VOORTMAN LINIYASI: MEHNAT XARAJATLARINI KAMAYTIRISH VA UNUMDORLIKNI OSHIRISH
Voortman Steel Machinery raqamli dasturiy boshqaruv (RDB) dastgohlarini, shuningdek, metallga ishlov berish va po‘lat ishlab chiqarish uchun yechimlarni loyihalash va ishlab chiqishda tan olingan lider hisoblanadi. Enter Steel mas’uliyati cheklangan jamiyati XKda o‘rnatilgan ko‘p funksiyali Voortman liniyasi tufayli mehnat sarfi allaqachon kamaymoqda va mehnat unumdorligi ortib bormoqda. U uchta: maydalab-irg‘itib tozalash, burg‘ulash va arralash uskunalaridan iborat.
Voortman VSB seriyali maydalab-irg‘itib tozalash uskunasi. U metall plitalar va profillarni tozalash uchun yuqori sifatli komponentlar yordamida ishlab chiqilgan. Oldindan o‘rnatilgan ishlov berish dasturlari va avtomatik funktsiyalar qurilmani o‘rganish va boshqarishni osonlashtiradi. Ixcham konstruktsiya funksionallik va sifatga putur etkazmasdan, egallanadigan maydonni kamaytish imkonini beradi.
Uning asosiy maqsadi unumdorlikni oshirish va mehnat xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Bunga turbinalarni joylashtirish, tozalash uchun ish qismlari va profillar guruhini shakllantirish, cho‘tkaning balandligini sozlash, ishlab chiqarish liniyasi bo‘ylab keyingi harakatlanish uchun tayyor mahsulotlarni tushirish kabi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali erishiladi. Avtomatlashtirilgan yuklash va tushirish operatorning minimal aralashuvi yoki nazoratini talab qiladi. Bu eng avtomatlashtirilgan maydalab-irg‘itib tozalash uskunalaridan biridir.
Maydalab-irg‘itib ishlov berish — bo‘yash yoki payvandlashdan oldin po‘lat profillar va listlarning sirtini tozalash jarayoni. Maydalab-irg‘itish qurilmasi po‘lat yuzasidan metall oksidi, zaki va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlashga imkon beradi, bu esa gruntovka yoki bo‘yoqning ishonchli agdeziyasini (bir-biriga o‘xshamaydigan jismlarning sirtlarini yopishishini) ta’minlaydi. Bularning barchasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Prokatni qo‘lda tozalash juda ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir.
VOORTMAN V630 burg‘ulash uskunasi
Stanokda uchta mustaqil burg‘ulash shpindellari mavjud. U bir vaqtning o‘zida profilning polka va devorini qayta ishlay oladi, bu esa mehnat va operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Uch shpindelning har biri o‘zining avtomatik asbob almashtirgichi bilan jihozlangan, ularning har biri 5 ta pozitsiyaga ega, bu avtomatik ishlov berish imkoniyatlarini va keng ko‘lamli operatsiyalarni oshiradi. Maxsus dasturiy ta’minot asboblarni o‘zgartirish va saralash operatsiyalari ketma-ketligini optimallashtiradi, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. V630 qurilmasi kombinatsiyalangan arralash va burg‘ulash liniyasi yoki katta avtomatlashtirilgan profilni qayta ishlash liniyasi uchun ideal tanlovdir.
Voortman VB seriyali arralash moslamasi
RDB qurilmasi to‘g‘ri kesish bilan bir qatorda burchakli kesishni ham amalga oshiradi. Har bir stanok mustahkamlangan ramaga asoslangan va eng yangi servo uzatmalar va shar-vintli bug‘ shpindellar bilan jihozlangan. Bunday qurilmalar maksimal mahsuldorlikka erishish uchun optimal tezlik va sifatda kesish imkonini beradi.
VB seriyali lentali kesish stanoklari maksimal barqarorlik uchun payvandlangan qo‘llab-quvvatlash ramasiga ega. Bu arra har doim kerakli kuchlanishga ega bo‘lishini va mo‘ljallangan kesish chizig‘idan chetga chiqmasligini ta’minlaydi. Ya’ni, mustahkam rama tufayli, yaxshi kesish natijalari uchun materialga yuqori bosim ta’minlanadi.
Stanok konstruktsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli lenta tasmalarining xizmat qilish muddati oshadi. Maxsus cho‘tka tasma tishlaridan strujkalarni olib tashlaydi, bu esa eng yaxshi ishlash uchun maksimal kesish tezligini ta’minlaydi.
Burchak ostida kesish uchun dasturlashtiriladigan aylanish bu qurilmaning muhim afzalligi hisoblanadi. Kesish burchagini tanlagandan so‘ng, tasma har qanday burchakka qadamsiz aylanadi. Arralash paytida eng kichik chekinishlarning ham oldini olish uchun aniq o‘rnatiladi va qotiriladi. VB seriyali 45/60 yoki -60/45 gradusdan diapazonda burchak ostida kesish imkonini beradi.