March 29

BIZ XODIMLAR UCHUN QULAYLIK YARATAMIZ

Yangiyo‘l shahridagi Enter Steel mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish imkoniyatlarini kundan-kunga kengaytirib, iste’molchilarga turli mahsulotlar yetkazib bermoqda. Bu esa korxona jamoasining xorijiy mamlakatlardan kelgan yangi mutaxassislar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilmoqda. Bunday xodimlarga vaxtada yashash imkoniyati yaratiladi.

— Zavodda uchta vaxta shaharchasi mavjud, — deydi Enter Steelning vaqtinchalik bino va inshootlar (VBvaI) komendanti Qambar Qurbonov. — Hozirda ularda 1300 nafarga yaqin xodim yashaydi. Ularning 500 nafari Hindiston va Bangladeshdan kelgan mutaxassislar, 190 nafarga yaqini Qozog‘iston fuqarolaridir. Ayni paytda respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelgan mahalliy mutaxassislarimiz ham shu yerda yashaydi.

Qambar Baxtiyorovich 24 soat davomida vaxta shaharchasida bo‘lib, tartibni saqlaydi, deyarli kechayu kunduz navbatchilik qiladi. Uning asosiy vazifasi vaxta shaharchasi aholisi uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni tashkil etishdan iborat. Komendant tarkibida santexnik, bog‘bon, yordamchi ishchilar va farroshlardan iborat o‘z jamoasi bilan birgalikda hudud va ichki inshootlarda tozalik va tartibni saqlash masalalarini nazorat qiladi.

— Biz kunu tun ishlaymiz, chunki yangi kelganlar turli vaqtlarda kelishadi, — deya davom etdi Qambar Baxtiyorovich. — Joyni tanlagandan so‘ng, kelganlar choyshab va shaxsiy gigiyena buyumlarini oladilar, agar qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, biz ularni tezda hal qilishga harakat qilamiz. Shuningdek, biz tartib va ​​tozalikni saqlash bilan bog‘liq vazifalarga ham e’tibor qaratamiz. O‘z navbatida, biz barcha zarur tadbirlarni bajaramiz va yashovchilardan tartib-qoidalarga rioya qilishni talab qilamiz. Kundalik nam tozalash va gigiena vositalari bilan muntazam ravishda ta’minlab borish qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Choyshab va kiyimlarni o‘z vaqtida yuvish uchun bizda kir yuvish mashinalari o‘rnatilgan. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va barcha hisobdor mulklarni yaxshi holatda saqlash masalasi doimiy nazorat ostida.

Qambar Qurbonov va uning jamoasiga omad hamda oson bo‘lmagan vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatlar tilaymiz!