December 3, 2023

Eng yirik mashinasozlik zavodlaridan biri

Bugungi kunda O‘zbekistonda minglab ijtimoiy, infratuzilmaviy va sanoat obyektlari barpo etilmoqda. Ushbu inshootlarning mustahkamligi va xavfsizligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilishda ishlatiladigan metall konstruktsiyalarning sifatiga bog‘liq.

2019-yil iyul oyida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida Enter Steel mashinasozlik zavodi qurilishi boshlandi. Ayni kunga qadar qurilishning birinchi bosqichi yakunlanib, korxonada metall konstruksiyalar ishlab chiqarilmoqda. Zavod mahsulotlaridan Samarkand City, Samarqand shahridagi xalqaro aeroportning yangi terminali kabi keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda.

Enter Steel’ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 18 000 tonna qurilish metall konstruksiyalarini tashkil etadi. Obyektda 63 nafar quruvchi, 225 nafar zavod ishchilari, 61 nafar ofis xodimi ishlaydi, ular orasida Rossiya, Ukraina va Turkiyadan mutaxassislar ham bor.

Zavodda metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan bir qatorda mashinasozlik sohasi uchun kranlar, rezervuarlar, konteynerlar, yuqori bosimli idishlar va boshqa jihozlar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlash uskunalarini ta’mirlash uchastkalarida elektr dvigatellar, qilflash-sozlash armaturasi va boshqa mexanizmlarni restavratsiya qilish amalga oshiriladi. Enter Steel kompaniyasi mamlakatdagi issiq tsinklash texnologiyasidan foydalanadigan birinchi zavodlardandir.

Zavod o‘z faoliyatida Yevropa va Amerikaning Voortman, SHEFFER (Germaniya), WEST TECH (AQSh), Pilling (Germaniya), ANI METALL (Turkiya) kabi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi uskunalaridan foydalanadi.