December 15, 2023

MZL: BU YERDA SIFAT TEKSHIRILADI

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati bugungi kunda «ENTER STEEL» MChJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsion mashinasozlik zavodining tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Bu nafaqat iste’molchilar tomonidan qadrlanadi, balki ASME, ISO, IQNet xalqaro sertifikatlari bilan ham tasdiqlangan.

Ishlab chiqarilayotgan uskunalar sifatini nazorat qilish jarayonida korxona ochilganidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Markaziy zavod laboratoriyasi (MZL) xodimlarining hissasi katta. Uning faoliyatiga yuqori malakali mutaxassis Javlon Mirhamidov doimiy ravishda rahbarlik qiladi. Uning qo‘l ostida defektektoskopchilar Asan Seitasanov, Aleksandr Chernishev, Ayder Seytbekirov, Halil Osmonov, shuningdek, laborant Zarema Ibragimova faoliyat yuritmoqda.
MZL fizik-mexanik sinovlarni o‘tkazish uchun jahonga mashhur Ibertest (Ispaniya) ishlab chiqaruvchisining zamonaviy yuqori aniqlikdagi uskunalari bilan jihozlangan, buzilmaydigan sinov uchun «AKS» MChJ kompaniyasidan Master A1212 defektoskoplari va Olympus firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Omniscan X3 defektoskoplari mavjud.

— Laboratoriya xodimlarining asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilishdan iborat, — deydi Javlon Mirhamidov. — Shu maqsadda asosiy metall va payvandlangan bo‘g‘inlarni buziladigan va buzilmaydigan sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi bir qator tartib va usullar qo‘llaniladi. Bularga vizual-o‘lchov ishlaridan foydalangan holda tekshirish, ultratovushli qurilmalar va TOFD usuli yordamida defektlarni aniqlash kiradi. Shuningdek, qalinlik o‘lchagich yordamida metallning qattiqligini aniqlanadi. Buzuvchi usullar bilan laboratoriya xodimlari mexanik sinovlarni, xususan, egilish, tortishish, zarba kuchi, qattiqlik sinovi va spektrometriyani amalga oshiradilar.
Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha zarur protseduralar amalga oshirilgandan so‘ng, ro‘yxatga olingan va muhrlangan bayonnomalar chiqariladi. 2023-yil boshidan buyon ultratovush tekshiruvi o‘tkazilganligi bo‘yicha «Yaroqli» degan xulosa bilan 1700 ta protokol ro‘yxatga olingan.

— MZL’ning barcha xodimlarida buzilmaydigan sinov o‘tkazish uchun ikkinchi darajali sertifikat va guvohnomalar mavjud, — deya qo‘shimcha qildi Javlon Mirhamidov. — Shuningdek, yaqinda bugungi kunda Oʻzbekistonda yagona hisoblangan OmNISCAN X3 eng soʻnggi uskunasidan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilganini ham taʼkidlab o‘tmoqchiman.