YANGI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARILA BOSHLANDI
Enter Steel mashinasozlik zavodida yangi turdagi mahsulot — payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarish tashkil etildi. Bu Enter Engineering kompaniyalar guruhlari tomonidan qo‘yilgan talab yuqori bo‘lgan sarf materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha navbatdagi qadam bo‘ldi.
— Ushbu ishlab chiqarishni tashkil etish davr talabidir, — deydi sex ustasi Azizbek Gaipov. — Kompaniyalar guruhlari loyihalarida har kuni ommaviy payvandlash ishlarini olib borishda ko‘p miqdorda elektrodlar sarflanadi. Ularning katta qismi import qilinadi va ularni sotib olish uchun katta moliyaviy resurslar sarflanadi. Enter Steelda elektrodlar ishlab chiqarish nafaqat mablag‘ni tejaydi, balki butun assortimentga bo‘lgan talabni qoplaydi va logistikani soddalashtiradi. Ishlab chiqarish endigina boshlangan, biroq mahsulotimiz sifati bo‘yicha xorijiy namunalardan qolishmaydi va raqobatbardosh bo‘lishiga ishonch bor.
O‘rnatilgan ishlab chiqarish liniyasi to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, u kukunni qo‘llash, presslash, tashish, elektrod uchini shlifovka qilish, gravirovkalash, quritish va qadoqlash kabi funktsiyalarni bajaradi. Buyurtmachilarning ehtiyojlariga qarab har xil turdagi elektrodlarni ishlab chiqarishi mumkin.
— 2,6, 3,2, 4, 5 va 6 o‘lchamdagi E 6013 va E 7018 elektrod modellarining 2 xil eruvchan turini ishlab chiqaramiz, — deya davom etdi Azizbek G‘aipov. — Liniya quvvati sutkasiga 1,5–2 tonna. Ishlab chiqarishda operatorlar, qadoqlovchilar va aralashtirish kotyoli ishchilari ishtirok etadi.
So‘ngida zavod xodimlariga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!