Kelajak bugun qurilmoqda
Saidbek Fatayevning ota-onasi o‘g‘lining qalbiga quloq solish, uning xohish va qiziqishlarini imkon qadar aniqlash va bosqichma-bosqich rivojlantirishni o‘zlarining vazifasi deb hisoblashadi. Enter Engineering xodimi Timur Fatayev va uning rafiqasi bu ishga juda mas’uliyat bilan yondashishadi.
Besh yoshli Saidbek taekvondo, futbol va ingliz tiliga ishtiyoqi baland. U chizishni ham yaxshi ko‘radi, o‘qish va yozishni boshlayapti. Bolaning onasi va dadasi Saidbekning mehnatkash va har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayishi uchun bor kuchini berishga harakat qilishmoqda. Frantsuz yozuvchisi Viktor Gyugo shunday degan edi: «Bolalar baxtga darhol va tabiiy ravishda moslashadilar, chunki ularning o‘zlari tabiatan quvonch va baxtdir». Uyda bu atmosferani qanday saqlash lozim? Farzandning qobiliyatlarini qanday e’tiborsiz qoldirmaslik kerak? Ushbu oilada bu savollar doim birinchi o‘rinda.
— Iste’dod tabiatan beriladi, ammo u to‘g‘ri rivojlantirilmasa, yo‘qolishi mumkin, — deydi Timur Fatayev. — Saidbek xususiy bog‘chaga qatnaydi, bu yerda bolalarga tajribali o‘qituvchilar ta’lim beradi. Iste’dodi va faolligi uchun o‘g‘lim maktabgacha ta’lim muassasasining maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.
Fatayevlar Saidbekning kelajagini tibbiyot sohasida ko‘rishni orzu qiladilar, hatto yo‘nalishni ham tanlashgan — neyroxirurgiya. Og‘li yaxshi mutaxassis bo‘lishi uchun bugundan harakat qilish kerak, deb hisoblashadi.
Iste’dod o‘z yo‘liga, lekin hayotda Saidbek oddiy bola — aqlli, mehribon, va albatta, juda faol — u doimo hamma narsani bilishi, hamma joyda o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Bundan keyin ham ota-onasi va yaqinlarini xursand qilib, sog‘lom va aqlli bo‘lib o‘ssin, deb qolamiz!