JURNALISTLAR UCHUN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Bugungi kunda O‘zbekistonda sanoat tarmog‘i jadal rivojlanmoqda – yangi korxonalar barpo etilib, tobora ko‘payib borayotgan mahsulot turlarini mahalliylashtirish tashkil etilmoqda, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. “Enter Engineering” kompaniyalar guruhi mintaqadagi eng yirik va jadal rivojlanayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib, bu jarayonda faol ishtirok etmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida televideniye, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida joylashgan “Enter Steel and Enter SOLAR Green Energy” mashinasozlik zavodiga press-tur tashkil etildi.
Kelgan jurnalistlarga metall konstruksiyalar, ko‘prikli va portalli kranlar, bosimli idishlar va apparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va yiliga 25 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bolgan Enter Steel nisbatan qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi eng yirik korxonaga aylangani haqida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan birga, zavod salohiyati jadal oshib bormoqda – Olmaliq shahrida “Enter Steel Olmaliq” filiali, Buxoro viloyatida “Enter Steel Qorako‘l” korxonasi qurilmoqda, Chirchiq shahrida esa mahsulotlarni yaratish boyicha o‘zining konstruktorlik byurosi shug‘ullanib kelmoqda.
Mehmonlar zavod sexlarini kezib, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgandi, ishchi-xodimlar bilan yaqindan tanishdi, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Suhbatlarning asosiy mavzusi faoliyatning ilk kunlaridanoq eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlarni yaratish yo‘lidan o‘tilganligi, bugungi kunda bu ASME, ISO, IQNet xalqaro sertifikatlari bilan tasdiqlanganligiga bagishlandi. Ommaviy axborot vositalari vakillari buni Markaziy zavod laboratoriyasida ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi, u erda ularga Ibertest (Ispaniya) fizik va mexanik sinovlari uchun yuqori aniqlikda uskunalar, shuningdek, metallning yorilishi uchun haqiqiy sinov namoyish etildi.
Joriy yilda qurilib, foydalanishga topshirish bosqichida turgan “Enter SOLAR Green Energy” zavodini yangiyo‘lliklarning alohida faxri deyish mumkin. Mazkur zamonaviy ishlab chiqarish obyekti Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi, unda 25 yilgacha ishlash kafolati boʻlgan quyosh panellarini ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion texnologiyalar joriy etilib, ular qurilayotgan fotoelektr stansiyalari (FES) uchun foydalaniladi. Matbuot vakillari sanoat yetakchilaridan biri Ecoprogetti (Italiya) tomonidan montaj qilingan avtomatlashtirilgan liniyani ko‘zdan kechirdi.
Xulosa o‘rnida, Enter Steel va Enter SOLAR Green Energy korxonalarining yuqori ijtimoiy ahamiyati haqida ta'kidlab o‘tish joizdir. Bugunga qadar bu yerda mingga yaqin ish o'rinlari yaratilgan va bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi!