YANGI DEFEKTOSKOP OLIB KELINDI
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eng yuqori sifat standartlariga muvofiqligiga erishish Enter Steel mashinasozlik zavodi jamoasining ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda korxonada mutaxassislarga zarur tadqiqotlarni yuqori aniqlik bilan olib borish imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan laboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yaqinda OmniScan X3 nomli yangi fazalangan reshyotka asosidagi defektoskop ishga tushirildi va uning ishi laboratoriya xodimlari tomonidan yuqori baholandi, ular asbobdan foydalanish osonligi, uning ishonchliligi va ko‘rsatkichlarining aniqligini ta’kidladilar.
— Yangi defaktoskop payvandlangan choklar, quvurlar, korroziyaga chidamli qotishmalarni diagnostika qilish kabi keng ko‘lamli foydalanish spektriga ega, — deydi Markaziy zavod laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi Aleksandr Chernishev. — Uskunaning imkoniyatlari tufayli biz korroziyani aniq monitoringini, yuqori haroratli vodorod yorilishi nazoratini amalga oshirayapmiz va natijada olingan yuqori aniqlikdagi tasvirlar eng kichik nuqsonlarni ham aniqlash imkonini bermoqda. Bundan tashqari, akustik ta’sir o‘tkazash xaritasi (AIM) TFM sezgirligini vizualizatsiya qilish va uni to‘rtta rejimda mos ravishda sozlash imkonini beradi, bu esa nuqsonlarni o‘lchash va baholashni osonlashtiradi.
Mutaxassis qurilmadan foydalanish osonligini ham ta’kidladi, bu esa uni hatto tayyorgarlik ko‘rmagan mutaxassislar tomonidan ham qo‘llash imkonini beradi.
— Bu juda koʻp funksiya va optsiyalarga ega boʻlgan defektoskoplarning yangi avlodi, — deydi laborant Zarema Ibragimov. — Omniscan X3 GPS moduliga va Wi-Fi simsiz tarmog‘i orqali ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega. Zarbaga chidamli korpus namlik va changdan himoyalangan. Eng muhimi, ta’sirchan vizualizatsiya bo‘lgani uchun deyarli bir zumda nuqsonlarni topish imkoni mavjud. Endi biz ehtimoliy nuqsonlarning mavjudligi to‘g‘risida maksimal darajadagi aniq ma’lumotlarni olishimiz va skanerlash natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshiruv joyidan hamkasblarimizga operativ ravishda yuborishimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, defektoskopning ustunliklari va afzalliklari tadqiqot samaradorligini oshirishga, ish vaqtini sezilarli darajada tejashga va eng muhimi, mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi!