigan xodimlarni tarbiyalashdir. Yangiyo‘l shahridagi Enter Steel zavodi yuqoridagi shartlarga va mehnatni muhofaza qilish sohasida belgilangan barcha talablarga to‘liq javob beradi.
Zavodda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha barcha ishlarni tashkil etish uchun MMQvaTX boshqarmasi boshlig‘i Ibroimjon Tulaganovich Fazilov mas’uldir.
«Enter Steelda mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlik ishlarini tashkil etish — bu yaxlit chora-tadbirlar tizimi bo‘lib, uning maqsadi va vazifalari ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashdir. Biz o‘z faoliyatimizda mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar va qonun hujjatlariga, shuningdek, korxonamizning barcha mas’ul mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikka tayanamiz. Shu bilan birga, men odamlar bilan muloqot qilishni, ular ongiga belgilangan me’yor va qoidalarga rioya qilish muhimligini yetkazishni birinchi o‘ringa qo‘yaman», — dedi Ibroimjon Fazilov.
Bizning qahramonimiz korxona faoliyatining dastlabki kunlaridanoq ishlab chiqarishda va u qanday tashkil etilganligini hamda xodimlarning sog‘lig‘iga qanday xavflar bo‘lishini biladi. Ibroimjon To‘laganovichga tajribasidan ma’lumki, jarohatlanishning asosiy omili odamlar oddiy qoidalarni buzgan va natijada baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan mashhur «inson omili» hisoblanadi.
«Hamkasbim, mutaxassis Farrux Xayriddinov bilan birgalikda har kuni zavod hududi, sexlar bo‘ylab yurib chiqamiz. Murakkabligi yuqori bo‘lgan joylarga alohida e’tibor qaratgan holda tekshiruvlar o‘tkazamiz, mahalliy rahbarlar, ustalar va brigadirlar bilan suhbatlashamiz, ularga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, ish joyida tartibni saqlash zarurligini eslatib turamiz. Maxsus treninglar, nazariy mashg‘ulotlar ham katta yordam bermoqda, ular davomida mas’ul mutaxassislarga belgilangan talablarning ahamiyatini tushuntirib, normativ-huquqiy baza bilan tanishtiramiz», — dedi Ibroimjon To‘laganovich.
Zavodda yangi ish smenasi boshlanadi, ya’ni qahramonimiz o‘zining qiyin, ammo ma’suliyatli va muhim ishini bajarish uchun yana hududga boradi. Unga omad va yaxshi kayfiyat tilab qolamiz.