«ENTER STEEL ALMALYK» MChJ: YANGI SEX QURILMOQDА.
Enter Steel kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha faol ishlar davom ettirmoqda.
Jumladan, «Enter Steel Almalyk» MChJ filialida OTMK negizida 3-misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilishi loyihasini amalga oshirish jarayonida ikkinchi sexni qurish ishlari ham olib borilmoqda, unda yirik gabaritli konstruksiyalar, xususan, rudani maydalash uchun tegirmon uskunalari mahsulotlari yig‘iladi. Uning ishga tushirilishi zavodga rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvatiga — tog‘-kon sanoati uchun bir necha ming tonna metall konstruksiyalar va mahsulotlar ishlab chiqarishga (yiliga 4 dona sharli tegirmongacha) erishish imkonini beradi.
Sex jahonga mashhur Metso Outotec va Thyssen Krupp ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilingan zamonaviy liniyalar, shuningdek, hozircha yurtimizda analogi yo‘q bo‘lgan, yuk ko‘tarish quvvati 150 tonnaga teng ikkita ko‘prikli kran (Enter Steel’ning o‘z ishlab chiqarishi) bilan jihozlanadi. Bu esa eng yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Korxona xodimlarining umumiy soni 1000 dan ortiq kishini tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Natijada, zavod 3-MBF qurilish ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.
Aleksey Mikov, statik uskunalar guruhining mutaxassisi va Enter Engineering mashinasozlik direksiyasidan sex qurilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs shunday dedi:
— Sharli tegirmon sexining asosiy binosining maydoni, yondosh binilarni hisobga olmaganda, 8730 m2ni tashkil qiladi. Ayni paytda binoning poydevorini quyish ishlari bajarildi: kotlovan qazildi, rostverkalar va gidroizolyatsiyali monolit temir-beton tsokol yotqizildi, ustunlar uchun shisha tipidagi poydevor yaratildi, tuproq va zichlangan qum bilan qayta to‘ldirildi. Hozirda tayanch ustunlar, beton to‘siqlar, qoralama pollar va texnologik jihozlar uchun murakkab shaklli poydevorlarni quyish ishlari olib borilmoqda.