MAQSAD SARI INTILUVCHAN JAHONGIR
Korxonaning istiqbolli rivoji nafaqat zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirishga, balki puxta o‘ylangan kadrlar siyosatiga ham bog‘liq bo‘lib, unda yosh, har tomonlama tayyorgarlikka ega mutaxassislarga katta e’tibor qaratiladi.
Yangiyo‘l shahridagi Enter Steel mashinasozlik zavodida ko‘plab yoshlar mehnat qiladi. Ular orasida korxona kelajagi bog‘liq bo‘lgan xodimlardan biri, kontraktatsiya va moliyaviy hisob bo‘limi boshlig‘i Jahongir Abduqahorov ham bor. U o‘tgan yilning avgust oyida marketing bo‘limi mutaxassisi sifatida jamoaga qo‘shildi va o‘tgan davr mobaynida yaxshi martaba o‘sishiga erishdi. Bunda unga Moskva po‘lat va qotishmalar instituti Milliy tadqiqot texnologik universitetida «Texnologik mashina va jihozlar» yo‘nalishida o‘qigan yillari davomida olgan chuqur bilimlari, qator ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda to‘plagan ish tajribasi, shuningdek, maqsad sari intiluvchanligi yordam berdi.
— Hamkorlarimiz bilan zavod bo‘yicha shartnomalar tayyorlayman, — dedi Jahongir Abduqahorov. — Ish oson emas, ko‘plab iqtisodiy va huquqiy jihatlarni hisobga olish va hujjatlarga kiritish kerak. Vazifalarim qatoriga kontingent tanlash, muzokaralarda qatnashish, shartnomalar narxini hisoblash va ularni tasdiqlash kiradi. Shuningdek, men tuzilgan shartnomalar reyestrini yuritaman, ularni bajarish muddatlarini kuzatib boraman, uzaytirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlayman. Vazifalarim yetarli, korxona doimiy ravishda rivojlanmoqda, buyurtmalar ko‘paymoqda!
Ta’kidlash joizki, qahramonimiz faoliyatida juda ko‘p qiyinchiliklar mavjud, jumladan etkazib beruvchilar va mijozlar bilan muntazam muzokaralar. Hamkor tashkilotlar shartnoma talablarini buzgan holatlar ham bo‘ladi. Bunday holatlarda Jahongir ularni bartaraf etish uchun qarama-qarshi tomondan kelib chiqayotgan asoratlarni muhokama qilishi, imkoni boricha hal qilishi va oxirgi chora sifatida belgilangan kelishuvlar asosida jarima choralarini qo‘llashi kerak.
— Menga o‘z ishim juda yoqadi, kasbimni yaxshi ko‘raman, — deydi Jahongir. — Zavod jamoasi faqat muvaffaqiyatga yo‘naltirilgan, biz o‘z oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yamiz va har doim rejalashtirilganidan ortig‘iga erishishga intilamiz. Quvonarlisi, buning uchun barcha shart-sharoit mavjud — rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi, o‘z ishini juda yaxshi biladigan inoq, ahil, g‘ayratli mutaxassislar jamoasi.
Xulosa o‘rnida yosh mutaxassisning oilasi haqida bir necha so‘z aytmoqchimiz. Jahongirning rafiqasi Sevaraxon uy bekasi bo‘lib, uyning shinam, tartibli va ozoda bo‘lishiga e’tibor qaratadi. Ajoyib qizlari voyaga yetmoqda. Ota-ona Safiya va Sadiyani mehr va e’tibor qurshovida ulg‘aytirish, kelajakda yaxshi insonlar qilib yetishtirishga intilmoqda!